Devoni foniy poetikasi



Yüklə 73,55 Kb.
səhifə5/18
tarix28.11.2023
ölçüsü73,55 Kb.
#134032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1-10 navoiy

Hayrat ul-abror (oʻzbekcha: Yaxshi kishilarning hayratlanishi) — Alisher Navoiy qalamiga mansub "Xamsa"ning birinchi dostoni (1483) boʻlib, pand-nasihat ruhidagi taʼlimiy-axloqiy, falsafiy doston. 3,988 baytdan iborat boʻlib, 64 bob, 20 maqolatdan tashkil topgan. Aruzning sareʼ bahrida yozilgan. Asar anʼanaviy muqaddima — hamd va naʼt bilan boshlanadi. Navoiyning dunyo haqidagi qarashlari mana shu muqaddimada oʻz aksini topgan. Uningcha, dunyoning boshi ham, oxiri ham, yaratuvchi ham, kuzatuvchi ham Allohdir: Avval oʻzung, mobayn oʻzung, Barchaga xoliq, boriga ayn oʻzung.
Asarda shoir Alloh, borliq, inson haqida shunday fikrlaydi: bir vaqtlar bu jahon pinhon (yashirin) edi. Na yer, na koʻk, na kun, na tun — hech narsa yoʻq edi. Sendan boshqa hech kim, hech narsa yoʻq edi. Nozir ham, manzur ham oʻzing eding. Ishqingdan mast, husningdan masrur eding, husning jilvasiga cheku chegara yoʻq edi. Senga koʻzgu kerak boʻldi va shu maqsad bilan dunyo maydonga keldi. Demak, dunyo sening jamolingga oynadir. Sen dunyoni gʻoyat goʻzal (latif) qilib yaratding, lekin hammasidan insonni ulugʻ (sharif) aylading. Binobarin, Alloh har narsadan ulugʻ va yaqin tutgan inson ham tabiatning, ham jamiyatning gultojidir. Navoiy dunyoni Allohning namoyon boʻlishidir, deb biladi. Inson esa uning markaziy siymosi.
2 bob ustozlar taʼrifiga bagʻishlangan, 2 bob soʻz va undagi maʼno haqida. Soʻng Husayn Boyqaroga, ulugʻ pirlar: Bahouddin Naqshband, Xoja Ahrorga bagʻishlovlar keladi. Nihoyat, 22-bobdan maqolatlar boshlanadi. 1-maqolat iymon, 2-maqolat islom, 3-maqolat shohlar haqida. Unda shoir bevosita shohga murojaat qiladi: "Ey, dabdabasi olamni tutgan sulton, senga haq hukmfarmolik berdi, qoʻlingni baland qilib, el-xalqni, ne-ne buyuklarni qoshingda past etdi. Lekin shuni bilki, sen ham ularning koʻpidan ojizroq bir bandasan... Haq senga vazifa topshirgan. Birinchi vazifa — bergan neʼmatiga shukr qilmoq, ikkinchisi — xalqni xurram tutmoq, haqini haqlab bermoq, asramoq. U senga omonat berilgan. Agar sen elning bir siniq ignasini tortib olsang, oxiratda olmos xanjar boʻlib, bagʻringga qadaladi. Ingichka bir ip kabi zarar yetkazgan boʻlsang, uni seni halok qiluvchi ilon deb bilaver... Beayb Parvardigor, lekin ayb qildingmi, tavba qil. Adolatsizlik qildingmi, adolat qil". Shu tariqa har bir maqolat bir mavzuga bagʻishlangan. Shoir dastlab mavzu bilan tanishtiradi. Unga munosabat bildiradi, yaʼni tasdiq yo inkor etadi, ayni mavzuga munosib biror ibratli hikoya keltiradi.
Ushbu sahifada Hazrat Alisher Navoiy «Xamsa»sidagi birinchi doston “Hayratu-l-abror” («Yaxshi kishilarning hayratlanishi»)ning asliyati bilan nasriy bayoni va ilk marta taqdim etilayotgan Abduhamid Pardaev tomonidan amalga oshirilgan dostonning she’riy tabdili bilan tanishishingiz, ularni mutolaa qilishingiz mumkin. Dilnavoz Yusupovaning dostonining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlariga bag‘ishlangan maqolasi esa sizga ko‘makchi bo‘lishiga ishonamiz.
Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi birinchi doston “Hayratu-l-abror” («Yaxshi kishilarning hayratlanishi») 1483 yilda yaratilgan edi. Doston 3988 baytdan iborat bo‘lib, 63 bob, 20 maqolat va 20 hikoyatdan tashkil topgan. Shundan Kirish (muqaddima) 21 bobni o‘z ichiga oladi.
Dostonning birinchi bobi Qur’oni karimdagi bosh ilohiy jumla “Bismillohir rahmonir rahim” (“Mehribon va rahmli Olloh nomi bilan boshlayman”)ning poetik sharhiga bag‘ishlangan. Bu bob nafaqat “Hayratu-l- abror” uchun, balki umuman “Xamsa” uchun ham kirish vazifasini o‘taydi, chunki keyingi dostonlarda biz bu ilohiy jumlani uchratmaymiz. Hazrat Navoiy bu jumlani ikki nuqtai nazardan tahlil qiladi, ya’ni qabul qiluvchilar va rad etuvchilar. Bunda ushbu jumladagi har bir harfga alohida ma’no yuklatiladi. Dastlab rad etuvchilarga to‘xtalinar ekan, ushbu jumladagi har bir harfning bu toifa kishilarini jazolantirishga xizmat qildirilganligini ko‘ramiz. Xususan, “ﺱ” – “sin” harfi haqida gapirilganda, uning shakli nahang balig‘ining umurtqa suyagidagi arradek bo‘lib, rad etuvchilar uchun ofatdek; “ﻢ” – “mim” harfi ilon nafasidek o‘t sochib, yo‘l boshida og‘zini ochgan holda yotadi degan tashbehlardan foydalaniladi.


Yüklə 73,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə