Andijon viloyati Baliqchi tumani



Yüklə 62,9 Kb.
tarix17.12.2023
ölçüsü62,9 Kb.
#149869
Andijon viloyati Baliqchi tumani


Andijon viloyati Baliqchi tumani
XTB ga qarashli 6 – ixtisoslashtirilgan maktab – internatining
O`zbek tili va adabiyoti fani o`qituvchisi
Jo`raboyeva Sayyoraning
Abdulla Oripov she`riyati va ijod 
yo’li haqida

DARS ISHLANMASI



Mavzu: Abdulla Oripov she`riyati va ijod yo’li 
dars ssenariysi.

Maqsad: a)Mavzuni tushuntirish, o’qitish 
she’rlarni tahlil qilishni,o’qishni 
o’rganish,o’quvchilar bilimini 
oshirish.
b)O’quvchilarga vatanparvarlik,mehr – 
oqibat,Vatanga sadoqat tarbiyasini 
berish.
d)O’quvchilarni mustaqil fikrlash, 
ko’nikmalarini rivojlantirish.
Usul: savol- javob, ma’ruza, aqliy xujum, muloqot.
Jixoz:A.Oripov surati, turli hil she’riy to’plamlar, testlar, tezkor savollar,darslik.

Yangi dars bayoni.
Men har darsimga turlicha shiorlar tanlayman.
Madxitya ijro etilgach,she’riyatga qiziqishni oshirish, o’z fikrini yosh munaqqidlardek bayon eta bilish, qo’shimcha adabiyotlardan foydalana olishga o’rganish maqsadida o’quvchilarimni 4 guruhga bo’ldim. Ular o’z guruhlariga nom, shior chiqardilar.
1-guruh–She’riyat shaydolari. Bu guruh isbotlaydigan xaqiqat:

Eng oliy baxti mening, onajonim she’riyat,
Tonga toj- taqdim mening jonajonim she’riyat.
O’quvchilar avval A.Oripov she’rlari bo’yicha baxru – bayt tayyorlanadilar. Dars quyidagi baxru – bayt bilan davom ettiriladi:
1-o’quvchi:
Buyorug’ olamda Vatan bittadiur
Bittadir dunyoda «Ona» degan nom.
2-o’quvchi:
merosiy xudbinlik borligi uchun,
Qaramay qo’yibmiz,afsus orolga.
3-o’quvchi:
Azizim payt keldi,ko’nglim yoraman,
Insonman sen xorsang, men ham xoraman.
Oting qamchilama, o’zg’irman deya,
Sen borgan u joyga men ham boraman.
4-o’quvchi:
Nizomiy bolidan halvo pishirurmish.
Navoiy zabt etib turkiy jaxonni.
1-o’quvchi:
Insof yo’qolmasin,o’rnga mustaxkaam,
To uni yuzsiszlik etmasin xarob.
Ezgulikni asrang,olamda u ham
Tojdor turna kabi bo’lmasin kamyob.
2-o’quvchi:
Bag’ri toshsan,xasta aylab, ham yiroq ketding nechun.
Tibda derlar gohi dardga tosh davo,bir kelmading.
3-o’quvchi:
Gar muhabbatning xayotda turfa xilbozori bor,
Oshiq axlin lek muhabbatga etishmay zori bor.


4-o’quvchi:
Ruhimda bir ma’yuslik, sokinlik uyg’otganda,
Men seni esga oldim,birinchi muhabbatim.

Birinchi guruh qatnashchilari baxru – bayt aytishdagi topqirliklari bilan she’riyatga oliy baxt deb qaray olishlarini isbotlab berdilar. Ularning xulosalarini guruh sardori quyidagicha ifodaladi:
Biz sinfdoshlarimiz bilan aytgan baxru – bayt Vatan, ona kabi ulug’; Orolni asrash zarur;kamtarin bo’lish kerak;Navoiy – buyuk shoir; ezgulik, insof kamyob bo’lmasin; muhabbat boqiydir degan fikrlarni angladik.
2-guruh – Yosh munaqqidlar. Ular isbotlaydigan xaqiqat: Shoirning lirik qaxramoni o’z shaxsiyatiga yaqin. Bu guruh a’zolari o’z fikrlarini «Fikrimni dadil va oshkor ayta olaman» shiori ostida o’qiydigan adabiy-tanqidiy maqolalari asosida yoki she’r mazmunidan kelib chiqib quyidagicha ifodaladilar.
1- o’quvchi: Menimcha shoir mexrga tashna, u mexrni ulug’laydi. «samoviy mehmon, besh donishmand va farrosh kampir qissasi»ni o’qib shu fikrga keldim.
Negaki olis jungliga osmondan yonib tushgan, manglayida bita ko’zi do’llayib boqqan samoviy mehmonning kimligini besh qit’aning besh donishmandi bila olmaydilar, uni xushiga keltira olmaydilar. Unga kino qilib ko’rsatilgan moziy ham, yozuv, shakl, formula, xatto o’zbekcha so’z, baqirug’u imo – ishoralar ham ta’sir qilmaydi. Ammo farrosh kampir xushsiz maxluqni tikanakday tika o’sgan sochini silab, unga suv tutishi, ya’ni mexri unga jon kiritadi, bittagina ko’ziga yosh keltiradi, oyoqqa turg’izadi.Donishmand olimlar dunyo ilmini suv qilib ichgan bo’lsalarda, mexrsizliklari uchun maxluqni oyoqqa turg’iza olmadilar. Xozir – ilm fan tarqqiy etgan, tengdoshlarimiz chet ellarga bori bo’qiyotgan etuk zamon, ammo mexr xech qachon ikkinchi o’rinda turmasligi kerak. Bu fikrga Ibroxim G’ofurning «Lirikaning yuragi» kitobini o’qib yana bir karra ishonch xosil qildim.
2-o’quvchi:Xaqiqatdan shoir mexrga tashnaligini «Genetika» she’rila ham eslatgan:
Tshna yashadik biz mexrga mutloq,
Ishqqa, muxabbatga tashna o’tdik biz.
Gox esa quyoshdek porloq va yiroq
Xaqqa, xaqiqatga tashna o’tdik biz.

Bu she’rda shoir tashna bo’lgan xaqiqat istiqlolga erishishimiz, o’z Vatanning egasi bo’lish orzusini xayiqmay, ochiq ayta olish istagi edi. Istak oliy «Ammo bu istakni 70- yillarda ochiq aytish qiyin bo’lgani uchun shoir she’rga «Kommunist»obrazini olib kirdi.Bu xukmron mafkura ta’siri edi» . Men darslikdan bu fikrlarni o’qigach, she’rning o’zini topi bo’qidim. Shoir bu she’rda bobolarimiz – Ulug’bek, Muqanna, Shiroq, navoiy, Bobur kabilar qonidan oqqan turfa xislatrini qonimizga joylab olib, buyuk zamonga munosib farzand bo’lganimizdan xursandligi haqida gapirib, ayni vaqtda:
Shiroq avlodlarga bizlardan ammo qay bir xislatimiz qolarkin, ajab? - deya haqli savol qo`yadi. Mendan avlod-ajdodlarimiz bilan faxrlanish tuyg`usi shu she’r orqali yanada kuchayadi.
3-o`quvchi: Men shoirning baxor haqidagi she’rlari shaydosiman. "Baxor kunlarida", "Baxor tilaklari", ''Baxor xosiyati" she’rlari menga yokadi. Shoir baxorni xosiyatli bo`ladi deydi, chunki baxor maosh olmaydi, ammo unga do`q, araz kor qilmaydi, u yuksak qasrlarni. gado kulbasini chechaklari bilan bezaydi:
Ezgulik bobida faқat u yakka 
Faqat u barchaga geng va barobar.
Shoir u barchaga teng va barobar. Shoir baxor haqidagi she’rida ham falsafiy fikr va orzuni ifodalaydi:
Inson fe’li qiziq, yashagay ko`rqib,
Shervachchani silab, sherdanchi qo`rqib.
Yoki:
Qonlamasa basdir eru samoni
Mudxish qirgqinlarning qaro to`zoni.
4-o`quvchi: Do`stimnig fikriga qo`shimcha holda A.Oripovning 1966 yilda, 25 yoshda yozgan "Baxor" she’ri ustida to`xtalmoqchiman. Baxor ta’rifini shoir go`zal manzaralar orqali tasvirlaydi. Kutilmagan tashbexlar, jonlantirishlar shoirning iste’dodini baxordek ko`z-ko`z qiladi: "Ellar ham uyg`ondi ishqalab kaftin" yoki 'Tog`lar ham yuk tashlab ko`tardi kaftin".
Shoir chirik xazon. bezavol maysaga ham joy kirganini tasvirlaydi. Asosiysi shu go`zal faslda uni manguga ko`z yumgam aziz siymolar iqboli sajdagoh bo`lganlar: Navoiy, R.Ғulom. Shayxzoda va eng aziz inson - Onasi xotirasi tinch qo`ymaydi:
Baxor qatra yoshim aylagil qabul,
Onam boshiga qam bordingmikan, ayt?
Sirli olam jumboqlari: qish o`tib har baxor maysa uygongani holda necha ulug` farzandlar boshini ko`tarolmay mangu uyquga ketgan uni o`ylantiradi. Bu dardli savolga javobi:
Kim qancha quvmasin sening ortingdan.
Bir uyum tuproqni ko`rsatding oxir.
Hayot talvasasi tinmagay, ammo
Mangu boqiy kolur Inson va xayol.
She’rdan shunday xulosa qildim: biz xam o`tgan azizlarni xotirlab turaylik.
3-guruh – Bo`lajak tilshunoslar. Bu guruh a’zolari isbotlaydigan xakiqat:
Ba`zan galiz jumla ustida
Soatlab bosh qotirganim bor.
1-o`quvchi: Shoir ijodi bilan tanishish jarayonida uning o`ziga xos ovozini angladim. M.Qo`shjonov ta’riflaganidek "Uning ovozi kerak paytida vazmin, kerak vaqtda jo`shqin pardalar ustida harakat qiladigan, xis va tuyg`ular amriga bo`ysunib o`zgaradigan, har hil kuyga tushadigan ovoz". Menga qakshagan qoyalar. O`ynoqi shamollar, yorilmagan yaraday sevgi o`lik mezoplar. darvozasiz qalbim, etim bo`tadek, lojuvard bagri Muxit. za’faron saxroyi Kabir, oq sochli tog`lar kabi o`xshatishlar manzur bўldi.
2-o`quvchi: Men shoir gazallarini sevib o`qidim va undagi qofiyalarni yodladim. Masalan: "Bul ajab har kimsadin" g`azalidagi oxangdagi so`zlar quyidagilar: xoslar, bemorlar. sayyorlar, alyorlar, xunxarlar, tummorlar, dorlar, zarlar. Yoki g`azaldagi qofiyalar: kitobing. xitobipg. shitobish. sharobing, azobing, sarobing, xarobing, rubobing. 8 baytli bu gazalda bir so`zgagina kofiyadosh yana 7 so`zni topish ancha mushkul. A.Oripov yana bir qator gazallarida shunga erishadi. Faqat qofiya, o`xshatish, badiiy san’atlr emas, g`azaldagi yangi fikrlar, hijolar miqdorining tengligi, o`z o`rnida kelishi lol qoldirdi:
G`azal maruzning hajaz bahrida yozilgan, 16 bo`g`inli, 8 rukundan iborat. Demak, bu g`azal hazaji musammani salimda yozilgan.
3-o`quvchi: "O`zbekistonda kuz" she’ridagi uvol, ushoq, egat, rizq so`zlarini rus yoki chet tillarda o`girish. undan m’noni etkazish osonmikin? Shoir kuyidagi to`rt satrda mehnatkash xalqiga qayishib, mexr-muhabbat bilan qarashini ifodalashga mahzun va xayotbaxsh oxangdan, kerakli so`zlardan o`z o`rnida foydalana bilgan.
Mening ona halqim. eng qadim, halol,
Rizqi Ona-erga sepilgan, halqim.
Ushoq chigitni ham etmay deb uvol
Million egatlarga egilgan xalqim!
3-guruh sardorining xulosasi: shoir o`z ijodida badiy tasvir vositalaridan, xalq ibora va maqollaridan unumli foydalan gap.
4-guruh - Zukkolar deb ataladi. Ularga test savollari berildi. Bu guruhning shiori bilim yodlash bilan emas, fikrlash bilan ortirilgandagina haqiqiy bilimdir. Bu shiorga amal qilib guruh a’zolari test savollariga javob topdilar. Ular isbotlaydigan haqiqat - Oz bo`lsa ham bilmoq uchun ko`p o`qimoq kerak.
4-guruh test savollari:
1. A.Oripovning bilimdon ustozlari kimlar bo`lgan?
A. O.Sharofiddiinov, U.Narmatov
V. Ғ.Rulom, A.Qahhor
S. M.Qo`shjonov, O.Sharobiddinov
O. A va S javoblar to`g`ri
E. A va V javoblar to`g`ri.
2. A.Oripovning dastlabki qaysi she’rlarida ayrim kamchiliklar ko`zga tashlanadi?
A. "Sendan yiroqda", "Xali oldindadur tunlarim'' 
V. "Umr duch qilarkan'". "Birinchi muhabbatim" 
S. "Shovulladi tun bo`yi shamol", "Qo`riqxona" O. "Munojotni tinglab", "Xayr endi" E. A.Oripov she’rida kamchilik yo`қ.
3. "Xakim va ajal" dostonidagi qaysi timsolda mehru shafkat va sevgi-sadoqat aks ettirilgan?
A. Abu Ali Ibn Sino V. Mirzo
S. Buxoro malikasi
V. Malika
E. S va O javoblar to`g`ri.
4. "Birinchi muhabbatim" she’rida shoir kimlarni muhabbatga suyanadi, deya fikr bildiradi?
A. Yo`lini yo`kotgan, g`ussa qotgan odamni.
V. Chorasiz qolgan. Yo`lidan adashganlarni. 
S. Gul kabi sarg`aygan g`ussaga botgan odamni. 
D. Dilida oxi bo`lgan insonni. 
E. A,V va O javoblar to`gri.
5. "Tilla baliqcha" she’rida shoirga nima alam qiladi?
A. Baliqchani xovuzga otganlari.
V. Balikchaning dunyoni ko`lmak xovuz deb bilgani.
S. Baliqchaning tashlandiq ushoq eb o`tishi.
D. Baliqchaning tor xovuzchanigina ko`rgani.
E. Baliqchaning loyqa xovuzda yashashi.
6.Ko`p nuqta o`rnida shoirning qo`llagan so`zini toping.
A. Ishonchsizlik. V. Ig`vogarlik. 
S. Bil. xasad. 
D. Xusumat. 
E. Toshchalar.


Javoblar kaliti: 1 2 3 4 5 6
D A E A V D
O`quvchilarga test topshiriklari avvaldai belgilanganligi uchun javob topish jarayonida she’rlarni qayta o`qib chiqdilar.
Dars yakunida guruh a’zolarining javoblari 10 balli tizimda baholandi. Dars davomida "Birinchi muhabbatim", "Ketmoqdaman'1 qo`shiqlari magnitofonda eshittirildi. O`quvchilarni guruhlarga bo`lib shu tarzda dars o`tish kutilgan natijani beradi. Bunday darslar o`quvchilarni mustaqil o`qish va erkin fikrlashga undashi bilan muximdir.
Yüklə 62,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə