Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/169
tarix15.05.2022
ölçüsü4,26 Mb.
#87108
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   169
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

10.16.  Stabilizatorlar
Kuchlanish  yoki  tok  stabilizatorlari,  deb  ta’minot  kuchla-
nishi,  tarmoq  chastotasi,  atrof-muhit  temperaturasi  va  bosh-
qalar o‘zgarganda yuklamadagi tok va kuchlanishni qiymat bo‘yi-
cha o‘zgarmas ushlab turuvchi qurilmaga aytiladi.
10.22-rasm. Emitter filtrning prinsiðial sxemasi.


231
Ishlash  prinsiðiga  ko‘ra,  stabilizatorlar  parametrik,  kom-
pensatsion va impulsli stabilizatorlarga ajratiladi.
Parametrik  stabilizatorlarda  stabillash  nochiziqli  elementlar
xususiyatlaridan foydalanib amalga oshiriladi. Ularda ko‘pincha
teskari aloqa mavjud bo‘ladi.
Kompensatsion stabilizatorlarda stabillash teskari aloqa zan-
jiri  orqali  chiqish  kuchlanishi  yoki  toki  o‘zgarishining  rostlov-
chi elementga ta’siri hisobiga amalga oshiriladi.
Kompensatsion stabilizatorlar berk avtomatik rostlash tizimi
bo‘lib,  ularda  tok  rostlovchi  elementdan  uzluksiz  yoki  uzlukli
bo‘lib oqib o‘tadi.
Rostlash uslubi bo‘yicha kompensatsion stabilizatorlar ketma-
ket va parallel turlarga bo‘linadi.
Stabillash aniqligi bo‘yicha stabilizatorlar 4 sinfga bo‘linadi:
1. Kichik stabillash. Kuchlanish va tokning ruõsat etiladigan
o‘zgarishi 5  % dan  yuqori.
2.  O‘rta  stabillash.  Kuchlanish  va  tokning  ruõsat  etiladigan
o‘zgarishi 1—5 % gacha.
3. Yuqori stabillash. Kuchlanish va tokning ruxsat etiladigan
o‘zgarishi 0,1—1  % gacha.
4. O‘ta yuqori (pretsizion) stabillash. Kuchlanish va tokning
ruxsat  etiladigan o‘zgarishi  0,1% dan  kichik.

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə