Darsning maqsadlari


III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix19.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#82978
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
9 sinf Ozbekiston tarixi 2 dars dars ishlanma Shuhratbek uz 2

III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish:  

Bu vazifa quyidagi reja asosida amalga oshiriladi: 

1.

 

O‟rta Osiyo davlatlarining hududi



2.

 

O'rta Osiyo davlatlarining aholisi.



 

 

XIX asrda O‟rta Osiyoda uchta mustaqil davlat mavjud bo'lib, bular Buxoro amirligi, Xiva va Qo'qon 



xonliklaridir.  Bu  davlatlarda  ishlab  chiqarish,  ijtimo-iqtisodiy  munosabatlar,  savdo-sotiq  va  boshqa  sohalar 

rivojlangan  bo‟lsa-da,  biroq  ularning  taraqqiyoti  ilg'or  Yevropa  davlatlari  darajasidan  past  edi.  Amirlik 

poytaxti  islom  dini  markazlaridan  biri  bo'lib,  «Buxoroi  Sharif»,  ya'ni  «Muqaddas  Buxoro»  nomiga  ega 

bo‟lgan.  Amirlik  chegaralari  janubda  Amudaryoning  chap  qirg'og'idan  boshlanib  Sirdaryogacha,  sharqda 

Pomir  tog‟laridan  g'arbda  Xiva  xonligi  yerlarigacha  cho'zilgan.  Davlat  hududi  XIX  asrning  o'rtalarida  Eron, 

Afg'oniston, Qo'qon va Xiva xonliklari, qozoq juzlari yerlari bilan chegaradosh bo'lgan. Amirlikning markaziy 

qismi  Buxoro  va  Samarqand  shaharlari  joylashgan  Zarafshon  vodiysi  hisoblangan.  Amirlikda  Buxoro, 

Samarqand,  Shahrisabz,  Qarshi,  Kitob,  G'uzor,  Termiz,  Sherobod,  Hisor,  Ko'lob  kabi  yirik  savdo-sotiq, 

hunarmandchilik va  madaniy  markazlar hisoblangan shaharlar ham  mavjud edi. Unga hozirgi Tojikistondagi 

Vaxsh, Kofirnihon, Panj daryolari vodiysidagi yerlar, Turkmanistondagi Murg'ob daryosi vohalaridagi joylar 

qarashli  bo'lgan.    Shu  bilan  birga  hududiy  jihatdan  beklik  va  tumanlarga  bo'linib,  ularni  amir  tomonidan 

tayinlangan beklar boshqargan. Amirlikda 27 ta beklik bo'Igan. 

Xiva  xonligi  XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  xonlik  yerlari  janubda  Eron,  sharqda  Buxoro  amirligi, 

g'arbda Kaspiy dengizi, shimolda qozoq juzlari bilan   chegaradosh  bo'lgan.   Xonlikning   ma'muriy  markazi   

Xiva    shahri  hisoblangan.  Xonlikda  Xiva,  Kat,  Yangi  Urganch,  Hazorasp,  Qo'ngMrot,  Xo'jayli  kabi 

bekliklarning markazlari bor edi. Xiva xonligi 18 ta beklik, 2 ta noiblikka bo‟lingan va ularni xon tomonidan 

tayinlangan beklar va to'ralar boshqargan. 

XVIII asrning boshlarida, asosan, Farg

c

ona vodiysi va Sirdaryoning quyi qismigacha bo‟lgan hududlar 



Buxoro amirligidan ajrab, mustaqil davlat — Qo'qon xonligi tashkil topadi. Xonlik sharqda Sharqiy Turkiston, 

g'arbda Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan chegaradosh bo‟lgan. Xonlikning janubiy chegaralari Qorategin, 

Ko‟lob,  Darvoz,  Sho'g'non  singari  tog‟li  o‟lkalarni  o'z  ichiga  olib,  bu  hududlar  uchun  Buxoro  amirligi  bilan 

tez-tez to'qnashuvlar bo‟lib turgan. Xonlikda Qo'qon, Toshkent, Andijon, Marg‟ilon, Namangan, O'zgan, O‟sh, 

Pishpak, Turkiston, Chimkent kabi ma'muriy, savdo-sotiq va madaniy markazga aylangan shaharlar bo‟lgan. 



 


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə