Didaktika : ta’lim mazmuni

Yüklə 3,98 Mb.
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#133865
1   2   3   4   5
Didaktika -Talim mazmuni

Abu Nasr Forobiy matematika fani misollari asosida o‘qitishning ilmiylik, ko‘rsatmalilik, tushunarlilik va izchillik prinsiplarini ishlab chiqqan. Bilish jarayoni va fandagi bilim shakllarining mohiyatini yoritgan. Uning fikricha, ana shu jarayonlar qonunlar sifatida shakllanadi va ularga rioya qilish fikrlashni takomil- lashtiradi hamda murakkab bilish jarayonida qo‘pol xatolaming oldini oladi. Bilish jarayoni fikrlash mantiqi orqali amalga oshadi. Mantiq, obyekti anglashga qaratilgan va aql yetadigan mohiyatlar tahlil etiladigan fikrlash jarayonining to‘g‘riligini belgilashga xizmat qiladi. Mantiq quroldir va u narsalami aniq bilishga yordam beradi.

Didaktika uchun “umumiy va alohida”, “mohiyati va hodisa”, “qarama-qarshilik”, “bog‘liqlik” kabi falsafiy tushunchalar ham muhim ahamiyatga ega. Didaktikada qo‘llaniladigan umumiy ilmiy tushunchalar orasida “tizim”, “tuzilma”, “vazifa”, “element” kabilar alohida o‘rin tutadi. Pedagogikaga xos didaktik tushunchalar sirasiga quyidagilar kiradi: 1) ta’lim - o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ulaming bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon; 2) dars - bevosita o‘qituvchi rahbarligida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli;

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə