Central asian journal of education and innovation



Yüklə 45,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix22.03.2024
ölçüsü45,29 Kb.
#184123
1   2   3   4
CAJEI0301

 
Page 6 
 
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION 
AND INNOVATION 
Volume 2, Issue 3, March 2023 
www.in-academy.uz 
natijasida boyib keta boshladilar. Biroq XV asrning II-yarmiga kelib, О‘rta Yer dengizi orqali 
bо‘ladigan Levant savdo yо‘li qattiq inqirozga uchraydi. Chunki Sharqdan keladiga n mollar
arablar, vizantiyaliklar, italiyaliklar qо‘lidan о‘tib kelganligi tufayli narxi oshib ketgan edi.
Yana bir sabab, g‘arbiy va shimoli-g‘arbiy Yevropa mamlakatlari savdogarlari uzoqroq Sharq
bozorlariga borishlari qiyin edi. Yana bir sabab, Yaqin Sharqning turklar tomonidan istilo 
qilinishi ham Levant savdo yо‘lini qiyinlashtirdi, chunki turklarning talonchiligi, dengiz 
qaroqchiligi, savdo kemalaridan, karvon va bozorlardan juda kо‘p xilma xil soliqlar olinishi 
tufayli О‘rta Yer dengizi bilan bо‘ladigan savdo ham xavfli, ham kam foyda keltiradigan
bо‘lib qoldi va keyinchalik bu savdo ahyon-ahyonda bо‘lib turardi. Yevropaliklar
tomonidan Osiyoga О‘rta Yer dengizi orqali о‘zlashtirilgan savdo yо‘llari, quruqlikdan 
о‘tuvchi karvon yо‘llari, shu jumladan, Buyuk ipak yо‘li 1453-yili Konstantinopolni zabt etgan 
turklar tomonidan yopib qо‘yildi. Natijada Yevropa Sharqdan keladigan tovarlardan ajralib 
qoldi. Matolar, qand, bо‘yoqlar, murch, gullar va ziravorlar Yevropa bozorlariga deyarli 
kelmay qо‘ydi. Ayniqsa, murchning yetishmasligi kundalik turmushga qattiq ta’sir qilar
edi. Zero, XVI asrda murch oldi-sottida pulning о‘rnini bosishi, kelinlar uchun beriladigan
sep sifatida qо‘llanilishi mumkin edi. Bu hol yevropalik savdogarlarni Hindistonga,
“Ziravor orollari”ga va yevropaliklarga deyarli ma’lum bо‘lmagan, ammo afsonaviy deb
qarala yotgan Yaponiya va Xitoyga yangi yо‘llarni izlashga majbur qildi. Qanday omillar XV
asr oxiridan boshlab buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishiga sabab bо‘lgan 
edi? 
Birinchidan, XV asr oxiri XVI asr boshlariga kelganda Yevropada tovar ishlab chiqarish 
yuqori sur’atlarda о‘sa boshladi. Bu esa xomashyoga bо‘lgan talabni oshirib yubordi. 
Yevropaning о‘zida xomashyo kam bо‘lganligi uchun uni faqat boshqa о‘lkalardan olib kelish 
zaruratga aylandi. 
Ikkinchidan, yangi davr hukmron tabaqalarining boylikka, pulga bо‘lgan ehtiyojini 
yanada orttirib yubordi. Endi ularning ongini о‘zga yurtlarning oltin kumushlarini va
boshqa qimmatbaho boyliklarini egallab olish ishtiyoqi chulg‘ab oldi. 
Uchinchidan, quruqlikdan va О‘rta Yer dengizidan о‘tadigan savdo yо‘llari, shu 
jumladan, Buyuk Ipak yо‘li ham xavfli bо‘lib qoldi
2
. Bu yо‘llar ustidan nazorat Yevropa 
mamlakatlarining asosiy raqibi Usmonli turklar saltanati qо‘liga о‘tib ketdi. Turklar Kichik 
Osiyo va Suriya orqali boradigan savdo yо‘llarini bosib oldilar, ular shu qadar katta boj 
olardilarki, bu mamlakatdan tovar olib о‘tish foydasiz bо‘lib qola boshladi. Turklar istilosi
Yevropadan Osiyoga boriladigan yangi yо‘llar qidirib topishni tezlashtirdi. Hindistonga olib 
boradigan, hali turklar bosib olmagan birdan bir yо‘l-Misr orqali va Qizil dengiz orqali 
boradigan yо‘l qolgan edi, xolos. Ammo bu yо‘lni arablar monopoliya (monopoliya, 
yunon.mono-va; poleo-sotaman;-iqtisodiyotning bir sohasida tanho hukmronlik) qilib
olgan edilar. Levant savdo yо‘lida hukmron bо‘lgan Venetsiyaliklar ham Sharqqa b organda 
Aleksandryagacha borib, u yerda ularni arab savdogarlari о‘z ziravorlari bilan kutib olardilar. 
G‘arbiy Yevropa savdogarlari endi arablarga va turklarga duch kelmasdan Hindistonga 
borish yо‘lini qidira boshladilar.Shuningdek Yevropaliklar uchun afsonaviy bо‘lgan 
Hindistonni qidirib topishni boshqa bir sababi ham bor edi.
2
Дэвис Н. История Европы. М.: АСТ, 2006 



Yüklə 45,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə