Biologiya fani O‘rta ta’limda biologiya o‘quv fanini o‘rganish bosqichlari



Yüklə 164,92 Kb.
tarix03.05.2018
ölçüsü164,92 Kb.
#41078

Biologiya fani

O‘rta ta’limda biologiya o‘quv fanini o‘rganish bosqichlari




Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Standart darajasi

Daraja nomlanishi

O‘rta ta’lim

O‘rta ta’lim

bitiruvchilari



B1

Biologiya fanini o‘rganishning tayanch

darajasi


Biologiya fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan o‘rta ta’lim bitiruvchilari

B1+

Biologiya fanini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi


O‘rta ta’limda biologiya fanini o‘qitishning

maqsad va vazifalari

O‘rta ta’limda biologiya o‘quv fanini o‘qitishning maqsadi: o‘quvchilarga tirik organizmlarning tuzilishi, ko‘payishi, kelib chiqishi, xilma-xilligi, o‘zaro munosabatlari, muhofazasi, tabiat va inson hayotidagi ahamiyati haqidagi bilimlarni berish, o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy va ijodiy fikrlashini shakllantirishdan iborat.

O‘rta ta’limda biologiya o‘quv fanini o‘qitishning vazifalari:

asosiy biologik tushunchalar, nazariyalar va qonuniyatlar bilan tanishtirish;

tirik organizmlarning yashash muhitiga moslanishlarining vujudga kelishi mexanizmlari haqida ma’lumot berish;

organizmlarning individual va tarixiy rivojlanishining asosiy bosqichlari bilan tanishtirish;

o‘quvchilarni o‘zlarining va o‘zgalarning salomatliklarini saqlashga, sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga yo‘naltirish;

biologiya ta’limi mazmunining hozirgi ijtimoiy hayot va fan-texnika yutuqlari bilan bog‘lanishini ta’minlash asosida o‘quvchilarni ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirish;

tabiat va uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda bo‘lish fazilatlarini yosh avlod ongiga singdirish;

biologik bilimlar zaminida mahalliy o‘simlik va hayvon turlari, selekstiya yutuqlari, qadimda yashab ijod etgan buyuk allomalar va hozirgi olimlarning biologiyaga oid ishlari bilan tanishtirish orqali o‘quvchilarni milliy istiqlol va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, biologiyadan olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.
Biologiya fanidan o‘rta ta’lim bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari

1. Biologik ob’yektlarni tanish, ularda boradigan jarayonlarni tushunish va izohlash kompetensiyasi:

B1

Biologiya fanidagi kashfiyotlarning ahamiyati, tirik tabiatning qonuniyatlari, biologik xilma-xillik haqida, atamalar, xususiy va umumbiologik tushunchalar, qonunlar, nazariyalar, gipotezalarning mazmun-mohiyatini tushunadi, o‘z fikrini bayon eta oladi va asoslaydi, tushunchalarni tahlil qiladi, umumlashtiradi, xulosalar chiqara oladi.

Biologik ob’yekt, hodisa, jarayonlar (tur – asosiy sistematik birlik; tur mezonlari; evolyustiyaning harakatlantiruvchi kuchlari: irsiy o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish; evolyustiya natijalari: turlarning xilma-xilligi, organizmlarning turli muhit sharoitlariga moslanuvchanligi)ning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rgazmali vositalar asosida taniydi, mohiyatini tushungan holda yozma, og‘zaki tavsiflay oladi.

Tirik organizmlarning o‘zaro va tashqi muhit bilan munosabatlarini, organizmlarga ekologik omillarning ta’sirini, ekosistema va unda organizmlarning o‘zaro munosabatlari, oziq zanjiri, oziq to‘ri, biosfera – global tizim; biosferada modda va energiyaning davriy aylanishini, biosferada insonning rolini, ekologik muammolarni, ekosistemalarda inson faoliyatining oqibatlarini tushunadi, mohiyatini yoritib bera oladi.

Axborotlarning turli manbalari (darslik, o‘quv qo‘llanmasi, ilmiy-ommabop adabiyotlar, biologik lug‘atlar, enstiklopediyalar, elektron-axborot ta’lim resurslari va hokazolar) bilan ishlay oladi, kerakli ma’lumotlarni ajrata oladi, ma’lumotlarni tahlil qiladi va amalda qo‘llay oladi.

B1+

Tirik tabiatning qonuniyatlari, biologik xilma-xillik, xususiy va umumbiologik tushunchalar, biologik qonuniyatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirib bera oladi va biologiyadan olgan bilimlarini hayotda qo‘llay oladi.



2. Biologik ob’yektlarda boradigan jarayonlarni kuzatish, tajribalar o‘tkazish va xulosa qilish kompetensiyasi:

B1

Atrof-muhit bilan tirik organizmlarning uzviyligi va o‘zaro aloqasi, ekologik sharoitga ko‘ra tirik organizmlarning moslanishi va tarqalishini o‘rganish uchun tabiatda kuzatish va tajribalarni aniq maqsad va reja asosida tizimli tarzda olib bora oladi, ma’lumotlar to‘playdi, natijalarni qayd etadi, xulosa chiqarish va rasmiylashtirish ishlarini amalga oshira oladi.

Didaktik va tarqatma materiallar, laboratoriya jihozlari, kimyoviy reaktivlar bilan ishlay oladi, ekotizimlarning oziq zanjirini tuza oladi, tabiatda va biologiya o‘quv xonasida xavfsizlik qoidalariga rioya qiladi.

B1+

Biologik obyekt, hodisa, jarayonlar ustida aniq maqsad va reja asosida tajriba va kuzatishlarni tizimli tarzda olib bora oladi, muayyan mavzular yuzasidan laboratoriya mashg‘ulotlarini mustaqil ravishda bajaradi, olingan natijalarni tahlil qila oladi.



3. Sog‘lom turmush tarzi va ekologik kompetensiya:

B1

Sog‘lom turmush tarzi me’yorlariga rioya qiladi, o‘zining va o‘zgalarning sog‘lig‘ini asrash va qadrlash, organizmidagi o‘zgarishlarni nazorat qilish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, jismoniy mehnat va aqliy faoliyatni uyg‘un ravishda amalga oshirishning ahamiyatini biladi;

ekologik madaniyat asoslari: insoniyat va tabiatning uzviyligi, inson salomatligiga ekologik omillarning ta’siri, tabiatda inson faoliyatining ijobiy va salbiy oqibatlarini tahlil qila oladi, tabiat va boshqa kishilar bilan munosabatda o‘z xatti-harakatlarini ongli ravishda boshqara oladi;

tabiat va uning boyliklarini asrash, qadrlash, biologik xilma-xillikni saqlash va uni ko‘paytirishda ishtirok eta oladi.



B1+

Tabiat – inson – jamiyat munosabatlarini anglagan holda sog‘lom turmush tarzi me’yorlarini tushuntirib, unga amal qilish yo‘llarini ochib bera oladi;

sayyoramizdagi global, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolarni anglab, ularni hal etish yuzasidan olib borilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etadi.
BIOLOGIYA FANI

O‘QUV DASTURI
(10-11-sinf)
UQTIRISH XATI
Biologiya tirik organizmlarning kelib chiqishi, turli-tumanligi, tuzilishi, rivojlanishi hamda ularda sodir bo‘ladigan hayotiy jarayonlar, tashqi muhit bilan aloqasi, moslashishi haqidagi fandir.

O‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfida biologiyaga kirish o‘qitilib, unda biologiya fani haqidagi dastlabki ma’lumotlar beriladi, 6-sinfda biologiya (botanika)da o‘simliklar, 7-sinfda biologiya (zoologiya)da hayvonot olami, 8-sinfda biologiya (odam va uning salomatligi)da odam organizmi va undagi jarayonlar haqida, 9-sinfda biologiya (sitologiya va genetika asoslari)da esa, umumiy biologik qonuniyatlarning boshlang‘ich tushunchalari o‘qitiladi.

O‘rta ta’lim muassasalarida biologiya fanini o‘qitishning maqsadi –o‘quvchilarga tirik organizmlarning tuzilishi, ko‘payishi, kelib chiqishi, xilma-xilligi, o‘zaro munosabatlari, muhofazasi, tabiat va inson hayotidagi ahamiyati haqidagi bilimlarni berish, o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy va ijodiy fikrlashini shakllantirishdan iborat.

O‘rta ta’lim muassasalarida biologiya o‘quv fanini o‘qitishning vazifalari:

asosiy biologik tushunchalar, nazariyalar va qonuniyatlar bilan tanishtirish;

tirik organizmlarning yashash muhitiga moslanishlarining vujudga kelishi mexanizmlari haqida ma’lumot berish;

organizmlarning individual va tarixiy rivojlanishining asosiy bosqichlari bilan tanishtirish;

o‘quvchilarni o‘zlarining va o‘zgalarning salomatliklarini saqlashga, sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga yo‘naltirish;

biologiya ta’limi mazmunining hozirgi ijtimoiy hayot va fan-texnika yutuqlari bilan bog‘lanishini ta’minlash asosida o‘quvchilarni ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirish;

tabiat va uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda bo‘lish fazilatlarini yosh avlod ongiga singdirish;

biologik bilimlar zaminida mahalliy o‘simlik va hayvon turlari, seleksiya yutuqlari, qadimda yashab ijod etgan buyuk allomalar va hozirgi olimlarning biologiyaga oid ishlari bilan tanishtirish orqali o‘quvchilarni milliy istiqlol va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, biologiyadan olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.

O‘rta ta’lim maktablari biologiya ta’limida o‘rganilgan o‘quv materiallarining takrorlanmasligi, o‘quvchilarning yosh psixologik xususiyatlari, o‘rta ta’lim tayyorgarligiga mos kelishi hamda biologik tushunchalarni asta-sekin oddiydan murakkabga shakllantirish e’tiborga olingan.

Biologiya ta’limi o‘quv dasturi asosida o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar bilan birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilishi belgilab berilgan. Bunga ko‘ra, biologiya fanlarini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantirilib boriladi:
Kommunikativ kompetensiya:

B1

o‘quvchi biologik tushunchaga ega bo‘lishi, o‘z ona tilida hamda birorta xorijiy tilda dastlabki tushunchalarni ishlata olishi.

mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan o‘quv topshiriqlari va o‘qituvchining savollariga yozma va og‘zaki javob berishda ta’lim olayotgan til me’yorlariga rioya qilish; kichik guruhlar bilan ishlash jarayonida faol ishtirok etish.

B1+

maktab, mahalla, jamoat joylari, oilada, sinfda o‘rtoqlari bilan ma’naviy-axloqiy me’yorlarga amalga qilgan holda muloqotga kirishish.



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

B1

o‘quvchi biologiya fanining yangiliklari, rivojlanishi bo‘yicha respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlarni ilmiy-ommabop materiallardan foydalanib, zarur ma’lumotlarni izlab topa olishi;

darslikning kirish qismida berilgan ko‘rsatmalar asosida o‘rganilgan mavzu matniga reja tuza olish;

matndan foydalanib savollarga javob topish, amaliy xarakterdagi topshiriqlarni bajara olish.



B1+

mediamanbalardan izlab topilgan ma’lumotlarni saralash, qayta ishlash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish.

jadval, diagramma, sxemalar tuza olish, tushuncha, qoidalarni topa olish;

media vositalardan hayvonot olami haqidagi ma’lumotlar va axborotlarni izlab topa olish.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

B1

biologiya darslari, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda faol ishtirok etish;

tabiatda o‘z xatti-harakatlari bilan o‘zini nazorat qila olish.

B1+

o‘zini o‘zi ma’naviy, ruhiy va intellektual rivojlantirishi, hayot davomida mustaqil holda o‘qib-o‘rganishi, bilim va tajribani muntazam oshirib borishi zarur.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

B1

o‘quvchi biologiya fanining ilmiy-amaliy soha ekanligini, uning inson va tabiatdagi ahamiyatini anglash, biologiya fani o‘rganadigan obyekt, hodisa, jarayonlarni, tirik organizmlar ustida kuzatish va tajribalar olib borish.

jamiyatda o‘z o‘rnini bilgan holda tabiatdagi voqea va jarayonlarga daxldorlikni his etish.

B1+

tirik organizmlarning o‘ziga xos jihatlarini bilishi, ularning salbiy tomonlarini o‘zidan kichik bo‘lgan yoshlarga o‘rgatish jarayonida faol ishtirok etishi.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

B1

biologiya darslari, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda ta’lim va tarbiyaning uzviyligiga, estetik va axloqiy tarbiyaga e’tibor qaratish;

insonlarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashini hurmat qilishi.

B1+

madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish.

badiiy-ijodiy qobiliyatlarini namoyish qila olishi (turli grafik rasmlar, referatlar, xabarlarning dizayni).

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

B1

o‘quvchi kattalashtirib ko‘rsatuvchi asboblar va buyumlarni necha marta kattalashtirishini hisoblay olishi, mikroskoplar bilan ishlay olish qobiliyatlarini rivojlantirgan bo‘lishi.



B1+

fanga doir masala va mashqlarni mustaqil ravishda yecha olishi, standart topshiriqlarni bajara olish.


Mazkur tayanch kompetensiyalar biologiya fanidan dars jarayonida uzluksiz ravishda shakllantirib boriladi. Buning uchun yuqorida keltirilgan tayanch kompetensiyalar har bir sinf o‘quvchilari uchun alohida belgilab olinadi hamda o‘qituvchi tomonidan uning yil davomida o‘quvchilarda o‘sish dinamikasi kuzatilib borilib, sinf jurnalining belgilangan sahifasida qayd qilib boriladi.

Shuningdek, biologiya fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.


1. Biologik ob’yektlarni tanish, ularda boradigan jarayonlarni tushunish va izohlash kompetensiyasi:

B1

Biologiya fanidagi kashfiyotlarning ahamiyati, tirik tabiatning qonuniyatlari, biologik xilma-xillik haqida, atamalar, xususiy va umumbiologik tushunchalar, qonunlar, nazariyalar, gipotezalarning mazmun-mohiyatini tushunadi, o‘z fikrini bayon eta oladi va asoslaydi, tushunchalarni tahlil qiladi, umumlashtiradi, xulosalar chiqara oladi.

Biologik ob’yekt, hodisa, jarayonlar (tur – asosiy sistematik birlik; tur mezonlari; evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuchlari: irsiy o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish; evolyutsiya natijalari: turlarning xilma-xilligi, organizmlarning turli muhit sharoitlariga moslanuvchanligi)ning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rgazmali vositalar asosida taniydi, mohiyatini tushungan holda yozma, og‘zaki tavsiflay oladi.

Tirik organizmlarning o‘zaro va tashqi muhit bilan munosabatlarini, organizmlarga ekologik omillarning ta’sirini, ekosistema va unda organizmlarning o‘zaro munosabatlari, oziq zanjiri, oziq to‘ri, biosfera – global tizim; biosferada modda va energiyaning davriy aylanishini, biosferada insonning rolini, ekologik muammolarni, ekosistemalarda inson faoliyatining oqibatlarini tushunadi, mohiyatini yoritib bera oladi.

Axborotlarning turli manbalari (darslik, o‘quv qo‘llanmasi, ilmiy-ommabop adabiyotlar, biologik lug‘atlar, ensiklopediyalar, elektron-axborot ta’lim resurslari va hokazolar) bilan ishlay oladi, kerakli ma’lumotlarni ajrata oladi, ma’lumotlarni tahlil qiladi va amalda qo‘llay oladi.

B1+

Tirik tabiatning qonuniyatlari, biologik xilma-xillik, xususiy va umumbiologik tushunchalar, biologik qonuniyatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirib bera oladi va biologiyadan olgan bilimlarini hayotda qo‘llay oladi.

2. Biologik ob’yektlarda boradigan jarayonlarni kuzatish, tajribalar o‘tkazish va xulosa qilish kompetensiyasi:

B1

Atrof-muhit bilan tirik organizmlarning uzviyligi va o‘zaro aloqasi, ekologik sharoitga ko‘ra tirik organizmlarning moslanishi va tarqalishini o‘rganish uchun tabiatda kuzatish va tajribalarni aniq maqsad va reja asosida tizimli tarzda olib bora oladi, ma’lumotlar to‘playdi, natijalarni qayd etadi, xulosa chiqarish va rasmiylashtirish ishlarini amalga oshira oladi.

Didaktik va tarqatma materiallar, laboratoriya jihozlari, kimyoviy reaktivlar bilan ishlay oladi, ekotizimlarning oziq zanjirini tuza oladi, tabiatda va biologiya o‘quv xonasida xavfsizlik qoidalariga rioya qiladi.

B1+

Biologik ob’yekt, hodisa, jarayonlar ustida aniq maqsad va reja asosida tajriba va kuzatishlarni tizimli tarzda olib bora oladi, muayyan mavzular yuzasidan laboratoriya mashg‘ulotlarini mustaqil ravishda bajaradi, olingan natijalarni tahlil qila oladi.

3. Sog‘lom turmush tarzi va ekologik kompetensiya:

B1

Sog‘lom turmush tarzi me’yorlariga rioya qiladi, o‘zining va o‘zgalarning sog‘lig‘ini asrash va qadrlash, organizmidagi o‘zgarishlarni nazorat qilish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, jismoniy mehnat va aqliy faoliyatni uyg‘un ravishda amalga oshirishning ahamiyatini biladi;

ekologik madaniyat asoslari: insoniyat va tabiatning uzviyligi, inson salomatligiga ekologik omillarning ta’siri, tabiatda inson faoliyatining ijobiy va salbiy oqibatlarini tahlil qila oladi, tabiat va boshqa kishilar bilan munosabatda o‘z xatti-harakatlarini ongli ravishda boshqara oladi;

tabiat va uning boyliklarini asrash, qadrlash, biologik xilma-xillikni saqlash va uni ko‘paytirishda ishtirok eta oladi.

B1+

Tabiat – inson – jamiyat munosabatlarini anglagan holda sog‘lom turmush tarzi me’yorlarini tushuntirib, unga amal qilish yo‘llarini ochib bera oladi;

sayyoramizdagi global, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolarni anglab, ularni hal etish yuzasidan olib borilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etadi.


Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.
I. TKtayanch kompetensiya

  1. TK1 – kommunikativ kompetensiya

  2. TK2 – axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi

  3. TK3 – o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi

  4. TK4 – ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

  5. TK5 – milliy va umummadaniy kompetensiya

  6. TK6 – matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi


II. FKfanga oid kompetensiyalar

  1. FK1 – biologik ob’yekt, hodisa, jarayonlarni tushunish, tanish, izohlash kompetensiyasi

  2. FK2 – biologik ob’yekt, hodisa, jarayonlar ustida kuzatish va tajribalarni o‘tkazish kompetensiyasi

  3. FK3 – sog‘lom turmush tarzi va ekologik kompetensiya


11-SINF

(51 soat, haftasiga 1,5 soat,

(B1+: 102 soat, haftasiga 3 soatdan))
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiya:

B1

o‘quvchi biologik tushunchaga ega bo‘lishi, o‘z ona tilida hamda birorta xorijiy tilda dastlabki tushunchalarni ishlata olishi.

mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan o‘quv topshiriqlari va o‘qituvchining savollariga yozma va og‘zaki javob berishda ta’lim olayotgan til me’yorlariga rioya qilish; kichik guruhlar bilan ishlash jarayonida faol ishtirok etish.

B1+

maktab, mahalla, jamoat joylari, oilada, sinfda o‘rtoqlari bilan ma’naviy-axloqiy me’yorlarga amalga qilgan holda muloqotga kirishish.



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

B1

o‘quvchi biologiya fanining yangiliklari, rivojlanishi bo‘yicha respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlarni ilmiy-ommabop materiallardan foydalanib, zarur ma’lumotlarni izlab topa olishi;

darslikning kirish qismida berilgan ko‘rsatmalar asosida o‘rganilgan mavzu matniga reja tuza olish;

matndan foydalanib savollarga javob topish, amaliy xarakterdagi topshiriqlarni bajara olish.



B1+

mediamanbalardan izlab topilgan ma’lumotlarni saralash, qayta ishlash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish;

jadval, diagramma, sxemalar tuza olish, tushuncha, qoidalarni topa olish;

media vositalaridan hayvonot olami haqidagi ma’lumotlar va axborotlarni izlab topa olish.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

B1

biologiya darslari, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda faol ishtirok etish;

tabiatda o‘z xatti-harakatlari bilan o‘zini nazorat qila olish.

B1+

o‘zini o‘zi ma’naviy, ruhiy va intellektual rivojlantirishi, hayot davomida mustaqil holda o‘qib-o‘rganishi, bilim va tajribani muntazam oshirib borishi zarur.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

B1

o‘quvchi biologiya fanining ilmiy-amaliy soha ekanligini, uning inson va tabiatdagi ahamiyatini anglash, biologiya fani o‘rganadigan obyekt, hodisa, jarayonlarni, tirik organizmlar ustida kuzatish va tajribalar olib borish.

jamiyatda o‘z o‘rnini bilgan holda tabiatdagi voqea va jarayonlarga daxldorlikni his etish;

B1+

tirik organizmlarning o‘ziga xos jihatlarini bilishi, ularning salbiy tomonlarini o‘zidan kichik bo‘lgan yoshlarga o‘rgatish jarayonida faol ishtirok etishi.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

B1

biologiya darslari, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda ta’lim va tarbiyaning uzviyligiga, estetik va axloqiy tarbiyaga e’tibor qaratish;

insonlarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashini hurmat qilishi.

B1+

madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish;

badiiy-ijodiy qobiliyatlarini namoyish qila olishi (turli grafik rasmlar, referatlar, xabarlarning dizayni).

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

B1

o‘quvchi kattalashtirib ko‘rsatuvchi asboblar va buyumlarni necha marta kattalashtirishini hisoblay olishi, mikroskoplar bilan ishlay olish qobiliyatlarini rivojlantirgan bo‘lishi.



B1+

fanga doir masala va mashqlarni mustaqil ravishda yecha olishi, standart topshiriqlarni bajara olish.


I BOB. Ekologiya va hayot

(2 soat, B1+: 4 soat)
Kirish. Biologiya – tirik organizmlar haqidagi fan. Hayot va tiriklikning mohiyati. Tiriklikning tuzilish darajalari. Biologiya fanining muammolari. Insoniyat oldida turgan ekologik muammolar.

Ekologiya fani va uning vazifalari. O‘rganish usullari. Ekologiya fanining vazifalari, o‘rganish obyektlari, boshqa fanlar bilan aloqasi. Ekologiya fanining metodlari. Ekologiyaning asosiy bo‘limlari.
II BOB. Hayotning ekotizm darajasidagi umumbiologik qonuniyatlari.

(26 soat, B1+: 52 soat)
Hayotning ekotizm darajasining o‘ziga xos jihatlari. Biogeotsenoz biologik tizim sifatida. Ekotizim (ekosistema) tushunchasi. Ekologik tizimlarning tarkibiy qismlari. Mikrobiosenoz, fitosenoz, zoosenoz. Biogen elementlarning zahirasi, produtsentlar, konsumentlar va redutsentlar.

Tirik organizmlarning yashash muhitlari. Muhit haqida tushuncha. Organizmlarning yashash muhitlari: suv, quruqlik, havo, tuproq, tirik organizmlar. Organizmlarning tabiiy muhitga moslashish mexanizmlari. Organizmlarni muhitga moslashishga imkon beradigan omillar.

Ekologik omillari. Muhitning ekologik omillari. Ekologik omillar klassifikatsiyasi. Ekologik omillarning organizmlarga kompleks ta’siri.

Abiotik omillar. Iqlim omillari. Yorug‘lik. Yorug‘likning tirik organizmlar hayotidagi ahamiyati. Tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar. Fotoperiodizm. Bioritmlar.

Iqlim omillari. Harorat va namlik. Harorat va namlikning tirik organizmlar hayotidagi ahamiyati.

Tuproq va topografik omillar. Tuproq va topografik omillar. Tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar.

Ekskursiya. Muhitning abiotik omillarini o‘rganish. Ekologik omillarning organizmga kompleks ta’sirini kuzatish.

1-Laboratoriya mashg‘uloti. Abiotik omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish.

Muhitning biotik omillari. Antibioz. Neytralizm. Biogeotsenozda tirik organizmlarning o‘zaro munosabatlari.

Antibioz munosabat turlari: o‘zaro raqobat, yirtqichlik, parazitizm. Neytralizm.



Muhitning biotik omillari. Simbioz. Organizmlarning o‘zaro foydali munosabatlari. Mutualizm, hamsoyalik, hamtovoqlik. Biogeotsenozda tirik organizmlarning birgalikda yashashga moslanishlari.

Antropogen omil. Insonning ekologik omil sifatida o‘ziga xosligi, tabiatga ta’sirining ongliligi, maqsadga muvofiqligi, ijodiy xarakterda ekanligi.

Oziq zanjiri va oziq to‘ri. Ekologik piramida qoidasi. Organizmlarning oziq orqali bog‘lanishlari. Oziq zanjirlari, trofik darajalar. Ekologik piramida. Biomassa va energiya piramidasi.

2-Laboratoriya mashg‘uloti. Masalalar ishlash. Ozuqa zanjiri va ekologik piramida qoidasi asosida sxemalar tuzish va masalalar ishlashni o‘rganish.

Populyatsiyalarning ekologik ta’rifi. Populyatsiyalar ekologiyasi. Populyatsiya haqida tushuncha. Populyatsiyalarning tavsifi. Populyatsiyalarning demografik ko‘rsatkichlari: populyatsiyaning tuzilishi, populyatsiyalarda kechadigan asosiy jarayonlar, populyatsiya dinamikasi, populyatsiyaning areali va miqdoriy ko‘rsatkichlari, individlarning populyatsiya ichidagi o‘zaro munosabatlari.

Ekotizimlarning xilma-xilligi. Ekologik tizimlar. Ekologik tizim haqida tushuncha. Ekologik tizimlarning tarkibiy qismlari. Mikrobiosenoz, fitosenoz, zoosenoz. Biogen elementlarning zaxirasi, produtsentlar, konsumentlar va redutsentlar.

Tabiiy ekotizmlar. Tabiiy ekotizimlar. Ekologik suksessiya. O‘zbekistonning tabiiy ekotizimlari. Cho‘l, to‘qay, adir, yaylov ekotizimlari. Tabiiy ekotizimlardan oqilona foydalanish. Tabiiy va sun’iy ekotizimlar, ular o‘rtasidagi biologik munosabatlar.

Sun’iy ekotizmlar. Sun’iy ekosistemalar. Agroekosistemalar, shahar ekosistemalari, kosmik ekosistemalar. Sun’iy ekosistemalardan oqilona foydalanish.

Ekskursiya. Tabiiy va sun’iy ekotizimlarga ekskursiya. Tabiiy va sun’iy ekotizimlar, ular o‘rtasidagi biologik munosabatlar.

Biogeosenozlarning barqarorligi.

Biogeosenozlarning barqarorligini ta’minlovchi omillar. Ekologik suksessiya.



Ekotizmlarda moddalar va energiya oqimi. Ekologik tizimlarda modda va energiya oqimining boshqarilishi.

Inson ekologiyasi. Antropogen ekotizimlar. Antropogen ekotizimlarning inson salomatligiga ta’siri. Odamlarning ekologik muhitga moslanishlari. Adaptiv tiplar. (Arktik, tropik, tog‘, sahro, yarim sahro, cho‘l adaptiv tipi). Inson populyastiyalarida demografik o‘zgarishlar.
III BOB. Hayotning biosfera darajasidagi umumbiologik qonuniyatlari

(13 soat, B1+: 26 soat)
Hayotning biosfera darajasining o‘ziga xos jihatlari. Biosfera haqida tushuncha. Biosfera haqidagi ta’limot.

Biosfera. Biosfera chegaralari. Biosferaning chegaralari: litosfera, atmosfera, gidrosfera. Atmosferaning qatlamlari: troposfera, stratosfera va ionosfera.

Biosferaning tarkibi. Biosferaning tarkibi: biosferaning tirik moddalari, biogen moddalar, qattiq jismlar, biogen va abiogen usulda hosil bo‘lgan moddalar.

Biosferada tirik moddalarning funksiyalari. Biosferada tirik moddalarning vazifalari: gaz almashtirish, konsentratsiyalash, oksidlanish-qaytarish va biokimyoviy faoliyatlari. Fotosintez va nafas olish jarayonlarining biosferaning shakllanishidagi roli.

Biosfera biomassasi. Biosfera biomassasi. Quruqlik biomassasi. Okean biomassasi.

Biosferada moddalar va energiyaning davriy aylanishi. Biosfera global biosistema va ekosistema. Biosferaning turg‘unligini ta’minlovchi mexanizmlar. Biosferada moddalar va energiya almashinuvining ahamiyati. Atomlarning biogen migratsiyasining turlari. Biosferada suv va ayrim elementlarning davriy aylanishi: uglerod, azot, kislorod, fosfor va oltingugurt.

Biosfera evolyutsiyasining biogenez bosqichi. Biosfera evolyutsiyasining bosqichlari. Biogenez bosqichi.

Biosfera evolyutsiyasining noogenez bosqichi. Biosfera evolyutsiyasiga inson faoliyatining ta’siri. Biosfera evolyutsiyasining noogenez bosqichi. Noogenika haqida tushuncha.

Inson biosferaning tarkibiy qismi. Insonning biosferaga ta`siri. Biosferadagi inson faoliyati bilan bog‘liq global muammolar. Atrof-muhitning ifloslanishi. Biosferadagi radioaktivlik. Biosferadagi ekologik muammolar. Ekologik muammolarning kompleks yechimi. Biosfera barqarorligi, atrof muhit va turlarni muhofaza qilish.

Tabiatni muhofaza qilish. O‘zbekiston qo‘riqxonalari, buyurtmaxonalar, milliy bog‘lar, tabiat yodgorliklari.

Xalqaro “Qizil kitob”, O‘zbekistonning “Qizil kitob”i.


IV BOB. Organik olam filogenezi

(10 soat, B1+: 20 soat)
Organik olam filogenezi. O‘simliklarning vegetativ organlari evolyutsiyasi. Organik olam filogenezi haqida tushuncha. O‘simliklar filogenezi. O‘simliklarning vegetativ organlaridagi evolyutsion o‘zgarishlar.

O‘simliklarning generativ organlari evolyutsiyasi. O‘simliklarning generativ organlaridagi evolyutsion o‘zgarishlar.

Hayvonot dunyosida evolyutsion ozgarishlar. Tirik organizmlarda o‘z – o‘zini idora etish organlari: gumoral va nerv sistemasi evolyutsiasi. Hayvonlar filogenezi va undagi evolyutsion ozgarishlar . Tirik organizmlarning o‘z - o‘zini idora etish mexanizmlari. Organizmlarning nerv tizimidagi evolyutsion o‘zgarishlar.

Hayvonlarning tana qoplami va harakat organlari evolyutsiasi. Bir va ko‘p hujayrali hayvonlarning tana qoplami va harakat sistemalaridagi evolyutsion o‘zgarishlar.

Hayvonlarning nafas olish organlari evolyutsiasi. Hayvonlarning nafas olish sistemasidagi evolyutsion o‘zgarishlar.

Hayvonlarning qon aylanish organlari evolyutsiasi. Hayvonlarning qon aylanish sistemasidagi evolyutsion o‘zgarishlar.

Hayvonlarning hazm qilish organlari evolyutsiasi. Bir va ko‘p hujayrali hayvonlarning hazm qilish sistemasidagi evolyutsion o‘zgarishlar.

Hayvonlarning ayirish va jinsiy organlari evolyutsiasi. Hayvonlarning ayirish va jinsiy sistemalaridagi evolyutsion o‘zgarishlar.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:
1. Biologik ob’yektlarni tanish, ularda boradigan jarayonlarni tushunish va izohlash kompetensiyasi:

B1

Biologiya fanidagi kashfiyotlarning ahamiyati, tirik tabiatning qonuniyatlari, biologik xilma-xillik haqida, atamalar, xususiy va umumbiologik tushunchalar, qonunlar, nazariyalar, gipotezalarning mazmun-mohiyatini tushunadi, o‘z fikrini bayon eta oladi va asoslaydi, tushunchalarni tahlil qiladi, umumlashtiradi, xulosalar chiqara oladi.

Biologik ob’yekt, hodisa, jarayonlar (tur – asosiy sistematik birlik; tur mezonlari; evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuchlari: irsiy o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish; evolyutsiya natijalari: turlarning xilma-xilligi, organizmlarning turli muhit sharoitlariga moslanuvchanligi)ning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rgazmali vositalar asosida taniydi, mohiyatini tushungan holda yozma, og‘zaki tavsiflay oladi.

Tirik organizmlarning o‘zaro va tashqi muhit bilan munosabatlarini, organizmlarga ekologik omillarning ta’sirini, ekosistema va unda organizmlarning o‘zaro munosabatlari, oziq zanjiri, oziq to‘ri, biosfera – global tizim; biosferada modda va energiyaning davriy aylanishini, biosferada insonning rolini, ekologik muammolarni, ekosistemalarda inson faoliyatining oqibatlarini tushunadi, mohiyatini yoritib bera oladi.

Axborotlarning turli manbalari (darslik, o‘quv qo‘llanmasi, ilmiy ommabop adabiyotlar, biologik lug‘atlar, ensiklopediyalar, elektron-axborot ta’lim resurslari va hokazolar) bilan ishlay oladi, kerakli ma’lumotlarni ajrata oladi, ma’lumotlarni tahlil qiladi va amalda qo‘llay oladi.

B1+

Tirik tabiatning qonuniyatlari, biologik xilma-xillik, xususiy va umumbiologik tushunchalar, biologik qonuniyatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirib bera oladi va biologiyadan olgan bilimlarini hayotda qo‘llay oladi.



2. Biologik ob’yektlarda boradigan jarayonlarni kuzatish, tajribalar o‘tkazish va xulosa qilish kompetensiyasi:

B1

Atrof-muhit bilan tirik organizmlarning uzviyligi va o‘zaro aloqasi, ekologik sharoitga ko‘ra tirik organizmlarning moslanishi va tarqalishini o‘rganish uchun tabiatda kuzatish va tajribalarni aniq maqsad va reja asosida tizimli tarzda olib bora oladi, ma’lumotlar to‘playdi, natijalarni qayd etadi, xulosa chiqarish va rasmiylashtirish ishlarini amalga oshira oladi.

Didaktik va tarqatma materiallar, laboratoriya jihozlari, kimyoviy reaktivlar bilan ishlay oladi, ekotizimlarning oziq zanjirini tuza oladi, tabiatda va biologiya o‘quv xonasida xavfsizlik qoidalariga rioya qiladi.

B1+

Biologik obyekt, hodisa, jarayonlar ustida aniq maqsad va reja asosida tajriba va kuzatishlarni tizimli tarzda olib bora oladi, muayyan mavzular yuzasidan laboratoriya mashg‘ulotlarini mustaqil ravishda bajaradi, olingan natijalarni tahlil qila oladi.



3. Sog‘lom turmush tarzi va ekologik kompetensiya:

B1

Sog‘lom turmush tarzi me’yorlariga rioya qiladi, o‘zining va o‘zgalarning sog‘lig‘ini asrash va qadrlash, organizmidagi o‘zgarishlarni nazorat qilish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, jismoniy mehnat va aqliy faoliyatni uyg‘un ravishda amalga oshirishning ahamiyatini biladi;

ekologik madaniyat asoslari: insoniyat va tabiatning uzviyligi, inson salomatligiga ekologik omillarning ta’siri, tabiatda inson faoliyatining ijobiy va salbiy oqibatlarini tahlil qila oladi, tabiat va boshqa kishilar bilan munosabatda o‘z xatti-harakatlarini ongli ravishda boshqara oladi;

tabiat va uning boyliklarini asrash, qadrlash, biologik xilma-xillikni saqlash va uni ko‘paytirishda ishtirok eta oladi.



B1+

Tabiat – inson – jamiyat munosabatlarini anglagan holda sog‘lom turmush tarzi me’yorlarini tushuntirib, unga amal qilish yo‘llarini ochib bera oladi;

sayyoramizdagi global, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolarni anglab, ularni hal etish yuzasidan olib borilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etadi.
Mavzularni o‘rganish uchun 42 soat, B1+: 84 soat

Laboratoriya mashg‘uloti – 2 soat, B1+: 4 soat

Umumlashtiruvchi dars – 7 soat, B1+: 14 soat

Jami: 51 soat, B1+: 102 soat

Foydalanilgan adabiyotlar

RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni.

2. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonuni.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgustdagi “O‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 390-sonli qarori.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 21-maydagi “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni.

5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010-yil 1-iyuldagi “O‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitiladigan umumta’lim fanlari hamda oliy ta’limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi 6/2/4/1-sonli qo‘shma hay’at majlisi qarori.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomilashtirish to‘g‘risida” gi PP-1875-sonli qarori.

7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 124-sonli qarori.

8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “O‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son qarori.

9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “O‘rta ta’lim to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori.

10. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2017-yil 3 iyundagi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan o‘rta ta’lim maktablari 5-9-sinflar biologiya fani o‘quv dasturi.

11. Internet saytlari: n.sportal.ru, eduscan.allbest.ru, pedagogika.websib.ru.

12. O‘tkazilgan Forum tavsiyalari (“Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishning zamonaviy metodologiyasi: muammo va yechimlar” mavzusidagi aniq va tabiiy fanlar o‘qituvchilari respublika Forumi tavsiyalari, “Ma’rifat” gazetasi, 2016-yil 16-dekabr, 99-soni).

13. To‘raqulov Yo.X. Molekulyar biologiya. – T.: “O‘qituvchi”, 1993-y.

14. G‘ofurov A.T., Fayzullaev S.S., Xolmatov X. Genetikadan masala va mashqlar. – T.: “O‘qituvchi”, 1991-y.

15. G‘ofurov A.T., Tolipova J.O. Umumiy biologiyani o‘qitishning norasmiy usul va shakllari. – T.: “Fan”, 1990-y.

16. Болотов В.А. Компетентностная модель: от идеи к образовательной программе / В.А. Болотов В.В. Сериков // Педагогика. 2003. №10. – C. 8-14.

17. Смирнова Н.З., Бережная О.В. Компетентносной подход в биологическом образовании. Учебно-методическая пособие / Красноярск, 2012, – C. 168.

18. Tolipova J.O. Biologiya ta’limi texnologiyalari. – T.: “O‘qituvchi”, 2002-yil. 128-b.

19. Tolipova J.O., G‘ofurov A.T. Biologiya o‘qitish metodikasi. O‘quv-metodik qo‘llanma. – T.: “Bilim”, 2004-yil. 160-b.

20. Болотов В.А. Компетентностная модель: от идеи к образовательной программе / В.А. Болотов, В.В. Сериков // Педагогика. 2003. №10. – C. 8-14.

21. J.Tolipova, M.Umaraliyeva, S.R.Abdurizayeva. “Botanika” darsligi bo‘yicha 5-sinf o‘qituvchilari uchun yaratilgan metodik qo‘llanma. – T., 2016-y.

22. J.Tolipova, M.Umaraliyeva, S.R.Abdurizayeva, B.A.Abdraimova. “Botanika” darsligi bo‘yicha 6-sinf o‘qituvchilari uchun yaratilgan metodik qo‘llanma. – T., 2016-y.

23. J.Tolipova, M.Umaraliyeva, S.R.Abdurizayeva, B.A.Abdraimova. “Odam va uning salomatligi” darsligi bo‘yicha 8-sinf o‘qituvchilari uchun yaratilgan metodik qo‘llanma. – T., 2016-y.

24. J.Tolipova, I.Azimov, N.Sultonova. “Biologiya stitologiya va genetika asoslari” darsligi bo‘yicha 9-sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma. – T., 2016-y.



Biologiya fani bo‘yicha ishchi guruh tarkibi


T/r

Familiyasi, ismi, otasining ismi

Ish joyi va lavozimi

Imzo

1

Tolipova Jamila Olimjonovna

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Biologiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi professori, p.f.d, guruh rahbari




2

Ergasheva Malohat Tursunovna

A.Avloniy nomidagi XTXQTMOMI Umumta'lim fanlari va pedagogik texnologiyalar kafedrasi mudiri, biologiya fanlari nomzodi, dotsent




3

Inog‘omova Dilfuza Raxmatullayevna

Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent




4

Azimov Ibroxim Toshpo‘latovich

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Biologiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi




5

Umaraliyeva Ma’mura Toshxodjayevna

Toshkent farmatsevtika instituti qoshidagi akademik litsey o‘qituvchisi




6

Raxmatov Uchqun Ergashevich

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Biologiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi




7

Kenjaev Shavkat Irgashevich

Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi
173-sonli umumta’lim maktabi biologiya fani o‘qituvchisi




8

Isabayeva Mashxura

Q.Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti doktaranti




9

Saparboyev Ilxomboy Zaripbayevich

Respublika Ta’lim markazi biologiya fani bosh metodisti





Ekspertlar guruhi


1

Raximova Barno Sultanboyevna

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 105-maktabning biologiya fani o‘qituvchisi




2

Babaxanova Dilbar

TTA qoshidagi akademik litsey o‘qituvchisi




3

Xoshimova Dildora Maxmudovna

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi
4-sonli umumta’lim maktabi biologiya fani o‘qituvchisi




Yüklə 164,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə