Esse mavzu: ta’lim-tarbiya ishlarini rejalshtirish



Yüklə 15,02 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü15,02 Kb.
#141746
TA’LIM-TARBIYA ISHLARINI REJALSHTIRISH


ESSE
MAVZU: TA’LIM-TARBIYA ISHLARINI REJALSHTIRISH
Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiyaviy ishni rejalashtirish pedagoglar, tarbiyachi-metodist, mudira faoliyatining muhim turlaridan biridir.
Rejalashtirish - ta’lim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit, foydalanadigan vosita, ishning usul va metodlarini koʻrsatib, ta’lim-tarbiyaviy ish dasturini amalga oshirish tartibi, izchilligini oldindan aniqlashdir.
Rejalashtirishning maqsadi - «Maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiya dasturi»ning bajarilishini ta’minlashdir. Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta’lim muassasasi ishini rejalashtirish mumkinligini va zarurligini taʻkidlab, bunda u inson shaxsining shakllanishida ijtimoiy omillar, muhit va tarbiyaning muhim ahamiyatga egaligi haqida asosiy qoidalarga tayanadi.
Rejalashtirish pedagogik jarayonni yaxlit tashkil etishga: bolalar jamoasi va ayrim bolalarni tarbiyalash vazifasini aniqlashga, bolalarni yoshga koʻra pedagogik taʻsir mazmunini va usullarini tanlashga, bolalar hayoti, faoliyat turlari, rahbarlik metodlari va shu kabilarni tashkil etishning turli shakllaridan foydalanishga yoʻllangan boʻlishi kerak. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish murakkab boʻlib, tarbiyachidan bolalarning ruhiy fiziologik taraqqiyot darajasi toʻgʻrisidagi bilimlarni, ta’lim-tarbiya dasturini, ta’lim va tarbiyaning metod va usullarini bilishni taqozo etadi.
Reja bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlarigaoldindanpuxta tayyorgarlik koʻrish metod vausullarni yaxshilab oʻylab olish, kerakli material va jihozlarni tayyorlash imkonini yaratadi. Tarbiyachi rejalashtirgan hamma ishlar har bir bolaning har tomonlama rivojlanishini taʻminlashi lozim. Shu bilan birga reja qotib qolgan narsa boʻlmay, vaziyatdan kelib chiqib, unga oʻzgarishlar kiritish mumkin.
Shuning uchun MTMda bir-birini toʻldiradigan bir necha xil reja tuziladi: MTMning yillik rejasi, istiqbol rejasi va tarbiyachining kalendar rejasi. Yillik reja asosan MTM mudirasi, metodist tarbiyachilar tomonidan tuzilib, bolalar muassasasida amalga oshiriladigan barcha ishlarni oʻz ichiga oladi.
Istiqbol rejasi 1-3 oyga moʻljallangan boʻlib, undan koʻzlangan asosiy maqsad bolalar bilan olib boriladigan ta’limtarbiya ishlarini tartibga solish va uning maʻlum maqsadga qaratilgan va samarali boʻlishini taʻminlashdir. Unda «MTMda ta’limtarbiya dasturi»ning hamma boʻlimlari oʻz aksini topadi.
Kalendar reja 10-12 kunga tuziladi kun davomida amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya mazmunini aks ettiradi. Uni tuzishda dastur talablari, bolalarning rivojlanish va tarbiyalanish darajalari, maktabgacha ta’lim muassasasining ish sharoiti hisobga olinadi. Kalendar rejaga bolalarning aniq bilim va tasavvurlarni egallash jarayoni va ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar toʻgʻrisida umumlashgan bilimlarni shakllantirish, bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni oʻstirish, axloqiy ongini shakllantirish, axloqiy xulq, odat va malakalarni egallashi va boshqalar kiradi.
Tarbiyachining ishini muvaffaqiyatli rejalashtirishning yana bir zarurati - uning metodik qoʻIlanma, pedagoglar kengashi, metodik birlashma, kurslarda va shunga oʻxshashlardan olgan tavsiyalardan keng foydalanishidir. Kalendar rejani guruhda ishlovchi har ikkala tarbiyachi birgalashib bamaslahat tuzishlari lozim. Tarbiyachilar vaqtivaqti bilan bolalarning ishlarini tahlil qilib borishlari lozim. Kalendar reja bir-ikki haftaga tuziladi va tarbiyachining majburiy hujjati hisoblanadi.
Ta’lim-tarbiyaviy ishning mazmuni, metodi va usullari hamda uni tashkil etish turlari, bolalar xulq-atvorini tarbiyalash mazmuni, ularda madaniy-gigiyenik malakalarni shakllantirish, bolalar mehnati va oʻyinlariga rahbarlik usullari, bolaning boʻsh vaqti, koʻngilochar daqiqalarni tashkil etish, shuningdek, ota-onalar bilan ishlash turlari rejalashtirilishi lozim.
Dasturga muvofiq hamma ta’lim-tarbiya ishlari bolalar faoliyatining barcha turlari: oʻyin, mehnat, maishiy faoliyat va mashgʻulot orqali amalga oshiriladi. Kalendar rejaning mazmuni bolalar faoliyatining hamma turlarida aks ettiriladi. Kalendar rejani tarbiyachi kun tartibiga binoan tuzib chiqadi. Bolalarning oʻyini ham, mehnat mashgʻuloti ham, maishiy faoliyati ham tarbiyachining har kungi kalendar rejasidan oʻrinolishi lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish tarbiyachidan tegishli tayyorgarlikni talab etadigan ancha murakkab ishdir.
Tarbiyachi bolaning psixikfiziologik rivojlanish darajasini, «Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari»ni hamda u asosida yaratilgan ta’lim-tarbiya dasturini yaxshi bilishi kerak. Reja tarbiyachiga dastur talablarini bir yilga bir tekisda taqsimlashga yordam beradi hamda taTim-tarbiya berish va tarbiyalashning usullarini oldindan oʻylab olish, maqsadni aniqroq koʻrish imkonini beradi. Reja boʻlsa, tarbiyachi bugun nima ish qilishi va qanday qilishini, qaysi qoʻllanmalardan foydalanishni biladi.
Yüklə 15,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə