|
Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi ro`li JavobMarkaziy Osiyoda islom dining tarqalishi
|
səhifə | 12/49 | tarix | 27.01.2022 | ölçüsü | 92,63 Kb. | | #83171 |
| Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi ro`li JavobMarkaziy Osiyoda islom dining tarqalishi.
Javob: Islom dini dunyoda keng tarqalgan monoteistik dinlardan biridir. Aholisining ko‘pchiligi mutloq musulmonlardan iborat bo‘lgan 39 mamlakat, hatto aholisining yarmini musulmonlar tashkil etadigan ba’zilari ham (Misr, Malayziya 49) o‘zlarini musulmon mamlakatlari deb ataydilar. Ularning ba’zilarida (Mavritaniya Eron, Pokiston, Kamar orollari) mamlakatlarining nomiga islom so‘zi qo‘shib aytiladi. Rasmiy statistika buyicha, bir necha mamlakatlarda aholining deyarli barchasi musulmonlardan iborat. 28 mamlakatda islom rasman davlat dini sifatida tan olingan. Shuningdek, Markaziy Osiyo, Kavkazorti va SHimoliy Kavkaz, Volgabuyi, g‘arbiy Sibir va boshqa hududlarda yashovchi aholi orasida tarqalgan. hozirda islomga e’tiqod qiluvchilar soni yil sayin ko‘payib bormoqda. Ayniqsa, e’tiqod erkinligi haqidagi yangi qonunning qabul qilinishi, vaqtli matbuot sahifalarida, radioeshittirishlar va oynai jahon ko‘rsatuvlarida din mavzuidagi chiqishlarning ko‘payishi, maxsus gazeta va jurnallarning keng tarqalganligi islomga bo‘lgan e’tiborini oshirib yubordi. Islom jahondagi, ayniqsa, Osiyo va Afrika qit’asi madaniyatining umumiy qiyofasida muhim iz qoldirdi. Bunga eng avvalo bu hududlarda arab tili va arab yozuvining keng tarqalganligi, islom mafkurasi zamonida ishlab chiqilgan muayyan turmush tarzining hukmronligi musulmonlar ijtimoiy hayotining turli sohalari shariat tomonidan idora etilganligi imkon bergan. SHunga qaramay mahalliy madaniy an’analar yo‘qolmay, yangi islom yo‘nalishida rivojlangan va u ko‘pincha qadimiy musulmon an’analari sifatida qabul qilingan.
Quron –musulmonlarning muqaddas kitobi
Dostları ilə paylaş: |
|
|