Hazrat sohibqiron Qorobog’ sori yonib borg’oni
Hazrat andin ko’chub, saodat va davlat bila yo’lg’a kirib, har yerdakim,
kofirlarg’a taalluq qal’alarkim bor erdi, nusratish’or cheriki qilich zarbi bila
musaxxar qildilar; qal’alarini buzub, mollarini olib, hazratqa qo’shuldilar va
kelib Sheki viloyatida tushtilar. Hazrat sohibqiron kuffordin xotirin jam’ etib,
nusratshi’or cherikini jamoat-jamoat har sori yibardi. Amir Jahonshoh ba’zi
beklar bila lakzlarni chopib, taladi va ko’b kishi alardin o’lturdilar. Va amir
/Muhammad Darvesh Barlos bir jamoat bila Sheki tog’ig’a kirib, ko’b kishi
o’ldurub, mollarini taladilar. Arg’unshoh Axtachi va Ramazon Hoja bir
jamoat bila Tangtug’ viloyatig’a yetib, ko’b kishini o’ldurub, asir qilib
taladilar
22
.
Amir Temurning Hindiston ustiga qilgan g’azovoti (1398-yil may —
1399-yil mart) qariyb o’n bir oy davom etadi. Hindistondan u katta o’lja, shu
jumladan 120 ta jangovar fillar bilan qaytadi. O’ljalarning bir qismi
qo’shinga tarqatilib, qolgani Samarqand va Kesh shaharlarida olib
borilayotgan qurilishlarga ishlatiladi. Hindistonga qilgan yurishlari haqida
―Zafarnoma‖da quyidagicha ma’lumot keltirilgan:
22
Sharofiddin Ali Yazdiy ―Zafarnoma‖. T., ―Sharq‖, 1997, 177-bet.
|