Buhgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit



Yüklə 280,08 Kb.
səhifə5/8
tarix23.06.2022
ölçüsü280,08 Kb.
#90000
1   2   3   4   5   6   7   8
Бухгалтерия курс иши

Soliqlar, Xukumat qonunlari tegishli xukumat muassasalari uchun kompaniyanig mijoz va xodimlardan tegishli soliqlarni olishini talab qiladi. Bunday soliqlar bo’lib, dividendlar bo’yicha xodimlardan undiriladigan daromad soliqlari, mulk soliqlari va ish xaki soliqlari bo’lib hisoblanadi. Bunday soliqlar birlashmalar, sugO’rta kompaniyalari va kasaba uyushmalari nomidan yigiladi. Undirilish deyilganda, majburiyatlar tegishli tomonga o’tkazib berilgandagi holat tushuniladi. Bunga uchta namunaviy misol keltiramiz:
sotishdan soliq,
• qo’shilgan qiymat solig’i,
• ish haqidan ushlab kolishlar.
Qo’shilgan qiymat solig’i. KKS uchinchi tomon (bu yerda xukumat) uchun undiriladigan boshqa soliq hisoblanadi. Daromadlar undiriladigan QQSning ayirmasi bilan hisobga olinishya kerak. Tovar va xizmatlarning sotib olinishi koplanishga mo’ljallangan QQSni ayiryash bilan hisobga olinishi kerak, va to’lashga yoki olishga mo’ljallangan QQS mos ravishda majburiyat yoki aktiv (olinadigan hisob varaqlar) ga kiritilishi kerak.
Har qanday koplanmaydigan QQS, u karashli bo’lgan tovar va xizmatlar qiymati komponenti sifatida hisobga olinishi kerak. Agar u to’langan va asosiy vositaga nisbatan koplanmaydigan bo’lsa, QQS aktivning kapitalizatsiya qilinadigan qiymatiga kiritiladi. Agar u joriy xarajatlarga tegishli bo’lsa, QQS davr uchun bo’lgan sof foyda hisobiga kiritiladi.
Foyda solig’i. Foyda soliqlari Soliq kodeksi tomonidan belgilanadi. Moliyaviy hisobot maqsadida hisoblanadigan foyda va soliq solish maqsadlaridagi foyda orasidagi farqlar muqarrardir. Taxmin qilinayotgan majburiyat firmaning maksimal aniq hisob-kitoblariga asoslangan joriy majburiyat sifatida hisobga olinishi kerak. Yil davomida taxmin qilinayotgan soliqning o’zgarishiga moye ravishda davrii to’lovlar majburiy bo’lishi mumkin. Bu mavzu keyinrok batafsil ko’riladi.
Kafolat majburiyatlari. Agar kompaniya sotish vaqtida o’z maxsulotiga kafolat bersa, unda majburiyat butun kafolat muddati davomida mavjud bo’ladi. Kafolat summasini sotish amalga oshirilgan davrda xarajatlar hisob varaqlarnning debeti bo’yicha aks ettiriladi, chunki kafolat maxsulot yoki xizmatning sifat tavsifi va sotib olishga undaydigan sabablardan biri hisoblanadi. O’tgan tajribadan kelib chiqqan holda, kelgusi davrga berilgan kafolatlarning kompaniyaga kelib tushadigan summasini hisoblash mumkin. Ayrim tovarlar yoki xizmatlar ahamiyatli bo’lmagan kafolat xizmatini talab qiladi, boshqalari esa ko’proq xizmat ko’rsatishni talab qilishi mumkin. Shunday qilib, tovar yoki xizmat birligining O’rtacha xizmat ko’rsatish qiymatini aniqlash mumkin.
Misol: Glushitellar ishlab chiqaradigan kompaniya har bir glushitelni, agar u muddatidan oldin ishdan chiqsa, almashtirib berishni kafolatlaydi. Kafolatlangan almashtirish uchun odatda sotilgan glushitellarning 6% qaytarilib beriladi. Glushitelning o’rtacha qiymati – 25 so’m. Faraz qilaylik, iyul davomida 350 glushitel sotilgan edi. Kafolat majburiyatini iyul oxirida quyidagicha aks etgirish kerak:
Kafolat xizmati bo’yicha xarajatlar 525 Kafolat xizmati bo’yicha to’lanadigan xarajatlar 525 Bunda 525lik summa quyidagicha hisoblangan edi:
Sotilgan glushitellar soni. 350
Amalga oshirilgan kafolatlangan almashtirishlar foizi 6
Kutilayotgan almashtirishlar miqdori (350 x 0. Ob) 21
Har bir almashtirilayotgan glushitelning kutilayotgan 25
Qiymati Kafolat majburiyatlari bo’yicha zoxira summasi 525
Firmaga ishdan chiqqan glushitelni qaytarib berganda, yangi glushitel qiymatini
«Kafolat majburiyatlari bo’yicha zahira» hisob varagining debetiga yoziladi. Faraz
qilaylik, xaridor 20 turadigan glushitelni almashtirish uchun 10 to’ladi.
Pul mablag’lari 10 Kafolat majburiyatlari bo’yicha to’lanadigan xarajatlar 20
Xizmat ko’rsatishdan kelgan daromad 10
Tovarlar 20 Qayta moliyalashga tegishli bo’lgan qisqa muddatli majburiyatlar. Kompaniya o’zining aylanma kapitali bo’yicha hisobot ko’rsatkichlarini yaxshilash uchun joriy majburiyatlarni uzoq muddatlilarga qayta klassifikatsiyalash sabablariga ega bo’lishi mumkin. Qayta klassifikatsiyalash sabablaridan biri shu bo’lishi mumkinki, kompaniya qarzni qayta ' moliyalashtirmokchi bo’lsa, u joriy majburiyatlar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirishni rejalashtirmaydi.
Masalan, firmalar odatda binolar va asbob-uskunalar qurilishini qisqa muddatli qarz majburiyati (obligatsiyalar) hisobiga moliyalashtiradilar, unga binoan keyinchalik uzoq muddatlilik asosida moliyalashtirish ko’zda to’tiladi, so’ngra qarzni uzoq muddatli sifatida aks ettiradilar.
UZOQ MUDDATLI MAJBURIYATLAR
Uzoq muddatli majburiyat - bu yuqorida ko’rsatilgan ta’rifga moye keladigan va to’lov muddati balansning haqiqiy sanasidan boshlab bir yildan ortiq yoki debitor(qarzdor)ning ish siklidan qaysi biri uzoq muddatli bo’lgan majburiyatdir. Baholash va o’lchash tamoyillari
Baholash va o’lchashning uchta asosiy tamoyili mavjud. Bu tamoyillar uzoq muddatli majburiyatlarga va to’lanadigan uzoq muddatli veksellarga qo’llaniladi. Uchta asosiy tamoyil:
1. Uzoq muddatli majburiyatlar qarzga olingan tovar va xizmatlarning xaqqoniy bozor qiymati bo’yicha kayd qilinadi. Bozor foiz stavkasi - bu ho’jalik muomalasilardagi e’tiroz qilinmaydigan stavkadir va u tovar va xizmatlarning xaqqoniy bozor qiymati bo’yicha talab qilinadigan kelgusi nakd to’lovlarning xaqqoniy qiymatiga tent.
Foizlarning davriy to’lovi qarzning chiqarilish sanasiga bo’lgan bozor foiz stavkasiga asoslangan.
3. Balans sanasiga bo’lgan uzoq muddatli qarzning qoldiq qiymati - bu emissiya vaqtida bozor foiz stavkasigacha diskontlangan barcha kolgan nakd to’lovlarning haqiqiy qiymatidir.
Bu maqsad uchun qo’llaniladigan foiz stavkasi qarz muddati davrida o’zgarmaydi. Bu uchta tamoyil uzoq muddatli qarz va foizlar to’lash bo’yicha xarajatlarning o’lchaningi va aks ettirilishi uchun asos hisoblanadi.

Yüklə 280,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə