Elektr qurilmalariga xizmat ko'rsatishda to'k ta'siridan saqlovchi shaxsiy himoya vositalari


Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish



Yüklə 31,02 Kb.
səhifə4/5
tarix12.12.2023
ölçüsü31,02 Kb.
#148582
1   2   3   4   5
Elektr qurilmalariga xizmat ko\'rsatishda to\'k ta\'siridan saqlovchi shaxsiy himoya vositalari

Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish
Elektr toki ta‘siriga tushgan kishiga, tibbiyot xodimi yetib kelgunga qadar ko’rsatiladigan birinchi yordamni ikki qismga bo’lib qaraladi:
I. Tok ta‘siridan qutqarish;
II. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish.
Tok ta’siridan qutqarish, bir necha xil bo’lishi mumkin. Eng oson va qulay usul, bu elektr qurilmasining o’sha qismiga kelayotgan tokni o’chirishdir.
Agar buni iloji bo’lmasa (masalan o’chirgich qurilmasi uzoqda bo’lsa), unda kuchlanishi 1000 V dan past bo’lgan elektr qurilmalarida elektr simlarini sopi yog’ochli bo’lgan bolg’alar bilan kesish yoki zararlangan kishining kiyimining quruq joyidan ushlab tortib, tok ta‘siridan qutqarib qolish mumkin.
Agar elektr tokining kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo’lsa, unda dielektrik qo’lqop va elektr izolyasiyasi mustahkam bo’lgan elektr asboblaridan foydalanish kerak.
Elektr toki ta‘siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, uning holatiga qarab belgilanadi.
Agar jarohatlangan kishi hushini yo’qotmagan bo’lsa, unda uning tinchligini ta‘minlab, tibbiyot xodimi kelishini kutish yoki uni tezda davolash muassasasiga olib borish zarur.
Agar tok ta‘siridan hushini yo’qotgan, ammo nafas olishi va yurak tizimi ishlayotgan bo’lsa, unda uni quruq va qulay joyga yotqizish, kamari va yoqasini bo’shatish, hamda sof havo kelishini ta‘minlash zarur.
Shu bilan birga, shart-sharoit mavjud bo’lsa, nashatir spirtni hidlatish, yuziga suv purkash, tanasini va qo’llarini ishqalash yaxshi natija beradi.
Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashib qaltirash holati kuzatilsa, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bo’lsa, unda bu kishiga sun‘iy nafas oldirish ishlarini bajarish zarur.
Agar klinik o’lim holati yuz bersa, sun‘iy nafas oldirish bilan bir qatorda yurakni ustki tomonidan massaj qilish kerak.hamda sezish chegarasidagi tok, elektr toki deb ataladi.
Inson organizmi orqali oqib o’tadigan tokning miqdori uning asoratini belgilaydi, ya‘ni oqib o’tgan tok qancha katta bo’lsa, uning asorati ham shuncha katta bo’ladi.
Agar inson organizmidan oqib o’tgan tokning miqdori 10’15 mA ga etsa, unda organizmdagi muskullar tartibsiz qisqarib, inson o’z organizmi qismlarini boshqarish qobiliyatidan mahrum bo’ladi, ya‘ni elektr toki bo’lgan simni ushlab turgan bo’lsa, panjalarini ocha olmaydi, unga ta‘sir ko’rsatayotgan elektr simini olib tashlay olmaydi. Bunday tokni chegara miqdori - ushlab qoluvchi tok deyiladi.
Agar tok miqdori 25’50 mA ga yetsa, unda tok ta‘siri ko’krak qafasiga ta‘sir ko’rsatadi, natijada nafas olish qiyinlashadi.
Agar tok ta‘siri bir necha daqiqaga cho’zilsa, unda nafas olishning to’xtab qolishi natijada o’lishi mumkin.
Ta‘sir qiluvchi tok miqdori 100 mA va undan ortiq bo’lsa, bunday tok yurak muskullariga ta‘sir ko’rsatadi, hamda yurakning ishlash maromi buziladi, qon aylanish tizimi butunlay ishdan chiqadi va o’limga olib keladi.
Inson organizmi orqali oqib o’tayotgan tokning davomiyliligi ham alohida ahamiyatga ega, chunki uzoq davom etgan tok ta‘siridan inson organizmining tok o’tkazuvchanligi ortadi va tokning zararli ta‘siri organizmda yig’ila borishi natijasida asorat og’irlasha boradi.
Tokning turi va chastotasi ham zararli ta‘sir ko’rsatishda muhim rol o’ynaydi. Eng zararli - 20’100 Gs atrofidagi elektr toki hisoblanadi. Chastotasi 20 Gs dan kichik va 100 Gs dan katta toklarning ta‘sir darajasi keskin kamayadi. Katta chastotali elektr toklarida tok urish bo’lmaydi, lekin kuydirishi mumkin.
Agar o’zgarmas tok bo’lsa, unda tokning sezish chegarasidagi miqdori 6’7 mA; ushlab qoluvchi chegara miqdori 50’70 mA; yurak faoliyatini 0,5 sekund davomida ishdan chiqarishi mumkin bo’lgan miqdori 300 mA gacha bo’ladi.

Xulosa
Elektr toki ta‘siriga tushgan kishiga, tibbiyot xodimi yetib kelgunga qadar ko’rsatiladigan birinchi yordamni ikki qismga bo’lib qaraladi:
I. Tok ta‘siridan qutqarish;
II. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish.
Tok ta’siridan qutqarish, bir necha xil bo’lishi mumkin. Eng oson va qulay usul, bu elektr qurilmasining o’sha qismiga kelayotgan tokni o’chirishdir.
Agar buni iloji bo’lmasa (masalan o’chirgich qurilmasi uzoqda bo’lsa), unda kuchlanishi 1000 V dan past bo’lgan elektr qurilmalarida elektr simlarini sopi yog’ochli bo’lgan bolg’alar bilan kesish yoki zararlangan kishining kiyimining quruq joyidan ushlab tortib, tok ta‘siridan qutqarib qolish mumkin.
Agar elektr tokining kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo’lsa, unda dielektrik qo’lqop va elektr izolyasiyasi mustahkam bo’lgan elektr asboblaridan foydalanish kerak.
Elektr toki ta‘siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, uning holatiga qarab belgilanadi.
Agar jarohatlangan kishi hushini yo’qotmagan bo’lsa, unda uning tinchligini ta‘minlab, tibbiyot xodimi kelishini kutish yoki uni tezda davolash muassasasiga olib borish zarur.
Agar tok ta‘siridan hushini yo’qotgan, ammo nafas olishi va yurak tizimi ishlayotgan bo’lsa, unda uni quruq va qulay joyga yotqizish, kamari va yoqasini bo’shatish, hamda sof havo kelishini ta‘minlash zarur.
Shu bilan birga, shart-sharoit mavjud bo’lsa, nashatir spirtni hidlatish, yuziga suv purkash, tanasini va qo’llarini ishqalash yaxshi natija beradi.



Yüklə 31,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə