Changlanish va otalanish. Meva, to‘p meva va urug‘



Yüklə 45,24 Kb.
tarix06.05.2018
ölçüsü45,24 Kb.
#42023

Aim.uz

Changlanish va otalanish. Meva, to‘p meva va urug‘.

 

 



Reja:

1. Changlanish va otalanish xaqida tushuncha.

2. O‘z-o‘zidan va chetdan changlanish.

3. Mikrosporogenez va makrosporagenez taraqqiy etishi va  rivojlanishi.

4. Urug‘laniщ.

5. Gulli yoki yopiq urug‘li o‘simliklar.

6. Yopiq urug‘li o‘simliklar urug‘ kurtagining tuzilishi

7. Yopiq urug‘li o‘simliklarning qo‘shaloq otalanishi.

8. Meva xosil bo‘lishi.

9. Oddiy meva va murakkab meva.

10. To‘p meva.

11. Urug‘.

12. Urug‘larni tuzilishi va tiplari.

 

 



CHANGLANISH- OTALANISH

 

       Changning otalanish  changdonidan  onalik  og‘izchasiga kelib tushishi changlanish deyiladi. Changlanishi 2 xil bo‘ladi:



       1. O‘zidan changlanish-Avtogamiya

    2. Chetdan changlanish-Ksenogamiya

    3. O‘z-o‘zidan changlanish. Bu jarayon quyidagicha kechadi.

       1) Avtogamiya - urug‘chining tumshuqchasiga shu gulning changdonidan chiqqan chang tushadi. Bunday changlanish asosan 2 jinsli gullarida o‘tadi.

       2) Geytenogamiya - bir o‘simlik individuli o‘rtasida bo‘ladi, ya’ni bir gul changdonidan chiqqan chang shu o‘simlik individumidagi ikkinchi gulning tumshuqchasiga tushadi.

       3) Kleystogamiya - bunda gul ochilmasdan oldin, ya’ni yopiqlik paytida changlanish bo‘ladi. Kleystogam gullarni binafsha (viola), yeryong‘oq (Arachis), arpa (Hordeum)  o‘simliklarida ko‘rish mumkin.

       Buyuk biolog Charlz Darvin o‘zining 27 yil mobaynida o‘simlik  gulining tuzilishini  o‘rgandi. CH.Darvin  changlanish usullarini  tekshirib ko‘rdi. Darvin o‘simliklarning o‘zidan changlanishi tabiatda  ozroq  bo‘lishi, chetdan changlanish esa ko‘proq bo‘lishini ko‘rdi. Darvin o‘simliklarning o‘zidan changlanishida xosili  sog‘lom bo‘lmasligini, chetdan  changlanishda xosili sog‘lom va o‘zgaruvchan bo‘lishini ta’kidlab o‘tadi. Ivan Vlad, Michurin o‘simliklarning chetdan changlanishini  evolyutsiya  taraqqiyot  davrida progressiv faktor  deb  xisobladi. O‘zidan  changlanuvchi o‘simliklarga: arpa, bug‘doy, no‘xat, loviya, suli, tariq, pamidor, g‘o‘za, zig‘ir   kiradi. Bu o‘simliklar ba’zan  chetdan  ham  changlanib  turadi. Ba’zan paxta, zig‘ir 3-5% chetdan changlanadi. Ba’zida ularda chetdan changlanish 50%  gacha boradi.

       Faqat o‘zidan changlanuvchi o‘simliklar juda kam  uchraydi. Bularning gullari mayda, ko‘rimsiz va ochilmaydigan bo‘ladi. Bunday gullarni kleystogamiya deyiladi. Mas. Yeryong‘oq (Arachis), arpa (Hordeum). Yeryong‘oqning  yer  ustidagi  gullari  xosil bermay, tuproq ostki  kleystogamiya gullari xosil beradi. Binafsha (viola) ning bahorgi chiroyli gullari xosil bermaydi. Yozgi ko‘rimsiz gullar  esa  xosil beradi,o‘zidan changlangan  bo‘ladi. (Fabaceae) Dukkaklilar  oilasidagi ba’zi o‘simliklarning loviya, no‘xat g‘unchalik vaqtida o‘zidan changlanadi. Arpa, bug‘doylarning ham gullari qinli barglardan ochilmasdan turib, changlanib qo‘yadi. O‘simliklarning ko‘pchiligi odatda chetdan changlanadi. Shu  jumladan 2  jinsli  gullar  ham  chetdan changlanadi. Chunki bu gullarda otalik-onaliklari bo‘lsa  ham ular bir vaqtda voyaga yetmaydi. Bunday  xodisani  dixogamiya  deyiladi. (dixo-ayrim). Ba’zan  o‘simliklarning otaligi oldin yetishadi. Bunday o‘simliklar protandriya deyiladi. (protos-oldin,andriya-mujchina). Bularga astradoshlar (Asteraceae), chinni-guldoshlar (Caryophyllaceae), yasnotkadoshlar (Lamiaceae), kiruvchi o‘simliklar misol bo‘ladi.

       O‘simliklarda otaliklaridan  oldin onaliklari yetishi xodisai ham bo‘ladi. Buni protogeniya deyiladi. karamguldoshlar (Brassicaceae), atirguldoshlar (Roseceae), zikrdoshlar (Berberidaceae). Ba’zan  o‘simliklar  otalik, onaliklari baland past joylashgan bo‘ladi. Bular geterostiliya  deyiladi. M,primula (Primula) grechixa (Fagopyrum). Shuningdek ba’zi  o‘simliklarning  otalik changi onaligi uchun zaxarli  xisoblanadi. Buni  orxid  deb  ataluvchi  tropik o‘simliklarda ko‘ramiz. Qora bug‘doy-roj o‘simligining otalik changi onaligini changlata olmaydi. Shuning uchun  ham ko‘pchilik o‘simliklar  chetdan changlanadi. Chetdan changlanish 2 narsa ishtirokida bo‘ladi:

    1. Shamol -Anemofil-veteropыlyayemыye rast.

    2. Xashoratlar yordamida -Entomofiliya-nasekomoopыlyayemыye.

       Ba’zi o‘simliklar, mayda qushlar, mayda  xayvonlar  yordamida  changlanadi. Hashoroatlar yordamida changlanishni entomofiliya deyiladi. Entomofil o‘simliklarning guli yaxshi rivojlangan, ko‘pincha to‘pgullarga birlashgan bo‘ladi. Gultoj barglari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ranglari: oq, pushti, sariq, ko‘k, qizil. Gullarida nektar bezlari yaxshi rivojlangan changlari yirik tukli yopishqoq bo‘ladi. O‘rik, gilos, shaftoli, anjir, nok kabi daraxt o‘simliklar hashoratlar yordamida changlanadilar. M.tropik mamlakatlarda ba’zi o‘simliklar va mayda daraxtlar kolibri degan kichkina qush yordamida changlanadi. Avstraliya  o‘rmonlaridagi o‘simliklar olmaxonlar yordamida changlanadi. O‘simliklar suv yordamida ham changlanadi. Bunday changlanish gidrofiliya, o‘simliklar esa gidrofil o‘simliklar deyiladi. Suvda o‘sadigan elodeya, valesneriya o‘simliklar suv yordamida changlanadi. Bularning changlari po‘sti bir qavat, changni  tashqi qavat ekzina bo‘lmaydi.Changning shakli ipsimon. Changning solishtirma og‘irligi suvning solishtirma og‘irligi bilan teng. Shamol bilan changlanadigan o‘simliklar anemofil o‘simliklar, changlanish esa anemofiliya deb ataladi. Anemofil o‘simliklarning gullari ko‘rimsiz, mayda va ko‘pincha kuchala to‘pgulga birlashgan. Nektar bezlari yo‘q. Shamol yordamida changlanuvchi o‘simliklarga ochiq urug‘li o‘simliklardan: archa, qarag‘ay, yopiq urug‘li o‘simliklardan:terak, tol, yong‘oq, nasha, jo‘xori kiradi. M.qandlavlagining  otalik  changi  shu  qadar yengilki 2000 m balandlikka ko‘tarila oladi. Shamol yordamida changlanuvchi  o‘simliklarning changlari  juda  ko‘p bo‘ladi va kichikroq bo‘ladi. M.o‘rmon yong‘og‘ining 1 ta otalik gulida kuchalasida 4 mln. chang bo‘ladi.

       1 ta jo‘xorining otalik to‘p gulida 50 mln.chang bo‘ladi. Shamol yordamida changlanuvchi o‘simliklarning  gul  to‘plamlari, otaliklari, tebranib turadi. Onalik og‘izchasi  ham katta bo‘ladi. O‘simliklarning ko‘pchilik qismi xashoratlar yordamida changlanadi. Gulli o‘simliklarning  9/10 qismi xashorat, 1/10 qismi  shamol  yordamida changlanadi. Xashoratlar yordamida changlangan o‘simliklarning gullari katta, chiroyli xidli  bo‘ladi. Ko‘knori, gulsafsar, beda, mevali daraxtlar. Xashoratlar yordamida changlanuvchi o‘simliklar gullarida shira ishlab chiqaradigan nektarniklari  bor. Bular shirani ishlab   chiqaradigan   nektar   deyiladi. Uning  tarkibida 25-90% suv, 3-72% saxaroza, glukoza bo‘ladi. Bulardan tashqari xashoratlar  o‘simlik changidan oziqlanadi. M.asalari  chang bilan  lichinkalarini boqadi. Xashoratlar yordamida changlanuvchi  o‘simliklarda  nektarning  qayerda bo‘lishini ko‘rsatuvchi  belgilari  bor: M.gulsafsarning toj bargida sariq tukchalar, lola, lolaqizg‘aldoq, ko‘knorini tojbargida qora dog‘lar bor.

 

 



OTALIK CHANGINING TARAQQIY ETISH VA RIVOJLANISHI

MIKROSPOROGENEZ

 

       Otalik changi changdoni ichida:changdonning epidermisi-da, ya’ni subepidermal qavatida bo‘lgan meristemaning ba’zi bir xujayralari boshqalariga nisbatan kuchliroq taraqqiy etgan bo‘ladi. Bu xujayralar birlamchi arxesporalar deyiladi. Birlamchi  arxesporalar kariokinez yo‘lida 2 bo‘linib, ko‘payib 4 ta xujayra xosil qiladi. Xosil  bo‘lgan  xujayralarning 2 tasi fibrioz, 3 si tapetum, 4 si ikkilamchi arxespora deb ataladi. Ikkilamchi arxesporalarning xujayrasi reduksion yo‘lda bo‘linib, 4 ta qiz xujayrani xosil qiladi. Bu 4 ta xujayrani tetrada deyiladi. Tetradaning xar bir xujayrasi rivojlanib  changga  aylanadi. Chang  2  qavat po‘st  bilan o‘ralgan. Tashqi qavati ekzina, ichki qavati intina. Ekzina qalin bo‘ladi. Intina  yupqa  bo‘ladi, sellyulozadan  tashkil  topgan. Changning ichida 2 ta yadro vegetativ va generativ yadro bo‘ladi. Generativ xujayraning bo‘linishidan ikkita spermiy (otalik gametalari) hosil bo‘ladi. Vegetativ xujayradan chang naychasi o‘sib spermiylarning murtak xaltachasiga yetib borish yo‘li hisoblanadi.



    (Onalik embrion xaltachasining rivojlanishi va tuzilishi)

   


 

MAKROSPORAGENEZ

 

       Onalik tugunining subepidermal qavatida meristemadan birlamchi arxespora xosil bo‘ladi. Birlamchi arxespora 2 marta bo‘linib, 4 ta xujayra xosil qiladi. Birlamchi arxespora 2 marta bo‘lingandan, 4ta xujayra xosil bo‘lgandan so‘ng xujayralarning yuqoridagi 2 tasi pariyental qavat, 3 chisi  tapetum, 4 si 2 lamchi arxespora deyiladi. 2 lamchi arxespora reduksion yo‘lda ko‘payadi. Natijada 4 qiz xujayra tetrada  xosil  bo‘ladi. Tetradaning 3 tasi nobud bo‘ladi, 1 tasi rivojlanadi. Tetradaning 1 xujayrasining yadrosi 3 marta bo‘linadi. Natijada bu xujayrada 8 ta  yadro  xosil bo‘ladi. Yadroning 4 tasi xujayraning shimol qutbida 4 tasi janub qutbida joylashadi. Yuqoridan 1 tasi o‘rtaga tushadi. Pastdan ham 1 tasi  o‘rtaga  chiqadi. Bu  yadrolar qo‘shiladi. Bu qo‘shilgan yadrolarni bola qopchig‘ining markaziy yadrosi yoki ikkilamchi yadro deyiladi.



       Yuqorida qolgan 3 ta yadroning 1 tasini tuxum xujayra, qolgan 2 tasini sinergida deyiladi. Pastdagi 3  tasini  esa  antipodalar  deyiladi. Demak, yetilgan bola qopchig‘ida 7 ta yadro bo‘ladi.

 

 



YOPIQ URUFLI O‘SIMLIKLAR URUF KURTAGINING TUZILISHI

      


       Urug‘ kurtagi quyidagi qismlardan tashkil topgan.

     1. Urug‘ kurtagining bandi-funikulus

     2. Urug‘ kurtagining qoplog‘ich to‘qimasi-intugument.

       Odatda intugument 2 qavat bo‘ladi. Tashqi va ichki intugument. Intugumentning yuqorisi ochiq bo‘ladi. Bu ochiq qolgan joyni  chang  kirish yo‘li bilan mikropile deyiladi. Urug‘ kurtakning ostki qismi, ya’ni funikulusga o‘tish joyi esa xalaza deyiladi.

    3. Urug‘ kurtagining asosiy to‘qimasi-nutsellus.

    4. Bola qopchig‘i-zarodыshevыy meshok.

       Urug‘ kurtagining o‘sib chiqqan joyini platsent deyiladi. Onalik tugunida urug‘  kurtagi  1 tadan bir nechta minggacha bo‘lish mumkin. Gulda changlanish va otalanish protsessi bo‘lib o‘tgandan  so‘ng  urug‘ kurtakdan urug‘ xosil  bo‘ladi. Onalik tuguni ichida urug‘ kurtagi to‘g‘ri, qiyshiq yoki teskari joylashgan bo‘ladi. To‘g‘ri joylashgan urug‘ kurtakni atrop deyiladi. Bunda mikropile   funikulusining  qarama-qarshi  tomoniga  joylashgan. Buni murakkabgullilar oilasiga kiruvchi o‘simliklarda ko‘ramiz. Urug‘ kurtak qiyshiq  joylashgan  ham  bo‘ladi. Bunda urug‘ kurtak 900 ga aylangan. Qiyshiq joylashgan urug‘ kurtakni kampilotrop deyiladi. Bunda mikropile funikulusining  yon  tomonidan joylashgan. (butsimongullilar, chinigullilar). Onalik tugunida urug‘ kurtak teskari joylashgan  bo‘lsa, anatrop deyiladi. Teskari joylashgan urug‘ kurtak 180 ga bur-n. Mikropile funikulusining yoniga joylashgan. Mas.bug‘doy, paxtaning urug‘ kurtagi, anatrop ko‘p uchraydi.

 

YOPIQ URUG’LI O‘SIMLIKLARNING QO‘SHALOQ OTALANISHI.

                      

       Chang onalik og‘izchasiga tushgandan so‘ng changning ichki po‘sti intinadan chang trubkasi o‘sib chiqadi. Changning vegetativ  yadrosi  changning trubkasini o‘sishiga  yordam  beradi. Chang  trubkasi bola qopchig‘iga o‘sib kirgach vegetativ yadro erib ketadi. Generativ yadro esa chang trubkasida  bo‘linib, 2 ta spermiya xosil qiladi. Bu spermiyalar bola qopchig‘iga kirib, 1 tasi bola qopchig‘idagi tuxum xujayra bilan, 2si esa bola  qopchig‘idagi 2  lamchi markaziy yadro bilan qo‘shiladi. Bu tipdagi otalanish-qo‘shaloq otalanish deyiladi. Qo‘shaloq otalanish 1818 y rus olimini Novashin topgan. Otalanish protsessi  bo‘lib o‘tgandan so‘ng tuxum xujayradan urug‘ning embrioni vujudga keladi. Bola qopchig‘ining 2 lamchi markaziy yadrosidan esa urug‘ning endospermasi xosil bo‘ladi. Urug‘ kurtagi qoplovchi  to‘qimasi intugumentda urug‘ning po‘sti xosil bo‘ladi.

 

 

M E V A



 

       Changlanish va  otalanish  protsessi natijasida onalik tugunidan meva, urug‘ kurtagidan esa urug‘  rivojlanadi. "Onalik  tugunining  o‘zidan xosil bo‘lgan   mevaga   chin   meva   deyiladi. (olcha,shaftoli)istinnыy plod. Ba’zan mevalarning xosil bo‘lishida onalik tugunidan tashqari  gul o‘rni yoki kosacha bargi ishtirok etsa, soxta meva (lojnыy plod) deyiladi. M. olma, o‘rik, nok, qulupnay, tarvuz, qovun. Meva qati tugunchaning devoridan hosil bo‘lib, uch qavatga ega:

    1. Ekzokarp

    2. Mezakarp

    3. Endokarp

       Agar meva  1 ta onalikdan  xosil bo‘lsa, oddiy meva  deyiladi. M. Shaftoli, o‘rik. Meva bir necha onaliklardan xosil bo‘lsa, murakkab meva-slojnыy plod  deyiladi. M. maymunjon, ayiqtovon. Ba’zi o‘simliklarning  mevasi bir qancha gullarining onaliklaridan xosil bo‘lsa to‘p meva deyiladi. M. tut, anjir, lavlagi mevasi. Mevalar tarkibidagi  suvning miqdoriga qarab 2 ga bo‘linadi. Quruq mevalar va xo‘l mevalar. (sochnыye plodы). Quruq mevalar tarkibida 10-15%, xo‘l meva  tarkibida 70-90%suv bo‘ladi. Quruq mevalar 2 ga bo‘linadi.

     1. Pishganda ochiladigan quruq mevalar

     2. Pishganda ochilmaydigan mevalar.

    Pishganda ochilmaydigan quruq mevalar:

     1. Doncha-zernovka.



bir urug‘li meva bo‘lib, urug‘  mevasiga  yopishib  ketgan. Bug‘doy, sholi, arpa, jo‘xori.

     2. Semyanka-pista.

       Bir urug‘li  pishganda ochilmaydigan quruq meva bo‘lib, mevasi urug‘ga yopishmagan. M. qoqio‘t, kungaboqar, qiyo o‘tlarning mevasi.

    3. Qo‘shaloq pista-dvusemyanka.

       Soyabongullilar oilasiga kiruvchi o‘simliklarning mevasi: sabzi, ukrop, kashnich, petrushka.

     4.Qanotli pista-krilatka.



Bunga manzarali daraxtlar: zarang, qayrag‘och, qayinlarning mevasi.

     5. Yong‘oq orex.

       Bir urug‘li pishganda ochilmaydigan quruq meva, urug‘i mevaga yopishmagan bo‘ladi. Mevasi yog‘ochlangan toshsimon xujayradan tuzilgan. M.o‘rmon  yong‘og‘i, nasha, dubning mevasi, kashtanning mevasi.

    Pishganda ochiladigan quruq mevalar:

 

     1. Bargcha-listovka.



       Bir xonali, ko‘p urug‘li, pishganda bir tomoni bilan yorilib ochiluvchi meva. M. ayiqtovon, parpi, sedana.

 

     2. Dukkak-bob.



       Bir uyali  asosan ko‘p urug‘li, ba’zan 1 yoki 2 urug‘li pishganda xar 2 tomoni bilan yorilib ochiladigan quruq meva. M. dukkaklilar  oilasiga  kiruvchi o‘simliklar: mosh, no‘xat, loviya, beda, yer yong‘oq, akatsiya.

     3. Qo‘zoq -qo‘zoqcha - Struchok-struchochek.

       Ikki xonali, ko‘p  urug‘li, pishganda har tomoni yorilib, pastdan yuqoriga ochiluvchi quruq meva. Qo‘zoqning bo‘yi enidan 4  va  undan  ortiq marta katta. Qo‘zoqchaning bo‘yi eni bilan barobar bo‘ladi, yoki sal kattaroq  bo‘lishi mumkin. M. Karamdoshlar oilasi (Brassicaceae) Qo‘zoq - karam, sholg‘om, rediska. Qo‘zoqcha jag‘-jag‘.

     4. Ko‘sak-korobochka.

       Bir xonali yoki ko‘p xonali, hamma vaqt  ko‘p  urug‘li, pishganda  xar  xil usullar bilan  ochiluvchi quruq meva. M. G’o‘za - Gossypium, ko‘knori - Papaver, gulsafsar, bangidevona - Patura, mingdevona - Hyosyamus, choy, xina.

     Xo‘l mevalar ham 2 ga bo‘linadi:

     1. Danakli xo‘l mevalar-kostyanka.

     2. Danaksiz xo‘l mevalar-yagoda.

       Danakli mevalar bir urug‘li bo‘lib, mevasining ichki qavati, toshsimon xujayradan tuzilgan.

     1. Ekzokarp-tashqi.

     2. Mezokarp-o‘rta.

     3. Endokarp-ichki.

    Danaksiz mevalar ko‘p urug‘li bo‘ladi. M. uzum, anor, qovun, tarvuz, pamidor.

 

 



 

 

 



 

URUG’. URUG’NING UNIB CHIQISHI VA TUZILISHI.

 

       Urug‘ o‘simlikning jinsiy ko‘payish natijasida hosil bo‘lib nasl tarqatishda xizmat qiladi. Urug‘ asosan urug‘lanish jarayonidan so‘ng hosil bo‘ladi. Lekin ayrim xollarda urug‘lanish sodir bo‘lmay ham urug‘ hosil bo‘lishi mumkin (apomiksis).



       Urug‘da oziq moddalar, nasl murtagi va ularni himoya qilish uchun o‘rab turgan alohida qobig‘i bo‘ladi.

       Sporaga nam tegishi bilan o‘simlik o‘sib chiqadi. Lekin urug‘ ma’lum bir tinim davrni o‘tmay turib ko‘karib chiqmaydi. Urug‘ sporaga nisbatan ishonchli universaldir. Taraqqiyot natijasida endosperm ham rivojlanadi, lekin murtakning kattalashishi natijasida, oziq moddalar murtakning o‘zida to‘planib endosperm qisqaradi, hatto reduksiya uchrashi ham mumkin.

       Urug‘ onalik tugunidan urug‘ kurtakdan xosil bo‘ladi. Urug‘  kurtakning qoplog‘ich  to‘qmasi intugumentdan, urug‘ning po‘sti, bola qopchig‘idan urug‘ning endosperma to‘qimasi, tuxum xujayradan urug‘ning urug‘ embrioni xosil  bo‘ladi. Bir  pallalilar sinfiga kiruvchi o‘simiklarning urug‘ pallasi 1 ta, 2 pallali o‘simliklar  sinfiga  kiruvchi  o‘simliklarning urug‘ palasi  2 ta bo‘ladi. Bir pallali va ba’zi bir 2 pallali o‘simliklar (sabzi, zig‘ir, nasha, kanakunjutlarda) oziq moddalar urug‘ining  endospermasida to‘planadi. 2  pallali  o‘sim-liklarning  ko‘pchiligida  endosperma bo‘lmaydi. Chunki ularda endosperma urug‘ pishguncha embrionning  rivojlanishiga sarf bo‘ladi. Bunday o‘simliklarda zapas oziq moddalar urug‘ning pallasiga to‘planadi. M. chigit, loviya, oshqovoq, no‘xat.

       Nutsellus  oziq modda sifatida sarflanmay qolsa, u endosperm kabi vazifani bajaradi. Nutsellus urug‘da saqlanib qolsa, uni perisperm deb ataladi. Masalan; Chinniguldoshlar (Caryophullaceae), Ituzumdoshlar (Sola-naceae)

       G’alladoshlarning urug‘lari ba’zan qobiqsimon bargga o‘ralib, yopishib ketgan bo‘ladi. M. arpa, suli, sholi. Ba’zilarda  yopishmagan   bug‘doy, jo‘xori. Urug‘lar odatda  mayda bo‘ladi. Ba’zi o‘simliklarning urug‘i katta bo‘ladi. M. yong‘oq, palma, xurmo. Yovvoyi xoldagi o‘simliklarning urug‘i  madaniy o‘simliklarning  urug‘iga  nisbatan  juda  ko‘p bo‘ladi. M.1 tup shumg‘iya (zarazixa)200 ming dona urug‘ bo‘ladi. Yovvoyi gultojxo‘roz 500000 dona urug‘ beradi. Urug‘ning unib chiqishi uchun suv, T 500, xavoning O2 bo‘lishi shart. Suv ishtirokida urug‘dagi oziq moddalar  eriydi. Kraxmal  shakarga aylanadi. Suvni shimib olgan urug‘ shishadi, bo‘kadi, natijada po‘stlog‘i yorilib, embrion o‘sib chiqadi. T0  esa urug‘ xujayrasidagi fermentlarni  xarakatga keltiradi. Fermentlar  ta’sirida oziqli moddalar eriydi. T0 3 ta darajaga bo‘linadi.

     1. Eng past daraja

     2. O‘rta daraja

     3. YUqori daraja

    Xar xil o‘simliklar xar-xil T0 ni talab etadi.M.      Bedaning + 10 +300   +370

     Bug‘doyning + 30  + 250  + 300

     G'o'zaning + 120 +320  + 40 0

     Oshqovoqning + 10 +37 0  +44 0 .

       Xavoning O2  o‘simliklarning unib chiqayotgan urug‘ining nafas olishi uchun zarur. Unayotgan urug‘ kuchli nafas oladi. Nisbatan olganda odamning  nafas olishi bilan teng.

 

 



 

A D A B I YO T L A R

 

1.   Xrjanovskiy V.G."Kurs obщyey botaniki" II tom 



    Vыsshaya  shkola, 1982.

2.   Kursanov L.I,Komarnitskiy N.A,Meyyer K.I,Razdorskiy  V.F,Uranod.A "Botanika"II tom,O‘simliklar   sistematika-si",Toshkent , 1972g

3. Jebrak A.R."Kurs botaniki",M.Med.izd.,1961.

4. Jukovskiy P.M "Botanika"M,Sovetskaya nauka 1949.

5.   Komilova F,Jogurazov F."Botanikadan amaliy mashg‘ulotlar",Toshkent,"Mexnat", 1986.

6.   Xolida Mirfayoz qizi Maxkamova. Botanika.T. «O‘qituvchi» 1995 yil.
Yüklə 45,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə