34
Gyugoning "Dengiz zahmatkashlari" romanida tabiat stixiyasiga qarshi kurash
tasvirlanib, asar o'zbek tiliga tarjima qilingan (Nabi Alimuhamedov, 1938 yil).
"Kozetta", "Gavrosh" hikoyalari ham o'zbek tiliga tarjima qilingan. "Byug Jargal"
o'zbek tilida.
Amerika adabiyotida ko'zga ko'ringan romantik yozuvchilar Vashington Irving va
Fenimor Kuper edi.
Jeyms Fenimor Kuper (1789-1851) - romannavis bo'lib, "Amerikaning Valter
Skotti" deb nom olgan va tarixiy roman janriga asos solgan adib ijodida
insonparvarlik, oddiy kishilar hayotini aks ettirishi bilan diqqatga molik. Ijodi uch
bosqichga bo'linadi:
1. 1821-1826 - asarlari "Josus", "Lotsman", "Pionerlar", "Boston qamali",
"So'nggi Mogikan"larda Amerikadagi adolatsizliklarni qoralaydi.
2. 1826-1833 - Ovro'po safari va "Mard", "Jallod" romanlari Ovro'po
mamlakatlari tarixiga bag'ishlangan.
3. 1833-1851 - ijodida siljish. "Monikenlar", "Ovchi", "Izquvar" romanlarida
AqSh tuzumi tanqid qilinadi, indey qabilalari hayoti aks ettiriladi. Uning "So'nggi
Mogikan", "Chingachguk - ulkan Ilon", "Izquvar" romanlari o'zbek tilida.
30-40 YILLAR NEMIS ADABIYoTI
XIX asrning boshlarida Napoleon yurishlarining Germaniya iqtisodiyotiga va shu
jumladan, madaniyati va adabiyotiga ta'siri. Davr shoiri Xenrix Xeyne asarlarida
ozodlik g'oyalarining ifodachisi sifatida. Uning dastlabki she'riy to'plami -
"qo'shiqlar kitobi" - xalq qo'shiqlariga nihoyatda yaqin turadi va besh qismdan
iboratdir. "Yo'l manzaralari" ocherklar to'plamida vatan manzarasini chizar ekan,
uning
qoloqligidan,
sustkashligidan
tushkunlikka
tushmaydi.
"Sileziya
to'quvchilari" - ishchilar qo'zg'olonini ifodalasa, "Germaniya. qish ertagi"
ijodining cho'qqisi hisoblanadi. Shoir dostondagi qish so'zi orqali Germaniyaning
qoloqligiga, u yerda hukm surayotgan jaholatga ishora qiladi.
Xenrix Xeyne (1797-1856) she'rlaridan o'zbek tiliga Oybek, Mirtemir, Shukrullo,
Xayriddin Saloh, Abdulla Sherlar tarjima qilganlar. Xeynening o'zbek tilida
"Lirika" va "Germaniya, qish ertagi" to'plamlari bor.
17- mavzu:
XIX ASR TANKIDIY REALIZM ADABIYoTI
Reja:
1. Per Jan Beranje ijodi
2. Charlz Dikkens tankidiy realizmning yirik vakili
3. AKSh tankidiy realizm
Tanqidiy realizm. Fransuz adabiyoti. Inqilobiy poeziya. Hajviy qo'shiq. Ijobiy
35
qahramon. Xalq masalasi. Milliy-ozodlik mavzusi. Epopeya. Novella. Yumor.
Satira.
20 yillarning oxirida paydo bo'lib, Ovro'po mamlakatlarida turli davrlarda
shakllandi va rivojlandi.
Fransuz adabiyotida XIX asrning birinchi yarmida inqilobiy poeziya rivojlandi va
bu adabiyot mehnatkash xalq ommasining kayfiyatini aks ettirdi. Shu adabiyotning
vakili Per Jan Beranje (1780-1857) bo'lib, birinchi hajviy qo'shig'i "qirol Iveto"ni
butun Parij kuylaydi. Xalq shoiri - Beranje siyosiy jihatdan nihoyatda o'tkir
qo'shiqlarini yaratdi. Uning "Zotli itlar arzi" satirik she'ri davlat tepasida turgan
Karl X Burbonga qarshi qaratilgan edi. "Karl III" she'ri esa uning o'limini bashorat
qiladi. "Xalqlarning muqaddas ittifoqi", "Jak", "Malla Janna" she'rlari. Beranje
she'riyatining muhim ahamiyati shundaki, u o'z ijodini ongli ravishda oddiy xalq
xizmatiga, mehnatkash xalq manfaatlariga bo'ysundiradi. Shuning uchun ham
shoir "Xalq-mening ilhomim" degan edi.
XIX asrning birinchi yarmida realizmning tarixiy zaminlari, realistlarning
xalqchilligi, ular ijodida xalq masalasi va ijobiy qahramonlar.
Frederik Stendal (1783-1842) ijodi xilma-xil janrlarni, san'atning turli sohalarini
qamrab oladi. Uning beshta romani, "Italiya yilnomalari" novellalar to'plami,
"Anri Bryular hayoti", "Avtobiografik maktublar" kabi asarlari, kundalik va
xotiralari saqlanib qogan. Uning "Napoleon hayoti", "Napoleon haqida xotiralar",
shuningdek, "Rim", "Neapol", "Florensiya" nomli yo'l lavhalari, "Rim bo'ylab
sayohat", "Turist xatlari" nomli esdaliklarida falsafiy, siyosiy hamda estetik
mulohazalari bayon etilgan. "Rasin va Shekspir" risolasida realizm prinsiplarini
ilgari surdi, bu uning badiiy programmasi sifatida maydonga keldi. Stendal ikki
buyuk fojeanavis shoir ijodini tahlil qilarkan, Shekspir ijodidagi hayotiylikni
alohida ta'kidlaydi. Shekspir ijodidagi xalqchillik, realizm uni Rasin ijodidan
ajratib turadigan xususiyat ekanini ko'rsatib beradi.
"Vanina Vanini" novellasi Italiya milliy-ozodligi uchun borayotgan kurashni
tasvirlashga bag'ishlangan.
"qizil va qora", "Parma ibodatxonasi" romanlari o'zbek tiliga o'girilgan. Stendal
ijtimoiy roman ustasi sifatida bu romanida o'z qahramonlari qalbini chuqur
ifodalay olgan mohir psixolog hamdir. "Parma ibodatxonasi" romani ham Italiya
mavzusida bo'lib, "qizil va qora" qahramoni Jyulen Sorel singari o'z Vatani
ozodligi yo'lida kurashga tayyor Fabritsiodir. Adib qahramonlarining ichki
kechinmalariga katta e'tibor beradi. Uning ijobiy qahramonlari zulm-istibdodga
asoslangan tuzum bilan murosaga kela olmaydilar. Ular hayotdagi eskilik,
xudbinlik, zo'ravonlik, inson shaxsining kamsitilishiga qarshi isyon ko'taradilar.
Uning asarlari hayotiy realizm bilan sug'orilgan.
Onore de Balzak (1799-1850) - ijodida tanqidiy realizm cho'qqiga ko'tarilgandir.
Uning "Insonlar komediyasi" degan umumiy nom ostiga kiruvchi romanlari adibga
shuhrat keltirgan. O'zini "ijtimoiy fanlar doktori" deb hisoblagan Balzak ulkan
epopeyasi "inson komediyasi"da ikki mingdan ortiq personaj qatnashadi. Agar
fransuz jamiyati tarixchi bo'lsa, Balzak o'zini uning kotibi deb biladi. Epopeyada