Ellin davlatlari


II BOB. ELLINISTIK DAVLATLARNING MADANIY TARAQQIYOTI



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix25.01.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#99318
1   2   3   4   5   6   7   8
ellinizmning mohiyati va ellinistik davlatlar

II BOB. ELLINISTIK DAVLATLARNING MADANIY TARAQQIYOTI 
2.1. Ellinistik davlatlarda din, falsafa, ilm-fan taraqqiyoti 
Ellini madaniyati yunonlar va Sharq xalqlarining madaniy yutuqlarining 
qo’shilib ketishi natijasida shakllandi. Ellin dunyosining ma’naviy shakllanishiga 
davlatlarning ulkan hajmlari cheklanmagan podsho hokimligining mavjudligi, 
shaharlarning amaldagi mustaqilligini yo’qolishi o’z ta’sirini o’tkazdi.
Bu davrda fan va texnika notekis rivojlandi. Davlat hokimiyati manfaatdor 
bo’lgan harbiy ish, kemasozlik, shaharlarni qamal qilish texnikasi va qurilish 
sohalarida eng katta yutuqlarga erishildi. 
Ellinizm davrida yunon dunyosi sharq diniy tasavvurlarni qabul qila 
boshladi. Misrda Kichik Osiyo xudosi Serapisga sig’inish avj oldi. Misr mabudasi 
Isidani yunonlar Demetra sifatida qabul qildilar. Pergamda Frigiya ma’budasi 
(Kibela – yerni onasi) bosh xudo sifatida qabul qilina boshlandi. Ellinlashgan 
sharq ilohlarining barchasi mistik va ekstatik edi
39
. Yahudiy dini keng tarqala 
boshlandi. 
Yunonistonda yahudiy dini tarqala boshladi. Yunonlar bu monoteistik dinga 
ishonib, uni qabul qildilar. Yahudiy diniga yangi qabul qilinganlar “prozelitlar” 
deb ataldi. Ellin davlatlarida turli xudolar turli xalqlarning diniy e’tiqodlari keng 
tarqaldi. Diniy tolerantlik shakllandi. Joylarda dinning universalligini namoyish 
qilishga intilib barcha xudolarga atab ibodatxona-Panteon qurila boshlandi. Ana 
shunday Panteon Iskandariyada ham qurildi.
Ptolemeylar Misrida qadimgi fir’avnlar davrida bo’lganidek podsho 
hokimiyatining mavqei kuchayib ketdi va Ellin sharqidagi boshqa mamlakatlardagi 
kabi Misrda podsholarga sig’inish yana boshlandi. Ptolemey II Filadelf o’ziga va 
o’z singlisi Arsenoyaga sig’inishga buyruq berib, o’zi va singlisi sharafiga 
ibodatxonalar qurdirdi. Misrda Ptolemey III va uning xotini Berenikaga ham 
sig’inish keng yoyildi
40

39
Ранович А.Б. Элинизм и его историческая роль. – М.: Наука, 1999. – C. 76. 
40
Бонгард-Левин Г.М. Древние цивилизации. – М.: Мысль, 1989. - C. 141. 


30 
O’sha davr falsafasida inson shaxsini o’rganish muammosi birinchi 
o’ringa chiqa boshladi. Er. avv. V – IV asrlarda ikki falsafiy maktab: yangi stoik 
va epikur maktablari vujudga keldi. Ular inson, shaxs nima, baxt nima degan 
savollar ustida bosh qotira boshladilar. Stoiklar maktabining asoschisi faylasuf 
Zenon edi. Ular Afinaning eng gavjum joyi bo’lmish Agorada naqshin peshayvon 
“stoya” ostida vaz aytib, o’z tinglovchilariga ta’lim berar edilar (Bu maktabning 
nomi ham shu so’zdan kelib chiqqan)
41
. Stoizm yunon va sharq nazariyalarining 
sintezi edi. U keng tarqalgan va shu bilan birga uzoq yashagan ellin falsafiy 
maktab edi. Stoiklar hamma narsani shu jumladan fikr, so’z, olov va shu kabilarni 
ham jism deb atar edilar. Butun olamni stoiklar rivojlanib turadigan olov deb 
hisoblashar edi. Stoiklar barcha odamlar teng degan g’oyani ilgari surdilar. Ular 
insonlar tabiat bilan mos holda yashab, baxt va ilohiylik topadi degan fikrni 
shakllantirdilar. 
Er. avv. IV asrda Afinada Epikur falsafa maktabi shakllandi. Faylasuf 
Epikurning bog’ida uning do’stlari va shogirdlari to’planib, falsafiy suhbatlar 
qurdilar. Bozorlar, maydonlar odamlar ko’p bo’lgan joylarda o’z ta’limotlarini 
targ’ib qilgan Stoiklarga aksan, Epikur tinch va sokin joyda tafakkur qilishni 
yo’lga qo’ydi. Epikurchilar baxtni mohiyati-azobning yo’qligidir “Kimda kam 
ehtiyoj bo’lsa, u kishida ko’p farog’at bo’ladi”
42
-degan tushunchani ilgari surdilar. 
Er.avv. III asrda yana bir falsafiy maktab skeptiklar maktabi shakllandi. Bu 
maktabga Arastuning kichik zamondoshi Pirron asos soldi. Skeptiklar atrof 
dunyoni bilib bo’lmaydi, uning tabiati to’g’risidagi barcha nazariyalar xayol deb 
hisobladilar. Shuning uchun ular fizika bilan shug’ullanmadilar, dunyoni bilish 
nazariyalarini yaratmadilar, lekin boshqa maktablar yaratgan nazariyalar tanqidiga 
e’tibor berdilar. Ular “Barcha narsalarni hech qachon bilib bo’lmaydi, ular haqida 
na haqiqatni, na yolg’onni aytish mumkin emas” deb hisobladilar. 
Skeptiklar falsafiy oqimi tibbiyotga ta’sir qildi. Tabiblar kasalliklarning 
sabablarini bilishlari mumkin emas, faqat bemor kasalligini kuzatish kerak. 
41
Кобылина М.М. (отв. ред.). История и культура античного мира. – М.: Наука, 1977. – C. 129. 
42
Кобылина М.М. (отв. ред.). История и культура античного мира. – М.: Наука, 1977. – C. 136. 


31 
Kasallikni kasalda dorilarni sinash bilan davolash zarur degan tushunchani ilgari
surdilar. 
Er. avv. IV asrda falsafada yana bir maktab kiniklar paydo bo’ldi. Bu 
maktab asoschisi Antisfen, uning mashhur o’quvchisi Diogen. Kiniklar tabiatga 
qaytish qulayliklardan voz kechishni talab qildilar, insonning qonun-qoidalari 
tabiatga qarama-qarshidir deb, davlatni tan olmadilar.
Er.avv. III-II asrlarda Arastu maktabida aniq va tabiiy fanlar o’rganildi. 
Feosfrast avvalgi faylasuflarni, Menon tibbiy adabiyotni o’rgandi. Evdem 
matematika va astranomiya tarixini yozdi. Feofrast “O’simliklar tarixi”, 
“O’simliklar fiziologiyasi” asarlarini yozib ilmiy botanikaga, uning ustozi Arastu 
esa zoologiyaga asos soldilar. 
Arastu Likmiyada o’z o’quvchilari bilan sayr qilib yurar va ular bilan 
falsafiy suhbat qilar edi. Shu sababli ular “peripateitiklar”(sayr qilayotganlar) deb 
atalgan. Ptolemey I Soter Aleksandriyada ilmiy markaz Museyonni tashkil qildi. 
Bu yerda ulkan ming jildli kutubxona, botanika bog’i, zoopark, xirurgiya 
laboratoriyalari, astronomik rasadxona, olimlar uchun o’quv zali bor edi. Bu yerda 
matematika, fizika, astronomiya, jug’rofiya va filologiya fanlari bo’yicha kop 
olimlar to’plangan edi. Jumladan bu yerda mashhur matematik Yevklid (uning 
“Boshlang’ich geometriya”si ko’p asrlar davomida 1700 marta chop etilgan) 
ishladi
43
. Arximed yoshligidan bu yerda o’z faoliyatini boshladi. 
Er. avv. III-II asrlarda Pergamda mashhur matematik Apollogiy ishladi. 
Iskandariyada geograf Eratosfen, astranomlar Kono va Dosifeylar faoliyat 
ko’rsatdilar. Iskandar yurushlari qissachisi Aristobul, harbiy boshliq Nearx 
yunonlarga boshqa mamlakatlar to’g’risida boy ma’lumotlar berdilar.
Kirenalik Eratosfen fizik va matematik jug’rofiyaga asos soldi. Samoslik 
Aristrax er. avv. III asrda yerdan oygacha bo’lgan masofani o’lchab ko’rdi. Xuddi 
shu davrda Iskandariyalik Ktesiy pnevmatik qo’lda otadigan snaryadni kashf qildi. 
U yana suv soati, turli nasoslarni, gidravlik organ, olovga qarshi nasosni yaratdi. 
43
Любченков Ю. Древний мир и средние века. – М.: Вече, 2001. – C. 228. 


32 
Qal’alarni qamal qilish uchun mashxur taranlardan tashqari g’ildiraklar 
ustiga o’rnatilgan maxsus harakatlanuvchi minoralar-geliorlar (shahar olarlar ham) 
paydo bo’ldi. Bu moslamalar dushman shahri devorlariga baravar yoki balandroq 
qilib yasalar edi. Harakatlanuvchi minora ichida askarlar, zahira o’qlari va toshlar 
bilan otuvchi to’plar joylashtirilgan. 
Savdo, dengiz kemalari takomollashtirildi. Ular ko’pincha ochiq dengizda, 
okeanga ham chiqar edi. Er. avv. II asrda yunon Gippal Hindistonga kemada safar 
qilganida ilk bor musson shamollaridan foydalandi. Dengizchilikning rivojlanishi 
mukammalroq portlar va sohillarida ombor va boshqa yordamchi binolar qurishni 
zarur qilib qo’ydi. 
Ellin arxitekturasida umumiy va xususiy kishilar foydalanadigan binolar 
ko’pchilikni tashkil qilar edi. Klassik Yunonistonning arxitekturasida asosiy bino 
Pripter- xususiy uy bo’lgan edi. Shaharlar odatda reja asosida qurilib, bir-birini 
kesishib o’tadigan to’g’ri burchakli tik ko’chalari bilan chiroyli ko’rinar edi. 
Er. avv. I asrda Pontiy podsholigida ixtiro qilinib ishlab chiqarishda o’z 
o’rnini topgan suv tegirmoni ellinistik jamiyatida eng yuqori texnika yutug’i edi. 
Kam sonli suv tegirmonlari bilan bir qatorda yuz yillar davomida hayvonlar kuchi 
bilan aylantiriladigan tegirmonlar, yorg’ichoqlar va hatto oddiy o’girlar keng rasm 
bo’lib keldi. Konchilik ishi texnika jihatidan eng qoloq va mehnatning eng og’ir 
turi bo’lib konlarda qullar, hukm qilingan jinoyatchilar, harbiy asirlar ko’plab 
halok bo’lar edi. 
Poytaxtlarda ilmiy markazlar va kutubxonalar vujudga keldi. Misrdagi 
Iskandariya, Orontdagi Pergam, Antioxiya ellin dunyosining ilmiy va madaniy 
markazi sifatida o’z mavqeylarini saqlab qoldilar. Iskandariyada Ptolomeylar 
homiyligida o’sha vaqt uchun g’oyat katta kutubxona to’plangan bo’lib, ellin 
davrning oxiriga borib bu yerda 70000 ga yaqin papirus o’ramlari mavjut edi
44
. Bu 
kutubxona o’sha zamonga qadar to’plangan yunon-sharq donishmandligining 
asarlarini to’laroq ravishda o’z ichiga olgan edi. Saroy qarshisida kutubxonadan
tashqari Museyon-ilmiy muassasa ham tashkil qilinib, unda olimlar uchun 
44
Кошеленко Г.А. Греческий полис на эллинистическом Востоке. – М.: Наука, 1979. – C. 89. 


33 
yotoqxona ham bor edi. Iskandariya olimlari matematika, tibbiyot va texnika 
fanlari sohasida erishgan yutuqlari bilan hamda mutaxasis-filologlar sifatida dong 
taratdilar. 
Ellin davrida fanlar differensiyalashib va sistemalashib bordi. Arestotelning 
shogirdlari va muxlislari bo’lmish peripatetiklar tarixi bu deffirensiyalash va 
sistemalashish jarayonining yaqqol misolidir. Peripatetiklar falsafa maktabiga 
rahbarlik qilgan Arastuning vorisi Teofrast faqat faylasufgina emas, balki olim 
ham edi. 
Teofrastdan keyin maktabga Straton rahbarlik qildi. Qadim zamonda u 
“fizik” degan laqab olgan edi
45
. Stratonning alohida xizmati shundan iboratki, u 
tabiat xodisalarini tadqiq qilishda eksperiment usulini tadqiq qilishda ekspriment 
usulini tadbiq etishda intilgan edi. Stratonning shogirdlari orasida Samos orolida 
tug’ilib o’sgan ajoib astronom Aristarx bo’lib u yer va boshqa sayyoralar quyosh 
atrofida aylanadi, degan farazni ilgari surdi. Lekin ilm-fanning o’sha vaqtdagi 
darajasi va u o’zi kashf etgan geliotsentrik sistemaning chinligini boshqa olimlarga 
ishonarli tarzda isbot qila olmas edi. 
Iskandariya matematiklaridan birinchisi Yevklid edi. U o’z davri falsafasini 
erishgan yutuqlarini tizimga soldi, umumlashtirdi va tugalladi. Uning “Ibtido” 
degan asosiy asari ikki ming yildan oshiq vaqtdan beri boshlang’ich geometriya 
darsliklari uchun asos bo’lib xizmat qilib kelmoqda. 
Taxt vorisi bo’lg’usi Ptolemey IV Filopatorning tarbiyachisi, Museyon 
kutubxonasining mudiri kirenalik Eratosfen atoqli geograf, astronom, matematik 
va faylasuf edi. U yer aylanasi uzunligini ko’p darajada aniqlab, hisoblab chiqdi va 
fizik-matematik geografiyaning asoslarini yaratdi. “Geografiya” atamasini ilk bor 
Eratosfen ishlatdi
46
.
Iskandariya birdan – bir fan markazi emas edi. Teofrast Afinada ishlagan. 
Arximed Sirakuzada yashagan. Atoqli injener – ixtirochi bo’lmish Arximed 
nazariy mexanikaning, gidrostatikaning sferik geometriya va trigonometriyaning 
45
Кобылина М.М. (отв. ред.). История и культура античного мира. – М.: Наука, 1977. – C. 175. 
46
Левик П. Элинистический мир. – М.: Издательство Восточной литературы, 1990. – C.132. 


34 
asoslarini yaratgan yirik nazariyotchi olim edi. U katta sonlarni hisoblab 
chiqishning arifmetik usulini yaratishda dastlabki qadamlarni qo’ydi. U atoqli 
astronom ham edi. 
Er.avv. III asrda tibbiyot ancha taraqqiy qildi. U Misrda anatomiyani 
o’rganish yutuqlaridan, Misr va Bobilda dori - darmonlar tayyorlash va tadbiq 
qilishning ming yillik tajribasini o’zlashtirdi. Yunon tibbiyoti nazariyasi va 
amaliyotini qadimgi sharq tajribasi bilan birga qo’shish Iskandariyadagi tibbiyot 
maktabida o’z ifodasinin topdi. Gerofil bu maktabning asoschisi hisoblanadi. U 
odamning tasviriy ifodasini yaratgan, diagnoz metodlarini aniqlagan, dori – 
darmonlarga katta ahamiyat bergan tabib edi. U qisman Salavkiylar hududida 
qisman Iskandariyada ishlagan edi
47

Er.avv. II asrda yashagan nikeyalik Gipparx atoqli astronom va geograf edi. 
U bir qancha astronomik asboblarni takomillashtirdi va ixtiro qildi. Kecha – 
kundizning tengligi kashfiyotini Gipparxga nisbat berdilar. Ammo bu kashfiyot 
Bobilda qilingan bo’lishi mumkin. U harakatsiz yulduzlar katalogini tuzdi. Bu 
katalogda 900 ga yaqin yulduzlar o’z o’rnini topgan. Gipparx taqvimni, yerdan 
oygacha bo’lgan masofani, yer va quyosh massasi haqidagi bilimlarni aniqlagan. 
Lekin ikkinchi tomondan bu mashhur olim samoslik Aristarxning 
geliotsentrik nazariyasiga qarshi chiqqan va o’z obro’yi uchun geliotsentrik 
tizimini mustahkamlab kelgan. Lekin uning xatoligini tan olmagan. Gipparx 
ekvatorni 360 ga taqsimlab, uzunlik va kenglik tushunchasini joriy qilgan. Er.avv. 
I asrda Geron mexanika bilan muvaffaqiyatli shug’ullangan edi
48


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə