Asosiy vositalar hisobiga oid dastlabki xujjatlar va ularni rasmiylashtirish tartibi


Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobotning me’yoriy asoslari



Yüklə 31,68 Kb.
səhifə2/2
tarix11.05.2022
ölçüsü31,68 Kb.
#86722
1   2
Buxgalteriya hisobi

2. Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobotning me’yoriy asoslari

Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobot ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun alohida ahamiyatga ega bo’lgan ko’rsatkichlarni o’zida mujassam qiladi. Ushbu hisobot ko’rsatkichlarining ahamiyatini e’tiborga olgan holda uni tartibga solish qator huquqiy va me’yoriy hujjatlar bilan amalga oshiriladi.

Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotning sifatida O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuni alohida ahaiyatga ega.

Ushbu qonunning 16-moddasida moliyaviy hisobot «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ni ham o’z ichiga olishi belgilab qo’yilgan.

Ushbu hisobotning huquqiy asosi sifatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida»gi Nizomni keltirish mumkin. Ushbu Nizom «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotni» tartibga solish bevosita aloqador bo’lmasada, u asosiy vositalarni saqlash, ishlatish va ta’mirlash xarajatlarini ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga kiritish, shuningdek asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bog’liq muomalalarning moliyaviy natijalarda aks ettirish uslubiyati belgilab berilgan. Shu bilan birgalikda asosiy vositalarning eskirish xarajatlari, nizomga olingan asosiy vositalarga hisoblangan amortizatsiya xarajatlari talabi ham belgilangan.

Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotning navbatdagi huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasining «Soliq Kodeksi», O’zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 23-moddasida asosiy vositalarning amortizatsiya normalari keltirilgan. Ushbu moddaga asosan barcha asosiy vositalar beshta guruhga bo’lingan va ularning har bir guruhi uchun alohida amortizatsiya normalari belgilangan. Shu bilan birgalikda ushbu moddada amortizatsiya hisoblash tartibi ham tushuntirib berilgan. Shuningdek, nizomga olingan asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash qoidalari belgilab berilgan. Bularning barchasi korxonalarda «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ni tuzish uchun zarur ma’lumotlarni shakllantirishni belgilab beradi. Ushbu hisobotning me’yori asosi sifatida O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan «Buxgalteriya hisobining milliy standartlari» hisoblanadi. Ular jumlasiga quyidagi «BHMA»larni kiritish mumkin:

1-BHMA «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»;

5-BHMA «Asosiy vositalar»;

21-BHMA «Хo’jalik yurituvchi su’yektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma»;

22-BHMA «Chet el valutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi».

1-BHMA «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»ning 12-bandida moliyaviy hisobotning tarkibi belgilangan bo’lib, unda «asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot» 3-shakl tuzilish belgilab berilgan. Shuningdek, uning 14-bandida moliyaviy hisobot shakllari ko’rsatkichlarining ochib berilishi belgilangan bo’lib, bu vosita moliyaviy hisobotning uchinchi shakli bo’lgan «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ga ham belgilangandir. Shu bilan birgalikda ushbu «BHMA»ning 60, 61-bandlarida hisobotning davri va hisobot sanasi belgilab berilgan bo’lib, uni taqsim qilish 62-band bilan tartibga solindi.

«Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot» uchun zarur ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi schyotlarida shakllantirishda 5-BHMA «Asosiy vositalar» alohida o’rin tutadi. Chunki asosiy vositalar hisobini yuritish asosan ushbu hisobot bilan tartibga solinadi. Unda «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot» uchun zarur bo’lgan ma’luotlarning yechimi berilgan:

-asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun qo’yiladigan mezonlar;

-asosiy vositalar dastlabki qiymatini shakllantiruvchi xarajatlar tarkibi;

-asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari;

-asosiy vositalarni qayta baholash.

Ushbu masalalarining yechimlari korxonalarda asosiy vositalar hisobini yuritishni tartibga soladi va hisobot tuzish uchun kerakli ma’lumotlarni yig’ish imkonini beradi.

«Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ni tuzishda 21-BHMA «Хo’jalik yurituvchi su’yektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma» alohida ahamiyatga ega. Chunki, 21-BHMA asosiy vositalar hisobida yo’naltirilgan schyotlar va ularning funksiyasi aniq belgilab berilgan. Hisobotda keltirilgan ko’rsatkichlarni shakllantirish uchun alohida schyotlar tayinlangan. Ushbu standart asosida «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ni tuzish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar shakllantiriladi:

boshlang’ich (qayta tiklash) qiymati;

yig’ilgan amortizatsiya miqdori;

qoldiq qiymati.

Yuqoridagi ko’rsatkichlar buxgalteriya hisobining alohida schyotlari ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Shuningdek, har bir ko’rsatkich bo’yicha bir necha zarur ko’rsatkichlar ham alohida hisobga olinadi. Masalan, asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati yil boshiga va yil oxiriga alohida hisobga olish imkoniyati ta’minlanadi. Shu bilan birgalikda yil davomida kelib tushgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati yoki yil davomida chiqib ketgan asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati ham alohida hisobga olinadi. Ular hisobot tuzish uchun zarur ma’lumotlar hisoblanadi. Korxonalar o’zlari uchun zarur asosiy vositalarni xorijiy mamlakatlardan sotib oladilar. Bunday xo’jalik muomalalari asosiy vositalarning boshlang’ich qiymatining shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi. Chunki xarajatlar tarkibi turlicha bo’lishi bilan birgalikda ular chet el valutasiga sotib olinganligi, shuningdek asosiy vositalarnit qabul qilish sanasi va ularning qiymatini xorijiy mol yetkazib beruvchiga to’lash sanasiga quyidagi farqlar vujudga keladi. Bularning barchasi «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»da o’z aksini topishi zarur. Bunday muomalalarning buxgalteriya hisobi 22-BHMA «Chet el valutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi»da belgilab berilgan.

«Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot» tuzishda O’zbekiston Moliya vazirligida 2002 yil 27 dekabrda tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2003 yil 24 yanvarda ro’yxatga olingan «Moliyaviy hisobot shakllarini to’ldirish bo’yicha qoidalar» alohida ahamiyatga ega. Ushbu qoidalarning 125, 137-bandlari «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ni tuzish bo’yicha ko’rsatmalarni o’z ichiga oladi. Unda hisobotni har bir moddasini tuzish uchun zarur majburiyatlarni aniqlash alohida qoidalari belgilab berilgan.

Moliyaviy hisobdan ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun korxonanaing asosiy vositalarining tarkibi, ularni ish holati umumiy qiymati muhim ahamiyatga ega. Bu ma’lumotlar korxonalarning moliyaviy hisobot ta rkibida tuziladigan «Asosiy vos italar tarkibi to’g’risidagi hisobot»da aks ettiriladi. Quyida bu hisobotning shaklini keltiramiz. Rahbar Bosh buxgalter Asosiy vositalarning xarakati to’g’risidagi hisobot jadvali mazmunidan ko’rinib turibdiki, unda asosiy vositalar va ularning eskirishi belg ilangan tasnifi asosida quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha aks ettiriladi:

• yil boshiga qoldig’i;

• hisobot davrida asosiy vositalarining kirimi;

• hisobot davrida hisobdan chiqarilgani;

• yil oxiriga qoldig’i.

Hisobotning 3 va 6 – xonalarida korxona ba lansida hisobga olingan barcha asosiy

vositalarning qiymati aks ettiriladi. 4 - xonada hisobot davrida, qo’shimcha bahol ash qiymati ham qo’shilgan holda quyidagi

manbalardan korxona tasarrufiga o’tgan asosiy vositalar aks ettiriladi:

• pulga sotib olish yoki yangidan qurish;

• aylanma mablag’lardan asosiy vositaga o’tkazilishi;

• boshqa korxona va tashkiltlardan bepul olinishi;

• inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan asosiy vositalari kirimi;

• lizing muomalalari bo’yicha uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar.

5 - xonada qaytadan baholash natijasida narx ini pasaytirish ham qo’shilgan holda quyidagi sabablarga ko’ra xo’jalik tasarrufidagi asosiy vositalar tarkibidan chiqarilgan ob’ektlar qiymati

aks ettiriladi:

• pulga sotilgan keraksiz va ortiqcha asosiy ositalar;

• asosiy vositalar tarkibidan aylanma mablag’larga o’tkazilgan ob’ektlar;

• boshqa korxona va tashkilotga bepul berligan ob’ektlar;

• eskirishi natijasija ob’ektlarning hisobdan chiqarilishi;

• tabiiy ofatlar, avariya nati jasida va boshqa sabablarga ko’ra ob’ektlarning hisobdan

chiqarilishi. 7 va 10 - xonalarda asosiy vositalarning turlar i bo’yicha hisobot davri boshiga va oxiriga yig’ilgan amortizatsiya (eskirish) summasi aks ettiriladi. 8 - xonada asosiy vositalarni qo’shimcha ba holash natijasida qo’shimcha hisoblangan amortizatsiya summasi ham qo’shilgan holda, his obot davrida barcha asos iy vositalari bo’yicha hisoblangan amortizatsiya (eskirish) summasi aks ettiriladi. 9 - xonada tugatilgan, sotilgan va boshqa yo’lla r bilan xo’jalik tasarrufidan chiqib ketgan asosiy vositalar eskirishi ko’rsatiladi. 11 - xonada asosiy vositalarning yil boshiga qo lgan sof qoldiq qiymati aks ettiriladi. Bu summa 3 - xona bilan 7 - xonalari summalari farqidan iborat.

12 - xonada asosiy vositalarn ing hiobot davri oxiriga qolg an sof qoldiq qiymati aks

ettiriladi. Bu summa 6 - xona bilan 10 - xona summalari farqidan iborat.

Asosiy vositalarning jami summasidan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish

yo’nalishidagilarning harakati alohida ajratib ko’rsatiladi. Ishlab chiqarish yo’nalishidagi asosiy vositalar tarkibiga sanoat, qurilish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi, savdo va umumiy ovqatlanis h, qishloq xo’jalik mahs ulotlarinii va boshqa moddiy ishlab chiqarish faoliyati sohasiga tegishli vositalar kiradi. Noishlab chiqarish yo’nalishidagi asosiy vositalar tarkibiga kommunal xo’jalik, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya, maor if, madaniyat va shunga o’xs haganlarda foydalaniladigan

vositalar kiradi. «Ma’lumot uchun» degan bo’limning 150 – 154 qatorlarida asosiy vositalar qaysi manbalar hisobidan sotib olnganligi (kirimi) aks ettiriladi.

HUJJATLASHTIRISH, UNING MOHIYATI VA AHAMIYATI

Yuqorida ta’kidlanganidek, buxgalteriya hisobining xususiyatlaridan biri xo’jalik muomalalarini yoppasiga va uzluksiz aks ettirilishi hisoblanadi. Bu dastlabki hisob axborotning manbai hisoblangan hujjatlashtirish yordamida amalga oshiriladi. Barcha xo’jalik muomalalariga tuziladigan hujjatlar majmuasi hujjatlashtirish deb ataladi. Ulardagi ma’lumotlar keyinchalik joriy buxgalteriya hisobida xo’jalik muomalalarini aks ettirish uchun yagona asos bo’lib xizmat qiladi.

Xo’jalik muomalalari ustidan kuzatishni amalga oshirishni ta’minlab va ularni albatta schyotlarda aks ettirilishining sharti bo’lib hisoblangan hujjatlashtirish, buxgalteriya hisobi usulining tarkibiy unsuri bo’lib hisoblanadi. Birorta bir xo’jalik muomalasi ham, agar unga tegishli tartibda tuzilgan va rasmiylashtirilgan hujjat bo’lmasa, hisobga o linishi mumkin emas. Shuning uchun har bir hujjat ma’lum talablarni hisobga olgan holda tuzilg an bo’lishligi va undagi muomalalarning sodir bo’lishi yoki rasmiylashtirilishida qatnashgan ha mda shu bilan tegishli jarayonlar haqiqatda korxonada sodir bo’lganligini tasdiqlovchi shaxslarni imzolari bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak.

Buxgalteriya yozuvlariga asos bo’lib hisoblangan hujjatlarda sodir bo’gan xo’jalik jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlar mavjud bo’ladi. Ulardan ko’pchiligi shuningdek tegishli xodimlarga u yoki bu muomalalarni bajarishga ruxsat etuvchi ma’lumotlarga ega bo’ladi. Demak, buxgalteriya hujjati muomalasining haqiqatda sodir bo’lganligi haqida hamda uni amalga oshirishga bo’lgan huquqning yozma guvohnomasidir. Hujjat lotincha «documentum» so’zdan olingan bo’lib, isbotnoma, guvohnomani anglatadi.

Hujjatlashtirish hujjatlar majmuasini anglatadi, hujjatlash deganda esa xo’jalik muomalalarini hujjatlarning tegishli bosma ish qog’ozlari (blank)da rasmiylashtirish tushuniladi. Hujjatlashtirishning korxona ishidagi ahamiyati hisob yozuvlarini asoslovchi vosita sifatida xizmat qilish bilan cheklanmaydi. Bundan tashqari, u katta tahliliy ahamiyatga egadir. Buxgalteriya hujjatlaridan buyruqlarni buyruq beruvchilardan uni bajaruvchilarga topshirish uchun foydalaniladi, ya’ni xo’jalik faoliyati ustidan boshqarish uchun qo’llaniladi. Hujjatlashtirish vositasida amalga oshirilgan muomalalarning to’g’riligi nazorat qilinadi, bajarayotgan ishlarning joriy tahlili olib boriladi, yoki u boshqa xo’jalik yuritish qoidalarini buzulishini aniqlaydi.



Demak, hujjatlashtirish nazorat - tahliliiy funktsiyalarni bajaradi. Mulkni saqlash borasida hujjatlashtirish alohida ahamiyatga egadir. Hujjatlar yordamida moddiy - javobgar shaxslar harakatining to’g’riligi kuzatiladi (ular tomonidan boyliklarni olish va berish, xo’jalik muomalalarini amalga oshirish qonuniga rioya qilinishi tekshiriladi). Hujjatlashtirish o’g’rilik qilish hodisalari, turli suiste’mol qilishlarning ochib beradi, ayrim hollarda esa ularning oldini olish imkonini ham beradi. Hujjatlashtirishning huququiy (yuridik) ahamiyati juda kattadir.

Hisobda qayd etilgan hodisalarning to’g’riligini tasdiqlash bilan bir vaqtda, hujjatlar ushbu korxona bilan boshqa tashkilotlar va shaxslar o’rtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklarda inkor qilib bo’lmaydigan dalolatnoma bo’lib hisoblanadi. Ulardan sud va prokoratura organlari har xil da’volar to’g’risidagi janjalli masalalarni hal qilishda, shartnomalar va boshqa majburiyatlarni bajarishdagi to’la - to’kislikni tekshirishda foydalanishadi. Lekin hujjatlar faqat ularga qo’yilgan barcha talablarga rioya qilgan holda tuzilgan va rasmiylashtirilgan bo’lsagina yuridik kuchga ega bo’ladilar. Boshqaruv hisobi tizimida ishlab chiqarishning normal holatida materiallar, mehnat va hokazolarni ishlab chiqarishga sarflashning belgilangan me’yorlaridan (standartlardan) chetga og’ishlarni rasmiylashtirish uchun mo’ljallangan xabar berish (signal) hujjatlari alohida muhim ahamiyatga egadir.
Yüklə 31,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə