Bob. Immanual Kantning haqida ta’rif Immanual Kantning hayoti va ijodi


Kant agnostitsizmining qisqacha mazmuni



Yüklə 91,66 Kb.
səhifə7/8
tarix17.12.2023
ölçüsü91,66 Kb.
#149859
1   2   3   4   5   6   7   8
Immanuil Kantning transsendental mantig‘i

Kant agnostitsizmining qisqacha mazmuni

Kant agnostitsizmining qisqacha mazmuni quyidagicha: biz biladigan narsa (fenomen) va o‘z holicha mavjud bo‘lgan narsa (noumen) mutlaqo har xildir. Biz hodisalar mohiyatini qay darajada teran anglamaylik, bizning bilimimiz baribir o‘zicha mavjud bo‘lgan narsalardan farq qiladi. Shunday qilib, I. Kant fikricha, bizning ongimiz, hissiyotimiz, tafakkurimizga bog‘liq bo‘lmagan narsalar olami mavjud. Uni faylasuf «narsa o‘zida» sifatida ta'riflaydi. I.Kantning fikricha, bilish jarayoni «narsa o‘zida»ning sezgi a'zolarimizga bevosita ta'siri ostida his-tuyg‘uning uyg‘onishidan boshlanadi. Vaholanki, his-tuyg‘ular, tushuncha va hukmlar o‘z holicha «narsa o‘zida» haqida muayyan nazariy bilim berishga qodir emas. Lekin bundan ishonchli bilim yo‘q ekan, degan xulosaga kelmaslik kerak. Matematika va tabiatshunoslik aynan shunday ishonchli bilim manbaidir. Ammo ular qay darajada ishonchli bo‘lmasin, «narsa o‘zida» haqidagi haqiqiy bilim bo‘la olmaydi. Kant bizning tafakkurimizda shakllangan tushunchalar «narsa o‘zida»ni qay darajada to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri aks ettira oladi, degan savolga aniq javob mavjud emas, deb ta'kidlaydi.
Gnoseologik relyativizmborliq hodisalari va voqyealarini bilish o‘zgaruvchanligi, o‘tkinchiligini mutlaqlashtiruvchi agnostitsizmning yo‘nalishlaridan biridir. Relyativizm tarafdorlari dunyoda hamma narsa o‘tkinchi, haqiqiy dunyoviy darajada ham, hattoki ilmiy darajada ham bizning olam hodisalari haqida olgan faqat shu paytdagi bilimlarimizni ifodalaydi, kecha haqiqat deb hisoblangan narsa bugun ishtiboh, xato sifatida tan olinadi: xuddi dori kabi, haqiqatning ham saqlanish muddati bor. Nisbiy mushohadalar bundan ham omonatroq. Bu ijtimoiy hayotda, axloq normalari va estetik didlarda ayniqsa yaqqol seziladi. Yaqindagina shak-shubhasiz deb e'tirof etilgan narsa endi do‘zaxdan chiqqan balo sifatida inkor etiladi. Baholar kaleydoskopdagi rangli dog‘lar kabi o‘zgaradi. Bundan go‘yo bilish jarayoni – muvaffaqiyatsizlikka uchrashi tayin bo‘lgan haqiqat ketidan «quvish», degan umumiy xulosa chiqariladi. Bizning barcha bilimlarimiz go‘yo noaniqlik va nohaqiqiylik dengizida suzadi, u faqat – va faqat – nisbiy, shartli konvensial (lotincha «conventional» - shartnomaga muvofiq) va sub'ektivdir.
Skeptiklarga xos bo‘lgan bu yondashuv antik davrdayoq yuzaga kelgan. Dunyoda hamma narsa shu qadar tez o‘zgaradiki, unda mutlaqo o‘zgarmas bo‘lgan hyech narsa mavjud emas, deb hisoblagan Kratil ta'limoti ashaddiy relyativizmga misol bo‘lishi mumkin.
Barcha bilimlarimizni faqat nisbiy deb hisoblash, mohiyat e'tibori bilan, bilishda o‘zboshimchalik hukm surishini tan olish bilan barobardir. Bu holda bilish nisbatan o‘zgarmas, ishonchli narsalar mavjud bo‘lmagan, haqiqat bilan ishtiboh o‘rtasida farq qolmaydigan, har qanday qoida va tamoyilga ishonch yo‘qoladigan, binobarin, hayotda hyech narsaga amal qilib bo‘lmaydigan uzluksiz oqimga aylanadi. Bilish nazariyasida mutlaq relyativizm – bu tafakkur «boyligi»ning namoyon bo‘lish shakllaridan biri. Unga quyidagi mushohada xos: haqiqat albatta mutlaq bo‘lishi kerak, agar haqiqat mutlaq bo‘lmasa, u haqiqat emas. Bu fikr zamirida nafaqat nisbiy, balki mutlaq haqiqatga ham ishonchsizlik yotadi. Relyativizm namoyandalari odatda haqiqiy deb hisoblangan qoidalar keyinchalik soxta deb inkor etilgan va aksincha, soxta deb hisoblangan qoidalar fan rivojlanishi jarayonida haqiqiy deb e'tirof etilgan hollar fan tarixida ko‘p ekanligiga ishora qiladilar. Ilmiy bilishning harakat yo‘li – amalda to‘g‘ri chiziq emas, balki kesimlarida yanglishish hollari yuz berishi mumkin bo‘lgan egri chiziqdan iborat. Biroq bu bizning barcha bilimlarimiz safsata ekanligini isbotlamaydi. Relyativist «bilimda nisbiylik unsuri mavjud» degan to‘g‘ri qoidani «bilim doimo nisbiydir», binobarin, bilim kerak emas, degan yanglish qoidaga almashtiradi. «Bu eng yomon fikr: agar men hamma narsani bila olmasam, men hyech ish qilmayman»7[119].

Yüklə 91,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə