Atta guruhda Q. Muhammadiygaing «Etik» she'rini o‘qishda. Dastur maqsadi



Yüklə 23,98 Kb.
səhifə4/7
tarix27.09.2023
ölçüsü23,98 Kb.
#124243
1   2   3   4   5   6   7
115236 3 amaliy

MAShG‘ULOTNING BORIShI: Tarbiyachi dastlab bolalar bilan qisqa savol-javob o‘tkazadi. - Bolajonlarim, sizlar uyqudan uyg‘onganingizdan so‘ig nima qilasizlar? (4-5 bolaning javobi eshitiladi) - Juda yaxshi, uyqudan uyg‘onib, injiqlik qilmay, yuz-ko‘llarini yuvadigap bolalar odobli, ozoda va tartibli bo‘ladilar.Kelinglar, bu so‘zlarni birgalikda qaytaramiz: ozoda, tartibli bola. (2-3 bola alohida va hamma birgalikda qaytaradi.).Barakalla! Bilasizlarmi, xatto mushuklar ham erta bilan turib, o‘zlarini tartibga keltiradilar, yuz-ko‘llarini yuvadilar.("Yuvinayotgan mushuk" rasmini ko‘rsatadi) Shoir Shukur Sa'dulla juda-juda tartibli bir qizcha va uning mushugi haqida "Lola va mushuk" degai she'r yozganlar. Hozir men sizlarga bu she'rni o‘qib beraman. Diqqat bilan tinglang(Tarbiyachi she'rni ifodali tarzda, yoddan aytadi). Shs'r sizlarga yoqdimi? Yana bir bor eshitishni xohlaysizmi?... (Tarbiyachi she'rni bir necha marta aytadi. 1-2 bola tarbiyachining yordamida she'rni qaytaradi).
Mashg‘ulot so‘ngida tarbiyachi bolalar bilan birgalikda "Qo‘g‘irchoq Lolaxon va mushukcha uyqudan uyg‘ondi" ta'limiy o‘yinini o‘ynaydilar.
Suhbat-munozara uchun savollar: Tarbiyachi she'rni qayta yoddan, ifodali tarzda aytadi, 3-4 bola bilan birgalikda qaytaradi.
- Lola o‘zi haqida nimalarni gapirib berdi? (3-4 qiz bolaning javobi). Kelinglar, Lolaning so‘zlarini qaytaramiz(1-2 qiz bola qaytaradi).
Men - Lolaman, Lolaman, Ozoda qiz bolaman, Erta bilan turaman Yuz-qo‘limni yuvaman.
("turaman-yuvaman" so‘zlari alohida takrorlanadi) She'rning biriichi to‘rtligini o‘g‘il bola aytayotganda, tarbiyachi unga she'rning dastlabki ikki misrasiga o‘z ismini qo‘yib aytishini taklif etishi mumkin. Masalan
Men - Sardorman, Sardorman, Ozoda bolaman, Erta bilan turaman Yuz-qo‘limni yuvaman.
- Lolaning mushugi sizga yoqdimi? Uning laqabi nima ekan? Uning rangi qanday ekan? Mushuk urushqoq ekanmi yoki yuvosh ekanmi? ("qoramosh-yuvosh" so‘zlari birgalikda takrorlanadi). Lolaning Mushugi tozalikka rioya qilar ekanmi? Lola bu haqida nima debdi? (3-4 o‘g‘il bolaning javobi). Kelinglar, endi bu savolga she'r bilan javob qaytaramiz. (3-4 bola tarbiyachining yordami bilan she'rni qaytaradi):
Mushugim bor - qora mosh
O‘zi juda ham yuvosh.
Mendan oldin turadi,
Yuz-qo‘lini yuvadi.
("qoramosh-yuvosh", "turadi-yuvadi" so‘zlari alohida takrorlanadi)
Ertalabdan yuz-qo‘llarini yuvib, sochlarini tarab, orasta yuradigan bolalarni, qanday bola deb ataymiz?(...). -Kelinglar, bu yaxshi so‘zlarni birgalikda aytamiz: tartibli, ozoda, odobli. - Jismoniy daqiqa: "Lolaxon uyg‘ondi". Tarbiyachi asta so‘zlab, xarakatlarni ko‘rsatib boradi:
Lolaxon ertalab kulib uyg‘ondi, maza qilib kerishdi....(Bolalar o‘rinlaridai turib, qo‘llarini yuqoriga cho‘zi-ib-b ko‘taradilar, kulib bir-birlariga qaraydilar). Lolaxon qo‘llarini beliga qo‘ydi: bir, ikki, bir
ikki (Bolalar qo‘llarini ikki biqiniga ko‘yib:
1.oldinga engashadilar, 2.tik turadilar; bu xarakatni ikki marta qaytaradilar).
Lolaxon qo‘llarini ko‘ksiga qo‘ydi, yon tomonga uzatdi: bir, ikki, bir, ikki...(1.Bolalar qo‘llarshsh qo‘ksiga qo‘yadilar. 2. qo‘llarini ikki yonga uzatadilar).
Lolaxon qo‘llarini yuvdi...(Bolalar eigashib "qo‘llarini yuvadilar").
Lolaxon tishlarini yuvdi...(Bolalar boshlarini egib "tishlarini yuvadilar" )
Lolaxon yuzlarini yuvdi...(Bolalar engashib "yuzlarini yuvadilar")
Lolaxon artindi....(Bolalar qomatlarini tik tutib
"yuzlarini artadilar").
Lolaxon adasiga, oyisi "Assalomu alaykum" dedi...(Bolalar
qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib, bir-birlariga salom beradilar).
Lolaxon kursichasiga o‘tirdi...(Bolalar joylariga
o‘tiradilar).
Kelinglar, "Lola va mushuk" she'rini yodlaymiz. (5-6 bola she'rni qaytaradi).
Bolalar mashg‘ulot so‘ngida she'r asosida chizilgan rasmlarni tomosha qiladilar.
O‘rta guruhda she'r yodlatishda kichik guruhdagi usullar: o‘yinchoq, buyumni ko‘rsatish, o‘yin harakatlari va boshqa usullar qo‘llaniladi. Lekin asta-sekin o‘yin usullari o‘qilgan she'r ustida suhbatlashish bilan almashinadi.
Katta guruhlarda mavzusi jihatidan har xil she'rlar yod oldiriladi. Ular tabiat, bayramlarimiz, kattalarning mehnati, bolalarning hayoti va boshqalar haqidagi she'rlardar.
Tarbiyachining vazifasi faqat bolalarning she'rni yod olishlariga yordam berishgina emas, balki uni ongli, emotsional tarzda idrok qilishlariga erishish hamdir.
Tarbiyachi «Bolajon»dasturida yod olish uchun tavsiya etilgan she'rlarning ayrimlari bilan bolalarni oldindan, rasmlarni ko‘zdan kechirishda, suhbat vaqtida, ekskursiyaning oxiri va hokazolarda tanishtirish mumkin. Masalan, tarbiyachi bahorda boqqa ekskursiya qilingan paytda Sh. Sa'dullaning «Bahor» she'rini o‘qib beradi suhbatda (maktabga tayyorlov guruhida) Q. Hikmatning «Mening Vatanim» she'rini o‘qish mumkin. Keyinchalik nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida ularni yodlatish mumkin.
Bunday oldindan tanishtirish bolalarga she'riy asarning ma'nosini tushunib olishga, uni his etishga yordam beradi.
Mashg‘ulot boshida bolalarni she'rni idrok etishga tayyorlash uchun ular bilan qisqacha muqaddima suhbati o‘tkazish lozim. Agar bolalar bu she'rni oldingi mashg‘ulotlarda eshitgan bo‘lsalar, tarbiyachi ularga muqaddima suhbatida savollar yordamida qaerga ekskursiyaga borganliklari yoki qanday rasmni ko‘zdan kechirganliklari va qanday she'r o‘qib berilganini eslatadi.
Agar bolalar she'rni birinchi marta eshitayotgan bo‘lsalar, muqaddima suhbatida tarbiyachi savollardan tashqari she'r mavzusiga taalluqli suratdan, bahor guldastasidan yoki kuzgi barglar va boshqalardan ham foydalanadi. Tarbiyachi bolalar bilan 2—3 minut davomida, masalan: kuz haqida, bolalar bunday chiroyli kuzgi barglarni qaerdan terganlari to‘g‘risida gaplashadi va ulardan kuzda bog‘da nimalarni ko‘rganliklari va hokazolarni so‘raydi. Bunday suhbatdan so‘ng tarbiyachi birdaniga she'rni ifodali qilib o‘qishga kirishadi. Keyin she'rning nomini, kim yozganligini aytadi.
Tarbiyachi bolalarga she'rni o‘qib bergach, suhbat o‘tkazadi: bu she'rning nima haqida yozilganligini, bolalarga she'rning qaeri yoqqanligini so‘raydi, bolalarga yoqqan satrlarni takror o‘qib beradi.
Keyin tarbiyachi bolalarga she'rni yodlashni taklif etadi, o‘zi ham takror o‘qiydi( she'rning murakkabligiga qarab 2—3 marta o‘qiydi). Tarbiyachi dastlab tez eslab qoladigan bolalarni, undan keyin esa o‘zi oldindan belgilab qo‘ygan bolani chaqiradi.
Bolalarni she'rni ifodali o‘qishga o‘rgatishga alohida ahamiyat berish lozim. Tarbiyachi suhbat vaqtida bolalarga bayramlar haqidagi she'rlarning sevinch bilan, kuz haqidagi she'rlarning esa bir oz g‘amgin ohangda aytilish sabablarini tushuntiradi.
She'r yodlatish mashg‘ulotini o‘tkazish paytida quyidagi qoidalarni unutmaslik lozim: she'rni tarbiyachining o‘zi yod bilishi kerak, she'rning hammasi( satrlari yoki bandlarinn emas) o‘rganiladi, she'r hyech qachon xor bilan yod olinmaydi, bolalar uni yakka tarzda takrorlaydilar; she'r o‘qishda tarbiyachi matnni aytib turadi (so‘z yoki satrni), bolalarga o‘tirgan joylarnda she'r satrlarini aytishga yo‘l qo‘yadi va hokazo. Mashg‘ulotni juda yorqin ijro bilan: ifodali o‘qiydigan bolani chaqirish, bolalarning u bilan birga yangi she'r aytadigan sevimli o‘yinchoqlarini olib kirish bilan tugallash lozim.
Mashg‘ulotning ikkinchi qismida (she'r yodlash mashg‘ulotning hamma vaqtini olmaydi) biror hikoyani takror o‘qish, tez aytishlarni takrorlash, ovoz nutq madaniyatiga xos o‘yin yoki mashq o‘tkazish mumkin.
She'rni nutq o‘stirishga doir bir necha mashg‘ulotlarning ikkinchi qismida she'rni rollarga bo‘linib, qismlarga ajratib, «Davomini ayt» o‘yinini o‘ynab va boshqa usullardan foydalanib takrorlanadi.

Yüklə 23,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə