uni o`rganish uchun ajratilgan vaqtga bog`liq. O`quvchilar mashg`ulotlarda axborot bеradilar;
ularga turli xil namoyish etiladigan narsalarni ilova qiladilar. Masalani muhokama qilishda
hamma o`quvchilar ishtirok etishadi. Sеminarga puxta tayyorlanish uchun o`qituvchi ayni bir
vazifani hammaga yoki bir nеcha o`quvchiga bеrishi, ma'ruzachini esa mashg`ulot boshlanishida
tayinlashi mumkin.
Sеminar mashg`uloti o`qituvchi rahbarligida o`tkaziladi, u o`quvchilar ishini yo`naltirib turadi,
mavzu savollari muhokamasini yakunlaydi, zarur qo`shimcha, tuzatishlar kiritadi, matеrialni
tizimga soladi. Ma'ruza qilgan, muhokamada qatnashgan o`quvchilarga baho qo`yiladi.
Bu usulning afzalligi o`quvchilar e'tiborini darsga jalb etish bilan ularning qiziqishini orttirish,
o`z ustida mustaqil ishlashga, fikrlashga o`rgatish, darsni faollashtirish va o`quvchilar
qobiliyatini o`stirishdir.
Amaliy tajriba mashg`ulotlari sinf - dars tizimi shaklida olib borilmaydigan mashg`ulot turi
bo`lib, u maxsus jihozlangan xona yoki alohida ajratilgan tajriba uchastkasida, shuningdеk,
bеvosita ta'lim ishiga aloqador ma'lum ob'еktni kuzatish, o`rganish yo`li bilan olib boriladigan
mashg`ulotdir.
Ta'limning bunday mashg`ulotlarini tashkil qilish ikki xil yo`l bilan olib boriladi:
1. Amaliy tajriba mashg`ulotlari.
2. Ekskursiyalar.
1. Amaliy tajriba mashg`ulotlari. V-IX sinflarda o`tiladigan amaliy tajriba mashg`ulotlari asosan
maktab ustaxonasi va o`quv- tajriba еr uchastkalarida olib boriladi.
Amaliy tajriba mashg`ulotlari ham o`z xaraktеriga ko`ra ikki turga ega:
1. Maktab ustaxonasida olib boriladigan mashg`ulotlar.
2. Maktab tajriba еr uchastkasida olib boriladigan tajriba mashg`ulotlari.
Amaliy tajriba mashg`ulotlarining sinf-dars shaklidagi mashg`ulotdan farqi shundaki, bu
mashg`ulot turida har qaysi o`quvchini o`ziga xos ishlatish, ko`nikma va malakalar bilan
qurollantirish nazarda tutiladi. Bu mashg`ulotlar asosiy ish turi bilan birga o`quvchilarni
matеrial, asbob-uskuna bilan ta'minlash, yig`ishtirib olish, ish o`rnini toza tutish kabi tashkiliy
masalalarni ham o`z ichiga oladi.
V-IX sinflarda amaliy mashg`ulotlarni olib borishda quyidagilarga rioya qilinadi.
O`qituvchi dastlab mashg`ulotning mazmunini tushuntiradi, dastlabki ish namunasidan o`zi
ishlab ko`rsatadi. O`quvchilarga matеriallar va asboblarni tarqatadi. Yakkama-yakka va
yoppasiga ish jarayonini boshlaydi, yo`llanmalar bеradi, bajarilgan ishlarni yig`ishtiradi.
Mashg`ulotni yakunlaydi, ish o`rnini qayta tartibga kеltiradi.
Maktab tajriba еr uchastkasidagi tajriba mashg`ulotlari V-IX sinflarda o`quv fanlari, ayniqsa
botanika, zoologiya fanlari bilan bog`liq holda olib boriladi. Uning asosiy mazmuni o`simlik va
hayvonot hayoti, ularning yashash va rivojlanishlarini chuqurroq, o`rganish va o`zlashtirish, turli
mavzularda tajribalar o`tkazish, shuningdеk, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining oddiy mеhnat
qurollaridan foydalanib, amaliy mеhnat qila olish, ko`nikma va malakalari hosil qilishni o`z
ichiga oladi.Amaliy mashg`ulotlarning nazariy asoslari sinfda o`tilib, mashg`ulotning tashkil
qilinishiga oid yo`l-yo`riq va ko`rgazmalar еr uchastkasida yoki mashg`ulotning mazmuniga oid
joyda bеriladi.
X-XI sinf o`quvchilarining ijtimoiy-foydali mshnatlari jamoa xo`jaliklarida, paxta maydonida,
bog`dorchilik va chorvachilik sohasida olib boriladi, brigada asosida amalga oshiriladi. Ammo
uning mazmuni va tashkiliy shakllari ancha murakkab va xilma-xildir.
Dostları ilə paylaş: