Bolaning maktab haqidagi tasavvurlarini aniqlash uchun savolnoma (motivatsion tayyorgarlik). Maqsad



Yüklə 15,25 Kb.
tarix07.10.2023
ölçüsü15,25 Kb.
#126192
Документ Microsoft Word


  1. Bolaning maktab haqidagi tasavvurlarini aniqlash uchun savolnoma (motivatsion tayyorgarlik).

Maqsad: Ushbu savolnoma shaxsining belgisi sifatida unda mas’uliyat hissi qanchalik shakllanganligi darajasini, bolaning maktab vazifasini qanchalik tushunib etganligini va uning maktabga munosabatini aniqlaydi.
1. Sen maktab-maktab o‘ynashni yaxshi ko‘rasanmi? (bolaning maktabga munosabati va unda o‘qishga xohishi).
2. Bu o‘yinda sen kim bo‘lishni xohlaysan: o‘qituvchimi, o‘quvchi? (savol bilim manbai sifatida o‘qituvchi bo‘lish istagi sababini va bilim olishga intilish sifatida o‘quvchi bo‘lish istagi sababini aniqlaydi).
3. O‘qish –bu qiyinmi yoki oson? Nima uchun? (savol bolalardagi ta’lim olish jarayoni bu ko‘p mehnat qilishi lozim bo‘lgan jarayon degan tushunchaga oydinlik kiritadi).
4. Katta bo‘lganingda, sen o‘qituvchi bo‘lishni xohlaysanmi? (o‘qituvchi bo‘lish yoki bo‘lmaslik xohishining asosli tushunib etilishi, o‘qituvchi kasbiga uning munosabati).
5. Sen maktabga bora boshlansang, popkangga nimalarni joylab borasan? (sanab o‘tgan narsalardan uning bilimi va maktabda nimalar bilan shug‘ullanishi haqidagi tasavvurlarini aniqlash mumkin).
6. Maktabingga sen sevimli o‘yinchog‘ingni olib borasanmi? Uni qachon o‘ynaysan? (savol bolalarning maktab tartib tizimi maktabda tanaffuslar bo‘lishi haqidagi tasavvurlarini aniqlaydi).
7. Nega ayrim bolalar maktabda yomon o‘qishadi? (bolalarda mas’uliyat hissining shakllanganlishi, irodaviy tayyorgarligi darajasini oydinlashtiradi).
8. Maktabda o‘qish bolalar uchun nega kerak? (savol bolaning bilim olishga bo‘lgan intilishini aniqlaydi).
9. Agar senga o‘qituvching «2» qo‘ysa, sen xafa bo‘lasanmi? Nega? (salbiy bahoga bola munosabatining asosi).
10. Maktabda sen qanday baholar olishga harakat qilasan? Buning uchun nima qilish kerak? (bolaning ijobiy va salbiy baholar haqida bilishi).
Yüklə 15,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə