Axborot texnologiyalari



Yüklə 53,87 Kb.
səhifə3/5
tarix25.12.2023
ölçüsü53,87 Kb.
#161273
1   2   3   4   5
berildi Jomonqulova Servis (turizm-1)

Xulosa va takliflar
Turizmda innovasion texnologiyalardan foydalanish nafaqat turistlarga qulaylik yaratishi balki, bu sohani rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratishi mumkin. Hozirda ko’pchilik ilmiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi yoshlar uchun eng ko’p kerak bo’luvchi ma’lumotlar bu turizm statisikasidir. Bu ma’lumotlarni olish turli sabablarga ko’ra biroz mushkul bo’lmoqda. Shu sababdan ushbu muammoni bartaraf etish uchun eng qulay vosita sifatida quyidagi vazifalarga e’tibor qaratishni lozim topdik:
- tarixiy obyektlarga kirish qismida “Turniket”lar o’rnatilishi lozim;
- obyektlarga tashrif buyurgan sayyoh ushbu turniketdan o’tish uchun ma’lum miqdordagi pul mablag’ini to’laydi;
- obyektlarga tashrif buyurgan sayyoh avtomatik tarzda ro‘yxatdan o‘tadi, shundan so’ng qurilma yo’lni ochadi va turist bemalol yo’lida davom etadi.
Bu texnologiya nafaqat statistik ma’lumotlar taqdim etishi balki, kassa oldida turistlarning navbat kutib qolishini oldini olishi mumkin. Texnologiyaning yana bir qulay tarafi ichki va xalqaro turizmni alohida hisoblay olish imkoniyati mavjudligi. Ya’ni chet ellik sayyohlar uchun AQSh pul birligi (dollar)da ishlovchi va ichki turistlar uchun davlatimiz pul birligi(so’m)da ishlovchi 2 ta yo’lak mavjud bo’ladi.
Shunday qilib, xulosa qilishimiz mumkinki, turizm sohasida innovasion texnologiyalardan foydalanish zamon talabi bo’lib, bu nafaqat turistlar balki, turistik xizmatlarni taklif qiluvchi korxonalarga ham mavjud resurlarning barchasidan to’liq foydalanishni ta’minlaydi, turistlarga xizmat ko’rsatish darajasini oshiradi, bundan tashqari mazkur texnologiyaning yanada rivojlanishi va aholining barcha qatlamlariga xizmat ko’rsata olish imkonini yaratadi. Yuqorida keltirib o’tilgan texnologiyalar mamlakatimiz turizmining rivojlanishiga biroz bo’lsada yordam berishi mumkin. Ularni amalda qo’llash orqali statistik ma’lumotlar olish qiyinchiliklari bartaraf etilishi va uzun navbatlarda turishlarning oldi olinishi mumkin.



Yüklə 53,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə