Egatlab sugorish



Yüklə 151,71 Kb.
tarix10.10.2023
ölçüsü151,71 Kb.
#126556
8.Egatlab sugorish

Mavzu:Egatlab sugorish.


Egatlab sug‘orish – yer ustidan sug‘orishning mukammallashgan turi hisoblanib, chopiq qilinadigan ekinlar (g‘o‘za, makkajo‘xori, poliz va h.k.) ni sug‘orishda yer nishabligi 0,03 gacha bo‘lganda qo‘llaniladi. Yer nishabligining katta qiymatlarida suv sug‘orish egati tubini yuvib ketishi mumkin. Egatlarning chuqurligi va ustining kengligi bo‘yicha egatlar sayoz, o‘rta, chukur hamda tor, o‘rta va keng egatlarga bo‘linadi
Egatlarning chuqurligi va ustining kengligi bo‘yicha turlari
Egatlar:
- suv oquvchanligi bo‘yicha tashlamali va ohiri berk egatlarga;
- ko‘ndalang kesimi bo‘yicha: parabola, trapetsiya va konusli egatlarga;
- uzunligi bo‘yicha: qisqa (50-150 m) va uzun (350-400 m) egatlarga;
  • qishloq xo‘jaligida foydalanish bo‘yicha: ekiladigan va ekilmaydigan egatlarga bo‘linadi.

  • Aksariyat holatlarda egatlarning ko‘ndalang kesim yuzasi parabola ko‘rinishida bo‘lib, egat tubining eni 8-10 sm, chuqurigi 9-25 sm, yon devor qiyaligi 1:1 ni tashkil etadi.

Egatlab sug‘orishda sug‘orish texnikasining elementlari bo‘lib, egatga beriladigan suv sarfi, egat uzunligi va egatlar orasidagi masofalar hisoblanadi.
Yo‘laklab sug‘orishda esa, sug‘orish texnikasining elementlari bo‘lib, yo‘lak uzunligi va eni, yo‘lakka beriladigan solishtirma suv sarfi qiymatlari, yo‘lak chetidagi marzalarning balandliklari hisoblanadi. Sug‘orish texnikasining elementlari tuproqlarning suv o‘tkazuvchanlik va 76 sug‘orish dalasining yer nishabligi qiymatlariga asosan qabul qilinadi. Egatlar orasidagi masofa egat olingan tuproqning suv-fizik xossasiga bog‘liq ravishda qabul qilinishi kerak. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda egatlar oralig‘i mexanik tarkibi engil tuproqlarda (a) 50-65 sm, o‘rta tuproqlarda 65-80 sm, og‘ir tuproqlarda(b) 80-100 sm bo‘ladi.
Egatlab sug‘orish texnikasi elementlari
Egat uzunligini dala nishabligi va tuproqning suv shimish xususiyatiga qarab to‘g‘ri tanlash lozim. Agar egat uzun olinsa, suv uning ohiriga etib borgunicha, suvning ko‘p qismi egatning bosh qismida tuproqqa behudaga singib isrof bo‘ladi. Shuning uchun dalaning sharoitidan kelib chiqib, qumloq tuproqlarda 60-70 metr, engil va o‘rta qumoq tuproqlarda 80-100 metr, og‘ir qumoq va gilli tuproqlar sharoitida 100-120 metrgacha bo‘lgan masofalarda o‘qariqlar olinsa, sug‘orish vaqtida suvning yerga behudaga singishi kamayadi va egatning boshidan to ohirigacha bir tekis namlanishiga yerishiladi.
Dalaning bir tekis namlanishi hosildorlikni yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Egatning butun uzunligi bo‘yicha tuproqning bir tekis namlanishi uchun egatga berilayotgan suv sarfi qumloq tuproqlarda 0,7-0,8 l/s, engil va o‘rta qumoq tuproqlarda 0,3-0,4 l/s va og‘ir qumoq va gilli tuproqlarda 0,1-0,2 l/s bo‘lishi lozim.
Yüklə 151,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə