Asarlarning qiyosiy-tipologik tahlili


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix05.09.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#121322
1   2   3   4   5   6
164-173

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
WSRJournal.com


Volume – 6_ Issue-2_May_2022 
171 
o‘rniga “Fanorchi ota” nomli hikoyasi bilan o‘quvchilar tanishib boradilar. 2007-
yilgi nashrda ushbu hikoya bilan birgalikda “Bolalik” qissasidan “Bolaning ko‘ngli 
poshsho” parchasi berilgan bo‘lib, ushbu parcha o‘tmishda ota-bobolarimizning 
shirin bolaligidan hikoya qiladi. O‘.Hoshimovning “Dunyoning ishlari” nomli 
qissasi mustaqillikdan keyingi 5-sinf darsliklarining barcha nashrlarida mavjud. 
Mazkur asar doimiy tarzda o‘quvchi mutolaasi uchun berilayotganidan xursandmiz.
Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” ertagi 2000-yildan 2015-
yilgacha bo‘lgan adabiyot darsligining barcha nashrlarida mavjud. 2020-yilgi 
nashrda esa mazkur asar berilmagan. Fikrimcha, asar falsafiy mazmunda bo‘lgani 
uchun ham adabiyot darsligining oxirgi nashrida berilmagan. Gruzin yozuvchisi 
Nodar Dumbadzening “Hellados” hikoyasi ham O‘.Hoshimovning “Dunyoning 
ishlari” asari kabi 2000-yildan keyingi barcha nashrlarda o‘quvchi mutolaasi uchun 
berilgan. “Hellados” asari ham 5-sinf adabiyot darsligidan o‘rin olgan epik asarlar 
ichida eng zalvorli asarlar sirasidan.
Nashrlarni taqqoslar ekanmiz, 2000-yilgi darslikda xalq og‘zaki ijodiga 
mansub birorta ertakni uchratmaymiz. Axir 5-sinf o‘quvchisi xalq og‘zaki ijodidan
asarlar mutolaa qilishi juda zarur va zavqli. 2004-yilgi nashrda biz bu kamchilik 
tuzatilganini, xalq o g‘zaki ijodidan “Susambil” ertagi o‘quvchi mutolaasi uchun 
berilganini ko‘ramiz. 2007-yil nashr etilgan adabiyot darsligidan esa “Susambil” 
bilan bir qatorda o‘zbek xalq ertaklarining eng sara namunalaridan bo‘lmish “Uch 
og‘a-ini botirlar” ertagi ham o‘rin olgan bo‘lib, maishiv mazmundagi mazkur ertak 
sujet jihatidan juda qiziq hamda ibratlidir. 2020-yilgi darslik mundarijasidan 
“Susambil” ertagi olib tashlangan. Oxirgi nashrning o‘quv mundarijasida ikkita 
ertak berilgan bo‘lib, biri o‘gzaki adabiyotga xos bo‘lsa, ikkinchisi esa yozma 
adabiyotga tegishli bo‘lgan asardir. Oxirgi nashr avvalgi nashrlarga nisbatan qisqa 
va lo‘ndaligi bilan ham ajralib turadi. Avvalgi nashrlarda epik asarlarning 14-15 xil 
namunalari keltirilgan bo‘lsa, 2020-yilgi darslikda epik asarlarning 9 xil namunasi 
berilgan. M.Qoriyevning “Qaldirg‘ochlar bahorda keladi”, O‘.Umarbekovning 
“Qizimga maktublar” kabi asarlari bir-ikki martagina darslik sahifalaridan o‘rin 
olgan, xolos.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə