tamom o’qlarini ikki kesildi. Va Uch Qaro egar ustida o’zini to’lg’ab bir
sori choptilar. Va alar qo’rqunchdin turolmay urushdin burun, qochtilar.
Qochqon cherik shahar mahallasida kirgonda ko’chalarni tor qilib edilar.
27
bila sa’d sori /Farinkent va Sog’arj mavze’ida borib, necha kun o’lturdi. Bu
mahalda habar keldikim, O’ljaytu va Po’lot Bug’a qarounas cherikin jam’
etib beri kelatururlar. Bu habar din so’ng Tag’ayshox Keshdin qochib keldi
va dedikim: «Bir pora kishi xabarsiz Tarmochuq boshiga kelib, ani tutub
o’lturub tururlar». Va hazrat soxibqiron bu xabarni eshitib otlanib, Yomg’a
tushti va Arg’unshoh Budalig’iykim, xabar bilgali borib erdi, kelib bir kishi
o’zi bila olib kelturdi. Ul kishidin habar surdilar, yukunub javob berdikim,
«Uljaytu va Po’lod Bug’a To’m suying’a yetib tururlar va Husaynbek cherik
bilan Qarshiga tushti. Hazrat sohibqironning savob ra’yikim tafriq sayqalidin
yaruq bo’lg’oy erdi, maslahatni andoq ko’rdikim, al-umur marxunatui bi
avqotiha necha kun ro’zg’or bila chiqishmoq kerak, to mahal yetkaykim
dushmanlarni o’z murodi bila elikka kiyurgay. Va mo zalika ala-Llohil-
azizin.
Bayt:
Yoqut bo’ldi
sabr ila toshdin burun,
Sabr qilg’onidin o’ldi aning qiymati fuzun.
Bu sababdin har cherikkim, Kesh viloyatidin jam’ etib erdi, ijozat berdi
va olti yuz kishi bilankim, Xuroson viloyatidin aning bila kelib erdi,
Samarqandning suv quyi sori bordi.
Dostları ilə paylaş: