10
faoliyatga qiziqishni uyg’otishi, bolalarning ijodiy qobiliyatlarini ijobiy tomonga
o’zgarishiga yo’l ochadi. Tarbiyachi o’zining aktyorlik faolligi bilan tortinchoq
bolalarni faqatgina tomoshabinga aylantirib qo’ymasligi, har bir bolani diqqat bilan
kuzatishi lozim. Tarbiyachi bolalarni muntazam ravishda qo’llab quvvatlashi,
ularning xato qilish va sahnaga chiqishda qo’rqish, «artist» va «tomoshabin»ga
bo’linib qolishlariga yo’l qo’ymaslik lozim.
Quyidagi vazifalar teatrlashtirilgan faoliyatni shakllantirish bo’yicha
amalga
oshiriladigan darslar majmuasi davomida hal etiladi:
-tarbiyalanuvchining ijodiy qobiliyat va ijodiy o’z o’ziga ishonish tuyg’ularini
shakllantirish;
-
bolalarda ijodiy faoliyatning barcha jabhalariga qiziqish uyg’otish;
-
improvizatsiya (o’xshatish) qilish ko’nikmalarini egallash;
-
nutq faoliyatining barcha shakl, funksiya va komponentlarini rivojlantirish;
-
bilish ko’nikmalarini mukammallashtirish.
Teatrlashtirilgan o’yin teatrlashtirilgan mashg’ulotning asosi hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida teatrlashtirilgan o’yinni o’tkazishda
quyidagilarga alohida e’tibor qaratish lozim:
janr va mavzuning turli-tumanligi;
pedagogik faoliyatning barcha yo’nalishlariga teatrlashtirilgan
faoliyatni har doim va har kuni singdirish.
Bolalarning teatrlashtirilgan o’yinni tayyorlash va o’tkazishdagi
maksimal faolligi.
Bolalarning teatrlashtirilgan o’yinni uyushtirishda o’zaro va kattalar
bilan hamkorligi.
Teatrlashtirilgan faoliyatni rivojlantirish tizimi uch bosqichda amalga
oshiriladi:
Adabiy va folklor asarlarni ijodiy his etish;
Maxsus bilimlarni asosiy («aktyor», «rejissor») va qo’shimcha («ssenariy
muallifi», «bezakchi», «kiyim ustasi») nuqtayi nazarda o’rganish;
mustaqil ijodiy faoliyat.
Pedagogik vazifa suniy teatrlashtirilgan faoliyat bilan qiyinlashib boradi. U
his etish, fikrlash, tasavvur, nutq bilan uyg’unlashib, bolalarning turli xil
faolliklarida namoyon bo’ladi (nutqiy, musiqiy va hokazo).
Shuning uchun teatrlashtirilgan faoliyatni umumlashtiruvchi faoliyat deb
atashimiz mumkin.
Teatrlashtirilgan o’yinlar davomida bolalarda:
atrof olam haqidagi tushunchalari kengayadi;
tasavvur, ong, anglash kabi psixologik tushunchalari rivojlanadi
ko’rish, eshitish, so’zlab berish kabi turli analizatorlar rivojlanadi;
so’z boyligi, grammatik nuqtayi nazardan to’g’ri gapirish, o’z fikrini to’g’ri
ifodalash,
talaffuz, temp, so’z intonatsiyasi va ifodasi faollashadi va yaxshilanib
boradi;
motorika,
koordinatsiya,
tembr,
suhbat
qurish
ko’nikmalari
mukammalashadi;
xissiy-irodaviy faoliyati rivojlanadi;
11
xulq shakllanishi ro’y beradi;
jamoada faoliyat olib borish, bir-biri uchun javobgarlik rivojlanadi;
mustaqil fikrlilik, ijodiy faollik rivojlanadi;
teatrlashtirilgan faoliyatda ishtirok etish bolalarga olam-olam quvonch baxsh
etadi, ularda bu faoliyatga nisbatan qiziqish uyg’onadi.
Turli yosh davrlarida bolalar bilan ishlash vazifalarini ko’rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: