Axborot jamiyati va uning xususiyatlari



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix30.05.2022
ölçüsü1,81 Mb.
#88373
  1   2
9ZsvwPA1kEgEvIX4PwIlDfmgaeKs2vj57sHqOp3g



AXBOROT JAMIYATI VA UNING 
XUSUSIYATLARI
SURXONDARYO VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI 
QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI 
OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI
Termiz-2021


AXBOROT JAMIYATI


Yangi axborot texnologiyalarining yaratilishi va ularning jamiyat turli
jabhalariga kirib borishi informatikaning yangi sohasi - ijtimoiy informatika
fanining ajralib chiqishiga sabab bo’ldi. Ijtimoiy informatika quyidagi
masalalarni o’rganadi:
Axborotlashgan jamiyat taraqqiyotining qonuniyatlari va muammolari
Axborot resurslari jamiyat rivojining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy faktorlari
sifatida
Axborotlashgan jamiyatda shaxs
Axborot madaniyati
Axborot xavfsizligi


Axborotlashgan jamiyat termini Yaponiyada
paydo bo’ldi. Mutaxassislar ushbu termin
yuqori sifatli ko‘p miqdordagi axborotni
saqlash, taqsimlash va foydalanish uchun
barcha vositalarga ega bo’lgan jamiyatni
ifodalaydilar. Axborotlar manfaatdor
kishilarga tez va oson hamda qulay shaklda
yetkazib beriladi. Axborot xizmatlari uchun
narxlar shu darajada past bo’lishi kerakki, 
jamiyatning har bir a’zosi undan ehtiyojiga
qarab foydalana olsin.


Akademik V.A. Izvozchikov axborotlashgan
jamiyat xususiyatlarini ifoda etuvchi
quyidagi ta’rifni taklif etgan: 
“Axborotlashgan jamiyat deb, jamiyatning
barcha sohalari hamda a’zolari hayoti va
faoliyatida kompyuter, kutubxonalar, katta
tezlik va aniqlikda axborotlarni qayta
ishlash, haqiqiy va bashorat qilingan
hodisalarni modellashtirish, ishlab
chiqarishni boshqarish, ta’limni
avtomatlashtirish va boshqa vazifalarni
bajarish imkoniyatiga ega bo’lgan
jamiyatga aytiladi”.


Bunday jamiyatda
Hohlagan kishi, gurux yoki
ixtiyoriy korxona-tashkilot
o’z faoliyati uchun zarur
bo’ladigan axborot
resurslaridan foydalana
olishi
Zamonaviy axborot
texnologiyalari va aloqa
vositalarining taqdim
etilishi
Ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-
texnikaviy rivojlanish
masalalarini yechish uchun
zarur bo’lgan axborot
resurslarini doimiy
yangilash va to’ldirish
imkoniyatini beruvchi
rivojlangan axborot
infrastrukturasiga ega
bo’lish


Axborot hamisha jamiyat hayotida
ham, alohida shaxs hayotida ham 
muhim o’rin egallagan. Insoniyat
tarixida axborotlarni yig’ish, 
saqlash va uzatish vositalarining
rivojlanish jarayoni bir tekis
kechmagan va bir necha bor
axborot sohasida “Axborot
inqilob” deb ataluvchi global 
ahamiyat kasb etuvchi hodisalar
yuz bergan.
Birinchi axborot inqilobi yozuvning kashf etilishi
bilan bog‘liq
Ikkinchi axborot inqilobi (XVI asr o’rtalari
) –
kitob
bosishning ixtiro qilinishi bilan bog’liq
Uchinchi axborot inqilob ( XIX asr oxiri) aloqa
vositalarining taraqqiyoti bilan bog’liq
To’rtinchi axborot inqilob ( XX asrning
70–
yillari) mikroprotsessorli texnika va xususan,
shaxsiy kompyuterlarning paydo bo’lishi bilan
bog’liq


Birinchi iaxborot inqilobi yozuvning kashf etilishi
bilan bog‘liq


Ikkinchi axborot inqilobi

kitob bosishning ixtiro
qilinishi bilan bog’liq


Uchinchi axborot inqilob - aloqa vositalarining
taraqqiyoti bilan bog’liq


To‘rtinchi axborot inqilob mikroprotsessorli texnika va
xususan, shaxsiy kompyuterlarning paydo bo’lishi bilan
bog‘liq



Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə