Davlat maqsadli jamg’armalari kirish Asosiy qism


Budjetdan tashqari fondlar



Yüklə 109,39 Kb.
səhifə3/7
tarix21.06.2023
ölçüsü109,39 Kb.
#118379
1   2   3   4   5   6   7
DAVLAT MAQSADLI JAMG’ARMALARI

Budjetdan tashqari fondlar – umumdavlat moliyasining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, ularning faoliyati qat’iy belgilangan, manbalarni tashkil etish yo‘llari ko‘rsatilgan, pul fondlari bilan foydalanish yo‘llarining tartibi aniqlab berilgan davlat hukumatini yuqori organlarining tegishli hujjatlari asosida o‘z faoliyatini amalga oshiradilar.
Budjetdan tashqari fondlarni:

  • Konsolidatsiyalashgan budjetga qo‘shiladigan fondlar;

  • Konsolidatsiyalashgan budjetga qo‘shilmaydigan fondlarga ajratish mumkin.

Funksional jihatiga va boshqaruv darajasiga ko‘ra budjetdan tashqari fondlar turli xil bo‘ladilar. Ularni funksional jihatiga ko‘ra iqtisodiy yoki ijtimoiy fondlarga bo‘lish mumkin. Boshqaruv darajasiga qarab esa, umumdavlat va mahalliy fondlarga bo‘lish mumkin.
Hozirgi kunda respublikamizda bir nechta budjetdan tashqari fondlar faoliyat ko‘rsatmoqda:

  • Pensiya fondi;

  • Bandlik fondi;

  • Yagona yo‘l fondi;

  • Davlat Mulki Qo‘mitasining maxcyc hisob raqami;

  • Maktab ta’limi tizimini rivojlantirish fondi;

  • Davlatning boshqa maqsadli pul fondlari.

O‘zgarishga boy iqtisodiy sharoit ko‘pincha boshqaruv qarorlarini tez qabul qilish zarurligini belgilab qo‘yadi, shu qatorda moliyaviy resurslarni qayta taqsimlanishida ham. Budjet mablag‘laridan foydalanishni hukumat organlari qonun asosida qat’iy tasdiqlab bersa, budjetdan tashqari fondlar esa, ijroiya organlari orqali belgilanadi. Qonun asosida tasdiqlangan budjet parlament tomonidan nazorat qilinadi, budjetdan tashqari fondlar esa, qonun chiqaruvchi organlar tomonidan nazorat qilinmaydi. Bu ham budjetdan tashqari fondlarni iqtisodiy sharoitga operativ moslashishini tezlatadi.
Budjetdan tashqari fondlarni tashkil etilishining zarurligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlovchi yana bir muhim omil – bu budjet taqchiligidir. Xarajatlarning daromadlardan o‘sib ketishi moliyaviy resurslarni faqat qidirib topishni emas, balki korxonalar, tashkilotlar va aholidan tushgan mablag‘larni qayta guruhlanishini ham talab etadi. Va nihoyat xo‘jalikni va xususiylashtirishni ko‘p qirrali shakllari, budjet shakllari bilan bir qatorda jamiyatda pul mablag‘larni qayta taqsimlashni yangi usullarini qo‘llash zaruriyatini qat’iy talab etadi.
Shunday qilib, budjetdan tashqari fondlar – bu jamiyatning ayrim maqsadli xarajatlarini moliyalashtirish va kompleks ravishda operativ mustaqillik asosida mablag‘larni sarflash uchun, davlat orqali jalb qilinadigan moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash va foydalanish usulidir.



Yüklə 109,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə