Book · January 013 citation reads 419 1


Tabiat va kishilik jamiyati qonunlarini uyg‘unlashtirishning ekologik jihatlari



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə14/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Tabiat va kishilik jamiyati qonunlarini uyg‘unlashtirishning ekologik jihatlari


Biz yuqorida aytib o‘tdik-ki, shu kunda tabiat o‘z holicha, kishilik jamiyati o‘z holicha yashay olmaydilar. Kishilik jamiyati tabiatning bir bo‘lagi va uning ajralmas qismidir. Tabiat falokati – insonlar hayotining



19 Н.Ф. Реймерс. Природопользование. Словарь-справочник. – М.: Мысль, 1990. C. 637


20 Т. Тилляев. Охрана природы или экологическая безопасность? http://armon. freenet. uz/rus/bulleten/4/01.html.
tugashi bilan yakun bo‘lishi mumkinligi haqida Qur’oni Karimda ham, Tavrotda ham, Injilda ham, Avestoda ham zikr etilgan.
Qur’oni Karimning yetmish beshinchi «qiyomat» surasida qiyomat kuni bo‘ladigan hodisalar, hisob-kitob, jazo va mukofotlar, tabiatni inkor etish oqibatiga doir ma’lumotlar bayon etilgan. Makkada nozil qilingan ushbu suraning 6-oyatida «Qiyomat kuni qachon o‘zi?» degan savol qo‘yiladi. Bu savolga quyi oyatlarda javob tariqasida «Bas (atrof muhit dahshatlaridan) ko‘z qamashganda, oy ham tutilganda, quyosh va oy birlashtirilganda, ana o‘sha kunda inson: jazodan qochadigan joy qayerda, deb qolur. 13-oyatda esa: u kunda (qiyomatda) insonga (bu dunyoda) qilib o‘tgan va qoldirgan (barcha) narsalarining xabari (Rabbing tomonidan) berilur» deyilgan.
Hattoki, Misrning Xeopsa piramidasida bitilgan qadimgi fir’avnlar yozib qoldirgan toshlarda ham ushbu haqiqat ifoda etilgan. Unda «insonlar tabiat kuchlaridan foydalana olmasliklari va moddiy dunyoning asl mohiyatini tushunmasliklari sababidan halok bo‘ladilar», deb bitilgani bejiz emasdir, axir.
Inson bu moddiy dunyoda yashar ekan, umidsizlik ila hayot kechira olmaydi. Ertangi kuniga ishonchsizlik o‘z-o‘zini falokatga olib bormoq, degani. Yaponlar «Yaxshi narsalarga harakat qilib yasha, yomoni o‘zi keladi», deyishadi. Bu dono fikrda jon bor. Biz kelajagimizga ishonch ko‘zi bilan boqib yashashimiz kerak, zurriyotlar qoldirib, ularning farovon hayotiga zamin yaratishimiz ham qarz ham farzdir. Biz, albatta, fozil ishlarni qilishimiz, xususan tabiatni, uning boy ne’matlarini asrab-avaylashimiz, bola-chaqalarimizga ham Xudoning in’omlarini bus-butun qoldirishimiz kerak. Buning uchun esa tabiat va jamiyat qonuniyatlarini uyg‘unlashtirishimiz darkor.
Xo‘sh, deb savol berish mumkin har bir yaxshi niyatli inson, tabiat qonun va qonuniyatlari nimalardan
iborat? Qanday amallarni qilsak, biz tabiatni asrab qolamiz?
Tabiat qonuniyatlari juda ko‘p. Inson sivilizatsiyasi davrida ham ularning tagiga yetgan emas. Tabiatdagi har bir qonun va qonuniyatni ochilishi fanda juda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan va ekologik nuqtayi nazardan keng e’tirof qilingan tabiat qonuni, qoida, aksioma, qonuniyatlarini makroekologik qonuniyatlar bo‘yicha guruhlashtirish maqsadga muvofiqdir (1.6.1-jadval).
Yuqorida sanab o‘tilgan makroekologik qonuniyatlarga ta’rif jamiyatshunoslik va tabiatshunoslikka oid ko‘pgina kitoblarda berilgan bo‘lib, ularga alohida izohlar berishni maqsadga muvofiq, deb hisoblamaymiz. Faqatgina shu narsaga alohida urg‘u bermoqchimizki, ushbu tabiatdagi hodisa va jarayonlarni kechishiga inson bilvosita va bevosita ta’sir etadi. Ushbu ta’sir esa kishilik jamiyati qonuniyatlarining tabiat qonuniyatlari bilan nechog‘lik uyg‘unlashganiga qarab salbiy yoki ijobiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin.
Kishilik jamiyatining qonun, qoida va qonuniyatlari har bir millat, elat, davlat, davlatlar va xalqaro hamjamiyatning tarixan tarkib topgan xulq-atvor normalariga mos tushadi. Lekin ular butun insoniyat uchun umumlashtirilgan yoxud ma’lum bir hudud yoki millatlar uchun xos bo‘lishi ham mumkin. Qo‘llanmada biz uni lokal, regional va global jihatlarini emas, balki Yer kurrasida yashab-istiqomat qilayotgan, shu zamin boyliklaridan bahramand bo‘layotgan butun insoniyatning ekologik-ijtimoiy qonuniyatlari, qoidalari va prinsiplariga to‘xtalib o‘tamiz. Ularga jamiyatning ekologik jihatdan rivojlanishiga asos solishi, ya’ni tabiat va jamiyat qonunlarini uyg‘unlashtirishi nuqtayi nazaridan qaraladi. Biz faqatgina ularning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’rifiy-madaniy tomonlariga qarab guruhlashtirilgan tarzda beramiz (1.6.1-rasm).
Yuqorida keltirilgan inson faoliyatini ekologik jihatdan yo‘naltiruvchi qonuniyatlar BMTning 1962 -yil
«Iqtisodiy rivojlanish va tabiat muhofazasi», 1968-yil «Insonlarning ekologik huquqlari», 1972-yil «Xalqaro ekologik hamkorlikning asosiy qoidalari», 1975-yil «Yevropada xavfsizlikni ta’minlashning yakuniy hujjati», 1992-yil «Biologik xilma-xillikni saqlash», 1982-yil «Umumjahon tabiatni muhofaza qilish xaritasi», 1995-yil
«Almati deklaratsiyasi», 1992-yil «O‘zbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonuni, 2008-yil «2008–2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitini muhofaza qilish ishlari dasturi», 1998-yil «O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha milliy strategiya va harakatlar rejasi» kabi xalqaro va milliy huquq manbalarida, dastur va rejalarida o‘z aksini topgan.
1.6.1.-jadval

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə