Ekologiya fanining predmeti va vazifalari Reja



Yüklə 21,7 Kb.
tarix30.04.2018
ölçüsü21,7 Kb.
#40776

Aim.uz

Ekologiya fanining predmeti va vazifalari
Reja:

    1. Kirish va ekologiyaning qisqacha tarixi.

    2. Ekologiya fanining predmeti va bo’limlari.

    3. Ekologiyaning boshqa fanlar bilan bog’liqligi.

    4. Ekologiya fanining vazifalari.


Tayanch so’z va iboralar: Ekologiya, biologiya, biosfera, biontsenoz, populyatsiya, sinekologiya, kuzatish, tajriba monitoring.
1.1. Kirish. Ekologiyaning qisqacha tarixi.
Inson dunyoga kelibdiki, u atrof-muhit bilan doimo bog’lanib kelgan va qadim zamonlardan boshlab ekologiya muammosi o’sha zamon odamlarining hayot tarzida muhim o’rin tutgan.

Butun dunyo, ayniqsa Markaziy Osiyo xalqlari qadim-qadimdan ekologik muhitning saqlanishiga katta e’tibor berib kelganlar.



Xalqimiz orasida qadim-qadimlardan ekologiyaga e’tibor berilganligiga dalolat: “Suvga tupurma”, “ariqqa supurma” deyilgan, chunki insonlar og’iz bo’shlig’ida millionlab har xil miqroblar (yoki supurilayotgan axlatda) mavjuddir, ya’ni boshqa insonlarga bu zararli mikroblar yuqmasin demoqchi.

Eramizning boshlarida Samarqandda, Termizda sopol naylarda yer ostidan ichimlik suvi o’tkazilgan, chunki O’rta Osiyo sharoiti issiq bo’lganligi uchun suv tez buzilib, insonga zarar keltirishini oldindan bilganlar, yoki dori-darmonlarni shisha va sapol idishlarda saqlagan va tayyorlagan.

Atrof-muhit bulg’anishini tirik organizmga ta’sirini buyuk olim Abu-Ali Ibn-Sino bundan 1000 yildan ko’proq vaqt oldin “CHang va tutun (g’ubor) bo’lmasa, inson ming yil umr ko’rardi” deb yozgib qoldirgan.

O’rta Osiyolik olimlar: Muxammad Muso Al-xorazmiy (782-847) “Bilinki, daryoning ko’zlari yoshlansa, uning boshiga g’am, kulfat tushgan bo’ladi. Odamlar daryodan mehringizni darig’ tutmanglar” deydi, ya’ni, daryo bilan odamlarning bir-birini tushunishlar, til topishlari, o’zaro bir-birlariga mehr-muhabbat qo’yishlarini nazarda tutgan va suvdan tejab foydalanishini aytgan.

Abu-Nasr Farobiy “Odam a’zolarining tuzilishi, hayvonlar a’zolari va ularning vazifalari xaqida” kitobida tirik organizmning ovqatlanish ekologiyasiga doir muhim fikrlarni bildirgan.

Abu Rayxon Beruniy yer hodisalarini quyosh ta’siri bilan bog’laydi. Keyinchalik uning fikrlarini A.L. CHejevskiyning “Quyosh bo’ronlarining yordamchi sadosi” nomli kitobi 500 yillik xolera va gripp kasalliklari Quyosh faoliyati bilan bog’liqligini isbotladi. Hozirgi paytda ekologiya fanining ko’p tarmoqlari mavjud bo’lib, ular tez rivojlanmoqda. Ya’ni fiziologik ekologiya, biofizik ekologiya, bioximik ekologiya, morfologik ekologiya, matematik ekologiya, genetik ekologiya va boshqa yo’nalishlar tarkib topti.

Ekologiya fani tirik organizm bilan tabiat orasidagi munosabatlar, bog’lanishlar xaqidagi fan bo’lganligi uchun atrof-muhitni muhofaza qilish kursi bilan ham uzviy bog’langandir.

Tevarak-atrofimiz zaharli moddalar bilan yildan-yilga ifloslanib bormoqda ekan, insoniyat hozirgi kunda ekologik bilimga muxtoj bo’lib qoldi. Avvalo, inson tabiat boyliklarini tezroq qazib olib, o’z ehtiyojlarini ko’proq qondirish uchun texnika vositalaridan ko’proq foydalanib, ona yer qo’ynida yotgan juda ko’p moddlarni (shu jumladan radioaktiv moddlar, ftor moddasi va b.) atrof-muhitga sochib yubordi. Bundan tashqari ko’proq hosil olish uchun kimyoviy moddlardan (pestitsidlar, gerbitsidlar fungitsidlar, defoliantlar va b.) foydalanib va ko’p zaharli moddlarni tuproqqa va atrof-muhitga tarqatilmoqda.

Har bir inson ona tabiatni sevish, tabiatni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish xaqida ko’proq bilishi, mas’uliyat xissini chuqur anglab yetishi uchun kitoblarni, ommaviy maqolalar va risolalarni o’qib, o’z bilimini oshirib borishi, ekologik tarbiya va madaniyatdan xabardor bo’lishi shart.

Tabiat, yer, suv, mikroorganizmlar, o’simlik, xayvonlar, odamlar bir butun uzviy bog’langandir. Har bir qishloq xo’jalik mutaxassisi o’z vazifasini to’g’ri bajarsa, eng muhimi tabiat muvozanatini buzib qo’ymaslikning oldini olgan bo’lamiz. Tabiat qonunlarining nozik tomonlarini sayozroq bilishimiz bilan jonli tabiatga zarar yetkazmasligimiz kerak. Tabiat qonunlari va biosfera o’ta mujassamdir.


1.2. Ekologiya fanining predmeti va bo’limlari

Ekologiya fani tirik organizmning yashash sharoitlari va organizmlarning o’zlari yashab turgan muhit bilan o’zaro murakkab munosabatlari, hamda shu asosda tug’iladigan qonuniyatlarni o’rganadi.

Ekologiya tushunchasi 1866 yili nemis biologi E. Gekkel tomonidan fanga kiritilgan. “Ekologiya” so’zi “oikos” – uy-joy, “logos” – fan demakdir, ya’ni uning ma’nosi tirik organizmlarning yashash sharoiti yoki tashqi muhit bilan o’zaro munosabatlarini bildiradi.

Biologiya, biofizika kabi fanlar molekuladan tortib biosferagacha bo’lgan juda ko’p biotizimlarni o’rgatadi. Ekologiya fani populyatsiyalar, turlar, biotsenozlar, biogeotsenozlar, biosfera va ekologik modellar kabi tushunchalar. Ekologiya fanining manbai bo’lib hisoblanadi. SHuning uchun ham odatda umumiy ekologiya 4 ta bo’limga bo’linadi:

1. Autekologiya;

2. Populyatsion ekologiya;

3. Sinekologiya;

4. Biosfera ekologiyasi.

1. Autekologiya (“autos” – yunoncha so’z bo’lib “o’zi degan manoni bildiradi”) ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan munosabatlarini, turlarning qanday muhitga ko’proq va zviy moslanganligini yoritadi.



2. Populyatsion ekologiya. Populyatsiya so’zi (frantsuzcha bo’lib “populus” – “xalq” degan ma’noda) populyatsiyalar dinamikasi, ma’lum sharoitlarda turli organizmlar sonining o’zgarishi (biologik dinamikasi) sabablarini tekshiradi. “Populyatsiya” deb uzoq muddat davomida muayyan bir joyda yashaydigan, o’sadigan bir turga yoki individlar yig’indisiga aytiladi.

3. Sinekologiya (“sin” – yunoncha so’z bo’lib, uning ma’nosi “birgalikda” demakdir) biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim o’simlik va hayvon turlarining o’zaro aloqalarini hamda ularning tashqi muhit bilan munosabatlarini o’rganadi.

4. Ekotizimlarni tadqiqot qilishning rivojlanishi ekologiyaning yangi bir bo’limini, ya’ni biosfera (yunoncha “bios” – hayot, “sfera” - shar) haqidagi ta’limotni vujudga keltiradi. Ushbu ta’limotning asoschisi V.I. Vernadskiy hisoblanadi. Sayyoramizda tarqalgan organizmlar, ya’ni yer qobig’idagi mavjudotlar tizimi “biosfera” deb ataladi.
1.3. Ekologiya fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Muhit omillari o’rganilganda, ekologiya boshqa fanlarning metodlaridan foydalanadi. Ular biologiya, kimyo, botanika, geografiya (metrologiya, iqlimshunoslik), tuproqshunoslik, agrokimyo va boshqalardir. So’ngi paytlarda ekologiyada matematik metodlar ko’p qo’llanilmoqda. Ekologiya o’simliklar fiziologiyasi, shuningdek geobotanika bilan ham bog’liq, chunki u biogeografiyadan kelib chiqqan. Fitogeograf turlar bilan ish ko’rsa, ekolog – hayotiy formalarni o’rganadi. Turlar evolyutsiyasini o’rganish uchun poleontologiya va poleogeografiyani ham bilish shart. CHunki bu fanlar turlarning rivojlanish tarixini o’rganadi. Ekologiya sistematika, ekonomika, xuquq va boshqa birqancha fanlar bilan ham bog’liq.
1.4. Ekologiya fanining vazifalari
Ekologiya kundalik turmushimizda kerak bo’ladigan ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishda, xalq xo’jaligining turli sohalarini rivojlantirishda asosiy baza bo’lib hisoblanadi va bugungi kunda ekologiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • biotsenozlar hosil qilish (sun’iy yaylovlar hosil qilish);

  • qumlarni ko’chishini to’htatish, tuproq eroziyasiga qarshi kurashish;

  • qishloq xo’jalik ekinlarini rayonlashtirish;

  • o’simliklarni zararkunandalardan muhofaza qilish;

  • atrof-muhitdagi antropogen o’zgarishlarni o’rganish va muhitni yaxshilash metodikasini asoslash;

  • yuqori hosildorli asosiy o’simliklar optimal zichligini aniqlash;

  • ekologik xavfni oldindan aniqlash va uning oldini olish;

  • ekologik me’yor tizimini tuzish. Tabiatdan unumli foydalanish;

  • tabiatda oz uchraydigan va yo’qolib borayotgan o’simlik va hayvonlarni muhofaza qilish, ko’paytirish yo’llarini ishlab chiqish;

  • havo va tuproqning tozaligini ta’minlash;

  • suvning tozaligini asrash, ifloslanishga yo’l qo’ymaslik;

  • biologik xilma-xillini asrash;

  • o’simlik va hayvonlar populyatsiyalarini aniqlash va ularning muhofaza qilish;

  • tabiat va jamiyat orasidagi muvozanatning buzilishiga yo’l qo’ymaslik;

  • tabiat ustidan xukmronlik qilmasdan u bilan hamkorlik qilish va boshqalar.

SHunday qilib to’g’ri ekologik me’yorlashtirish – bu har qanday ekologik unsurni muhofaza qilishda ilmiy asos bo’lib xizmat qiladi, tabiatda muvozanatni buzilishini oldini oladi.
Yüklə 21,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə