Axborot texnologiyalari



Yüklə 168,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix22.03.2024
ölçüsü168,61 Kb.
#181409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
6-Labaratoriya (3)

3. So‘rovlar 
So’rovlar ko’rish, tahlil qilish va berilganlarni o’zgartirish orqali berilgan 
mezonlarni qondirishga mo’ljallangan. Access da so’rovlar parametrlari so’rov 
konstruktori oynasida beriladgan so’rovlar va so’rovlar tashkil qilishda SQL 
tilining buyruqlari va funksiyalari qo’llaniladigan SQL-so’rovlar (Structured 
Quyery Language – so’rovlarning strukturali tili) ga bo’linadi. Access QBE – 
so’rovlarni osongina SQL-so‘rovlarga va teskarisiga o’tkazadi.
QBE – so’rovlarning eng ko’p tarqalgan turlaridan biri tanlanma so’rovidir.
3.1. So’rovlar masteri 
Foydalanuvchi ishini yengillashtirish uchun Access tarkibida so’rovlar 
masteri mavjud bo‘lib, u so’rovlarni hosil qilish jarayonini avtomatlashtirish 
imkonini beradi. 
3.1.1. «Создание» xatcho‘piga o’tamiz va tugmani bosamiz 
3.1.2. «Простой запрос»(Oddiy so’rov)ni tanlaymiz va OK tugmasini bosamiz. 
3.1.3. 
«Таблицы 
и 
запросы»(Jadvallar 
va 
zo’rovlar) 
ro’yhatida 
«Контакты»(Aloqalar) jadvalini tanlaymiz, «Доступные поля»(Mavjud maydon) 
ro’yhatidan Familiya, Ism va foydalanadigan telefoni ro’yhatlarini tanlaymiz. 
So’ngra «Книги»(Kitob) jadvalidan esa Kiob nomi va Muallifni tanlaymiz
«Записи»(Yozuvlar) 
jadvalidan 
esa 
berilgan 
vaqtini 
tanlaymiz 
va
«Далее»(Keyingisi) tugmasini bosamiz 
3.1-rasm. So’rovlar ustasi 
3.1.4. To’liq hisobotni talnaymiz va «Далее»(Keyingisi) tugmasini bosamiz.


3.2-rasm. So’rovlar masteri 
3.1.5. So’rov nomini kiritib , «Открыть запрос для просмотра данных» 
(Ma’lumotlarni ko’rish uchun so’rovni ochish) ni belgilab «Готово»(Tayor) 
tugmasini bosamiz. 
3.3-rasm. So’rovlar ustasi 
3.1.6. Natijada esa jadval ko’rinishida bo’ladi. 


3.4-rasm. So’rovlar jadvali 
3.2. So’rovlar konstruktori
So’rovlar ustasi faqatgina oddiy saralash shartlarini qura oladi. Qo’shimcha 
chegirmalar qo’yish uchun so’rovlar konstruktoridan foydalaniladi hamda to’liq 
boshqaruv so’rov parametrini ta’minlash va qiyin shartli ma’lumotlarni saralashni 
quradi.
3.2.1. «Создание»(Yaratish) xatcho‘piga o’tamiz va tugmani bosamiz.
3.2.2. Hamma uchala jadvalni qo’shamiz va oynani yopamiz. 
3.5-rasm. Jadval qo’shish 
3.2.3. Ro’yhatdan so’rovni akslantirish uchun jadval va maydonni tanlaymiz. 


3.6-rasm. So’rov konstruktori oynasi 
3.3. Saralash sharti 
So’rovda saralash shartini qo’shish deganda jadvaldagi ayrim maydonlarni
tanlaydi, qaysiki aniq mezonlarni qanoatlantirsagina. Misol uchun, bizga 2012-yil 
fevral oyini qanoatlantiradigan yozuv kerak bo’lsin 
3.3.1. So’rov blankasida beshinchi ustundagi Saralash sharti yacheykasiga 
sichqonchani 
o’ng 
tugmasini 
bosamiz 
va 
kontekst 
menyusidan 
«Построить»(Qurish) buyrug’ini tanlaymiz. Natijada ifodalarni qurish oynasi 
ochiladi.
3.7-rasm. Ifodalarni qurish oynasi 
3.3.2. Chap tomondagi ro’yhatdan esa Operator papkasini belgilaymiz.


3.3.3. O’rtadagi ro’yhatdan esa Сравнения (Taqqoslash) kategoriyasini tanlaymiz.
3.3.4. O’ng ro’yhatda esa Between punktiga 2 marta bosamiz. 
3.3.5. Formulalar maydonida «Выражение»(Ifoda) ni tanlaymiz.
3.3.6. Chap ro’yhatda ifodalarni qurish uchun Функции(Funksiyalar) papkasini 
ikki marta sichqonchani chap tugmasini chertish orqali ochamiz
3.3.7. Встроенные функции (Qurilgan funksiyalar) , Accessda mavjud standart 
funksiyalar, papkasini belgilaymiz.
3.3.8. Ifodalarni yaratishning o’rtadagi ro’yhatidan esa Дата/время (Sana/Vaqt) 
punktini tanlaymiz.
3.3.9. O’ng ro’yhatdan esa «Выражение» DateValue funksiyasini sichqonchani 
chap tugmasini ikki marta chertish orqali tanlaymiz.
3.3.10. «stringexpr» ni begilab «01.02.2012» tekstini kiritamiz.
3.3.11. 3.3.5 – 3.3.10 qadamlarni takrorlaymiz, ikkinchi «Выражение»(Ifoda)ni
DateValue («31.02.2012») ifodasiga o’zgartiramiz.
Natijada biz quyidagi formulaga ega bo’lamiz:
Between DateValue(«01.02.2007») And DateValue(«31.02.2007»)
Bunda 2012 yil 1 fevraldan 31 fevralgacha bo’lgan oralig’ida bo’lgan 
ma’lumotlarni tekshiradi 
3.3.12. So’rovni bajarish uchun tugmasini bosamiz
3.8-rasm. Bajarilgan so’rov natijasi 
3.4. Bajariladigan so’rov 
So’rov jadvaldagi yozuvlar guruhini yangilash, o’chirish va qo’shish uchun 
qo’llaniladi. Bu kabi so’rovlar mukammal ma’lumotlarni o’zgartirish asboblarini 
talab qiladi, bular esa bajariladigan so‘rov deb ataladi. Misol uchun, 
«Книги»(Kitob) jadvalini fayl nomeri bo’yicha o’zgartirish talab qilingan bo’lsin. 


Birinchi 4 raqamini 6 ga o’rgartiramiz. Agar jadvalda mingdan ortiq yozuv bo’lsa 
u holda operasiyani qo’lda bajarish qiyin bo’ladi.
3.4.1. Konstruktor rejimi yordamida yangi so’rov yaratamiz. 
3.4.2. Konstruktor oynasida «Книги»(Kitob) jadvalini ochamiz. 
3.4.3. Qiymatlar maydonidan «Номер по картотеке» bandini tanlaymiz. 
3.9-rasm. Konstruktor so’rovi oynasi 
3.4.4. «Тип запроса» (So’rov turi) maydonidan yangilash so’rovini tanlaymiz, 
natijada yana bitta yanqi qiymatlarni kiritish kerak bo’lgan yangilash maydoni
hosil bo‘ladi. 
3.4.5. «Обновление» (Yangilash) maydonida kontekst menyuni chaqiramiz, 
buning uchun «Построить»(Qurish) bandini tanlaymiz.
3.4.6. Ifodalarni yaratish oynasida esa formulani yozamiz: 


3.10-rasm. Ifodalarni yaratish oynasi 
3.4.7. «Условие отбора»(Tanlash sharti) maydonida esa konteks menyuni 
chaqirish uchun «Построить»(Qurish) bandini tanlaymiz. 
3.4.8. Ifodalarni yaratish oynasida esa formulani yozamiz: 
3.11-rasm. Ifodalarni yaratish oynasi 
3.4.9. So’rovni yopamiz va «Обновление»(Yangilash) nomi ostida saqlaymiz. 
3.4.10. «Обновление»(Yangilash) so’rovini bajarish uchun sichqonchani chap 
tugmasini ikki marta chertamiz, Access yangi yozuv yaratilishi haqida xabar 
beradi.
3.5. SQL so’rovi 
SQL tili klient-server ma’lumotlar bazasini boshqarishda keng qo’llaniladi. 
Bu tizimli dasturlash tili emas balki relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqaradigan
tilidir. Microsoft Access esa Jet SQL tilidan foydalanadi. 


3.5.1. Konstruktor rejimi yordamida yangi so’rov yaratamiz. 
3.5.2. SQL rejimiga o’tamiz.
3.5.3. Ochilgan oynada esa SQL tilida so’rov yozamiz. 
3.12-rasm. SQL so’rovi oynasi. 
3.5.4. «Книги»(Kitob) jadvaliga yangi yozuv qo’shish so’rovini yozamiz:
INSERT INTO Книги (Nomi, muallif, nashriyot, Chiqqan_yili, Kaptoteka_ 
nomeri) 
VALUES ('Informatika va Axborot texnologiyalari', 'Muhamadiyev A.N.', 
'SamISI', "2013", "845623"); 
3.5.5. tugmasini bosamiz, Yangi yozuvni qo’shish uchun esa OK 
tugmasini bosamiz. 


3.13-rasm. «Книги»(Kitob) jadvali

Yüklə 168,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə