Elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni


-bob. Yangi lavozimga tayyorlash tartibi



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/21
tarix28.11.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#133114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
608 18.10.2022

3-bob. Yangi lavozimga tayyorlash tartibi 
22. Yangi lavozimga tayyorlashga soha bo‘yicha kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarga 
ruxsat etiladi. 
23. Yangi lavozimga ishga qabul qilingan yoki boshqa lavozimga o‘tkazilgan shaxslar ushbu 
Qoidalarga muvofiq o‘rganishdan o‘tishlari kerak. 
24. Qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan energetika qurilmalarida ishlash uchun 
xodimlarni oldindan tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish nazarda tutilishi lozim. 
Xodimlarni oldindan tayyorlashning umumiy muddatiga quyidagilar kiritilishi kerak: 
yangi texnika, texnologiya va yanada mukammal ish sharoitlarida ishlash uchun zarur 
bo‘lgan nazariy tayyorgarlik; 


ishlab turgan korxonalarda (shu jumladan, xorijiy korxonalarda) stajorlikni o‘z ichiga olgan 
amaliy tayyorgarlik; 
korxona uskunalari ishga tushirilishining aniq sharoitlarida ishga tushirish-sozlash ishlarida 
ishtirok etish uchun muddatlar kiritilishi kerak. 
Tayyorgarlik muddati ishga tushirilayotgan qurilmaning murakkabligi va quvvatiga
texnologik jarayonlarning yangiligiga qarab tanlanadi. 
25. Yangi lavozimga xodimlarni tayyorlash har bir lavozim va har bir ish joyi uchun 
korxonaning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan reja va dasturlarga muvofiq amalga oshiriladi. 
Xodimlarni tayyorlash dasturi ularning toifasiga qarab nazariy o‘qitish, stajorlik, bilimlar 
sinovidan o‘tish, dublyorlik, nazorat mashqlari, ish joyida qisqa muddatli ishlashni o‘z ichiga olishi 
kerak. 
26. Tezkor rahbarlarni tayyorlash korxonaning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan 
yakka tartibdagi dasturlarga muvofiq amalga oshiriladi. 
Tezkor rahbarlarni tayyorlash dasturi ushbu Qoidalarga 
2-ilovaga 
muvofiq quyidagi 
tayyorlov shakllarini o‘z ichiga olishi lozim: stajorlik, bilimlar sinovidan o‘tish, dublyorlik va 
bevosita o‘zlari rahbarlik qiladigan tezkor xodimlarning asosiy ish joylarida qisqa muddatli ishlash, 
shuningdek, ularning tezkor yurituvi ostida bo‘ladigan uskunalar bilan ish joylarida stajorlik. 
Tezkor rahbarlarni tayyorlashning har bir bosqichi zarurligi — ularning bilim-
ko‘nikmalarining muvofiqligi, texnik bilimlari darajasi, yaqin lavozimlarda amaldagi ish staji, yangi 
lavozimga tayyorlashdan oldin egallab turgan lavozimi, obyektning texnik murakkabligi hisobga 
olingan holda belgilanadi. 
27. Ishga yangi qabul qilingan va ilgari xavfsiz ish usullariga o‘rgatilmagan qurilish-montaj, 
qurilish sanoati, mashinasozlik, shuningdek, sozlash, ta’mirlash va yordamchi ishlab chiqarish 
korxonalari xodimlari korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan dastur bo‘yicha ishlarni 
xavfsiz amalga oshirish usullariga qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida o‘rgatilishi 
kerak. Bunday xodimlar o‘rganishdan va bilimlar sinovidan o‘tmaguncha, ularga mustaqil ravishda 
(tajribali xodimlar nazoratisiz) ishlarni amalga oshirishlariga ruxsat etilmaydi. 
28. Yangi qabul qilingan barcha xodimlar tasdiqlangan dastur bo‘yicha mutaxassislar 
(instruktor-reanimatorlar) tomonidan shikastlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish usullariga ishga 
qabul qilingan kundan boshlab bir oy ichida o‘rgatilishi shart. 

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə