Bog’ zararkunandalari va ularga qarshi kurash reja



Yüklə 20,64 Kb.
səhifə1/2
tarix25.10.2023
ölçüsü20,64 Kb.
#130766
  1   2
BOG’ ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH


BOG’ ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH
REJA:
1. Bog’ zararkunandalari turlari
2. Ularga qarshi kurash

Shiralar aphididae- kattaligi 0,5-8 mm ba‟zi turlari bitta turdagi oʻsimlikda barcha boʻgʻinlari rivojlansa, ba‟zilari bir oʻsimlikdan yoz faslida boshqa oʻsimlikga oʻtib, kuzda yana oʻsha oʻsimlikga qaytadi. Bir yilda 20-25 boʻgʻin beradi. Shiralar yosh novda va barglarning shirasini soʻrishi orqali daraxtning kuchini yoʻqotadi, hosilni pasaytiradi, novda va barglar qiyshayadi va keyingi yil qishlab chiqishga kuchsiz boʻlib qoladi.


-Olma shirasi- asosan olma, behi, nok daraxtlariga zarar yetkazadi. Kattaligi 2 mm, yosh novdalarda tuxumlari qishlab chiqib, bahorda shu joyda oziqlanib boshlaydi. Yetuk holga kelgach bahorda partogenetik usulda 50 ta, yozda 20-30 ta lichinkani tirik tugʻadi. -Qizil qon shirasi – kattaligi 2,1-2,6 mm usti oq gʻuborli ezilganda qizil rang chiqadi. Lichinka va yetuk zoti daraxt poʻstloq osti, yoʻgʻon shoxlar asosida qishlab chiqadi. Mart-aprel oylarida uygʻonadi. Bir yilda 15-16 boʻgʻin beradi. Zararlangan novdalarda gʻurralar paydo boʻladi, novdalar qiyshayadi. May oyida qanotli zotlari paydo bo„lib, uchish yoki koʻchatlar orqali tarqaladi. Qalqondorlar – erkaklari qanotli oziqlanmaydi faqat koʻpayishda ishtirok etib, bir necha soatdan 2-3 kungacha yashaydi. Urgʻochilari qalqoni ostida qishlab chiqgan lichinkalari bahorda oʻsimlik boʻylab tarqaladi va poʻstloq yoki bargga joylashib oziqlanadi. Natijada barglar tez toʻkiladi, mevalar tamsiz boʻlib qoladi. Novdalar yelim bilan qoplanadi. -Olma vergulsimon qalqondori – novdada toʻp-toʻp boʻlib yashaydi. Ona qalqoni ostida qishlab chiqadi. Urgʻochisi qalqoni ostiga 50-100 gacha tuxum qoʻyadi. Bir yilda 1-2 boʻgʻin beradi. -Gunafsha rangli qalqondor – barcha mevali daraxtlarni zararlaydi. Oʻsimlik zararlaganda barg, novda va mevasida binafsha rangli yumoloq dogʻlar qoladi. Otalangan ona zoti qishlab chiqib, bahorda 70 ga yaqin tuxum qoʻyadi. -Akatsiya soxta qalqondori – hammaxoʻr, lichinka holida poʻstloq osti va yerga yaqin joyda qishlaydi. Asosan barglarni zararlaydi. Oʻrgamchakkanalar- ikki oilaga 4 oyoqliva 2 juftoyoqlioilagabo‟linadi. 2 juftoyoqlikanalar 15-20 martakattalashtirilgandakoʻrinadi. -Oddiy oʻrgamchakkana – hammaxoʻr (koʻplab oʻsimliklarga olma, gilos, olcha, olxo„riga zarar keltiradi), yiliga 11-13 boʻgʻin beradi. Kattaligi 0,3-0,4 mm, lichinkasi 3 juftoyoqli, nimfa va imogasi 4 juft oyoqli bo„ladi. Birinchi boʻgʻini begona oʻt (qoʻypechak)da boʻlib, keyingi avlodlari daraxtlarga shamol va iplari orqali tarqaladi. Otalangan urgʻochi zotlari turli joylarda minus -20-29 C gacha qishlaydi. -Doʻlana kanasi – olma, nok, olxoʻri, gilos, olcha, shaftoli, oʻrik kabilarga zarar keltiradi. Kattaligi 550-300 mikron toʻqqizil rangli, orqasida 12 juft tuki bor. Otalangan urgʻochi zotlari xazonlar orasida qishlab chiqadi. Biryilda 7-9 avlod beradi. Bahorda urgʻochisi 40 kun yashab, 150-160 ta tuxum qoʻyadi.
-Bogʻ oʻrgamchakkanasi – olma, gilos, olcha, olxoʻri, toklarga zarar keltiradi. Yiliga 7-10 boʻgʻin beradi. Orqasida 13 ta tuki bor. Otalangan urgʻochi kana paraxt poʻsloqlarida qishlaydi. Bitta kana 40-60 kun yashab, 50 tacha tuxum qoʻyadi. -Shish qoʻzgʻatuvchi nok kanasi – olma, nok, behi, doʻlana kabilarni zararlaydi. 4 juft oyoqli, yetuk zoti daraxt kurtagi yoni va poʻstloq ostida qishlab chiqadi. Bahorda navda yuqorisidagi novda barglari ostiga shishlar hosil qilib ichida oziqlanadi. Qandalalar – olma va nok qandalalari- toʻqilgan doira toʻrlarini eslatadi. Ser harakat uchadi. Barg orqasidan zararlab, usti och yashil oq boʻlib tovlanadi. Yetuk zoti daraxt poʻslogʻi yoki xazonlar orasida qishlaydi. Qishloq xoʻjalik ekinlari zararkunandalardan himoya qilishda agrotexnik, biologik, kimyoviy va uygʻunlashgan himoya turlarini ketma ketlikda amalga oshirish zarur. Zarurat tugʻilganda keyingi bosqichga oʻtiladi. Daraxtlar gullagandan keyin har 100 novdada 10 ta shiralar toʻplami borligi kuzatilsa, ularga qarshi kimyoviy kurash olib boriladi. Biroq, bunda entomofaglar soni hisobga olinishi zarur. Аgar afidofaglar bilan bitlar nisbati 1:20, 1:30 boʻlsa, kimyoviy kurash chorasidan voz kechiladi. Zararkunanda hashoratlarning biologik xususiyatlarini oʻrganish, ularning rivojlanish bosqichlari, rivojlanishiga turli xildagi omillar ta‟sirini oʻrganish orqali ularga eng maqbul fazalarida va maqbul usullar bilan samarali qarshi kurashni qoʻllash mumkin boʻladi. Agrotexnik tadbirlar – tuproq strukturasini yaxshilash, oraliq masofani normallashtirish, begona oʻtlarni yoʻqotish chunki zararkunandalar koʻp qismi dastlab begona oʻtlarda koʻpayib keyin qishloq xoʻjaligi ekinlariga oʻtadi. Me‟yorida suv berish va oʻsimlik uchun ozuqa sifatida mineral oʻgʻitlar, makro va mikro elementlar zarur boʻladi. Mineral oʻgʻit tuproq zarrachalari orasiga kirib tuproqning gʻovvakligini ortiradi. Tomir qismi nafas oladi, ozuqa-namlik izlab oʻsadi va baquvvat boʻladi. Makro-mikro elementlar yetishmaganda ham oʻsimlikda belgilari paydo boʻladi. Masalan azot yetishmasa oʻsishdan orqada qoladi, barglari maydalashib ketadi va och yashil rangga kiradi. Fosfor yetishmaganda meva hosil qilishi pasayadi, barg va tomiri qizgʻish rangga kiradi. Kaliy yetishmaganda barg chetidan quriy boshlaydi, novdada koʻp sonli mayda kurtaklar paydo boʻladi. Kalsiy yetishmasa oʻsimlik ildiz qismi yaxshi rivojlanmaydi. Temir yetishmasa yuqori qismida xloroz (barg sargʻayishi) kuzatilib, barglar toʻkilib ketadi.
Biologik qarshi kurash - tabiatda bu zararkunandalarga qarshi hashoratlar ham mavjud lekin, oʻsimlik, zararkunanda va entomofaglar (ozuqa zanjiri ketma-ketligi)da paydo boʻlib, bu
zararkunandalar koʻpaygandan soʻng entomofaglar (biz uchun foydali hashoratlar) paydo boʻladi. Entomofaglar tabbiy holda paydo boʻlguncha oʻsimlikning yosh navda va barglariga katta zarar yetkazib qoʻyadi. Shuning uchun entomofaglarni sun‟iy ravishta biolabaratoriyalarda koʻpaytirib qishloq xoʻjaligi ekinlaridagi zararkunanda hashoratlarga qarshi qoʻyiladi. Kimyoviy kurash - oʻta kuchli zaharlilik va tez ta‟sir xususiyatiga ega lekin, noto„g„ri qoʻllanilganda tuproq, oʻsimlikda va uning hosilida uzoq vaqt parchalanmasdan saqlanib qolishi bilan bir qatorda hashoratlarda pestitsidlarga boʻlgan chidamligi oshib boradi. Xlororganik va Fosfororganik pertisidlar yaxshi samarali boʻlishi bir qatorda inson va issiqqonli hayvonlar organizmida kumilyativ (yigʻilib borish) xususiyatiga ega. Zaharli modda birdaniga ta‟sir qilmasada yigʻilib borishi natijasida bir qancha yillardan keyin ma‟lum bir a‟zoni umuman ishdan chiqaradi. Shuni inobatga olgan holda sintetik peritroidlar va (oʻsimlik, bakteriya, viruslardan olinuvchi zaharli moddalar) bilan navbatma-navbat almashtirib ishlatib turish lozim. Ayniqsa pestisidlarni ishlatishda ularning sarf me‟yoridan ortiq qoʻllamaslik, ikkinchi bora qoʻllashda oraliq masofa 20-30 kundan soʻng qoʻllash (ta‟sir etish muddati va necha marta qoʻllanishiga qarab), hosilni yigʻishda ham 20-30 kun oldin pestisid qo„llashni toʻxtatish lozim. Hozirda Oʻzbekistonda deyarli xlororganik pestisidlar qoʻllanilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 mart sanasidagi “Mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish va 2021 yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish to‘g‘risida”gi 121-sonli qaroriga muvofiq, Toshkent viloyatida 2021 yil hosili uchun 72 ming gektardan ortiq maydonda g‘o‘za parvarish qilinmoqda.Barchamizga maʼlumki, dunyo dehqonchiligida har yili yetishtiriladigan ekinlarning kasallik, zararkunanda hamda hasharotlar bilan zararlanishi kuzatiladi va ularga qarshi kurashish maqsadida ko‘plab mablag‘lar sarflanadi.Bu kabi holatlarni oldini olish maqsadida, Respublikamizda ham o‘simlik zararkunandalari va hasharotlariga qarshi kurash ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirlarning maqbul muddat va meʼyorlarda, sifatli amalga oshirilishi “O‘zagroinspeksiya” tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda.Xususan, “O‘zagroinspeksi”yaning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan g‘o‘za maydonlarida zararkunanda va hasharotlarga qarshi kurashish ishlari bugungi kunda to‘liq nazoratga olingan. Jumladan, viloyatda zararkunanda va hasharotlarga qarshi biologik kurash ishlarini amalga oshirish maqsadida 37 ta biolaboratoriyalar faoliyati tashkil etilgan. Ushbu biolaboratoriyalar tomonidan mavsum davomida 426,4 kg trixogramma, 266,3 mln dona brakon hamda 360,7 mln dona oltinko‘z ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kun holatiga 90 foiz trixogramma, 73 foiz brakon va 72 foiz oltinko‘z biomahsulotlari ishlab chiqarilib, g‘o‘za maydonlariga tarqatilgan. Bundan tashqari, viloyatda zarur hollarda g‘o‘za zararkunanda va hasharotlariga qarshi kurashish ishlarini olib borish uchun kimyoviy vositalar zaxirasini yaratish ishlari ham Inspeksiyaning viloyat boshqarmasining to‘liq nazoratida.


Viloyatda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda zararkunanda va hasharotlarga qarshi kurashish bo‘yicha biomahsulotlar ishlab chiqarilishi hamda kimyoviy vositalar zaxirasining yaratilishi, saqlanishi va qo‘llash ishlari ustidan “O‘zagroinspeksiya”ning Toshkent viloyati boshqarmasi hamda tuman bo‘lim inspektorlari tomonidan doimiy nazorat tadbirlari amalga oshirilib, o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va qonunbuzilishi holatlari yuzasidan belgilangan tartibda taʼsir choralari qo‘llanilishi va aniqlangan xato-kamchiliklarning bartaraf etilishi taʼminlanmoqda.

Yüklə 20,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə