Aqishda fuqarolar urushi



Yüklə 41,17 Kb.
səhifə2/2
tarix19.12.2023
ölçüsü41,17 Kb.
#151995
1   2
aqsh

Fuqarolar urushi — ma’lum bir davlat ichidagi ijtimoiy guruhlar oʻrtasida hokimiyat uchun qurolli kurash hisoblanadi. Bilamizki, azaldan fuqarolar urushi turli koʻrinishlarda bo’ladi.
Masalan: dehqonlar urushipartizanlar urushi, qullar qoʻzgʻoloni va xalq hukumatga qarshi kurashi va boshqalar.
Fuqarolar urushi davlatlar oʻrtasidagi urushlar, chet el bosqinchilariga qarshi kurash va milliy ozodlik harakati bilan qoʻshilib ketishi mumkin. Hokimiyatdagi hukmron guruhdar bir-biriga qarshi turgan Fuqarolar urushi ham boʻladi 
Rim respublikasining agʻdarilishi davridagi Fuqarolar urushi, Angliyadagi Kizil gul va Oq gul urushlari. Fuqarolar urushi etnik, separatistik (2000—2002-y. larda Serbiyada), konfessional (bir necha bor Shim. Irlandiyada) sabablarga koʻra kelib chiqishi mumkin. Fuqarolar urushida ishtirok etayotgan tomonlarning biri diniy, ikkinchisi dunyoviy shiorlar ostida harakat qilishi mumkin. Fuqarolar urushi iqtisodiy boʻhronlar, koʻplab odamlarning qurbon boʻlishiga olib keladi.
AQShda fuqarolar urushi XIX asr oʻrtalarida burjuaziya hukmron boʻlgan Amerikaning shimolidagi shtatlar bilan quldorlik hukmron boʻlgan Janubdagi shtatlar oʻrtasidagi kurash. Janubiy shtatlardagi quldorlik Aqshda sanoatning oʻsishiga toʻsqinlik qilardi. Janubdagi quldorlik shtatlari qulchilikni saqlab qolish hamda uni butun mamlakatga yoyish maqsadida isyon koʻtarganlar. Bu urush ikki bosqichdan iborat boʻlib, birinchi bosqichi (1861–1862) da Janubiy shtatlar ustun keldi. Chunki Aqshprezidenti Abraham Lincoln urushni qatʼiyat bilan olib bormadi. Shimoliy shtatlarni yuksalib borayotganidan choʻchigan Angliya va Fransiya quldorlik shtatlarini qoʻllab-quvvatladi. Urushning ikkinchi bosqichida (1863 – 1865) Shimoliy shtatlar gʻalaba qozondi. Unda keng xalq ommasi ishtirok etdi. Inqilobiy demokratik harakatlarning kuchayishi natijasida Linkoln hukumati armiyani kuchaytirdi va boshqa tadbirlar oʻtkazdi. Uning urushda qatnashganlarga uncha katta boʻlmagan pul evaziga Gʻarbda 160 akr (65 ga) dan yer berish haqidagi (May, 1862-yil) va qora tanli qullarni ozod etish haqidagi qonunlari quldorlikka qarshi kuchlarni ragʻbatlantirdi, pirovardida Shimoliy shtatlar gʻalabasini taʼminladi. Urush burjua demokratik inqilob tusini oldi. 1864 – 1865-yillarda janubiy liklarning asosiy kuchlari tor-mor qilindi va 1865-yil apreda quldorlik shtatlarining poytaxti – Richmond shahri egallandi. Shimolning gʻalabasi mamlakatda burjuaziya hukmronligini mustahkamladi, plantatorlar hukmronligi va qulchilikni yoʻq qilgan (rasman 1863-yil 1-yanvarda bekor qilingan), gʻarbdagi yerlarni oʻzlashtirish va jadal surʼatda industrlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratib bergan. AQSh hududining aksariyat qismida qishloq xoʻjaligida fermerlik (Amerikancha deb atalmish) yoʻli gʻalaba qilgan. Biroq fuqarolar urushi yersiz ozod qilingan neflarga haqiqiy ozodlik keltirmagan.

  • Quldorlar butun AQSh hududida qulchilikni yoyishga, yangi yerlarni plantatsiyalarga aylanlirishga harakat qilib, qullarni Shimol va G`arbga qochishlarini oldini olmoqchi edilar 1850- yilda AQSh kongrcssi Yangi Meksika va Yutning keng viloyatlari aholisiga mazkur hududda qulchilikni joriy qilish yoki ma`n qilish masalasini o`zlari hal qilishi huquqini berdi. 1854-yilda AQSh tarkibida ikkita yangi shtatlar Kanzas va Nebraska shtatlari paydo bo`ldi. Kongress bu shtatlarning aholisiga ham qulchilik masalasini o`zlari hal qilishi haqida qaror chiqardi. 1850- yil qonuni va 1854-yilgi Konzas -Nebraska qonuni Kanzasda fuqarolar urushini boshlanishiga turtki bo`ldi. Quldorlar zudlik bilan Kanzasda qulchilikni joriy qilish maqsadida, qurolli guruhlarni Kanzasga keltira boshladilar. Bunga javoban minglab fermerlar va hunarmandlar bo`sh yerlarni egallash va qulchilikni yoyilishiga yo`l qo`ymaslik uchun Kanzasga kela boshladilar. Kanzas aholisining aksariyati qulchilikka qarshi bo`Iishiga qaramasdan, federal hukumat Kanzasni quldorlik shtati deb e`lon qildi.

  • Kanzas voqealarining ta`siri ostida quldorlar bilan demokratlar partiyasi tarkibida bo`Igan fermerlar bu partiyadan chiqib, qulchilikka qarshi bo`Igan burjuaziya, abolitsionistlar va frisoylerlar -1854-yilda respublikachilar partiyasiga asos soldilar.

  • 1859-yilda Virjiniya shtatida inqilobiy inqirozni yetilishida Jon Braun boshchiligidagi qulchilikka qarshi ko`larilgan qo`zg`olon katta ahamiyatga ega bo`ldi. J. Braun o`zining 32 kishilik harbiy otryadi bilan 1859-yil 17- oktyabrda katta qurol-yarog` • omborini egallash uchun qurolli hujum uyushtirdi. J.Braun ommaviy ravishda ularni qo`llab-quvvatlovchi qullar qo`zg`oloni ko`tariladi, deb umid qilgan edi, lekin bunday qo`zg`olon ko`tarilmadi, yakkalanib qolgan Jon Braun otryadi quldorlar qo`shini tomonidan tor-mor etildi.

  • 1860 yilgi prezident saylovlarida respublikachilar partiyasi advokat Avraam Linkoln nomzodini ko`tarib chiqdi va saylovda g`alaba qildi.

  • Plantatorlar saylovda boy berganligi va prezidentlik hokimiyalidan mahrum bo`lganliklaridan norozi bo`lib, saylovdan bir necha hafta o`tgach, ya`ni 1860- yil, 20 dekabrda Janubiy Karolina, 1861 yil yanvar-fevral oylarida AQShning yana 7 ta shtati-Florida, Jorjiya, Alabama, Luiziana, Texas, Tenessi va Missisipi itiifoqlari chiqqanligini elon qildi. Bu shtatlar markazi Richmond shaxri bo`Igan janubiy konfederasiya tuzdildi va D. Devisni prezident qilib sayladilar.

  • D.Devis elon qilgan dcklaratsiya konfederatsiyaning asosiy maqsadi, deb alohida shtatlarning erkinliklarini, ularni ajralib chiqishi huquqini himoya qilish, erkin savdo uchun, ko`rashish deb, belgilandi. Shuningdek, deklaratsiya Shimolni qochoq qullarga homiylik qilayotganlikda va yangi yerlarga qullikni yoyishga yo`l qo`ymayotganlikda aybladi.

  • Linkoln prezidentlik lavozimini qabul qilgandan keyin (1861 yil 4 mart), konfediratsiya qo`shini 12-13 aprel kunlari Chariston yaqinidagi Samter portini egallab oldi. Bunga javoban Linkoln 15 aprel kuni 75 ming kishilik xalq lashkari to`zish uchun safarbarlik e`lon qildi.

  • Kuchlar nisbatining ustunligi Shimol tomonda edi. Quldorlik shtatlari aholisining soni 12,2 mln. kishini tashkil qilgan bo`lsa, ularning 1/3 qismi negr qullardan iborat edi, Shimol aboiisining soni esa 19,2 mln. kishini tashkil etardi. Shimol ko`proq qo`shin to`plasrf imkoniyatiga ega bo`lib, u, shuningdek , metallurgiya . qurolsozlik sanoati taraqqiyoti, temir yo`llar va savdo floti bo`yicha ham katta ustunlikka ega edi

  • Quldorlar asosan o`zlarining vaqtinchalik harbiy ustunliklariga va Angliya. Fransiya va Ispaniya tomonidan yordam berilishiga ishonmoqda edilar. Chunki, AQShning nisbatan zaifroq bo`lgan ikkita davlatga ajralib ketishidan Garbiy Ycvropa davlatlari manfaatdor bo`lib. Janubiy G`arbiy Yevropaning to`qimachiiik sanoatiga paxta va boshqa agrar xom -ashyo yetkazib beruvchi hudud edi. Shuningdek, Angliya, Fransiya va Ispaniya hukumatlari AQSh quldorlarining isyonidan mustamlakalar bosib olish maqsadida Amerika davlatlarining ichki ishlariga aralashishda ham foydalanmoqchi bo`ldilar. Bulardan tashqari ko`pchilik quldorlar Shimol sanoatining paxta xom-ashyosiga bo`lgan ehtiyqji katla, shuning uchun ular urushni tezroq tugatishga majbur bo`ladi, deb o`yladilar.

  • 1861 yil yozida janubliklar 120 ming kishilik qo`shin tashkil qildi. Bir zarb bilan Shimol qo`shinini tor-mor etib, Vashingtonni egallash bilan urushni tugatmoqchi bo`lgan quldorlar, 3861 yil 2 iyulda Vashington yaqinidagi 30 ming kishilik qo`shini bilan Manossas nomli shahar yaqinida Shimolning 35 ming kishilik qo`shinini maglubiyatga uchratdi. Biroq, janub qo`shini sonining cheklanganligi Vashingtonga hujumni davom ettirishga yo`l qo`ymadi. Har ikkala tomonning tez g`alaba qozonish haqidagi rejalari amalga oshmadi, urush cho`zilib ketdi.

  • Shimol hukumati 500 ming kishilik qo`shin tuzish uchun yangidan safarbarlik e`lon qildi. Qo`shin tarkibi janubliklarga xayrixoh bo`lgan zobitlar (ofitserlar)dan tozalandi. 1861 yilning oxirlarida Shimol qo`shinining soni 660 ming kishidan oshib ketdi, ammo, bu qo`shinning harbiy tayyorgarlik darajasi past va intizomi juda yomon bo`lib, bu qo`shinning bosh qo`mondoni qilib layoqatsiz general Mak-Klellan tayinlangan edi. U harbiy qo`mondondan ko`ra xalq ommasining norozilik harakatini ko`tarilib ketishidan ko`proq lashvishga tushayotgan yirik kapitalist sifatida ma`lum edi. Mak-KleManning harbiy harakatlari o`zining konservativligi, qat`iyatsizligi va sustHgi bilan ajralib turardi. Janubliklar ro`paradan hujum qilish taktikasidan foydalanayotgan bir vaqtda, Mak-Klellan bunga javoban "bo`g`ib qo`yish rejasi" deb atalgan konfederasiya hududiga hamma tomondan hujum qilib, uni qurshovga olish haqidagi puch rejasini qarshi qo`ydi. U Richmond yonida Shimoi armiyasini sharmandali halokatiga sabab bo`lgan. Richmondda maglubiyatga uchragan Mak-Klellan qo`mondonlikdan tushirildi. Shimol burjuaziyasi urushda tez g`alaba qilishga shoshilmadi, balki, aksincha, urush davomida davlatning harbiy buyurtmalaridan ko`proq foydalanish payida bo`ldi. Urushning birinchi bosqichi 1861-1862 yillarni o`z ichiga oldi. Urushning birinchi bosqichida Janubning kuchi biroz ustun keldi.

  • Yirik burjuaziyaning ta`siri ostida Linkoln hukumati G`arbdagi yerlarni egallash va qulchilikni bekor qilish haqidagi masalalarni demokratik tarzda hal qilishga jur`at eta olmasdan kelmoqda edi. Chunk! bunga Janub quldorlari bilan uzviy aloqada bo`lgan Shimolning moliyachi-bankirlari va savdogarlari qarshilik ko`rsatib, bu chora tadbirlar quldorlarni xonavayron qiladi va keyin ular olgan qarzlarni to`lay olmaydilar, deb tashvishlanmoqda edi.

  • Xalq ommasining talabi ostida va harbiy zaruriyat tufayli Linkoln hukumati 1861. yilda mulkdorlarga yangi soliq joriy qildi. Bu qonunga muvofiq isyonchi quldorlarning muiklari konfiskatsiya qilindi. Gomstedlar haqidagi ushbu qonun 10 dollar to`lashga qodir bo`lgan har bir AQSh fuqarosiga G`arbdagi yerlardan 160 akr h`ajmida yer uchastkalari olish huquqini berdi. Besh yil davomida agar mazkur yer sohibi shu yerda yashasa, ushbu yer uchastkasi to`liq uning mulkiga aylangan. 1862 yif 22-sentyabrda hukumat 1863 yilning 1-yanvaridan qulchilikni hech qanday to`lovsiz bekor qilish haqidagi "Ozodlik to`g`risidagi proklamatsiya"ni chiqardi. Linkoln proklamatsiyaga imzo chekar ekan: "Vaqti kelib mening nomim tarixga yoziladigan bo`lsa, faqat shu ishim uchun yoziladi, chunki men butun qalbimni shu ishga bagishlaganman",- degan. Ayni bir vaqtda negrlarni armiya safiga jalb etish haqida e`lon ham chiqdi. AQSh hukumatining bu chora -- tadbirlari buyuk tarixiy ahamiyatga ega edi. Gomstedlar haqida va qulchilikni bekor qilish haqida Linkoln chiqargan qonunlar xaqli ravishda, uni XIX asrning ilg`or burjua-demokralik arboblari safiga qo`shdi.


Yüklə 41,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə