Basketbochilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish Reja: Basketbochilarning integral tayyorgarligi



Yüklə 116 Kb.
səhifə3/4
tarix16.03.2023
ölçüsü116 Kb.
#102595
1   2   3   4
Basketbochilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish

Musobaqa tayyorgarligi.

Jamoaning musobaqalarda qatnashishi, ekstremal sharoitlarda kurash borayotganda, tayergarlikni eng yuqori shakli ko’rinishi hisoblanadi. Musobaqa tayyorgarligi borgan sari muhim ahamiyatga ega bo’layapti. Musobaqa sharoitlarida sportchi organizmining ishlash imkoniyatlaridan to’laroq foydalaniladi. Maksimal nagruzkalarga ayniqsa samarali stimul paydo bo’ladi. Boshqa jamoalar bilan musobaqalashishda bor kuchni yig’ib kurashish va to’g’ri ishlatish, o’z hayajonini eplay olish va o’z imkoniyatlarini yuqorilashtirish (kutara olish) qobiliyatlarini rivojlantirish mumkin.


Muvaffaqiyat ko’pincha tajribaga ham bog’liq. Har bir musobaqa o’ziga xos bo’ladi. Musobaqaning bunday bo’lishligi o’tkazish sharoitlari, o’yinchilarni shaxsiy xislatlariga va raqib jamoaning o’ynashini o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq. Agar o’yinchilar doim bir xil sharoitda bitta raqkib bilan hadeb musobaqalashaversa, u holda ularda o’zini tutishni stereotip (bir xillik) sistemasi shakllanib qolishi mumkin, bu esa o’z salbiy tomonini, yangi sharoit yangi raqib paydo bo’lganda, ko’rsatadi.
Shu yili bo’ladigan asosiy musobaqaga komandani tayyorlash jarayonini musobaqa tayyorgarligi yakunlaydi. Komandani tayyorgarlik ko’rishi qanday maqsadga yo’naltirilganiga qarab musobaqalar kontrol, tayyorlovchi va asosiy musobaqalarga bo’linadi. Bularni bo’linishi (tabaqalanishi) ularni nomlaridan aniqlanadi. Mysobaqalar jarayonida trener o’yinchilarni hamda jamoaning tayyorgarligini har xil tomonlarini tekshirib ko’radi.
Musobaqa tayyorgarligini umumiy hajmi jamoaning malakasi qay darajadaligiga bog’liqdir. Malakasi bir oz pastroq jamoalarda musobaqa tayyorgarligini hajmi kamroq bo’ladi, biroq juda sezilarli darajada emas. Musobaqa nagruzkasini kamayishi asosan asosiy musobaqalarda kam o’yin o’ynash hisobiga bo’ladi.
Komanda hujumini ko’p har xil shakllari bor, ammo gap qancha kombi­natsiya bilan siz qurollanganingizda emas, balki ular trenirovkada qanday darajada egallanganlikka bog’liq. Bu erda ozgina-yu, sozgina degan qoida mos keladi. o’yinchilarni tashabbusi: o’yinlargan kombinatsiyalarni soyasida ko’rinmay ketishiga yo’l qo’ymasligi kerak. Betashabbus uyushtiriladigan hujum himoyachilarga qo’l keladi. Ular tez orada bunday hujumni fosh qilib, ertami kechmi kontr o’yin topadilar. Agarda o’yinchilarga, o’rganilgan kombinatsiya asosida o’zlaricha erkin va tashabbuskorlik bilan o’ynashga to’sqinlik qilinmasa, u holda himoyachilar doim qiyin masala echishga majbur bo’ladilar.
Jamoa xujumining boshqa (asosiy muhim sharti o’yinchilarni bir-birlarini juda yaxshi tushinib o’ynashlaridadir. Bunga erishish uchun o’yinchilar doim birgalikda trenirovka qilishlari lozim, ular sheriklari nima qilishi mumkinligini oldindan bila oladigan va ko’ziga qarab uni tushi­na oladigan bo’ladilar.
Komanda hujumini tanlayotganimizda juda murakkab o’zaro harakatlarni tallamaslikka harakat qilamiz. Juda murakkab o’zaro harakatlar uzoq muddat davomida ular ustida ishlashni va har xil mashqlarni talab qiladi. Trenirovkalarda ko’p narsa qilishga urinish aksariyat hollarda biron narsani yaxshi qilmaslikdan dalolat beradi.
Trenerning asosiy vazifalaridan biri bu o’yinchilar (himoyachilar) hujumdagi jamoaning a’zolari, to’pni hujum qilishning dastlabki pozitsiyasiga qarshiliksiz olib kelishlariga (hujum qilishning dastlabki pozitsiyasi - bu shunday joyki bu joydan hujumchilar erkin hujum (pozi­tsiya hujum)da o’rganilgan o’zaro harakatlarini boshlaydilar) yo’l qo’ymaslikdir.
Jamoani tayyorlayotganda trener himoyani faqat bittagina turi bilan foydalanishi mumkin emas. U raqib hujumini qaytarish uchun eng mos keladigan himoya usulini tanlashi kerak. Trener jamoa uchun tanlagan himoya usulini juda yaxshi bilishi va o’yinchilarga uni o’rgata olishi kerak. Trenerlarni ko’pi o’z komandalarini himoyadagi imkoniyatlarini yaxshilash ustida ishlamoqdalar. Himoya mustahkam, tez o’zgara oladigan va o’rganish uchun etarli oddiy bo’lishi kerak.
Raqiblar, razvedka yordamida, avvalombor bir-birlirini himoyalarini kuzatadilar. Himoyaning har xil sistemalarini namoyish qilish raqib uchun ma’lum qiyinchiliklar tug’diradi. Bunday qilish raqib jamoyaning treneri o’z trenirovkalarida shu himoya sistemalariga qarshi o’ynash uchun vaqt ajratishga majbur bo’ladi.
Agar oldindan razvedka o’tkazilmagan bo’lsa, unda trener jamoani har qanday kutilmaganliklarga duch kelishiga tayerlashi lozim. Bundan tashqari o’yinda tez orientirovka qilib olish, tanaffus va bir minutli tanaffuslardan iloji boricha oqilona foydalanishlik kerak. Trener himoyada bo’sh joyni sezgani zahoti tezlikda uni to’g’rilashi lozim. o’ylamay pozitsion hujum qiladigan jamoaga qarshi himoyalanish osondir. Agar o’yinchilar hujumda bir xillikka yo’l qo’ysalar u holda to’pni guruh bo’lib olib qo’yish taktikasini qo’llash mumkin.
o’yinni ikkinchi yarmida yaxshi o’zlashtirib olingan o’zaro himoya harakatlarini, o’yinni birinchi yarmida qo’llanilmagan, bajarish mumkin. Bu yaxshi natija berishi aniq. Xuddi shu tariqa o’yinni birinchi yarmini oxirgi minutlarida himoyani boshqacha himoyaga almashtirish mumkin, raqib jamoaning treneri tanaffus paytida shu himoyaga qarshi o’ynash uchun vaqtni ko’pini bekorga ketkazishga majbur bo’ladi, negaki bu himoya o’yinni ikkinchi yarmida ataylab qo’llanilmaydi.
Basketbolda ko’p hollarda, hujumdan himoyalanishga tez o’ta oladigan jamoalar g’olib chiqadi. Shuning uchun hamma jamoalar doim himoya (balansini) tentligini saqlashi lozim. To’p oldirib qo’yilganda, hujumchilarni yaxshi himoyalangan holatga qarshi olish va himoyalanmagan savatga hujum qilishga yo’l qo’ymaslik lozim.
Jamoani rakib savati ostida 3ta o’yinchisi bo’lishi lozim, ulardan biri aralash vazifa bajaradigan ya’ni to’pni egallashi aniq bo’lsagina savat ostiga o’tadigan va orqani straxovka qiladigan yana bir o’yinchi orqaroqda bo’ladi. Hujumdan himoyaga ustalik bilan o’ta olishlik - komandali himoyalanishning muhim omilidir.

Yüklə 116 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə