«biotexnologik jarayon jihozlari»



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə5/36
tarix23.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#157097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
MUS

I. O‘QUV SOATLARI
Ushbu fan 1-semestr davomida o‘qitiladi va o‘quv soatlari quyidagicha:

Semestr

Ma’ruza

Amaliy mashg’ulot

Jami auditoriya soati

Mustaqil ta’lim

Jami yuklama

Kredit miqdori

5



30

30

60
(xaftasiga
3(soat)

180

240


8


Jami

30

30

60

180

240

8

II. NAZORAT TURLARI
1.1. Semestrda fandan talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
1.2. Oraliq nazorat semestrning 11-12 haftalarida talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida 1 marta o‘tkaziladi.
1.3. Talabaning amaliy mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Baholash III bo‘limda nazarda tutilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Agar o‘quv jarayoni masofali shaklida bo‘lsa, talabaning amaliy (seminar) mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi Universitetning Moodle (http://dl.urdu.uz) va (https://hemis.urdu.uz/) tizimida baholash orqali olib boriladi va u quyidagilardan iborat:
- tizimda fanning har mavzusi bo‘yicha belgilangan test yoki amaliy topshiriqlarini bajarganligi asosida baholanadi;
- mustaqil ish natijasini belgilangan muddatgacha tizimning “Mustaqil ish topshiriqi” bo‘limiga qistiradi, baholash III-bo‘limda nazarda tutilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi.
1.4. Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda 1 ta nazariy savol(shu mavzuga doir misol ham beriladi) ga yozma ish javobi bahosi (III bo‘limda nazarda tutilgan mezonlar asosida) hamda uning o‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan baholari o‘rtachasi hisoblanib yaxlitlab qo‘yiladi.
Agar o‘quv jarayoni masofali shaklida bo‘lsa, Talabani oraliq nazorat turi quyidagicha baholanadi:
- 30 ta nazariy va amaliy test savollariga Moodle (http://dl.urdu.uz) va (https://hemis.urdu.uz/) tizimda javob berish natijalari;
- semestr davomida 1.3 banddagi topshiriqlarni bajarish baholari hisobga olinib “2”, “3”, “4” va “5” bilan umumlashtirib baholanadi.
1.5. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida ushbu fan bo‘yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash (III bo‘limda nazarda tutilgan mezonlar asosida) maqsadida 3 ta savol berish orqali yozma shaklda o‘tkaziladi:
1 savol: nazariy
2 savol: nazariy
3 savol: amaliy
Talabalarga oraliq va yakuniy nazorat turi semester yakunida ushbu fan bo’yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini o’zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida 30 ta test savollari berish orqali Moodle (http://dl.urdu.uz) va ( https://hemis.urdu.uz/ ) tizimida baholanadi.
Yakuniy nazorat turini o‘tkazish ushbu shakli kafedra tomonidan belgilanadi.
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:



  • talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;



  • talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;



  • talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;



  • talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.




Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə