Биринчи боб


Partaga bag‘rimni berib yig‘ladim



Yüklə 437,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/28
tarix04.06.2023
ölçüsü437,33 Kb.
#115380
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Kitob 3436 uzsmart.uz


Partaga bag‘rimni berib yig‘ladim, 
Sukunatga aytdim: «Jon berdi... Kumush...» 
Muallim jilmayib meni tingladi, 
Boshimni siladi ham shod, ham xomush (26-bet). 
Shoir ushbu she’rda oddiygina, o‘quvchining dars jarayonidagi ruhiy holati 
tasviri bilan chegaralanib qolmagan, unda ifodalangan fikrlar o‘quvchining eng 
nozik his-tuyg‘ularini qitiqlaydi. She’rdagi “Bo‘g‘zimga bahaybat qayg‘u 
tiqildi,Ko‘zimga yiqildi qop-qora bulut” kabi qahramon ruhiy holatini ko‘z 


64 
oldimizda aniq tasvirlovchi betakror ifodalar pokiza, begunoh bola obrazini 
namoyon qiladi. Misralarda tasvirlangan bola aslida umumlashma obraz bo‘lib,u 
millatning, o‘z farzandi- Abdulla Qodiriy uchun armon chekayotgan xalqning 
badiiy qiyofasidir . Usmon Azimning poetik mahorati shundaki, u bu fikrlarni
qalamga olingan mavzu mohiyatiga singdirib yuboradi. Shoir aksar hollarda aynan 
xalq donoligini, azaliy haqiqatlarni she’r matniga olib kiradi va qo‘llashi 
jarayonida og‘zaki nutqda ko‘p qo‘llanuvchi birliklarga murojaat qiladi. Shoirning 
“Vatan haqida she’r” deb nomlanuvchi she’ri ikkinchi jahon urushi davrida 
mamlakatda ocharchilik hukm surgan vaqtdagi xalqimiz hayotini tasvirlashga 
bag‘ishlangan.Shoir unda “Osmon yiroq, yer qattiq” maqolini ishlatish bilan 
qahramon ruhiy holatini yaqqol tasvirlashga erishgan:
Kaftingizga jonsarak 
Yashirdingiz boshoqni. 
E voh, yer shuncha qattiq, 
Osmon shuncha uzoqmi?! (“Vatan haqida she’r”, 47-bet) 
Tilimizda “It hurar, karvon o‘tar” maqoli bor.Shoir shu maqolni asl holida 
keltirmay, uning mazmunini she’rga singdirib yuborishga turli leksik vositalar 
yordamida erishganligi quyidagi parchada o‘z aksini topgan:
Zamon! 
Sen turibsan nechun parishon, 
Nechun so‘nib borar vujudingda cho‘g‘, 
Hali o‘lganim yo‘q, 
yashayapman omon - 
itlar yetovida 
qolganim ham yo‘q! 
Qani, yur, 
yetaklab seni keturman, 
Uzoq-uzoqlarni ko‘rmoqda ko‘zim, - 
Men seni itlarga berib qo‘ymayman - 


65 
Seni yuragimga eltaman o‘zim! (130-bet) 
Keltirilgan misolda shoir fikrlarining kuchli mantiqqa egaligi 
seziladi.“Mantiqiylik nutqning maqsad nishoniga bexato yetishini, bu nishonni 
ortiqcha urinishlarsiz zabt etishini ta’min etadigan sifatlardandir. Mantiqiy nutq 
fikr tarkibini to‘g‘ri va aniq aks ettirishi bilan ta’sirchanlik kasb etadi, ayni paytda 
u tinglovchi idrokini zo‘riqtirmaydi. Har qanday mantiqiy fikr qanchalik murakkab 
bo‘lmasin, nutq tuzuvchining mahoratli ko‘magi bilan o‘ziga loyiq va yarashiqli, 
demakki, mantiqiy libosini kiya bilsa, tinglovchi shuuri uni osonlik bilan o‘z 
bag‘riga oladi”
1
. Aslida she’rlari mantiqli va obrazli ifodalarga boy shoirning o‘zi 
ham ayni damda donishmand, hayotiy tajribalarga ega bo‘lgan faylasuf sifatida 
namoyon bo‘ladi. Uning she’riy misralarida falsafiy xulosalar qaymog‘i bo‘lgan
fikrlar ko‘p uchraydi.
Usmon Azim ijodida qo‘llanilgan lingvopoetik vositalar shoirning xalq 
tilidagi mavjud tasvir vositalaridan, uning beqiyos go‘zal tilining yashirin 
imkoniyatlaridan juda o‘rinli foydalanganini, shoirning o‘ziga xos individual 
uslubi xalqona ekanini namoyon etadi. Bu holat Usmon Azimning xalqimizni faxri 
bo‘lgan Alpomish obrazini yaratishga bo‘lgan harakatlarida, tanlagan lingvopoetik 
vositalarida yaqqol ko‘rinadi: 
Bir ninachi — sarxushu dovdir —
Jirkanmasdan qo‘ndi qo‘limga...
Titroq yetdi jonimga dovur,
Nogoh hayron boqdim o‘limga.
Va eshitdim, yerning tagida
Dupur-dupur — yelib kelar ot.
Men — Alpomish behol yotibman,
Shoshib kelar Qorajon — Hayot! (42-bet) 
1
Маҳмудов Н. Ўқитувчи нутқининг маданияти.
-
Тошкент, 2009, 117
-
бет



66 
Yurtboshimiz I.A.Karimovning “Bir so‘z bilan aytganda, xalqimizning 
yengilmas bahodiri — Alpomish timsolida biz Vatanimizni yomon ko‘zlardan, 
balo-qazolardan asrashga qodir, kerak bo‘lsa, bu yo‘lda jonini ham fido qilishga 
tayyor bo‘lgan azamat o‘g‘lonlarimiz — bugungi alpomishlarning ma’naviy 
qiyofasini ko‘ramiz.Ishonamanki, har bir avlod mana shu qahramonlik dostonini 
asrab-avaylab kelgusi avlodlarga yetkazadi. Bu qahramonlik eposini kuylab uni 
qalbiga, shuuriga jo qilgan millatni esa hech qanday kuch yenga olmaydi”
1
degan 
fikrlari tilimizda mavjud bo‘lgan birliklarning lingvopoetik xususiyatlarini, 
milliylikni ifodalashdagi vazifalarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bu kabi antroponimlarni badiiy matnga olib kirish va uni lingvopoetik 
vositaga aylantirish Usmon Azim ijodiga xos xususiyatlardan biridir. Usmon Azim 
xalqimizning o‘tmishdagi hayoti, ajdodlarimiz to‘g‘risida fikr yuritar ekan, Alp 
tegin, Navoiy, Nodira, Gulxaniy, Mashrab kabi antroponimlarni qo‘llaydi va ularni 
Vatan tushunchasi bilan uyg‘unlashtiradi: 
Qog‘ozlarga yozdim... Qog‘ozlar yondi.
Bu sirni o‘yladim — topdim, nihoyat:
Men Usmon emasman, Alpteginman — men,
Enasoy bag‘rida to‘lg‘ongan g‘oya (“Bitik toshlar orzusi”, 149-bet).
Yoki
Yomg‘irday bir sog‘inch ko‘ksimga to‘ldi,
Yurakka tutashdi notanish g‘ulu.
Nogoh Vatanimni ko‘rganday bo‘ldim,
Qodiriyning xuddi o‘zi edi u.
To‘rt devordan bo‘lsa, boqardilar jim,
Sinovchan ko‘zlarin ko‘zimga qadab,
Hozircha suratda taniganlarim —
Navoiy, Nodira, Gulxaniy, Mashrab... (Abdulla Qodiriy, 26-bet) 
1
Каримов И.А.
Юксак маънавият 
– 
енгилмас куч. 

Тошкент: Маънавият, 2008, 33
-34-
бетлар



67 
Shoir “Samarqand ildizing qayerda?” she’rida Spitamen, Ulug‘bek 
antroponimlarini hamda sarbadorlar so‘zini qo‘llash bilan xalqimizning ko‘p 
asrlik tarixga egaligi va uning har bir davrda o‘z yetakchi daholariga egaligiga 
ishora qilmoqda: 
Ammo ovozlar chiqar zamin qa’ridan: 
- Men, - deydi (Spitamen, senmisan?).
- Men, - deydi (Ulugbek, senmi?),
-
Biz, - deydi guvillab bir lashkar
kelajakka ergashib kelar sarbadorlar! 
-
Samarqand, ildizing... (Samarqand ildizing qayerda?, 46-bet) 
Usmon Azim she’rlarida o‘zbek xalqining asrlar davomida shakllangan , 
turli xil ma’no nozikliklarini ifodalash imkoniyatiga ega bo‘lgan tiliga xos hikmatli 
ifodalar, jozibador iboralar, hazil va tagma’nolarning muallif kommunikativ 
maqsadiga mos holda o‘z o‘rnida ishlatilishi ularning o‘zbek xalqiga xos ruhi va 
yuksak badiiy estetik ta’sirchanligini ta’minlagan. Xalq og‘zaki ijodiga xos 
xususiyatlar va xalq tilida mavjud bo‘lgan fikr ifodalashda qulaylik tug‘diruvchi 
frazeologik birliklar, badiiy adabiyotda qo‘llanishi odat tusiga kirgan badiiy 
san’atlar, ayniqsa, fikr ifodalash bilan bog‘liq ma’no ko‘chish hodisalari, ularda 
har xil ma’no nozikliklari ifodalanishi natijasida go‘zal poetik manzaralar hosil 
qilinadi. 
N.Shukurov “Uslublar va janrlar” kitobida G‘.G‘ulom ijodida milliylikning 
aks etishi haqida fikr yuritar ekan, «quyoshga tig‘ urib uchgan kurkunak, dosh 
qozonda qaynab pishayotgan shinnilar, qirq besh xil uzumlar osilgan atan, janaqi, 
qandil olmalar, qo‘g‘a poyasiga bog‘lab shipga osilgan qovunlar, nimtatir shabada, 
shabnam, bedana, chaylaga o‘rmalab chiqqan suvqovoq, zumrad butoqda, oltin 
chanoqda ochilib yotgan paxtalar haqida gapirib, O‘zbekiston kuzining o‘ziga xos 


68 
ko‘rinishlarini milliy psixika bilan idrok etadi va tasvirlaydi»
1
, - deb yozadi Bu
fikrlar Usmon Azim ijodiga ham birday taalluqlidir. 
Xalqning bugungi kundagi tashvishi, maqsadi, quvonchini his qila bilgan 
Usmon Azim o‘z she’rlarida ularni ochib berishga intiladi, o‘z maqsadiga mos 
lingvopoetik vositalar axtaradi. Bu intilish shoir she’rlariga baxshiyona ruh 
bag‘ishlaydi. Lingvopoetik vositalarni xalq milliy-ma’naviy qadriyatlarini, urf-
odatlari va ichki kechinmalarini ifodalash vositasiga aylantirishda Usmon Azim 
baxshilik san’ati qoidalariga ham ma’lum darajada amal qiladi.Baxshilar 
tomonidan oddiygina ijro jarayonida qo‘llanuvchi so‘z va iboralar Usmon Azim 
she’riyatida yangicha ruh va vazifa oladi. Usmon Azim she’riyatida baxshi tilidan 
oddiy so‘zlarning takror qo‘llanishi bir tomondan lingvopoetik vositani, 
ikkinchidan, milliy ohang, uslubni yuzaga keltiradi. «Uslub bir vaqtning o‘zida 
mazmun ham, shakl ham, g‘oya ham, motiv ham. Bularning barchasi birlashganda 
asar bus-butunligini uslub ta’minlaydi. Shunga ko‘ra yozuvchi uslubini so‘zga, 
tilga – ulardan foydalanishdagi o‘ziga xoslikka bog‘lab qo‘yish noo‘rindir. To‘g‘ri, 
adabiyot – so‘z san’ati, til adabiyotning birinchi elementi bo‘lsa-da, uslubni yuzaga 
keltiruvchi vositalardan biri – zaruriy elementi sanaladi. Uslubni yuzaga 
keltiruvchi eng zarur omillardan yana biri–san’atkorning hayotni, uning 
mohiyatini, qa’ridagi haqiqatni tadqiq va tahlil qila bilishi bilan bog‘liqdir. Inson 
ruhiyatining boy va yashirin sirlarini, ularning tub estetik qimmatini kashf etish 
san’ati–ruhiyati, bilimdonligi bilan bevosita aloqadordir. Demak, uslub – 
yozuvchining voqeylik va insonni idrok qilish, ularning qalbidagi haqiqatning 
kashf etishi va uni so‘z vositasida obrazli ifodalay olishi - bu vazifalarni induvidual 
(o‘ziga xos) tarzda yaratish san’atidir»
2

Usmon Azim she’rlari tarkibida kelgan «aytdim» leksemasi mohiyati 
lingvopoetik vositalar haqidagi yuqorida aytilgan fikrlarning barchasiga mos 
1
Ш у к у р о в Н. Услублар ва жанрлар.

Тошкент, 1973, 30
-
бет.
2
Умуров Х. Адабиёт назарияси.

Тошкент: Шарқ, 2002. 236
-
бет.


69 
keladi, badiiy matning umumiy talablariga bo‘ysunib, uning semantik ma’nosi 
poetik jihatdan sezilarli darajada kengayadi. 
Usmon Azim “Baxshiyona” turkumiga kiruvchi she’rlaridan birida 
shunday yozadi: 
Maysaga ezmayman, deb aytdim,
Daraxtga kesmayman, deb aytdim.
Tuprog‘imga, sen deb o‘lsam,
Og‘riqni sezmayman, deb aytdim.
Ayolga suyaman, deb aytdim,
Ishqingda kuyaman, deb aytdim.
Sening bosgan izlaringga
Boshimni qo‘yaman, deb aytdim.
Sahroga tog‘ bo‘lasan, deb aytdim.
Kechaga oq bo‘lasan, deb aytdim.
Shaytonga, ayolni sevsang
Imonday pok bo‘lasan, deb aytdim (185 bet).
Usmon Azim o‘zining “Baxshiyona” turkumiga kiruvchi ko‘plab
she’rlarida ayni bir so‘zga qayta-qayta murojaat qilgani kuzatiladi.Bu usul bilan 
shoir o‘z mo‘ljaliga, ya’ni kitobxonga ta’sir qilishga erisha olgan. Masalan, u 
Elbek baxshi va uning shogirdi Elomon o‘rtasidagi suhbatni ifodalashda Elomon 
tilida “chidagin” so‘zini takror qo‘llashga intiladi: 
Ustozim deganing she’rfurush chiqsa,
Suyganim deganing erfurush chiqsa,
Podshohim deganing elfurush chiqsa, —
Chidagin, bolam-a, chidagin,
Dardlaring taningga joylansin.
Chidagin, bolam-a, chidagin,
Ohlaring qo‘shiqqa aylansin! (186-bet) 


70 
She’rni tahlil qilishga harakat qilaylik. Aslida she’rda qo‘llanilgan “ 
chidagin” so‘zi alohida olinganda nutq qaratilgan shaxsni ma’lum xatti-harakatni 
bajarishdan qaytarish, nutq so‘zlanib turgan vaqtdagi holatga sabr qilishga undash 
ma’nosini bildiradi. Shoir nutq qaratilgan kishini sabr qilishga undash sabablari –
ustozning she’rfurushligi, ayolning erfurushligi, podshoning elfurushligi kabilarni 
keltirib o‘tadi. Keyingi misralarda esa takror vositasida muallif munosabati ham 
oydinlasha boradi. 
Chin qolib, yolg‘onlar topsa marhamat,
Yaxshimas, yomonlar topsa marhamat,
Aldamchi zamonlar topsa marhamat 
Dardlaring taningga joylansin.
Chidagin, bolam-a chidagin,
Ohlaring qo‘shiqqa aylansin! (186-bet) 
Shoirning munosabat bildirishiga yolg‘onlar, yomonlar, aldamchi 
zamonlarning marhamat topganligi sabab bo‘lgan.Shoir she’rda o‘z falsafiy 
xulosalari, umumlashmalarini berishda lingvopoetik vositalarga murojaat qiladi.Bu 
esa she’rda “Dardlaring taningga joylansin. Chidagin, bolam-a chidagin, Ohlaring 
qo‘shiqqa aylansin!” tarzida o‘z aksini topadi.She’rda ifodalangan mazmun 
yurtimizning o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishdan ilgari turli davrlarda arab, rus 
bosqinchilari tomonidan vayron etilganligi, xalqimizning milliy-ma’naviy 
qadriyatlari oyoqosti qilinganligini aks ettiradi.Demak, Elomon baxshining 
“chidagin, bolam-a chidagin” deyishida ma’lum bir maqsad yotibdi. U bolani 
ko‘nikishga,boshqalarning buyrug‘ini so‘zsiz bajarishga undayotgani yo‘q.Balki 
yuqorida aytilgan sabablar bilan bolani tanishtirish orqali uni jang qilishga, o‘z 
yurti, milliy-ma’naviy qadriyatlarini himoya qilishga ruhan tayyorlamoqda. Bunda 
Elomon baxshiga lingvopoetik vositalardan biri bo‘lgan takror juda qo‘l kelganligi 
bilinadi. Usmon Azim mustaqillik kuychisi, mustaqil ona-Vatanini jondan ortiq 
sevuvchi shoir. Shuning uchun uning ijodida mustaqillik g‘oyalarini ifodalovchi 
leksik-frazeologik birliklar, lingvopoetik vositalar muhim o‘rin tutadi.U 


71 
lingvopoetik vositalarni qo‘llashda ona tilimizning nozik so‘z va iboralari, 
lingvopoetik imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanishga intiladi 
Usmon Azim ijodini kuzatar ekanmiz, uning milliy urf-odatlarimiz, 
ma’naviy qadriyatlarimizni yaxshi bilishi va ularni o‘z she’rlarida mahorat bilan 
ifodalay olganligining guvohi bo‘lamiz. Usmon Azim she’rlari matnida xalq 
og‘zaki ijodi ruhi hamisha sezilib turadi. Masalan, « Uloq » she’rida chavandoz 
va uning uloqchi oti haqida so‘z yuritiladi. 
Shoir ijodida uloq, chavandoz kabi leksemalarning qo‘llanishi bundan 
guvohlik beradi. Shoir bir she’rida chavandoz ruhiy holatini berish bilan o‘zbek 
xalqining milliy sport o‘yinlaridan biri–uloq to‘g‘risida ma’lumot beradi va 
chavandoz holatini tasvirlash bilan bu o‘yinning xalqimiz uchun nihoyatda ardoqli 
ekanligiga ishora qiladi:
Chavandoz uloqdan qaytdi piyoda,
- Ranglaringiz bir ol, ayting, ne bo‘ldi? 
-
Onasi, dardimni qilma ziyoda,
Onasi, otginam... otginam o‘ldi, ... 
Chavandoz xo‘rsinar... Tong otar edi,
Eng so‘nggi yulduzlar borardi botib,
Xotini shivirlar: «Hech xafa bo‘lmang,
Sizga ot olamiz uy-joyni sotib...» (35-bet) 
Ko‘rinadiki, kitobxon yuqoridagi misralarni o‘qish bilan milliy o‘yinimiz 
to‘g‘risida ma’lumot oladi,er-xotinlik munosabatidan, erkak kishining oiladagi 
mavqei yuqori turishi bizning milliy xususiyatlarimizdan biri ekanligidan xabardor 
bo‘ladi. 
Shoirning “Bolalikning so‘nggi kunlari”, “Boychechak” she’rlarida 
bizning milliy o‘yinlarimiz va qo‘shiqlarimiz to‘g‘risida so‘z yuritilgan. Uning 
“Bolalikning so‘nggi kunlari” she’rida chillak o‘yini tasviri kitobxonni olis 
bolalikka tomon yetaklaydi: 
U bahorni qutdi intizor,


72 
Yo‘llariga ko‘z tutdi ilhaq.
Quyosh chiqsa, erib bitsa qor,
To‘yib-to‘yib o‘ynardi chillak (50-bet). 
“Boychechak” she’rida esa bolalar folklori materiallariga murojaat 
qilingan: 
Bahor bilan mast bo‘lib,
Kuylardik biz bolalar:
«Boychechagim boylandi,
Boychechagim boylandi...» Boychechak (51-bet). 
Bunda takror vositasida poetik tasvir kuchayib, matnda o‘zaro uyg‘unlik 
hosil bo‘lgan. 
Usmon Azim mustaqillik davri o‘zbek adabiyotida teran mushohadali, 
tabiat va jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlarni sinchkovlik bilan kuzatuvchi 
sifatida o‘zi ilg‘agan, guvohi bo‘lgan manzara va lavhalarni tildagi mavjud 
lingvopoetik vositalar yordamida ifoda etadi. Hayotni shoirona ko‘z bilan kuzata 
olish va ularni tahlil qila olish xususiyatiga ega bo‘lgan Usmon Azim o‘zi yashab 
turgan jamiyat va tabiatdagi yuz berayotgan turli xil voqea-hodisalar markazida 
turadi. Shuning uchun ham Usmon Azim she’riyatida kutilmagan tasvirlar hamda 
obrazlar kitobxon e’tiborini jalb etadi. She’rdagi misralardagi takrorlanib 
keladigan “boychechagim boylandi” gapi muayyan bir bolalik davri, lahza, holat 
mohiyatini o‘zida mujassam etgan. 
Usmon Azim o‘zining “Eski qo‘shiq” she’rida lirik qahramonning ruhiy 
holati, ichki kechinmalari tasvirini berishda milliy cholg‘u asboblarimiz 
nomlaridan foydalanadi. Tabiiyki, o‘zbek milliy cholg‘u asboblari ichida childirma 
va nog‘ora to‘y marosimi, oshiqning o‘z yori uchun chekkan azobining qay 
darajada kuchli ekanligini ifodalash uchun juda mos keluvchi lingvopoetik vosita 
hisoblanadi. “Eski qo‘shiq” she’rida milliy madaniyatimiz bilan bog‘liq childirma, 
nog‘ora kabi san’at atamalari o‘rinli qo‘llanilgan: 
To‘ying bo‘ldi, darangladi


73 
Childirmayu nog‘ora.
Men ko‘changda bo‘zlab kezdim,
Muzlab kezdim —devona (“Eski qo‘shiq”, 109-bet). 
Usmon Azim matnda childirma, nog‘ora so‘zlarini qo‘llash bilan 
o‘zbekona urf-odatlar, milliy to‘ylar to‘g‘risida ma’lumot bermoqdaki, bu 
leksemalar o‘quvchida tasvirlanayotgan voqeani aniq tasavvur qilishiga yordam 
beradi. 
Usmon Azim she’riyatida milliyligimiz bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan 
yana bir xususiyat kuzatiladi. Shoir ruhiyati va ijodiy tafakkurining keng qamrovli 
ekanligi quyidagi parchada aniq ko‘rinadi. Matnda qo‘llanilgan leksik vositalar
lingvopoetik ta’sirchanlikni ta’minlovchi birlik bo‘lib qolmasdan, G‘afurning 
do‘ppisi birikmasi yordamida o‘zida milliylikni ham aks ettiradi Shoir do‘ppi 
so‘zini milliyligimizni ko‘rsatuvchi leksema sifatida qo‘llashga alohida e’tibor 
beradi: 
Men bir bola edim — o‘n olti yoshda.
Bu da’vat ma’nosin qayda chaqmog‘im?
G‘afurning do‘ppisin qo‘ndirib boshga
Qarshidan chaqnadi she’rning chaqmog‘i (102-bet). 
Darhaqiqat, shoir to‘g‘ri ta’kidlab ko‘rsatganidek,mashhur o‘zbek shoiri 
G‘afur G‘ulomni do‘ppisiz tasavvur qilish qiyin.Do‘ppi bosh kiyimi sifatida 
millatimiz bilan bog‘liq. U milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni eslatib turadi. Ammo 
joylarda uning turli ko‘rinishlari mavjud. Usmon Azim buni yaxshi bilgan va 
she’rda unga ishora qiladi.Quyida shoir o‘zi tasvirlanayotgan kishining qayerdan 
ekanligini ko‘rsatishda do‘ppi leksemasidan bir vosita sifatida foydalangan: 
Bu odam — qizchaning va bolaning otasi —
«Paxta bayrami»ga kiyib chiqsin deb 
Bayramlik izlaydi farzandlariga.
Bunisi, aniq, Boysundan kelgan 
(boshidagi gilam do‘ppisi guvoh) 


74 
O‘tgan mashinaga qo‘l ko‘taradi — 
poyezdga shoshyapti.
Poyezd uni Boysunga olib ketadi... (Ko‘chadan reportaj, 105-bet)
Darhaqiqat, Surxondaryo viloyatida erkak kishilar gilam nusxa do‘ppi 
kiyishadi. 
Inson ma’naviy olamining beqiyosligi, ijodiy hurlikni 
mustaqilligimizning muhim omili deb bilgan Usmon Azim tildagi mavjud 
birliklarni tanlashda ularni o‘z fikrlari va tuyg‘ularini aniq va tiniq aks ettirishga 
bo‘ysundiradi. U buning uchun tilimizdagi yuqoridagi kabi etnografik atamalar, 
so‘z va iboralarni ishlatadi. She’riyatda yuqorida keltirilgan bu kabi nozik poetik 
tasvirlar faqatgina Usmon Azim kabi kuzatuvchan shoirlar ijodiga xosdir.
Umuman, o‘zbekona folklor materiallariga tayangan holda bunday poetik 
ifoda tarzi Usmon Azimning badiiy tafakkuriga, voqelikni idrok qilishiga, demak, 
uning badiiy ijodiga xos bo‘lgan eng muhim tamoyillardan biri sanaladi. Zero, 
jonli xalq tilida, milliy- ma’naviy qadriyatlarimiz ifodasi bo‘lgan xalq og‘zaki ijodi 
namunalarida bu tarzdagi lingvopoetik vositalardan keng foydalaniladi. 
Quyidagi she’rda shoir milliy-ma’naviy boyligimiz bo‘lgan san’at asari nomini 
qo‘llashida ham bu seziladi: 
«Shashmaqom»ning qay sho‘basida
Yig‘layotir ko‘nglim bu kecha?
Musiqani bo‘lmagin, bedard...
Olam temir zerhini yechar (“Tungi konsert”, 279-bet). 
Usmon Azim she’riyatida muallif tomonidan tanlangan tabiat manzaralari, 
turli insoniy munosabatlar aks etgan lavhalarda qo‘llanilgan leksik-frazeologik 
birliklar, lingvopoetik vositalar ko‘p hollarda bevosita o‘zlari anglatgan 
ma’nolardan tashqari qo‘shimcha ma’nolarni ifodalash vazifasiga ham ega 
bo‘ladilar, lirik qahramon ruhiyatida yuz beruvchi holatlarni milliylik nuqtai 
nazaridan ifodalovchi poetik mushohadalar bilan uyg‘unlik hosil qiladi.Usmon 
Azim milliylik ifodalovchi baxshiyona ruhda yaratilgan she’rlarida ayniqsa, 
o‘zbekona fikrlovchi obrazlar yaratish, she’rlarning badiiy-estetik ko‘lamini 


75 
yanada kengaytirishga , tildagi lingvopoetik vositalardan o‘rinli foydalanishga 
intiladi. 
Usmon Azim bu kabi baxshiyona usul yordamida, avvalo, she’rning xalq 
og‘zaki ijodiga xos tarzda jonliligi, hayotiyligi va jo‘shqinligi, badiiyligi va estetik 
ta’sirchanligini oshirishga erishadi. She’rlarda xalqimizning asrlar davomida
yuragi qatlarida saqlab kelingan ezgu armonlari, orzu-umidlarini Elomon baxshi 
tilidan izhor etadi. Umuman, Usmon Azim o‘z she’rlarida barcha obrazlar 
mohiyatini asosan baxshilar va oddiy odamlar tili orqali yoritadi, fikr yuritishda
o‘zaro muloqot jarayonida so‘zlarni qay tarzda qo‘llashni ularning o‘ziga 
topshiradi.Bu ham xalq og‘zaki ijodiga monand usulda ijod qiluvchi shoir va 
yozuvchilar uslubiga xos xususiyatlardan biri hisoblanadi. Usmon Azim ijodida 
xalqimiz vakillari hisoblangan baxshilar o‘z aytishuvlarida xalq dilidagi dardu 
armonlarini bemalol, ochiqchasiga kuylash orqali o‘zlarini ham tanita boradilar, 
o‘zlarining qanday shaxs ekanliklarini qo‘llagan so‘zlari, iboralari, lingvopoetik 
vositalari orqali aks ettiradilar.
Usmon Azim mustaqillikning ilohiy ne’mat ekanligi, tabiatning beqiyos 
go‘zalligi, xalqimizning tinchlikka, do‘stlikka, milliy urf-odatlarimizga , inson 
omiliga bo‘lgan munosabatini milliy ma’naviyat ifodasi bo‘lgan lingvopoetik 
vositalarga singdiradi.


76 

Yüklə 437,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə