Davriy jadval, Mendeleyev davriy sistemasi


Kimyoviy elementlar davriy sistemasi



Yüklə 64,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix30.12.2023
ölçüsü64,38 Kb.
#167806
1   2   3
Kimyoviy elementlar davriy sistemasi - Vikipediya(1)

Kimyoviy
elementlar davriy sistemasi
 — 
D. I.
OʻzMEdan


Mendeleyevning
 oʻzi kashf etgan davriy
qonun asosida tuzgan elementlar davriy
sistemasi, davriy qonunning grafik
ifodasi. Kimyoviy elementlar davriy
sistemasi s. mavjud elementlarning
hammasini bir butun qilib birlashtiradi,
ular oʻrtasida obyektiv qonuniy aloqa
borligini koʻrsatadi va hali maʼlum
boʻlmagan elementlarni, ularning
xossalarini oldindan aytishga imkon
beradi.
Mendeleyevgacha ham kimyoviy
elementlarni sistemaga solishga urinib
koʻrilgan (fransuz kimyogari J. Dyuma,
nemis kimyogarlari I. Dyobereyner, L.
Meyer, ingliz kimyogari U. Odling,


amerikalik olim J. Nyulends va
boshqalar).
J. Nyulends 1863-yilda elementlarni
atom ogʻirliklari ortib borishi tartibida
ketma-ket joylashtirib, har qanday
elementdan hisoblaganda sakkizinchi
element birinchi elementning xossalarini,
muzikadagi sakkizinchi notaga oʻxshash,
maʼlum darajada takrorlashini topdi.
Nyulends bu qonuniyatni „oktavalar
krnuni“ deb atadi va unga asoslanib,
oʻziga maʼlum elementlarni guruh
(sakkizlik)larga boʻlishga urinib koʻrdi.
1864-yilda L. Meyer kimyoviy
elementlarni valentliklariga qarab olti
guruhga boʻldi. Shunday qilib,


Mendeleyevdan oldin elementlarni
kimyoviy oʻxshashliklari asosida guruhga
boʻlishdan nariga oʻtilmadi. Bu olimlar har
qaysi elementni boshqa elementlardan
mutlakr ajralgan holda olib qarashdi.
Mendeleyev, oʻzidan ilgari oʻtgan
tadqiqotchilarning aksicha,
elementlarning atom massasi
qiymatlariga, fizik va kimyoviy
xossalariga katta eʼtibor berdi. Mavjud
elementlarni atom massasi ortib borishi
tartibida joylashtirib, elementlarning
xossalari va ularning birikmalari ham
oʻsha tartibda asta-sekin oʻzgarib
borishini va maʼlum xossalarning oʻzi
elementlar qatorida davriy suratda, yaʼni
bir necha elementdan keyin


takrorlanishini aniqladi. Bu krnuniyat
davriy qonunda oʻz ifodasini topdi.
Mendeleyev davriy qonunni quyidagicha
taʼrifladi: oddiy moddalar
(elementlar)ning xossalari, shuningdek,
elementlar birikmalarining shakl va
xossalari elementlarning atom
massasilariga davriy ravishda bogʻliq
boʻladi. U barcha elementlar
boʻysunadigan davriy qonunni toʻliq
namoyon qildi va baʼzi elementlar
(chunonchi: berilliy, lantan, indiy, titan,
vanadiy, erbiy, seriy, uran, toriy)ning oʻsha
vaqtda qabul qilingan atom massasini
1,5—2-marta oʻzgartirish, baʼzi elementlar
(kobalt, tellur, argon)ning joylashish
tartibini oʻzgartirish va nihoyat 11


elementning (fransiy, radiy, aktiniy,
skandiy, galliy, germaniy, protaktiniy,
poloniy, texnetsiy, reniy, astat) kashf
qilinishi kerakligini oldindan aytib berdi.
Elementlarning xossalari kuyidagi
tartibda oʻzgaradi (jadvalga k,.). Faol
ishqoriy metall
 — 
litiydan
soʻng faolligi
kamrok, 
metall
 — 
berilliy
, undan keyin
kuchsiz 
metalloidlik
xossalarga va
metallarning baʼzi xossalariga ega
boʻlgan 
bor
 turadi. Qatorda bordan keyin
4 valentli metalloid — uglerod, soʻng
metalloidlik xossalari yanada ravshanroq
ifodalangan azot, yaqqol metalloid —
kislorod va niho-yat eng faol metalloid,
yettinchi element — ftor keladi. Yuqorida


aytib oʻtilgan 7 ta element xossalarining
qisqacha taʼrifidan koʻrinadiki, litiyda
ifodalangan metallik xossalari bir
elementdan ikkinchisiga utishi bilan asta-
sekin zaiflashib, metalloidlik xossalari
kuchayib boradi va ftorda eng yuqori
darajaga yetadi. Shu bilan birga atom
massasilari ortib borgan sari
elementlarning kislorodga nisbatan
valentligi litiyda birdan boshlab, undan
keyingi har qaysi elementda muntazam
suratda bittadan ortib boradi. 
Ftordan
keyin keladigan element — neon boshqa
elementlar bilan birikmaydigan inert
gazdir.


Neondan
soʻng (keyingi qatorda) litiyga
oʻxshash bir valentli metall — 
natriy
keladi. 
Natriydan
keyin elementlar
xossalarining oʻzgarib borishi tartibga
qarab joylashadi, yaʼni yuqoridagi holat
takrorlanadi. Darhaqiqat natriydan soʻng
berilliy analogi boʻlgan magniy keladi;
undan keyin alyuminiy turadi. 
Alyuminiy
,
garchi bor kabi metalloid boʻlmay, balki
metall boʻlsa ham, u baʼzida metalloidlik
xossalarini namoyon qiladigan
elementdir. Alyuminiydan keyin koʻp
jihatdan uglerodga oʻxshash toʻrt valentli
metalloid — kremniy, undan soʻng
kimyoviy xossalariga koʻra, azotga
oʻxshash besh valentli fosfor, soʻngra
metalloidlik xossalari kuchli ifodalangan


element — oltingugurt undan keyin juda
faol metalloid boʻlgan xlor, va, nihoyat,
yana inert gaz — argon keladi. Maʼlum
sondagi elementlardan keyin, goʻyo
orqaga, dastlabki nuqtaga qaytish yuz
beradi; shundan keyin, maʼlum darajada,
undan oldingi elementlarning xossalari
xuddi oʻsha tartibda, ammo sifat
jihatidan farq qilgan holda takrorlanadi.
1869
yilda Mendeleyev davriy
sistemaning birinchi variantini tuzdi. Bu
sistemada u barcha elementlarni
davrlarga boʻldi (u paytda 63 element
maʼlum boʻlib, ular 19 ta gorizontal va 6
ta vertikal qatorga joylashtirilgan edi) va
xossalari bir-biriga oʻxshagan, hosil


qiladigan birikmalari oʻxshash boʻlgan
elementlarni bir-birining ostiga
tushadigan qilib, bu davrlarni birining
ostiga ikkinchisini joylashtirish yoʻli bilan
jadval tuzdi. Mendeleyev oʻsha vaqtda
hali maʼlum boʻlmagan elementlar uchun
bush joy qoldirdi va uch elementning (u
bu elementlarni ekabariy, ekaalyuminiy,
ekasitsiliy deb atadi) mavjudligini
aytibgina qolmasdan, balki ularning
xossalarini ham oldindan aytib berdi. Bu
elementlar (galliy, skandiy, germaniy)
keyinchalik kashf qilindi. Ularning
xossalari Mendeleyev ba-shorat
kilganiday boʻlib chiqdi. Bu variant uzun
davrli variant hisoblanadi. 1871-yilda
Kimyoviy elementlar davriy sistemasis.


ning ikkinchi varianti eʼlon qilindi. Bu
variantda uzaro oʻxshash elementlar
vertikal qatorlarga joylashgan boʻlib,’
qisqa davrli variant hisoblanardi. Unda 8
ta vertikal, 10 ta gorizontal qator bor edi.
Bu variantga asoslanib, Mendeleyev
urangacha 11 ta elementning va urandan
keyin bir nechta element kashf etilishini
ba-shorat qildi. Mendeleyevning davriy
qonuni tajribada tasdiklandi va
kimyoning rivojlanishida katta rol uynadi.
Davriy sistema jadvalining hozirgi
koʻrinishi keyingi yillardagi kashfiyotlar va
maʼlumotlar bilan toʻldirilgan.
Ayni vaqtda davriy sistemaning 500 dan
ortiq varianti chop etilgan. Ulardan eng


keng tarqalgan shakllari quyidagilardir: 1)
Mendeleyev taklif etgan davriy
sistemaning kiska varianti (shu jadval
keltirildi). 2) Kimyoviy elementlar davriy
sistemasis.ning shveysariyalik kimyogar
A. Verner tomonidan 1905-yilda
takomillashtirilgan uzun varianti. 3)
Daniyalik fizik N. Bor chop etgan (1921-
yil) davriy sistemaning zinapoyasimon
shakli.
Soʻnggi yillarda koʻrinishi va amaliy
jihatdan qulayligi sababli Kimyoviy
elementlar davriy sistemasis.ning qisqa
va uzun variantilari keng kullanadi.


Maʼlum boʻlgan 109 ta element (110-
elementning sintez qilinganligi haqida
maʼlumotlar bor, 104—109 elementlar
IUPAC tomonidan hali tasdiqlanmagan)
atom massasilarning ortib borishi
tartibida vertikal va gorizontal katorlarda
joylashtirilgan. Vertikal qatorlar guruhlar
deb nomlangan. Jadvalda I—VIII va 0
guruh mavjud. I—VII guruhlarning har biri
ikki — asosiy va qoʻshimcha
guruhchadan iborat. Har qaysi guruhcha
va guruh (VIII, 0)da joylashgan elementlar
bir-biriga oʻxshaydi, mas, 1 guruhning
asosiy guruhchasida ishqoriy metallar, II
guruhning asosiy guruhchasida —
ishqoriy-yer metallar va VII guruhning
asosiy guruhchasida — galogenlar va


nolinchi guruhchadagi inert gazlar. Bir
guruhda, asosiy yoki qoʻshimcha
guruhchada joylashgan elementlarning
xossalari bir-biriga uxshaydi, ammo baʼzi
xossalari farq qiladi. Gorizontal qatorlar
davrlar deb ataladi. Birinchi 3ta (kichik)
davrning har birida 2 ta, 8 ta va 8 ta
element bor. 4, 5 va 6 (katta) davrlarda 18
ta, 18 ta va 32 ta element mavjud. 7
davrda 23 ta element boʻlib, u hali
tugallanmagan. 1940-yildan beri bu davr
sunʼiy yul bilan olingan radioaktiv
(transuran) elementlar bilan tulib
bormoqda. Bular tabiatda uchramaydi
(qarang 
Radioaktiv elementlar
). Kimyoviy
xossalari va elektron kavatlarining
tuzilishiga koʻra, barcha transuran


elementlar bir-biriga, shuningdek, toriy,
protaktiniy, uranga oʻxshaydi. Kimyoviy
elementlar davriy sistemasis.da
aktiniydan soʻng keladigan (90—103
raqamlardagi) elementlar aktinoidlar
oilasiga birlashtirilgan va jadvalda
lantanoidlar (58—71 raqamdagi
elementlar)dan ke-yinda joylashtirilgan.
Kimyoviy xossalari va elektron kavati
tuzilishiga koʻra, bu ikkala oila birbiriga
Uxshaydi. Ular III guruhga mansub. Har
bir 2 ta davr, yaʼni 2 va 3, 4 va 5, 6 va
tugallanmagan 7davrlardagi elementlar
soni, ularning joylanish tartibi bir xil
ekanligi sistemadan aniq koʻrinib turibdi.
Shunga qarab 7 davrdagi hali ham
nomaʼlum elementlarning urnini kursatib


berish mumkin. Ammo davriy sistema
kaysi element bilan tugashini aytish qiyin.
Sunʼiy radioaktiv kimyoviy elementlarning
atom massasini izotoplar tabiiy
aralashmasining oʻrtacha massasi deb
hisoblash mumkin emas. Shuning uchun
bu elementlarning kimyoviy formulasi
ostidagi son boshqa elementlardagi kabi
uning atom massasiini emas, balki eng
uzoq mavjud buladigan izotopning
massa sonini kursatadi. Davriy
sistemadagi elementlarning xossalari
qonuniy ravishda uzgarib boradi. Mas,
ishqoriy metallar guruhchasida yuqoridan
pastga, yaʼni litiydan seziyga tomon
metallarning elektron berish qobiliyati
ortib, shu bilan birga ularning kimyoviy


faolligi ham kuchayib boradi. Galogenlar
guruhchasida esa, aksincha, pastda
joylashgan element yuqoridagi
elementga Karaganda elektronni qi-yinlik
bilan biriktiradi. Demak, galogenlar
guruhchasida metalloidlarning faolligi
yuqoridan pastga tomon pasayib boradi.
Davrlardagi qonuniyat shundayki, Ungda
joylashgan elementlarga qaraganda
chapda turgan elementlar elektronlarni
oson yoʻqotib, qi-yinlik bilan biriktiradi.
Shunga muvofiq, chapdan oʻngga (faol
ishqoriy metallardan yaqqol
metallmaslar — galogenlarga) tomon
oddiy moddalarning xossalari oʻzgaradi,
ayni vaqtda elementlar birikmasining


xossalari ham davriy ravishda uzgarib
boradi.
Masalan, davrlar boshidagi elementlar
asosli oksidlar va shularga toʻgʻri
keladigan gidroksidlar (asoslar) hosil
qiladi. Tartib raqamining ortib borishiga
qarab gidroksidning asos tavsifi amfoter,
soʻng kislota tavsifi bilan almashadi.
Guruhchalarda elementlar
gidroksidlarining tavsifi yuqoridan pastga
tomon kuchayib, kislota tavsifi zaiflashib
boradi. Kimyoviy elementlar davriy
sistemasis. ki-myoviy elementlar va
birikmalarning fizikkimyoviy xossalarini
oʻrganishda, bu xossalar orasidagi
qonuniyatlarni ochishda, yadroviy


reaksiyalarni oʻtkazishda hamda
radioaktiv izotoplarni sintez qilish
sohasidagi tadqiqotlarda qisqa va aniq
.
Mendeleyev D. I., Periodicheskiy zakon.
Osnovnie stati, M., 1958;
Rahimov X., Gulboyev T., D. I.
Mendeleyevning elementlar davriy
qonuni va atomlar tuzilishi, T., 1968;
Melnikov V. P., Dmitriyev I. S,
Dopolnitelnie vidi periodichnosti v
periodicheskoy sisteme D. I.
Mendeleyeva, M., 1988.
Adabiyot


1. 

Yüklə 64,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə