Ekonometrikada ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning asosiy tushunchalari


Tasodifiy miqdorlar tushunchasi. Diskret va uzluksiz tasodifiy miqdorlar



Yüklə 111,64 Kb.
səhifə2/3
tarix20.06.2022
ölçüsü111,64 Kb.
#89809
1   2   3
3 mavzu

3.3. Tasodifiy miqdorlar tushunchasi. Diskret va uzluksiz tasodifiy miqdorlar.


Tasodifiy miqdor X deb, avvaldan noma’lum bo‘lgan va oldindan inobatga olib bo‘lmaydigan tasodifiy sabablarga bog‘liq bo‘lgan hamda sinash natijasida bitta mumkin bo‘lgan qiymat qabul qiluvchi miqdorga aytiladi.


Diskret (uzlukli) tasodifiy miqdor deb, ayrim, ajralgan qiymatlarni ma’lum ehtimollar bilan qabul qiluvchi miqdorga aytiladi. Diskret tasodifiy miqdorning mumkin bo‘lgan qiymatlari soni chekli yoki cheksiz bo‘lishi mumkin.
20 ta talabalar ichida o‘g‘il bolalar soni 0,1,2,.........20 qiymatlarni qabul qilish mumkin bo‘lgan tasodifiy miqdordir.
Uzluksiz tasodifiy miqdor deb chekli yoki cheksiz oraliqdagi barcha qiymatlarini qabul qilishi mumkin bo‘lgan miqdorga aytiladi.
To‘pdan otilgan snaryadning uchib o‘tgan masofasi tasodifiy miqdordir. Bu miqdorning mumkin bo‘lgan qiymatlari (a,v) oraliqqa tegishlidir.
Diskret tasodifiy miqdorning matematik kutilishi deb, uning barcha mumkin bo‘lgan qiymatlarini mos ehtimollarga ko‘paytmalari yig‘indisiga aytiladi:
(3.1)


Matematik kutilishning xossalari.
1-xossa. O‘zgarmas miqdorning matematik kutilishi shu o‘zgarmasning o‘ziga teng:
(3.2)
2-xossa. O‘zgarmas ko‘paytuvchini matematik kutilish belgisidan tashqariga chiqarish mumkin:
(3.3)
3-xossa. Ikkita erkli X va U tasodifiy miqdorlar ko‘paytmasining matematik kutilishi ularning matematik kutilishlari ko‘paytmasiga teng:
(3.4)
4-xossa. Ikkita tasodifiy miqdor yig‘indisining matematik kutilishi qo‘shiluvchilarning matematik kutilishlar yig‘indisiga teng:
(3.5)
tasodifiy miqdorning - tartibli boshlang‘ich momenti deb, miqdorning matematik kutilishiga aytiladi:
(3.6)
tasodifiy miqdorning - tartibli markaziy momenti deb, miqdorning matematik kutilishiga aytiladi:



Yüklə 111,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə