Budjet hisobi


 Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida xamda davlat



Yüklə 5,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/329
tarix30.12.2023
ölçüsü5,04 Mb.
#165300
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   329
Budjet hisobi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

6. Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida xamda davlat 
maqsadli jamg’armalari budjetlarining ijrosi bo’yicha budjet hisobining ahborot 
tizimlari va ulardan foydalanish .
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi №PQ-1989 sonli 
“O'zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish 
chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash bo’yicha,O'zbekiston Respublikasi 
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini majmuaviy rivojlantirish Respublika 
muvofiqlashtirish komissiyasining bayonnomasi asosida2013-2020 yillarga mo’ljallangan 
“Budjet” axborot tizimi majmui loyihasini tuzish va integrasiyalashuvini amalga oshirish 
bo’yicha tegishli muddatlar belgilangan.
Yuqorida zikr etilgan qarorni amalga oshirish doirasida, hamda O'zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2007 yil 28 fevraldagi №PQ-594 sonli “Davlat budjetining g'azna 
ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriva 2007 yil 1 
noyabrdagi PQ-721 sonli “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Davlat moliyasini boshqarishni 
isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorlariga asosan, 
Moliya vazirligida zamonaviy telekommunikatsiya va server uskunalari negizida axborot-
kommunikatsiya infrastrukturasi tuzildi. Asosiy va zaxira ma'lumotlar markazlari 
(ma'lumotlar markazlari) o’rnatildi va ishga tushirildi. Budjet tashkilotlari va Moliya 
Vazirligi faoliyatini ta’minlovchi o’zaro integrasiyalashgan qator axborot tizimlari faoliyati 
yo’lga qo’yilgan: «Budjet» ATM, shu jumladan budjet tashkilotlari hisobchilari faoliyatini 
qamrab oluvchi «UzASBO» dasturiy majmuasi, davlat budjetining g’azna ijrosini ta’minlash 
bo’yicha «G’aznachilik» dasturiy majmuasi va boshqalar shular jumlasidan. 
Hozirgi vaqtda «Budjet» ATMda Moliya Vazirligining barcha bo’linmalari (qariyb 
4500 foydalanuvchi), shuningdek 186000 dan ko’p shaxsiy hisob raqamlariga ega 25000 dan 
ziyod budjet tashkilotlari ro’yhatdan o’tgan. 
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 14 fevraldagi №41 sonli 
“O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining Yagona integratsiyalashgan axborot tizimini 
yanada yangilash va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash 
bo’yicha, O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining “O’zbekiston Respublikasi Moliya 
Vazirligi yagona integratsiyalashgan axborot tizimi” uchun “Davlat moliyasini 
boshqarishning axborot tizimi”(«DMBAT») dasturiy ta’minoti va server jihozlarini 
o’rnatilgan tartibda tender savdolarida qatnashib xarid qilish bo’yicha DMBAT dasturiy 
ta’minoti ishlab chiqaruvchisi bilan shartnoma tuzilgan. Ushbu dasturiy ta’minotning tuzilishi 
va ommaviy tarzda ishga qo’yilishi 2017 yildan rejalashtirilgan. Kelgusida «DMBAT» 
DTI «Budjet» ATMning yangi yadrosi bo’lib xizmat qilishi ko’zda tutilmoqda. «DMBAT» 
DTning maqsadi davlat sektori samaradorligining oshishi barobarida samarali makroiqtisodiy 
siyosat va soliq-budjet operasiyalarini qo’llab-quvvatlash, davlat boshqaruv organlari faoliyati 
oshkoraligi va ma’suliyatini kuchaytirish hamda xarajatlarning nazorati va monitoringini 
takomillashtirishdan iborat. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi tomonidan 
“Budjet tashkilotlarining avtomatlashtirilgan tizimi – “UzASBO” dasturiy majmuasining 
o‘quv-simulyatsiya dasturi” yaratildi. 
2015 yilning 24 noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligidan – 
elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan “UzASBO – o‘quv-simulyatsiya dasturiy 
majmuasi”ni rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi DGU 03331-sonli guvohnoma 
topshirildi. 
Mazkur “UzASBO” – o‘quv-simulyatsiya dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan ko‘zlangan 
asosiy maqsad, buxgalteriya hisobini o‘zlashtirish xohish-istagini bildirgan o‘quvchilar uchun 
nazariy bilim bilan amaliy ko‘nikmalarni o‘zida mujassam etuvchi axborot dasturini 
yaratishdan 
iborat 
edi.


19 
Belgilangan maqsadlarning amaliy ifodasi – ishlab chiqilgan simulyatsiya dasturining 
modullarida, ya’ni budjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobini yurituvchi xodim tomonidan 
birlamchi hujjatlarni kiritish, turli hisobotlarni ko‘rish va tuzish bilan bog‘liq moliyaviy 
operatsiyalarni elektron dastur modullarida sinab ko‘rish imkoniyatlarining mavjudligidir. 
O‘z o‘rnida, dastur doirasida o‘quv-simulyatsiya dasturining o‘quv qo‘llanmasi ham 
ishlab chiqilib, hozirgi kunda uni nashrga tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.
O‘quv qo‘llanma 2016 yilning yanvar oyida budjet tashilotlariga havola qilinishi 
kutilmoqda. 

Yüklə 5,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   329




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə