Astronomiyadan zamonaviy internet resurslari va ulardan foydalanish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#151743
  1   2   3
Документ Microsoft Word


ASTRONOMIYADAN ZAMONAVIY INTERNET RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH.


Baxtiyorjonov Omadjon Iqboljon o‘g‘li
Andijon davlat pedagogika instituti
Fizik ava Astronomiya yo‘nalishi talabasi.
Abstract. The article provides practical recommendations on the use of modern Internet resources for the effective organization of independent research of students studying at pedagogical universities in the fields of physics and astronomy.
Keywords: astronomy, astrophysics, independent education, Internet resources, modern pedagogical technologies, online observations.
Talabalarga astronomiyadan bilimlarni berishda, ularning ilmiy dunyoqarashini, zamonaviy fikrlashini rivojlantirish, kelgusi pedagogik faoliyatida yoki ilmiy-tadqiqot ishlarida foydalanishi mumkin bo‘lgan yetarli ilmga ega bo‘lishi uchun bu fanni o‘qitishda yangi internet texnologiyalari va axborot ta’lim resurslarini qo‘llash metodikasini yaratish hamda ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish lozim[1,2,3]. Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib yaratilgan namunaviy o‘quv dasturlarida barcha fanlarga mustaqil ta’lim soatlari ajratilgan. Shu ajratilgan soatlardan unumli foydalanib, mustaqil ta’limdan maqsadga muvofiq foydalanish o‘qitishning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Talabalarga internet tarmog‘idan mustaqil ravishda internet ta’lim resurslaridan, ilmiy ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda mustaqil ishlarni bajarishga o‘rgatish va ularni ilm olish samaradorligini oshirish yo‘llarini ishlab chiqish kerak bo‘ladi.
Ushbu usullardan foydalanib, astronomiya kursini o‘qitish ta’limi jarayonida pedagogik sinov-tajribalar o‘tkazib va natijalarini umumlashtirgan holda xulosa chiqarish mumkin bo‘ladi.
Astronomiyani kuzatishlrsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Tabiiy fanlar ichida boshqa fanlardan farqli ravishda astronomlar osmon jismlari bilan bevosita tajribalar o‘tkazish imkoniga ega emaslar. Shundan kelib chiqib, astronomiya fani kuzatish fani deyiladi, chunki osmon jismlarining tabiatiga tegishli barcha xulosalar, asosan, kuzatish materiallarini o‘rganish yordamida olinadi. Kuzatishlarni olib borishda astroiqlimning o’rni juda katta. Shaharlarda osmonga qaraganimizda ko‘rishimiz mumkin bo‘lgan minglab yulduzdan atigi bir necha o‘ntasini ko‘rishimiz mumkin. Bunday sharoitda astronomiya darslarida talabalarga internet resurslar yordamga keladi. Tungi osmonda kuzatilishi kerak bolgan osmon jismini ko‘rish uchun bino tomiga chiqishga zarurat bo‘lmaydi. Bunda mobil qurilmaga o‘rnatilgan dastur yetarli. Zamonaviy smartfonlar va planshetlar funktsional imkoniyatlari jihatidan deyarli shaxsiy kompyuterlarga o‘xshaydi va ba’zi hollarda hatto ulardan ham ustundir. Bundan tashqari, ularga o‘rnatilgan datchiklar va giroskoplar gadjetlardan yulduzlar osmonini o‘rganish vositasi sifatida foydalanish imkoniyatini yaratadi. Buning uchun talabalarga tegishli dasturni o‘rnatish talab etiladi. Quyida talabalar nafaqat dars jarayonida foydalanishi mumkin bo‘lgan, balki darsdan keyin, ta’til davrlarida ham qiziqib o‘rganishi mumkin bo‘lgan internet ilovalar haqida ma’lumotlar berib o‘tiladi. Quyida bugungi kunda astronomiyadan internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan bir necha ilovalar haqida ma’lumot beriladi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə