Biologiya sertifikat-10


-46-topshiriqlarning har biriga 3,2 ball (a-1,5 ball; b-1,7 ball) beriladi



Yüklə 52,07 Kb.
səhifə3/3
tarix23.12.2023
ölçüsü52,07 Kb.
#156565
1   2   3
SERTIFIKAT-10 15.11.2023. test

36-46-topshiriqlarning har biriga 3,2 ball (a-1,5 ball; b-1,7 ball) beriladi


  1. Tajriba xonasida 3 ta DNK molekulasi o'rganildi. Uchchala DNKdagi barcha nukleotidlar soni 1800 ta. Ikkinchi va uchinchi DNK asosida sintezlangan oqsil tarkibidagi aminokislotalar soni 200 ta. Birinchi va ikkinchi DNKlarning umumiy uzunligi 204 nm bo'lsa, quyidagi topshiriqlarni to`g`ri javobini aniqlang.

  1. uchinchi DNK tarkibidagi fosfodiefir bog'lar sonini aniqlang

  2. ikkinchi DNK dagi umumiy nukleotidlar sonini aniqlang.




  1. Birinchi zanjiridagi nukleotidlari A1, C1, G1, T1 va ikkinchi zanjiridagi nukleotidlari A2, C2, G2, T2 holatida ifodalanuvchi 61,2 nm uzunlikdagi DNK molekulasi uchun quyidagi ifodalar o‘rinli bo`lsa:

A1+ T1 = 40; A2+ G1 = 49; G2+ G1 = 50

A2+ G2 27
G2+ T2 41
A1+ G2 41

  1. undagi vodorod bog`lar sonini aniqlang

  2. birinchi zanjirdagi purin nukleotidlari soni ikkinchi zanjirdagi sitozin nukleotidlari sonidan necha marta ko`p ekanligini aniqlang




  1. Uzunliklari 1 : 2,5 : 2,5 : 1,25 nisbatda bo'lgan 4 ta DNK molekulasi berilgan (birinchchi DNK da A va T o'rtasida 120 ta vodorod bog' mavjud). DNK larda sitozin nukleotidlari o`zaro 1 : 4 : 2,5 : 2 nisbatda.

To`rtinchi DNK dagi sitozinlar 32% ni tashkil etsa, quyidagi topshiriqlarning to`g`ri javobini aniqlang

  1. to`rttala DNK dagi jami guaninlar soni yig`indisini;

  2. ikkinchi DNK dagi vodorod bog'lar sonini




  1. Katta yoshli odamning bir kecha-kunduzda iste’mol qilgan oziq-ovqati tarkibidagi oqsil,

yog‘ va uglevodlarning umumiy og‘irligi 700 g ga teng. Biopolimerlardan ajralgan energiya 2460
kkal. Ovqat tarkibida monomeri bir xil bo`lgan biopolimerning miqdori monomeri har xil bo`lgan polimerning miqdoridan 5 marta ko‘p bo`lsa quyidagilarni aniqlang.

  1. Jami iste’mol qilingan moddalardan ajralgan energiya miqdorini (kkal) aniqlang.

  2. Yog‘dan hosil bo‘lgan energiya miqdorini (kkal) aniqlang.




  1. Bug’doy va arpaning changdondagi boshlang’ich jinsiy hujayralar soni 1200 taga teng. Ular meyoz va mitoz bo’linadi. Bug’doyning 40%i, arpaning 20% i spermiylari urug’lanishda ishtirok etadi. Agar arpaning urug`lanishda qatnashgan spermiylari soni bug’doyning tuxum hujayrasini urug’lantirishda ishtirok etgan spermiylar sonidan 0,5 marta ko’p bo’lsa, quyidagilarni aniqlang.

a) arpa o’simligining changdonidagi boshlang’ich jinsiy hujayralar soni qancha?
a) urug`lanishda qatnashmagan spermiylar yig`indisini aniqlang



  1. Dengiz cho`chqalarida junining hurpayganligi silliqligi ustidan dominantlik qiladi. Xardi-Vaynberg qonuniga ko‘ra, geterozigota (Aa×Aa) organizmlardan 12000 ta nasl olindi. Ulardan 10920 tasini juni hurpaygan cho`chqachalar bo`lsa, Yuqorida berilgan ma’lumotlardan foydalanib quyidagi (a va b) topshiriqlarni bajaring.

a)Populyatsiyadagi dominant A geni uchrash chastotasini aniqlang (A>a) b)Populyatsiya tarkibidagi geterozigota genotipga ega organizmlar sonini aniqlang



  1. Yong‘oqsimon tojli tovuq va xo‘roz chatishtirilishidan olingan avlodning 25 foizi gulsimon

tojli jo‘jalar ekanligi aniqlandi. Ushbu jo`jalarning 50%i da tahliliy chatishtirish natijasida ajralish ro`y beradi.

  1. Avlodning necha foizi yong`oqsimon tojli

  2. avlodning necha foizi no‘xatsimon tojli ekanligini aniqlang.




  1. Quyon embrional rivojlanish davrining maydalanish bosqichida uchinchi marta meridian tekisligida bo‘linishidan so‘ng hosil bo‘lgan blastomerlar tarkibida jami 704 ta xromosoma mavjud bo‘lsa,

  1. quyonning har bir somatik hujayrasidagi xromosomalar sonini

  2. tuxum hujayrasidagi autosoma xromosomalar sonini aniqlang




  1. Glukoza molekulasining chala parchalangan qismi to’la parchalangan qismidan 3 molga ortiq. To’liq parchalangan qismidan hosil bo’lgan ATF soni chala parchalangan qismidan hosil bo’lgan ATF sonidan 7,6 marta ko’p. Quyidagilarni aniqlang.

  1. jami parchalangan glukoza molini aniqlang

  2. to’liq parchalanishida hosil bo’lgan energiya miqdorini (kJ) aniqlang.




  1. Trigeterozigota organizm tahliliy chatishtirildi. Hosil bo`lgan F1 avlodning soni va genotipi quyidagi jadvalda berilgan.

Organizmlarning genotipi

AbC

aBc

aBC

Abc

ABC

abc

ABc

abC

Umumiy

Organizmlar soni

90

80

340

330

68

72

8

12

1000

  1. Jadvaldagi ma`lumotlarga asoslanib A va B genlar orasidagi masofani aniqlang.

  2. Qo`sh krosingover foizini aniqlang





Sherbek Xolbo’tayev Biologiya online kurs +998 94 288 03 93



Yüklə 52,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə