Biotibbiyot jarayonlarida kompyuter texnologiyalari tizimi va asosiy obyektlarni boshqarish



Yüklə 0,51 Mb.
tarix19.12.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#150914
21.11.23

Biotibbiyot jarayonlarida kompyuter texnologiyalari tizimi va asosiy obyektlarni boshqarish


EHMlarni ishlab chiqish va undan foydalanish sohasida katta yutuqlarga erishgan olim V.M.Glushkov ta'biri bilan aytsak: Yangi asr boshida texnik jihatdan rivojlangan mamlakatlarda aksariyat axborot EHM xotirasida joylashgan bo’ladi. XX1 asr boshlarida ana shu axborotlardan foydalanishni bilmagan kishi, XX asr boshida o’qish va yozishni bilmagan odamga o’xshab qoladi.
Bundan kelib chiqqan holda «Informatika» fanini o’rganish ikkinchi savodxonlik bilan tengdir. Informatika fani ham boshqa fanlar qatorida olamni bilish uchun xizmat qiladi. Olamdagi har bir jonli va jonsiz mavjudod makonda va vaqtda o’zgarib turadigan modda va quvvat korinishida namoyon bo’ladi. Modda va quvvat dunyoning ikki muhim mazmuni, uning ikki muhim tarkibiy qismidir. Lekin borlikni mavjud bo’lishi va uni bilishning yana bir muhim va zarur mazmuni bor,bu ham bo’lsa axborotdir.
Hozirgi kunda axborot juda katta ahamiyatga ega. Inson faoliyatining hamma sohalarida axborotlarni qayta ishlaydi:
  • Yangi ma'lumotlarni oladi;
  • kundalik hayotda oldindan ma'lum axborotlarni ishlatadi;
  • yangi axborotlar yaratadi.

Axborotni yigish, saqlash va ishlov berishning yangi texnologiyasi EHM ni paydo bo’lishi jamiyat rivojlanishida inqilobiy o’zgarishlariga sabab bo’ldiki, insonga axborotni yigish, saqlash va ishlov berish bilan bog’lik bo’lgan aqliy mehnatni avtomatlashtirish imkonini berdi. Bu xildagi jarayonlarni avtomatlashtirish iqtisodiy – tashkiliy tuzumlarga, texnologik jarayonlarni boshqarishga loyihalar tuzish, ilmiy izlanishlar , o’qish – o‘rganish va boshqa sohalarga kirib boradi. Shunday kilib ilmiy- texnik rivojlanishning asosiy yo’nalishi paydo bo’ldi.
EHM (kompyuter) nima?
EHM deganda axborotlar va hisoblashlarni algoritm asosida ishlov berishni tezlashtiradigan yoki avtomatik tarzda amalga oshiradigan ko’rilmani tushunamiz. Shunday kilib « Hisoblash mashinasi» tushunchasi «axborot» va «algoritm» tushunchalari bilan chambarchas bog’liq
Kundalik hayotimizda uzluksiz axborotni biz so’zlar orkali o’zlashtirib kelamiz. So’zlar esa o’z navbatida harf va maxsus belgilardan tashkil topadi. Bu turdagi axborotlar matnli axborot deb ataladi. Qayta ishlayotgan axborot turiga o’zlash, hisoblash texnikasi vositalari uch turga bo’linadi:
  • Uzluksiz (analog) elektron hisoblash mashinalari (AEHM), bu xildagi mashinalarda vaqt birligi ichida uzluksiz axborotlar ustida hisoblash ishlari bajariladi.
  • Raqamli (diskret) elektron hisoblash mashinalari (REHM), bo’larda vaqt birlgi ichida raqamlardan tashkil topgan diskret (uzlukli) qiymatlar ustida amallar bajariladi.
  • Aralash (gibrid) elektron hisoblash mashinalari (GEHM)

Informatikaning asosiy tushunchalaridan biri – bu axborot-kommunikatsiya texnologiyasidir. Texnologiya grek tilidan (techne) tarjima qilganda san'at, mahorat, bilish ma'nolarini anglatadi, bo’lar esa o‘z navbatida jarayonlardir. Jarayonlar - bu qo‘yilgan maqsadga erishish uchun ma'lum harakatlar majmuasidir. Axborot texnologiya - ob'ekt, jarayon yoki hodisa (axborot maxsulot) holati haqida yangi sifatdagi ma'lumotlarni olish uchun foydalanadigan ma'lumotlarni (birlamchi) yigish, ishlov berish va o‘zatish vositalari, hamda usullari majmuasidir. Ayni paytda axborot texnologiya haqida fikr yuritganda, ko’pgina «yangi», «kommunikatsion» yoki «zamonaviy» so‘zlarini qo‘shib ishlatiladi.
AKT rivojlanish bosqichlarini qarab chiqamiz.
  • Masala turi va ma'lumotlarga ishlov berish jarayoni bo’yicha:

  • 1-bosqich (60-70 y) - ommaviy foydalanish rejimi asosida hisoblash markazlarida ma'lumotga ishlov berish.
    2-bosqich (80 yillardan boshlab) - strategik masalarlarni hal etishga yo’naltirilgan informatsion texnologiyalarni yaratish.

2. Jamiyatni axborotlashtirish yo’lida turgan muammolar bo’yicha:
1-bosqich (60 yillarning oxiri) apparat vositalari imkoniyatlarining cheklanganligi sharti ostida katta hajmdagi ma'lumotlarga ishlov berish muammosi
2-bosqich (70 yillarining oxirigacha) IBM 1360 rusumli EHM - larni keng tarqalishi. Ushbu bosqichning muammosi-dasturiy ta'minotning apparat vositalari rivojlanishi darajasidan orkada kolishi.
3-bosqich (80 yillarning boshidan) - kompyuter profesional bo’lmagan foyidalanuvchining quroliga aylanadi, informatsion tizim esa, uning karorini qabul qilish uchun kullab-quvvatlovchi vosita bo’lib qoladi.
4-bosqich (90 yillarning boshi) - tashkilotlararo zamonaviy texnologiyalar va informatsion tizimlarni yaratish.Ushbu bosqichning muammolari juda ham ko’p. Ulardan muhimlari: • kompyuter aloqasi uchun protokollar • strategik ma'lumotlarga kirish imkoniyatlarini tashkil qilish •ma'lumot xafsizligi va ximoyasini tashkil qilish
3. Kompyuteriy texnologiya keltiradigan afzalliklar bo’yicha:
1-bosqich (60-yilarning boshi) - markazlashgan ommaviy foydalanishga mo’ljallangan hisoblash markazlarida murakkab hisoblashlarni boshqarishda ma'lumotlarni samarali ishlov berish bilan harakterlanadi.
2-bosqich (70 - yillarning urtalaridan boshlab) personal kompyuterlar paydo bo’lishi.
3-bosqich (90 - yillardan boshlab) - biznesda strategik afzalliklarni taxlil qilish ma'lumotlarni taksimlangan ishlov berish telekomunikatsion texnologiyasiga asoslanadi.
4. Texnologiya uskunaviy muxitining turlari bo’yicha:
1-bosqich (xx asrning ikkinchi yarmida) - pero, rangdon, kitobga asoslangan “kulda” bajariladigan informatsion texnologiya
2-bosqich (xx asrning oxirlaridan boshlab) - yozuv mashinkasi, telefon, diktofon asoslangan “mexanik”
3-bosqich (xx asrning 40-60 yillari) - katta EHM, elektrik yozuv mashinkalari, kseroksga asoslangan “elektrik” texnologiya
4-bosqich (70 yillarning boshida) - katta EHM va ular asosida yaratgan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ABT) va ma'lumot-izlovchi tizimlari “electron” texnologiyalari
5-bosqich (80 yillarning urtalaridan boshlab) - shaxsiy kompyuterga asoslangan kompyuteriy texnologiya
Hozirgi kunda AKTlar ta'lim tizimida asosan to‘rt yo‘nalishda:
− o‘rganish ob'ekti sifatida;
− o‘qitishning texnik vositalari sifatida;
− ta'limni boshqarishda;
− ilmiy-pedagogik izlanishlarda foydalanilmoqda. O‘quv-tarbiya jarayonida
AKTlar asosan to‘rt tartibda:
passiv qo‘llash – kompyuter oddiy hisoblagich kabi; reaktiv muloqat – kompyuter imtihon oluvchi sifatida; faol muloqat – kompyuter talabaga yo‘l – yo‘riq berish va imtihon olishda;
interfaol muloqat – kompyuter sun'iy intellekt sifatida, ya'ni talaba bilan muloqat qilishda foydalaniladi.
Axborotning o‘lchov birliklari Axborotlarni kompyuterlarda ifodalash uchun ikkilik sanoq tizimida kodlash amalga oshiriladi. Bunda kompyuterga kiritiladigan axborot belgilari ikkilik sanoq sistemasi vositalari yordamida amalga oshiriladi. Bu vositalar 0 yoki 1 raqamlaridan iborat bo‘lishi mumkin. Ikkilik alifbosi unga kiradigan belgilar soniga ko‘ra eng kam bo‘lib, shu boisdan ikkilik kodlash orqali, ko‘p sonli harf, raqamlarni 0 va 1 belgilarining tegishli ketma-ketligi tarzida ifodalash imkoniyati tug‘iladi.
Bayt – sakkiz bitdan iborat axborotning eng kichik o‘lchov birligi bo‘lib, u Klod Shennon tomonidan taklif qilingan. Bir bit 0 yoki 1 raqamidan iborat bo‘ladi. Klaviatura alfavitdagi 256 ta simvolni kodlashtirish uchun, aynan sakkiz “bit” bo‘lishi talab qilinadi. Hisoblash texnikasida bit deyilganda “0” yoki “1” raqamlarini saqlovchi eng kichik xotirasi tushuniladi.
  • 1 bit = 0 yoki 1 raqamlaridan biri
  • 8 bit = 1 bayt 0 yoki 1 raqamlaridan iborat sonlar kombinatsiyasi
  • 1 Kilobayt (Kb) = 1024 bayt
  • 1 Megobayt (Mb) = 1024 Kbayt
  • 1 Gigabayt (Gb)= 1024 Mbayt
  • 1 Terabayt (Tb) = 1024 Gbayt
  • 1 Petabayt (Pb) = 1024 Tbayt

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə