Avtogreyderlardan yo’l qurilishida foydalanish



Yüklə 471,6 Kb.
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü471,6 Kb.
#146256
  1   2   3
Avtogreyderlardan yo’l qurilishida foydalanishmustaqil ish 1


Avtogreyderlardan yo’l qurilishida foydalanish

Reja:
1.Avtogreyderlar asosiy parametrlarini tanlash.


2.Avtogreyderlar asosiy parametrlarini hisoblash.
3.Avtogreyderlar ishlash texnologiyasi.
4.Xulosa.

Avtogreyder – o’ziyurar mashina hisoblanib, uning o’ziga xos xususiyati, bu old va orqa g’ildiraklarning orasida joylashtirilgan pichoq bilan jihozlangan ag’darma uskunasidir. Bugungi kunda ishlab chiqaradigan texnikalarining ro’yxatida avtogreyderlar mavjud bo’lgan ko’plab korxonalar mavjud. Ammo, qiziqarli tomoni shundaki, turfa markalarning xususiyatlari bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Ushbu mashinalarning turli tasniflari mavjud. Ularning biri esa uning vazniga bo’g’liq. Ushbu tasniflarga ko’ra, avtogreyderlarni og’ir, o’rta hamda yengil vaznli uch toifaga ajratish mumkin. So’nggi toifadagi avtogreyderlar kichik yamash ishlari hamda tuproq ko’tarmali yo’llarni qurish jarayonlarida keng ishlatiladi. O’rta vazn toifasiga kiruvchi avtogreyderlar qiyinroq yo’l-yamash ishlarida ishtirok etib, tuproq qatlamini barpo etish jarayonlarida ishlatiladi Og’ir greyderlar esa yo’l qatlamini yotqizish, yo’llarni qurish jarayonida qurilish aralashmalarini qorishtirish hamda ushbu aralashmalarni taqsimlashda qo’l keladi. Greyderning ag’darma moslamasi ushbu texnikaning asosiy ishchi qismi hisoblanib, uning o’ziga xos xususiyati shundaki, ushbu qismni deyarli istalgan holatda o’rnatish mumkin. Uning gorizontal holatidagi aylanma burchagi 360 darajaga teng. Avtogreyderlarning yana bir tasnifi ishchi qismlarni boshqarish tizimlari bilan bog’liqdir: ular gidravlika yordamida hamda mexanik tarzda boshqariladigan avtogreyderlarga bo’linadi. Bundan tashqari avtogreyderlar quvvati bo’yicha ham bir-biridan farqlanadi. Yo’l qurilish jarayonlari uchun mo’ljallangan asbob-uskunalar bozorida avtogreyderlarning har xil turlari taqdim etilayotganligi sababli, to’g’ri tanlovni amalga oshirish – oson ish emas. Ushbu maxsus texnika sohasida ekspert bo’lmasangiz, mutaxassisga murojaat qilishingizga to’g’ri keladi. Birinchi navbatda esa, o’zining yuqori darajali chidamliligi hisobiga uzoq muddat ichida sizga xizmat qilishga tayyor bo’lgan avtogreyderga nisbatan maqsadlaringiz hamda zaruriyatlaringizni tahlil qilishdan boshlashingiz kerak. Bunday tahlilga hamda aniq rejaga ega bo’lsangiz, ushbu sohadagi mutaxassisni topib, u bilan birgalikda maqsadlaringizga erishishga yordam beradigan hamda zaruriyatlaringizga to’g’ri keladigan avtogreyderni tanlab olsangiz bas.


Avtogreyderlar gruntni tekislaydigan va unga shakl beradigan o’zi yurar mashina bo’lib, ularning ish jihozi pnevmog’ildirakli yuritish uskunasining ketingi va old ko’priklari orasiga joylashgan, to’la aylanuvchan pichoqli ag’dargichdan iborat.
Avtogreyderlar konstruktiv massasiga ko’ra yengil ( 9 tonnagacha ), o’rtacha ( 13 tonnagacha ) va og’ir ( 19 tonnagacha ) avtogreyderlar, AxBxV g’ildirak formulasiga asosan aniqlanadigan g’ildirak sxemasiga ko’ra turlarga bo’liinadi ( bu yerda A – yetaklanuvchi yoki boshqaruvchi g’ildirakli o’qlar soni, B – yetaklovchi g’ildirakli o’qlar soni va V – umumiy o’qlar soni ).
Hozirgi avtogreyderlarning barcha yig’ish birliklari va agregatlari, shu jumladan dvigatel 8, gidrouskunalar transmissiyasi bilan birgalikda haydovchining kabinasi 7 va avtogreyderning asosiy hamda almashadigan ish uskunalari asosiy rama 4 ga mahkamlangan, rama esa o’z navbatida bir tomoni bilan boshqaruvchi g’ildiraklarga ega bo’lgan oldingi ko’prik 18 ga, ikkinchi tomoni esa juft g’ildirakning bo’ylama-muvozanatli osmasiga ega bo’lgan orqadagi to’rt g’ildirakli ko’prik 10 ga qotiriladi.

Avtogreyderlar turli qiyaliklarda ishlaganda harakat ustivorligini oshirish va burilish radiusini kamaytirish maqsadida oldingi g’ildiraklarini har ikkala tomonga yonboshlatib o’rnatish mumkin. Avtogreyderlarning asosiy ish uskunani tortish ramasi 16, burilish doirasi 15 va almashadigan ikki tig’li pichoqlarga ega ag’dargich 14 dan iborat.Tortish ramasining old qismi mashina ramasi bilan sharnirli birlashgan, orqa qismi esa gidrosilindrlar 5 ga osib qo’yilgan, ular yordamida ag’dargich ag’dargich transport (ko’tarilgan) va ish holtiga (tushirilgan) keltiriladi. Ular asosiy ish jihozlaridan tashqari qo’shimcha almashadigan uskunalar bilan ham ta’minlanadi, gruntni surish va tekislash uchun ag’dargichni uzaytirgich va kengaytirgichlar bilan, tuproq uyumi yoki chuqurliklarning nishablarini tekislash va zovurlarni tozalash uchun otkosniklar (ag’dargichga qotiriladi) bilan, yo’l qoplamalarini buzish va katta gruntlarni 250 mm chuqurlikka yumshatish maqsadida qamrov kengligi 930…1400 mm bo’lgan kirkovshiklar bilan, bularning o’rniga almashtirib, qo’yish mumkin bo’lgan buldozer va ikki ag’dargichli qor tozalagich bilan jihozlanadi va ular mashinaning oldi tomonidan qo’yilib, gidroslindr 2 bilan boshqariladi. Mashinaning gidravlik boshqarish sistemasi ag’dargichni burish doirasi bilan birga planda 360­o ga burish, ag’dargichni mashinaning bo’ylama o’qiga nisbatan har ikki tomonga chiqarish (300…800 mm gacha), ag’dargichni nishablarni tekislash paytida yon tomonga chiqarish hamda bir yo’lda ag’dargichni turli ish holatlariga sozlash imkonini beradi.
Avtogreyderlarning gruntni qirqish va surishdagi ish unumi (m3/soat):
Pe=60*F*L*kv/(L/vo’r+tqayt)n,
bu yerda:
F – bir o’tishda hosil bo’ladigan grunt qirqimi qismining yuzi;(o’rtacha avtogreyder uchun F=0,5…0,09m3; og’ir avtogreyderlar uchun F=0,07…0,12m3);
L – ishlash uzunligi, m;
vo’ravtogreyderning o’tishlari soni;
tqayto’rtacha burilish vaqti.
Avtogreyder yurish g’ildiraklarining osmasi ish rejimlarida ish organi yerni sifatli tekislash uchun bikr bolishi lozim. Ketingi o’qlarda g’ildiraklar osmasi bo’ylama balansirlarda bo’lib, bu mashinani notekis yo’lda xarakatlanayotgada uning ramasiga tushadigan dinamik nagruzkani bartaraf etish va g’ildiraklarning grunt tishlashishini yaxshilash uchun zarur.
Avtogreyderlar ketingi g’ildiraklari yoki barcha g’ildiraklari yetakchi qilib ishalb chiqiladi. Faqat ketingi g’ildiraklari yetkachi bo’lgan avtogreyderlar tuzilishi soda, ularni tayyorlash oson va ishlatishga qulaydir. Ular ish unumi jihatdan, shuningdek, barcha g’ildiraklari yetakchi bo’lgan avtogreyderlardan qolishmaydi.
Barcha g’ildiraklari yetakchi bo’lgan avtogreyderlarning asosiy afzalligi shundaki, ular o’tish qiyin yo’l uchastkalaridan yura oladi. Ularning yurish qismi gruntga mashina massasini o’zi orqali uzatuvchi oltita g’ildirakli oldingi va ketingi ko’priklardan tuzilgan. Yetakchi g’ildiraklar yer ishlarini bajarish, shuningdek, avtogreyderlarning yuk ortib harakatlanishida tortish kuchini hosil qiladi. Ketingi to’rtta g’ildirak boshqarilmaydi, oldingi ikkita g’ildirak boshqariladi. Aylanma harakat va burovchi moment bosh uzatma reduktorlaridan balansirning yetakchi shesternyasiga uzatuvchi yarim o’qlar eguvchi momentdan yarim ozod yoki butunlay ozod qilib ishlanadi.
Harakatlanuvchi aravachalar g’ildiraklarga aylanma harakat va burovchi momentni uzatish sxemasi ba’zi elementlarining tayyorlanishi jihatidangina farq qiladi.
Otvalni ko’tarish, tushirish va chetga chiqarish mexanizmi otvalni ish yoki transport holaitga o’rnatish, shuningdek, qirqish chuqurligini o’zgartirishga xizmat qiladi. U otvalni vertikal bo’yicha zarur holatga o’rnatish uchun ikkita va otvalni chetga chiqarish uchun bitta gidroslindrdan iborat. Gidroslindrlar korpusi richag va asosiy rama kronshteyniga mahkamlangan. Slindr shtoklari tortish ramasi bilan hajmdor sharoviy tayanch bilan mahkamlangan.
Ish organlari g’ildirak gidravlik boshqariladigan yengil va o’rtacha avtogreyderlarda otvalni zarur holatga o’rnatish gidroyuritma bilan va qisman qo’lda bajariladi.
Avtogreyderning qo’shimcha ish organlari: kirkovshik (yumshatgich) va buldozerdir.
Kirkovshikdan zichlanib qolgan gruntni yumshatish va shag’al-chaqiq toshdan iborat qoplamalarni remont qilishda, ularni bo’shatib chiqishda foydalaniladi.
O’rtach va og’ir avtogreyderlarda kirkovshik o’rniga bulldozer o’rnatish mumkin. Buldozer kirkovshikni ko’tarish va tushurish mwxanizmi yordamida boshqariladi. Yengil avtogreyderlarda buldozer otvali osmasi buldozer otvali bilan birga asosiy ramaning oldingi qismiga sharnirli osilgan mayatnik yoki parallelogram shaklidagi konstruksiyalarni hosil qiluvchi zvenolardan yasaladi.
Qirqish burchagini o’zgartirish uchun quyidagi ishlarni bajarish kerak:
Otval pichoqda turish uchun u yerga tushurilishi lozim;
Chiqish tishlari sektorlar tishlaridan ajraladigan qilib tishli muftadagi gaykani bo’shataish kerak;
Otvalni yer ustida qirqish burchagiga mos keladigan balandlikka ko’tarish kerak.

Yüklə 471,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə