Bola shaxsining rivojlanishida tarbiyaning tutgan o’rni



Yüklə 218,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix24.06.2023
ölçüsü218,21 Kb.
#118755
1   2   3
1142-Article Text-2435-1-10-20210326

 
 
Kirish. 
Tarbiya - inson kamolotiga va uning shaxsiga tasir etuvchi tashqi 
omillardan hisoblanadi. Tarbiya-aniq maqsadlarni ko’zlab, sistemali ravishda, 
"Science and Education" Scientific Journal
March 2021 / Volume 2 Issue 3
www.openscience.uz
296


insonda ijobiy fazilatlarni tarkib toptirishi yo’lida, tarbiyachi rahbarligida va oila 
hamkorligida amalga oshirilib boriladigan ijtimoiy jarayonlardan biridir. Tarbiyachi 
va ota-onalar tomonidan bolani har tomonlama yetuk bo’lib yetishishi uchun 
berilayotgan tarbiyaga tashqi muhit ham o’z tasirini ko’rsatmay qolmaydi. 
Berilayotgan yoki bola tomonidan qabul qilinayotgan tarbiya orqali bolada yangi 
fazilatlar hosil bo’ladi va tug’ma ravishdagi kamchiliklarni ham bartaraf etsa bo’ladi. 
Tarbiya doimo kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Asosiy qism:
Endi biz bolaga qanday tarbiya berish va qachondan boshlab uni 
tarbiyalash kerak? - degan savolga e’tibor qaratishimiz lozim. Har bir shaxs oilada 
tug’ilib, ijtimoiy hayotga mana shu o’z koshonasi orqali kirib boradi va hamma 
tarbiya shu oiladan boshlanadi. Demak, bu fikrdan kelib chiqib, biz bolaga tarbiya 
berishni nafaqat tug’ilgandan so’ng, balkim ona qornidaligidayoq berib borishimiz 
masadga muvofiq bo’ladi. Bizning bunday usulda beradigan tarbiyamiz bolani 
rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bola tug’ilgan zahotiyoq atrof muhitga bo’lgan 
moslashish hissi uyg’onadi. Asta-sekin ulg’aya boshlagach, har bir narsani 
farqlaydigan va ko’rgan narsalariga taqlidchan bo’lib voyaga yetadi. Bola tarbiyasi, 
uning yetuk va barkamol bo’lib tarbiyalanishi onalar uchun eng muhim vazifadir. 
O’ylaymanki, har bir onalar bunday mas’uliyatli ishga bor kuchlari bilan kirishadilar. 
Har bir ona bolalarga tarbiya berayotganlarida o’z shaxsiy tarbiya vositalaridan va 
usullaridan foydalanishi kerak. Hozirgi jamiyatda ayrim onalar umuman olib 
qaraganda bolaning oila a’zolari tomonidan amalga oshirilayotgan eng katta 
xatolaridan biri, ularning faqatgina bola ‘’Maktabgacha ta’lim tashkilotlari’’ga 
borgandagina, shu muassasa tarbiychilari tomonidan tarbiya va ta’lim beriladi deb 
o’ylashlaridir. Biz onalar tomonidan tor doirada o’ylanayotgan bunday fikrlarga 
hozirgi davrda aynan qarshi chiqmasdan ilojimiz yo’q. Chunki, vatanimizning har 
tomonlama rivojlanishi shu murg’ak qalbli o’sib kelayotgan bolalar qo’lidadir. 
Bolaga tug’ilgandan boshlab ta’lim-tarbiya berish usullari Masaru Ibukaning 
“Uchdan keyin kech”nomli kitobida o’z aksini topgan. U kitobda bolani har 
tomonlama rivojlantirish, barkamol qilib tarbiyalash va albatta jamiyatda o’z o’rnini 
topa olishi uchun eng avvalo, ota-onalar va so’ngra, tarbiyachilar tomonidan amalga 
oshiriladigan ishlar haqida yaqqol fikrlar bildirilgan. Bola ta’lim-tarbiyasining 
rivojlanishida turli xil omillar ta’sir ko’rsatadi. Hozirgi kunga qadar barchamizning 
ongimizda rivojlangan bir tushuncha, ya’ni nasl tushunchasi Masari Ibukaning 
kitobida qoralanadi. Qadimgi bahslardan biri insonni uning nasli shakllantiradimi 
yoki u oladigan ta’lim-tarbiyami? Ammo bugungi kunga qadar biror ishonchli 
nazariya bu bahslarga chek qo’ymaydi. Nixoyat, bir tarafdan miyaning fiziologik 
tadqiqoti, ikkinchi tomondan bolalar psixologiyasini o’rganish natijalariga ko’ra, bola 
aqliy qobiliyatining rivojlanish kaliti-bu uning birinchi uch yilida, ya’ni miya 
hujayralarining rivojlanish davrida olgan shaxsiy tajribasidir. Bu so’zlardan shunday 
"Science and Education" Scientific Journal
March 2021 / Volume 2 Issue 3
www.openscience.uz
297


hulosaga kelish mumkunki, xech bir bola u yoki bu qobiliyati bilan dunyoga 
kelmaydi. Tug’ilgan-dan boshlab uch yilda olgan asosiy ta’lim-tarbiyasi uning 
kelajagi uchun ajralmas poydevor hisoblanadi. Bolaning qay darajada bilimli bo’lishi, 
o’sha davrdagi o’qitish usuliga bog’liq bo’ladi. Bu davr erta ta’lim deb nomlanadi. 
Erta ta’limning yagona maqsadi bolani aqilli va sog’lom, o’tkir zexnli va gapga quloq 
soladigan qilib tarbiyalashdir. Barcha bolalar, agarda ularda tug’ma, jismoniy 
nosog’lomlik va aqli zaiflik bo’lmasa, ular bir xilda ong bilan tug’iladi, hech bir bola 
ona qornidan biron bir bilimni bilib tug’ilgan emas albatta. Bolalarning qay darajada 
kamol topishi ota-onalarga bog’liq. Bolalarga bu davrda kerakli bo’lgan ta’lim-
tarbiyaning berishning asosiy sabablaridan biri bu inson miyyasi, taxminan 1,4 
milliard hujayradan iborat bo’lishi, biroq yangi tug’ilgan chaqaloqlarda uning 
aksariyati hali shakllanmaganligidir. Miyya hujayralari alohida-alohida tarqoq holda 
ishlamaydi. Miyyaning mikro sur’atiga qaraydigan bo’lsak, tug’ilgandan so’ng vaqt 
o’tib ongi rivolangan sari uning hujayralari orasida shoxlar paydo bo’ladi. SHu 
jarayonlarda biz bolalarga ta’lim-tarbiya bersak maqsadga muvofiq bo’ladi. Zero bu 
shoxlar shunchaki shox emas, balki meva beradigan shoxlar bo’lib yetishsa. 
Tug’ilgandan keyin birinchi olti oy davomida miyyaning salohiyati 50%, uch 
yoshgacha esa 80%ga yetadi. Ana ko’rdingizmi bu darajadagi rivojlanish shuncvhaki 
rivojlanish emas, balki natija beradigan qilib tarbiyalash lozimligini ko’rsatib turibdi. 
Demak biz “bolaga tarbiya qachondan boshlab berilishi kerak?” degan savolga anniq 
javob oldik. Bola tug’ilgandan boshlab unga tarbiya berish lozim. Bu haqida buyuk 
shaxslar ham o’z fikrlarini bildirganlar. Xususan, Yusuf Xos Xojibning 
uqtirishlaricha har bir kishi jamiyatga munosib bo’lib kamol topmog’i kerak. Buning 
uchun u tug’ilgan kundan boshlab zarur tarbiyani olmog’i lozim. Farzandlar tarbiyasi 
nixoyatda erta boshlanmog’i shart. Shundagina ularning noo’rin xatti-harakatlariga 
berilishining oldi olinadi. Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida 
tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beriladi. Tarbiya natijasida bolaning 
foydali va yetuk bo’lib o’sishiga ishonadi. Yosh bolani juda kichik yoshidan boshlab 
tarbiyalamoq zarur deb uqtiradi. Allomalarimizning fikrlari yuqorida keltirilgan 
ma’lumotlarga to’laqonli mos ekanligi biz va sizga yaqqol ko’rinib turibdi. Endi bu 
yosh davrida bolaga qanday qilib ta’lim va tarbiya berish mumkun degan savol 
tug’iladi albatta. Bu savolning javobini quyida berilgan ma’lumotlar orqali topamiz. 
Bola tug’ilgandan so’ng, u gapirishni, o’qishni, yozishni bilmasa ham unda sezgi 
a’zolari juda kuchli rivojlangan bo’ladi. Hozirgi zamon onalaridan farzandlariga 
bo’lgan juda kata e’tibor talab qilinadi. To’g’ri, endi tug’ilgan go’dakka bu narsa 
bunday, u narsa unday deb yoki qilayotgan ishing to’g’ri, aksincha noto’g’ri deb 
tarbiya berib bo’lmaydi. Lekin onalar va otalr ular uchun tarbiya manbai hisoblanadi. 
Bundan ko’rinib turibdiki, avvalo ota-ona birinchi navbatda oliy darajada 
tarbiyalangan bo’lishi kerak. Shundagina ular farzandalari uchun o’zlari hohlagandek 
"Science and Education" Scientific Journal
March 2021 / Volume 2 Issue 3
www.openscience.uz
298


tarbiyani bera oladilar. Go’dak hali yosh bo’lishiga qaramay ota va ona 
munosabatlarini kuzatuvchisi va ularning bir-biriga bo’lgan muomalasidan asosiy 
tarbiyani oluvchi hisoblanadi. Chaqaloq ularning bir-birlariga qanday munosabat 
bidirayotganini ularning yuz tuzilishidan bemalol bilib turadi. Shuning uchun 
bolalarga tarbiya berayotganlarida nihoyatda ehtiyotkoronalik bilan munosabt 
bildirishlari lozim. Bolalarda birinchi uch yilliklarida olgan bilimlari ularning 
kelajakda o’z faoloyatlarini bemalol yurita olishlari uchun asosiy poydevor 
hisoblanadi. Bu davirda xalqimizning ongiga singib qolgan bir tushuncha “Hali 
yoshda” deb nomlangan tushuncha bularning o’z farzandlariga bo’lgan 
mehribonchiliklarini emas, balki jabr qilayotganliklaridan dalolatdir. Bu davrda 
bolaga nimani o’rgatsa shuni to’laqonli qabul qiladigan yosh hisoblanadi. Bolalar 
bilan ko’proq muloqotda bo’lish ham ularning tarbiyalanishi uchun asos bo’lib 
hizmat qiladi. Bolalar hali yosh bo’lishlariga qaramay, ular yuqoridagi fikirlarimizda 
ta’kidlaganimizdek hamma narsani tushunadi. Suhbatlashishdan mahrum qilingan 
go’dak aqliy qobilyati zaif va xulq-atvori og’ir bo’lib ulg’ayadi. “Inson jamiyat 
mahsuli va undan ayro yashay olmaydi” deyishadi. Bolalar bilan suhbatlashish, 
ularning dunyo qarashlarini har taraflama rivojlantrib boradi. Bolalarda bu davrda 
ularga o’z hayot yo’llarini qurishida asosiy bo’lgan sohalarga boy davr hisoblanadi. 
Bu yoshdan ota-onalar bolalarga kerakli ko’nikmalarni berib borsalar, kelajakda ota- 
onalar ham bolalar ham qiynalmaydilar. Ota-onalar bolalarga ular uch yoshgacha 
bo’lgan davrda ma’sul bo’lsalar, o’z vazifalarini to’laqonli amalga oshirsalar keying 
bosqich bu tarbiyachilar bilan birga hamkorlikdagi bosqich hisoblanadi. Bu davr ham 
bolalar hayotida o’ta muhim davrlardan biri hisoblanadi. Bola bu yoshida 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga borish orqali boshqa bolalar bilan munosabat, 
o’zaro aloqa o’rnatishni o’rganadi. Tarbiyachi tomonidan beriladigan har qanday 
bilim bolalar ongida tez tasavvurlarni hosil qiladi. Har bir tarbiyachi, bolalarga 
ularning yoshidan kelib chiqib mashg’ulotlar olib boradilar. Mashg’ulotlar bolalarni 
har tomonlama rivojlantrishga qaratilgan jarayon hisoblanadi. Tarbiyachining yurish- 
turishi, kiyinishi, so’zlashi va barcha amalga oshiriladigan ishlari bolalar uchun istasa 
istamasa o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. Shuning uchun avvalo, tarbiyachining 
o’zi tarbiyalangan bo’lishi kerak. Bundan tashqari Anton Semenovich 
Makarenkoning “Tarbiyaviy ta’sirning g’oyat qudratli ta’sir ko’rsata olishiga 
ishonchim komil. Agar odam yomon tarbiyalangan bo’lsa, bunda faqat tarbiyachilar 
aybdorligiga aminman. Agar bola yaxshi bo’lsa, buning uchun u tarbiyadan, o’z 
bolaligidan qarzdordir” – degan so’zlari orqali hozirgi zamon tarbiyachisiga 
qo’yiladigan vazifalarning nihoyatda murakkabligiga e’tibor berishimiz lozim.
Xulosa:
Ota-onalar va tarbiyachilar oldida bolani nafaqat maktabga, balki katta 
hayotga tayyorlashdek muhim vazifa turar ekan, ular bu vazifalarnga ma’suliyatli 
holda yondoshishlari lozim. Zero “O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lida”. Tarbiyachi 
"Science and Education" Scientific Journal
March 2021 / Volume 2 Issue 3
www.openscience.uz
299


tomonidan beriladigan har qanday bilim bolalar ongida tez tasavvurlarni hosil qiladi. 
Har bir tarbiyachi, bolalarga ularning yoshidan kelib chiqib mashg’ulotlar olib 
borilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.

Yüklə 218,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə