Avstriya-Vengriya imperiyasining tashqi siyosati



Yüklə 3,97 Mb.
tarix23.05.2022
ölçüsü3,97 Mb.
#87725
avstriya vengriya tashqi siyosat 9

Avstriya-Vengriya imperiyasining tashqi siyosati

9-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 23-mavzu

Germaniya bilan yaqinlashuv


Avstriya-Vengriya imperiyasi tashqi siyosatining
markazida, asosan, Bolqon yarimoroli yotgan.

Avstriya-Vengriyaning yakka o‘zi bu vazifaning uddasidan chiqa olmas edi.


Shuning uchun ham u Germaniya bilan yaqinlashdi. O‘z navbatida, Germaniya ham bu yaqinlashuvdan manfaatdor edi.

Germaniya buyuk davlatlar o‘rtasida bo‘linib bo‘lgan dunyoni yana qayta bo‘lishga intilayotgan edi.


Germaniyaga, albatta, ittifoqchi zarur edi. Natijada, 1879-yilda bu ikki imperiya o‘rtasida ittifoq shartnomasi tuzildi.

Avstriya-Vengriya va Rossiya munosabatlari


Slavyan xalqlari o‘z milliy-ozodliklari uchun doimiy kurash olib borgan. Bu kurashda ular Rossiyaga tayangan.
Rossiya slavyan xalqlarining milliy-ozodlik kurashini qo‘llab-quvvatlash barobarida
o‘zi ham Bolqonda mustahkam o‘rnashib olishga intilgan.

1878-yilda bo‘lib o‘tgan Berlin kongressida Avstriya-Vengriya Bolqondagi Bosniya va Gersegovinani bosib olish huquqini qo‘lga kiritdi.

1908-yilda Avstriya-Vengriya o‘z maqsadini amalga oshirdi.


Bu esa Avstriya-Vengriya va Rossiya munosabatlarini yanada keskinlashtirib yubordi.

Avstriya-Vengriyaning urushga tayyorgarlik ko‘rishi


Turkiya va Italiya manfaatlarining Shimoliy Afrikada to‘qnashuvi, oxir-oqibatda, 1911-yilda ular o‘rtasida urush kelib chiqishiga olib keldi.

Bolqonning mustaqil davlatlari Bolgariya, Serbiya, Chernogoriya va ularga qo‘shilgan Gretsiya tez orada Bolqon ittifoqini tuzdilar.

Ittifoq 1912-yilda Turkiyaga qarshi urush boshladi.


Bu urush Bolqon slavyanlari va greklarning Turkiya hukmronligidan ozod bo‘lishi bilan tugadi.
Bu urush tarixga „Birinchi Bolqon urushi“ nomi bilan kirgan.

Avstriya-Vengriya o‘z maqsadiga erishdi ham. Oqibatda, 1913- yilda Bolgariya Serbiya va Gretsiyaga hujum qildi. Shu tariqa, Ikkinchi Bolqon urushi boshlanib ketdi.

Ikkinchi Bolqon urushida Bolgariya yengildi va qo‘lga kiritilgan hududlarining bir qismini yo‘qotdi.

Avstriya-Vengriya urushga tayyorgarlik ko‘ra boshladi.


Mamlakatda qisman safarbarlik ham o‘tkazildi. 1914-yilda esa parlament tarqatib yuborildi.

1914-yil 28-iyulda Avstriya-Vengriya taxti vorisi Frans-Ferdinandning o‘ldirilishi Avstriya-Vengriya hukmron tabaqalarining urushni boshlab yuborishlari uchun bahona bo‘ldi.


Frans-Ferdinand

Savol va topshiriqlar

1. Avstriya-Vengriya nega Germaniya bilan yaqinlashish siyosatini yuritdi?

2. Avstriya-Vengriya va Rossiya munosabatlari qanday kechdi?

3. Bolqon urushi haqida nimalarni bilib oldingiz?


Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə