1.2.Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida tarixiy
voqealar bayoni
XIV asrning 50-60-yillarida Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik
g’oyatda kuchayib, o’zaro ichki ko’rash yanada keskinlashadi. Mamlakatdagi
har bir viloyat alohida hukmdorlika ajralib, ular o’rtasida nizo kuchayib
ketadi va qonli urushlarga aylanadi. Bu davrda mamlakatda yagona uyushgan
davlatning yo’qligi, uning siyosiy jihatdan maydalanib ketganini o’rta asr
muarrixlaridan Riyosuddin Xondamir o’zining «Xabib us-siyar» nomli
asarida quyidagicha tasvirlaydi: «Amirzoda Abdullo binni amir Qozogon
(1346-1358) vafotidan so’ng Turkiston ahvolidan garaju maraj (bosh-
boshdoqlik) yo’l topib, har shaharda mustaqil shohlikka intilishlar maydonga
keladi. Har kasabada bir uyatsiz davlat iqbol havosi bilan qo’zg’alishga oyoq
bosdi. Xondamirning yozishicha, ulus unga yaqin mustaqil bekliklarga
bo’linib ketadi. Samarqand viloyatida Amir Bayon Sudduz, Keshda Amir
Xoja Barlos, Xo’jandda Amir Boyazid Jaloir, Balxda Ujaydu Sudduz,
Shiburg’onda Muhammad Xoja Yazdiy, Ko’xistonda Amir Sotilmish,
Xuttalonda Kayxusrav, Xisori Shodman chegarasida Amir Xusayn va Amir
Xizir Yasovuriylar o’zlarini hokimi mutlaq deb e’lon qiladilar
7
.
Nizomuddin Shomiyning so’ziga qaraganda, mamlakatda hokimlar
o’rtasida doimo nizolar va g’alayonlar bo’lib turar, davlat ishlari esa butunlay
izdan chiqqan edi. Siyosiy parokandalik, o’zaro urush va janjallar iqtisodiy
takglikka sabab bo’lib, mamlakat aholisini, ayniqsa dehqonlar xo’jaligini
xonavayron qilgan edi. Buning ustiga Sharqiy Turkiston va Yettisuvda
tashqil topgan Mo’g’uliston amirlari Movarounnahrni bosib olishga harakat
qiladilar. Bir necha bor Movarounnahr ustiga yurish qilib, uni talab
qaytadilar. Mo’g’uliston amirlarining vayrongarchilik yurishlariga qarshi
7
Amir Temur va uning dunyo tarixidagi o’rni. (Buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligiga
bag’ishlangan xalq ilmiy konferensiyasi ma’ruzalari bayoni). S., 1996.
20
ko’rash boshlanib ketadi. Mo’g’ullar istibdodi va zulmiga qarshi xalq
harakati boshlanadi.
Mana shunday ichki o’zaro urushlar qizigan, mo’g’ullar zulmiga qarshi
mexnatkash xalq harakatlari boshlangan bir davrda qisqa vaqt ichida o’rta
asrlarning yirik davlatini vujudga keltirgan sohibqiron Amir Temur siyosat
maydoniga dastlabki qadamlarini qo’ymoqda edi.
Amir Temur tabiatan og’ir, bosiq teran fikrli va idrokli, samimiyatni
tezda fahmlab oladigan inson bo’lgan. Shu tufayli atrofiga o’spirinlik
chog’laridayok tengqo’laridan sadoqatli do’stlarini jalb qila, olgan. O’zining
ilk harbiy faoliyatini Amir Temur qo’l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat
amirlariga xizmat qiliщdan boshlagan. Ularning o’zaro ko’rashlarida
qatnashib, jasorat ko’rsatgan va janglarda chiniqqan, Harbiy mahorati va
oliyhimmatlilik Amir Temurning shuhratini oshirib, uning dong’i butun
Qashqadaryo vodiysi, hususan, Kesh viloyatiga yoyilgan. Amir Temurning
aqlu zakovati, shijoati va jasorati to’g’risidagi shuhrat uni Movarounnahrning
nufuzli amirlaridan avval Joku Barlos, so’ngra Amir Qozogon (1346—1358)
bilan yaqinlashtirgan. Otasi Amir Temurni avval (1352) Amir Joku
Barlosning knzi Turmish Og’oga uylantirgan, so’ngra esa (1355) Amir
Qazog’onning nabirasi va Amir Xusaynning singlisi Uljoy Turkon Og’oni
o’z nikohiga olgan keyingi nikoh tufayli Balx amiri bilan bog’langan
qarindoshlik aloqa, shubhasiz, Amir Temur bilan Amir Xusayn o’rtasida
ittifoqni yuzaga keltiradi va mo’g’ullarga qarshi jiddiy ko’rash boshlanadi.
Amir Temurning Movarounnahrni birlashtirish yo’lidagi dastlabki
harakati XIV asrning 60-yillari boshlaridan boshlanadi. Buning sababi bor
edi. XIV asrning 50-yillari oxirida Movarounnahrda amirlarning o’zaro
ko’rashi kuchayib, Amir Qozogon uldiriladi. Mamlakatda siyosiy
parokandalik avjga chiqib, har jihatdan og’ir tanglik sodir bo’ladi. Bu davrda
Chig’atoy ulusining sharqiy qismi — Yettisuv va Sharqni Turkistonda
21
hukmronlik qilayotgan mo’g’ul xonlari Movarounnahrdagi og’ir siyosiy
vaziyatdan foydalanib, bu o’lkada o’z hokimiyatini o’rnatishga harakat
qiladilar. Mo’g’ul xonlaridan Tug’luq Temur (1359-1363) 1360-1361
yillarda Movarounnahrga birin-ketin ikki marta bostirib kiradi. Mo’g’ul
xonlarining vayronagarchilik yurishlari, istibdodi va zulmiga qarshi xalq
harakati boshlanadi. Biroq Movarounnahr amirlari xalqda bosh bo’lib,
mo’g’ul bosqinchilariga qarshi ko’rashga jur’at eta olmaydilar. Ularning bir
qismi dushman tarafiga o’tadi, ikkinchi qismi esa el-yurtni tark etib, o’zga
mamlakatlardan boshpana izlaydi. Amir Temurning amakisi Kesh
viloyatining hukmdori Amir Xoja Barlosdek Baxrdirbek Xuroson tomon
qochadi.
Mo’g’ullarga qarshi turish uchun kuchlarning teng emasligini hisobga
olgan 24 yoshli Amir Temur 1360 yilning boshida Tug’luq Temur tomonidan
Keshga yuborilgan beklar bilan kelishadi. Sharoit taqozosi bilan Kesh
viloyatini butunlay qo’ldan chiqarib yubormaslik maqsadida xon xizmatiga
o’tadi. Natijada Tug’luq Temurning yorlig’i bilan o’z viloyatining dorug’asi
etib tayin qilinadi. Shubhasiz, bu noilojlikdan qo’yilgan siyosiy va strategik
qadam edi. Bu bilan Amir Temur mo’g’ullarning navbatdagi talonining oldini
olib, mamlakat va xaqlni bunday halokatdan qutqargan edi. Ushbu voqealar
Sharofiddin Ali Yazdiyning ―Zafarnoma‖ asarida quyidagicha berilgan:
Dostları ilə paylaş: |