Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə7/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Jamiyatning tabiatga nisbatan oddiy-iqtisodiy munosabat shakli ekologik tizimlarning kam va kichik hududlarda buzilishiga olib keladigan kishilarning hayot tarzi. Sinfiy jamiyat shakllana borgan sari, kishilar soni va ishlab chiqarish qurollarining mukammallanishi, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning yangi oddiy-iqtisodiy shaklini yuzaga keltirgan. Natijada, kishilarning hayot tarzi kichik bir tabiiy hudud – geomajmualarda atrof tabiiy muhit holatini keskinlashuviga olib kelgan. Bunday mahalliy (lokal) ko‘rinishdagi ekologik o‘zgarishlar kishilarning jamoa bo‘lib to‘plangan yerlariga xos bo‘lgan. Lekin ular atrof-muhitning xavfsizlik darajasiga keskin ravishda ta’sir eta olmagan.
O‘zbekiston hududida oddiy-iqtisodiy shakl ibtidoiy jamoa tuzumining so‘nggi va quldorlik tuzumi davriga to‘g‘ri keladi. Eramizdan avvalgi 12—15 ming yilliklarda (mezolit davrida) mahalliy aholining ishlab chiqarish quroli sifatida nayza, kamon, aylanma yoylarning bo‘lishi hayvonot dunyosining kamaya borishiga, metall omoch va belkuraklarning yaratilishi esa yerlarning o‘zlashtirilishini va dehqonchilikni yuzaga keltirdi. Oqibatda, ular atrof tabiiy muhit holatiga birmuncha ta’sir eta boshladilar. Sug‘orish shoxobchalarining oddiy ko‘rinishdagi «to‘g‘on» usuli obikor (sug‘orma) dehqonchilikni yuzaga kelishiga, daryo o‘zanlari — «liman» usulining paydo bo‘lishi esa daryolarning tabiiy suv rejimi o‘zgarishiga olib keldi. Uy hayvonlarining ko‘payishi Qashqadaryo, Chirchiq, Zarafshon, Quyi Amudaryo, Sirdaryo vodiylarida o‘simlik dunyosining siyraklashishiga olib keldi.

Kishilik jamiyatining tabiatga nisbatan oddiy-iqtisodiy munosabat shakli tabiiy muhitning eng asosiy komponentlari — yer va suvning kichik aylanishiga ta’sir etdi. Lekin ijtimoiy muhitning bunday holati tabiiy tizimlarning buferlik (tashqi ta’sirga qarshi turish qobiliyati) xususiyatini yo‘qotib qo‘ymadi.
3 A. Nigmatov. Ekologiya huquqi. – T.: «Noshir», 2012. 14–22-b.


4 I. Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: «O‘zbekiston»,
1997. 112-b.


5 В.В. Петров. Экологическое право России. – М.: «Бек», 1997. C. 8.


6 А.В. Яблоков, А.Г. Юсуфов. Эволюционное учение (дарвинизм).
– М.: Высшая школа, 1997. C. 24–46.
Jamiyatda ishlab chiqaruvchilar va amaldorlar sinfining shakllana borishi hamda ish qurollarining takomillashib, davlatlar o‘rtasidagi nizolarning ko‘payishi natijasida feodalizm va ilk bor bozor munosabatlari yuzaga kelgan kapitalizm davrida iqtisodiy munosabat shakli yuzaga keldi va rivojlandi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə