Ekologik va iqtisodiy tarbiya



Yüklə 33,33 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü33,33 Kb.
#138444
Iqtisodiy va ekologik tarbiya


Ekologik va iqtisodiy tarbiya.
Insonni shakllantirishda iqtisodiy tarbiyaning pedagogik ahamiyati. Bozor iqtisodiyotiga o'tilayotgan bir paytda yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash ayniqsa juda muhim. Avvalo o'quvchilar iqtisodiy tarbiya haqida mukammal, to'la tushunchaga ega bo'lmog'i darkor. Iqtisodiy tarbiya o'quvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob va ayni vaqtda shu kabilar haqida fikrlay olish qobiliyatini kamol toptirishdir. Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan asosli boyitib kelindi. Chunonchi, Muhammad Ibn Suso Al-Xorazmiy matematika fani inson hayotida asosiy o'rin tutishini alohida ta'kidlaydi. Uning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va o'z ishiga pishiq bo'lishi kerak. Shunda u o'z mehnatining natijalarini o'lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin.nO'zbekistonRespublikasining «Kadrlartayyorlashmilliydasturi»da: «Ta'limningbarchadarajalarita'limoluvchilarningiqtisodiyta'limihamdatarbiyasinitakomillashtirish», zarurligi (45-bet) a'lohidata'kidlangan. Barkamol inson avvalo iqtisodiy tarbiya olmog'i shart. Chunki iqtisodiy tarbiyasiz, unga bog'liq ko'nikmalarsiz, odatlarsiz haqiqiy mukamml inson bo'lishi mumkin emas. U eng avvalo o'z mehnati va boshqalar mehnatini qadrlaydigan, uni hayotda tadbiq qilishning ta'limiy asoslarini ilmiy bilmog'i zarurdir. Iqtisodiy tarbiya iqtisodiy ta'lim negizida quriladi. Tarbiya esa kundalik turmushda yuqoridagi sifatlarni qo'llash jarayonida o'z ifodasini topadi. Bu muammo esa boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'ziga xos tarzda, ya'ni sodda shaklda tashkil etiladi. Chunki kichik o'quvchilarda iqtisodiy ma'lumotni, madaniyatni, ongni, ko'nikma va odatlarni birdaniga tarkib toptirish mumkin emas. Shuning uchun kichik o'quvchilarda dastlab iqtisod haqida tasavvur, tushuncha va ularni turmushda qo'llash bilan bog'liq ko'nikmalarni tarkib toptirish muhim vazifa hisoblanadi. Kichik o'quvchilarning barkamol insonga xos bo'lgan iqtisodiy bilimlari bosqichma-bosqich ular yoshining ortibborishi bilan uzviy bog'liq holda tashkil etiladi. Iqtisodiy ong, madaniyat birdaniga tarkib toptirilmaydi. O'quvchilarning bu sohadagi tasavvurlari bevosita ta'lim jarayonida tarkib toptirilib borishni talab etadi. Bunday mas'uliyat boshlang'ich sinf o'qituvchisi zimmasiga to'g'ri keladi. Bu ish boshlang'ich ta'limning to'rt yilli davrida amalga oshiriladi. Tejamkorlik. Abu Nasr Forobiy «Baxt-saodatga erishish haqida» asarida shunday yozadi: «Inson o'z mablag'ini to'g'ri sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg'anchiqlik qilish, xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka etaklaydi». Ko'rinib turibdiki Sharq mutafakkirlari maktab va oila sharoitida bolalarning iqtisodiy tafakkurini kengaytirish, ularni tejamkorlikka, tashabbuskorlikka, ishbilarmonlikka, iqtisodiy hisob-kitobga o'rgatishni hayotiy tajriba asosida amalga oshirish lozimligiga asosiy e'tiborni qaratganlar.

Iqtisodiy tarbiyaning maqsad va vazifalari. Iqtisodning yaxshi yoki yomonligi tejamkorlik bilan bevosita bog'liqdir. Bas, shunday ekan bolaga oilada iqtisod, kirim-chiqim mohiyati haqida ta'lim-tarbiya berish kerak. Bu ishni o'quvchi bevosita maktab ta'limi davrida oladi. Shuning uchun o'quvchida ilk iqtisodiy tushuncha asoslari va ko'nikmalarni tarkib toptirishga alohida e'tibor berilishi shu kunning muhim muammolaridan biridir. Donolar debdurlarki: «Harakat qiling to obodon bo'lg'aysizlar va ozga qanoat qiling, toki mollaringiz ko'p bo'lg'ay, yumshoq tabiatli va shirin so'zli bo'ling, do'stiniz ko'p bo'lg'ay». Demak, ko'p ranj bila topilg'on ganjni (boylik) g'aflat va qohillik bila qo'ldan bermoq aqlli kishining ishi emasdur. Qashshoq bo'lg'andin so'ng har qancha pushaymon bo'lsa, sud (foyda) qilmaydur. Demak, moling barqaror bo'lguncha mashaqqat ustiga mashaqqat chekg'il, sen bundan bahramand bo'lg'aysan. Biroq mol har qancha aziz bo'lsa ham, uni do'stlardin darig' tutmag'il. Har holda molingni go'ringga olib bormagungdur. Ammo daromad na chog'liq bo'lsa, xarjing ham ul miqdor bo'lsun. Shunda senga qashshoqlik mashaqqati yuzlanmag'ay. Har kishiki xarjini daxlidin oz qilsa, hech vaq qashshoq bo'lmag'ay. Donishmandlar debdurlarkim, hech bir ishda isrof qilmag'il, isrof qiluvchi barcha vaqt ziyonkordur. Ammo tirikchilikni talx qilgudek qattiqliq qilmag'il. Ro'zgoringning zaruriy ishlarida tahsir nuqson ko'rguzmag'il. Joningga jabr qilmag'il: mol har nechakim azizdur, ammo jonigdan aziz emasdur. Alqissa, jahd etib yig'ilgan molingni bahllarning qo'liga topshirmag'il va sharobxo'r, qimorbozlarga e'timod qilmag'il. Mol jam etmakda xato qilmag'il, har odam o'z ishida xato qilsa, saodatdin mahrum bo'lg'ay va muddaolarda bebahra qolg'ay, nedinkim, roham mehnatdadur. Shundoqki, bugunning rohati kechagi mehnatning natijasidur. Molingdin mustahiqlarga (munosib, loyiq) edurg'il. O'zgalarning molidin ta'ma qilmag'il, tokim barcha xaloyiqning yaxshiroq va azizrog'i bo'lg'aysan. Molingni o'zgalarning moli deb bilg'il, o'zgalarning molin o'z molingdin ziyodrog' bilg'il, toki omonatga xiyonat qilmaslik, to'g'rilik bila xalqqa mashhur bo'lg'aysan. Har ishning bir sababi bordir. Ammo qashshoqlikning sababi isrofdir. Isrof faqat molni sarf qilishgagina emas, ovqatda, kishining qiziqishlari, nutqida ham isrof bo'ladi, isrof tanni aldaydi, nafsni ranjitadi, aqlni qochiradi va tirikni o'ldiradi». Isrof so'zining lug'aviy ma'nosi bu – molni gunoh ishlarga sarflash yoki o'zi va bola-chaqasi uchun hech narsa qoldirmay, bor-yo'g'ini mayda-chuyda, ikir-chikirlarga sarflab yuborish ma'nolarini anglatadi. Isrof – u qaysi ko'rinishda bo'lmasin kishining bor-yo'g'ini sovuradi, yakson qiladi, degan fikr ilgari surilgan (Al-adab al-mufrat. Imom Ismoil al-Buxoriy. 131-bet). «Yaxshi sayrat, chiroyli hay'ot va har bir ishda iqtisodchilik etishi hislatlardan bir bo'lagidir» (216 bet, 468 hadis). Yana bir hadisda «Sizlarning uchta ishingiz uchun olloh taolo rozi va uchta ishingiz uchun g'azabda bo'ladi. Molni noo'rin erlarga sarf qilib zoe qilganingiz shularning bittasidur, deydilar» (206 bob, 131 bet). Birovdan qarzdor bo'lsangiz, va'da qilg'an kuningizda topshiring», deb ta'kidlanadi Qobusnomada. Haqiqatdan ham inson mol, mablag', boylik uchun o'zini xavf-xatarga qo'ymasligi shart.
Albatta har bir inson uchun mol, mablag', boylik zarur, bu hayotning talabi. Ammo uni topishda O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga va boshqa me'yoriy hujjatlarda ko'rsatilgan qoidalarga rioya qilish oilaning, davlatning, jamiyatning rivojlanishiga to'siq bo'lmasligi darkor. Bu sohada tadbirkorlik, tashabbuskorlik, halollik, adolat, xalq, davlat manfaatlaridan kelib chiqib amalga oshirilsa samarali natijalar keltiradi. Ekologik tarbiya haqida tushuncha. Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumbashariy muammosiga aylangan. Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo'lib, rivojlanishning hozirgi kuni va kelajagi ko'p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog'liqdir, - deb ta'kidlagan I.A.Karimov (O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida. Atoqli pedagog V.A.Suxomlinskiy «Bolalarga jonim fido» asarida «Men bolalar «Alifbo»sini ochib, birinchi so'zni hijjalab o'qishlariga qadar avval dunyodagi eng ajoyib kitob – tabiat kitobini mutolaa etishlarini istardim» - deb ta'kidlaganidek, bu borada barcha ishlarni bolaning kichikligidanoq boshlash maqsadga muvofiqdir. O'zbekiston Respublika «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da: «Ta'limning barcha darajalarida ta'lim oluvchilarning ekologik va sanitariya-gigiena ta'limi hamda tarbiyasini takomillashtirish zarur» - deb alohida ta'kidlangan. «Ekologiya» yunoncha so'z bo'lib, tirik mavjudodlarning yashash sharti va tevarak atrofdagi muhit bilan o'zaro munosabatlari hamda shu asosda yuzaga keladigan qonuniyatlarni o'rganadigan fandir. «Ekologiya» atamasi 1866 yilda nemis zoolog olimi E.Gekkel tomonidan kashf etilgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 50-moddasida: «Fuqarolar atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar» va 55-moddasida esa: «YEr va er osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umumiy boyliklardir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat mudofaasidadir» - deb juda o'rinli ta'kidlangan. Fuqarolarda ekologik madaniyatni tarkib toptirish, ularga tabiat, atrof-muhit bilan qanday munosabatda bo'lishni o'rgatish ijtimoiy pedagogika nazariyasi va amaliyotining eng dolzarb mavzusiga aylandi. O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida»gi Qonuni, «Sog'lom avlod uchun» ordenining ta'sis etilishi, shu nomda Davlat dasturi, «Ekologik ta'lim-tarbiya konsepsiyasi» ning ishlab chiqilishi, «Ekosan» jamg'armasining tuzilishi va 2000 yilning «Sog'lom avlod yili» va 2005 yilning «Sihat-salomatlik yili» deb e'lon va davlat dasturi ishlab chiqilishi ekologik tarbiyaning ijtimoiy muammolarini hal qilishga qaratilganligini ko'ramiz. Aholi sonining tez o'sib borishi natijasida ekologik ijtimoiy muammolar ham tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, aholini er, suv, energetika, oziq-ovqat bilan ta'minlash haqidagi muammolar butun dunyo ijtimoiy muammolariga aylanib bormoqda. YEr kurrasida insoning farovon yashashi endi ekologik muammolarni echishga bog'liq bo'lib qolmoqda. Ekologik muammolarning ilmiy, iqtisodiy, texnik, gigienik, yuridik, estetik, pedagogik va psixologik yo'nalishlari mavjud.
Yüklə 33,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə