Boshlang`ich sinf mehnat darslarida qog`ozdan amaliy ishlarni tashkil etish



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə1/23
tarix13.02.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#100725
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
boshlangich sinf mehnat darslarida qogozdan amaliy ishlarni tashkil etish metodikasi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMLI TOSHKENT PEDAGOGIK UNIVERSITET

BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULЬTETI


“Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi va tarbiyaviy ishlar


metodikasi” kafedrasi
DAMINOVA DILNOVOZ

MAVZU: Boshlang’ich sinf mehnat darslarida qog’ozdan amaliy ishlarni tashkil etish metodikasi


MAVZUSIDAGI BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Rahbar: p.f.n.dots. X.Sanaqulov


TOSHKENT – 2012


MUNDARIJA
KIRISH.
I- BOB. Boshlang`ich sinf mehnat darslarida qog`ozdan amaliy ishlar tashkil etishning pedagogik ahamiyati.
1.1.Boshlang`ich sinf mehnat darslarida qog`ozdan amaliy ishlarni tashkil etishning mazmuni.
1.2. Boshlang`ich sinf mehnat darsrida qog`ozdan аmaliy ishlarni tashkil etishning psixologik-pedagogik ahamiyati.
1-bob bo’yicha xulosa
II- BOB. Boshlang`ich sinf mehnat darslarida qog`ozdan amaliy ishlarni tashkil etishning shakl va vositalari
2.1. Mehnat darslarida qog`ozni oddiy va murakkab usullarda buklash orqali turli shakllarni yasash texnologiyasi.
2.2. O’quvchilarni mehnat darslarida qog`ozdan applikatsiya va mozaika yasashga o’rgatish usullari
II -Bob bo’yicha xulosa.
3.BOB Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish metodikasi
3.1 Tajriba- sinov ishlarining tashkil etilish
3.2 Tajriba ishlarining natijalari va tahlili
3- BOB bo’yicha xulosa
Umumiy xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mavzuning dolzarbligi O’zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgach barcha sohalarda bo’lgani kabi boshlang`ich ta`lim va o’rta ta`lim sohasida ham tub islohatlar amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasining “Ta`lim to’g`risidagi Qonuni” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da zamon talablari javob beradigan o’qituvchilarni tayyorlash, o’sib kelayotgan avlodning ta`lim va tarbiyasidagi eng zarur masalalardan biridir.
Prizidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek “Agar, iqtisodiyotimiz baquvvat bo’lsa, yaxshi rivoj topsa, bundan madaniyatimiz ham madad oladi, rivoj topadi.Agar ertangi kunimizni o’ylab ish qilmoqchi bo’lsak, kelajakda ishimizni davom ettiradigan bugungi yoshlarimizga sharoit yaratib, ularning hayoti haqida qayg’uradigan bo’lsak, avvolo, mahalliy yoshlarni tarbiyalash ishiga munosabatimizni mutlaqo o’zgartirishimiz kerak”.1
. Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq.
Mehnat ta`limi darslarini pedagogik jihatdan bilimdon bo’lgan o’qituvchilargina ulkan pedagogik samara beradigan darajada olib borish mumkin. Bunday pedagog o’qituvchi shaxsning manfaatlarini kasb tayyorgarligi manfaatlaridan yuqori qo’yadi. Uning kasbkorlik va shaxsiy fazilatlari, o’quvchi shaxsini rivojlantirish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Mehnat ta`limida malakali o’qituvchilar amaliy ish turlari bo’yicha maqsad va vazifalarni yoritib berishlari bilan bigalikda darsni tashkil etish metodikasini ham to’liq o’zlashtirgan bo’lishi mumkin.
Boshlang`ich sinf mehnat ta`limida qog`oz bilan ishlash darslarini tashkil etish ularning qiziqishlari, moyilliklari va imkoniyatlariga hisobga olgan holda qo’l mehnati asosida tashkil etiladi. Mehnat ta`limi darslarida o’quvchilarda ushbu yosh uchun bilim, mehnat, ahloqiy, estetik, iqtisodiy, ekologik va aqliy imkoniyatlarini aniq mehnat jarayonlarida rivojlantirishga qaratilgan, natijada ularni mehnatga tayyorlashni keyingi sinflarda davom etilishi uchun zarur aloqadorlik hosil qilinadi.
Boshlang`ich sinflarda mehnat ta`limi darslarida o’quvchilar asosan ishlab chiqarish texnologiyalari mahsulotlari, qog`oz va karton turlari bilan ishlaydilar.
O’quvchilar qog`oz va karton turlari bilan ishlash darslarida qog`ozni buklash va unga ishlov berish kabi ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlari, ularni ishlatishda foydalaniladigan asbob-uskunalardan foydalanish qoidalari texnologiyalarini bilishlari kerak. Shu sababli bitiruv malakaviy ish mavzusini «Boshlang’ich sinf mehnat darslarida qog’ozdan amaliy ishlarni tashkil etish metodikasi» deb nomladim.
O’quvchilar eng avvalo faqat mehnat darsi mashg`ulotlaridagina emas, balki boshqa darslarda ham to’qnash keladigan materiallar bilan tanishadilar. Bu barcha o’quv anjomlari daftarlar, kitoblar, o’quv qo’llanmalari, bosiladigan qog`oz turlari: yoziladigan, muqova qilinadigan, bosma, rasm solinadigan, kitob va oynoma qog`ozlaridir. Ta`lim jarayonida o’quvchilar turli qog`ozlarning asosiy jismoniy xususiyatlari; rangi, qalinligi, zichligi siyohni shimish xususiyati, sathining xarakteri – siliq g`adir-budirligi bilan tanishadilar.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə