bular majburiy mehnat emas – harbiy xizmat, favqulotda holatda, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, qonunda nazarda tutilgan hammasi –bulardan boshqasi majburiy mehnat.)
Davlat:
bandlik turini, shu jumladan turli mehnat rejimidagi ishni tanlash
Davlat:
bandlik turini, shu jumladan turli mehnat rejimidagi ishni tanlash erkinligini;
ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdan, qonunga xilof ravishda boshqa ishga o‘tkazishdan, xodimni ishdan chetlashtirishdan va mehnat shartnomasini bekor qilishdan himoyalanishni;
maqbul keladigan ish tanlashga va ishga joylashishga bepul ko‘maklashishni;
kasb egallashda va ishga ega bo‘lishda, mehnat qilish va bandlik sharoitlarida, mehnatga haq to‘lashda, xizmat pog‘onalari bo‘yicha ko‘tarilishda har kimga imkoniyatlar tengligi yaratilishini;
ish qidirayotgan shaxslarni va ishsizlarni kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga hamda ularning malakasini oshirishga ko‘maklashishni;
mehnat organlarining taklifiga ko‘ra ishlash uchun boshqa joyga ixtiyoriy ravishda ko‘chib ketish munosabati bilan qilingan xarajatlar kompensatsiya qilinishini;
haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etish imkoniyatini kafolatlaydi.